Sport menejmenti va iqtisodiyot


-rasm. Moliyaviy boshqaruv sxemasi



Download 11,94 Mb.
bet80/116
Sana15.01.2022
Hajmi11,94 Mb.
#366126
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   116
Bog'liq
Юлдошев У УМК Спортда корпоратив бошқарув

11.4-rasm. Moliyaviy boshqaruv sxemasi1

Hozirgi sharoitda moliyaviy direktor boshqaruv a’zolarining yoki direktorlar kengashining a’zosi hisoblanadi va boshqaruvchilar o‘rtasida markaziy o‘rinni egallaydi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Moliyaviy direktor bosh direktor bilan birgalikda aksiyadorlar oldida to‘g‘ridan to‘g‘ri javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi, moliyaviy natijalar bo‘yicha hisobot beradi. Moliyaviy direktorlikka nomzodlar direktorlar kengashi tomonidan shaxsan tasdiqlanadi. Aynan shu jihat moliyaviy direktorning mustaqilligi va o‘z faoliyati bo‘yicha aksiyadorlarga hisobot berishini anglatadi. Moliyaviy direktorning bosh vazifasi biznesni boshqarishning izchil va samarali ishlash tizimini ta’minlash orqali korporativ tuzilmaning barcha bo‘linmalari operatsion strategiyalarini va aksiyadorlar uzoq muddatli maqsadlarini integratsiyalash bilan ifodalanadi.

Korporativ moliyani boshqarish nazariyasi va amaliyoti iqtisodiy taraqqiyotdan kelib chiqqan holda doimiy ravishda rivojlanib kelmoqda. Hozirgi kunga kelib korporativ moliyani boshqarishning muhim nazariy asoslari sifatida amal qilayotgan konsepsiyalari quyidagilardir:

- pul oqimlari konsepsiyasi;

- pul mablag‘larining vaqt bo‘yicha qiymati konsepsiyasi;

- risk va daromadlilik konsepsiyasi;

- bozor samaradorligi haqida gipoteza;

- portfel nazariyasi va moliyaviy aktivlarni baholash modeli;

- kapital tarkibi va dividend siyosati nazariyasi;

- agentlik munosabatlari nazariyalari va boshqalar.



Keltirib o‘tilgan korporativ moliyani boshqarish konsepsiya-larining har biri xususida quyida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Pul oqimlari konsepsiyasi har qanday korporativ tuzilma (MChJ, AJ va boshqalar) faoliyat ko‘lami va turidan qat’i nazar o‘z moliyaviy munosabatlarini pul mablag‘lari harakati asosida ishlashini anglatadi. Pul oqimlari harakatini tashkil etishda e’tibor qaratiladigan asosiy jihat bu pul mablag‘larining kirib kelishi va chiqib ketishidagi o‘zaro mutanosiblikka erishish hisoblanadi. Bunda vaqt va miqdor omili birlamchi e’tibor talab qiladi. Ya’ni moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijasi korporativ tuzilma ixtiyoriga kelib tushayotgan pul mablag‘lari miqdori korporativ tuzilmadan chiqib ketayotgan pul miqdoridan katta bo‘lishi lozim, boshqa tomondan esa olinadigan pul mablag‘larining kelib tushish vaqti chiqib ketish vaqtidan qisqaroq bo‘lishi talab etiladi. Keltirilayotgan bu ikki jihat har qanday korporativ tuzilma uchun moliyaviy barqarorlik va to‘lovga layoqatlilikni ta’minlashdan tashqari faoliyat samara-dorligiga erishishga ham xizmat qilishini qayd etib o‘tishimiz lozim. Aynan har bir pul oqimining soliq oqibatlariga alohida e’tibor qaratish ham lozim bo‘ladi.

Pul mablag‘larining vaqt bo‘yicha qiymati konsepsiyasi korporativ moliyaning fundamental asoslaridan biri hisoblanadi. Mazkur konsepsiyaga muvofiq biz turli vaqtlarda egalik qiladigan pul mablag‘lari bir xil bo‘lmagan qiymatga egalik qiladi. Ustiga-ustak biznesda va kundalik hayotimizda pulga egalik qilish vaqti pul mablag‘larining miqdoriga nisbatan katta ahamiyatga ega. Masalan, milliy pul birligining bugungi qimmati bir qancha vaqt o‘tgandagidan nisbatan qadrliroq. Ya’ni u ayni paytda joriy iste’molni qanoatlantirishga sarflanishi yoki kelajakda qo‘shimcha daromad olish uchun investitsiya sifatida qo‘yilishi mumkin. Ma’lum vaqtdan so‘ng zarur miqdordagi pul mablag‘lariga egalik qilish uchun korporativ tuzilma ma’muriyati mavjud pul mablag‘ini hozirning o‘zida yo‘naltirishi lozim bo‘ladi. Bunda qaror qabul qilishda kelgusidagi pul oqimlari pul mablag‘larining joriy vaqtdagi qiymatidan kelib chiqqan holda baholashni amalga oshirish lozim. Pul mablag‘larining joriy qiymati va kelgusi qiymatini baholash uchun moliyachilar pul oqimlarini diskontlash bo‘yicha maxsus metodikadan foydalanadilar. Pul mablag‘larining vaqt bo‘yicha qiymati konsepsiyasidan kelib chiqqan holda soliqlarni faqat oxirgi sanada amalga oshirishga e’tibor qaratishimiz lozim bo‘ladi.

Risk va daromadlilik konsepsiyasi bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyati risk bilan bevosita bog‘liq holda amalga oshirilishidan kelib chiqqan holda korporativ moliyani boshqarishda moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalaridan olinishi mumkin bo‘lgan natijalarni baholash bilan bir vaqtda natijaga erishishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan risklarga ham e’tibor qaratish lozimligini nazarda tutadi. Mazkur konsepsiyaga muvofiq agar riskning yuzaga kelishi natijasida kutilgan daromadning pasayishi biznes uchun salbay oqibatlarga olib kelmasa risklarni qabul qilish mumkin. Ma’lum bir natijaga erishish, biznesning kelgusi taraqqiyotini ta’minlash uchun risklarni to‘g‘ri baholash, ularni kamaytirish bo‘yicha o‘z vaqtida va mos chora-tadbirlarni qo‘llash talab etiladi. Bunda soliq riski va uning oldini olish e’tibor talab qiladi.

Bozor samaradorligi haqida gipoteza bozordagi holat haqida muntazam ravishda axborotga ega bo‘lish va ularni tahlil qilishga doimiy ravishda e’tibor qaratgan holda samarali moliviy qarorlar qabul qilish zaruriyatini o‘zida ifodalaydi. Chunki bozordagi holat har qanday aktivning haqiqiy bahosini belgilab beradi va shundan kelib chiqqan holda qabul qilingan moliyaviy qaror korporativ tuzilma moliyaviy barqarorligi o‘sishiga xizmat qiladi.

Portfel nazariyasining mohiyati biznesda mablag‘larni turli xil aktivlar, korxonalar va faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlash lozimligi bilan ifodalanadi. Investitsion portfelning bunday tartibda shakllanishi barcha risklar yig‘indisi bitta yo‘nalishdagi risklar bilan taqqoslanganda ancha past bo‘lishiga xizmat qiladi. Masalan, pul mablag‘larini bir vaqtning o‘zida bir nechta sohaga joylashtirish natijasidagi risklar pul mablag‘larini faqat bitta sohaga joylashtirishdagi risklarga qaraganda kamroq. “Moliyaviy aktivlarni baholash modeli esa alohida moliyaviy aktiv va butun bozor riski va daromadliligi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘zida aks ettiradi”2.

Moliyaviy resurs jalb qilish va undan maqsadli foydalanish (maqsadli taqsimlash) masalasi korporativ moliyani boshqarishdagi eng asosiy va kun tartibidagi doimiy masalalardan hisoblanadi.

Korporativ tuzilmada faoliyatni tashkil etish yoki davom ettirish uchun zarur kapitalni shakllantirishda qarz mablag‘lari jalb qilish yoki o‘z moliyaviy resurslari bilan cheklanish lozimligiga aniqlik kiritiladi. Mazkur masalaga har tomonlama asoslangan javob topish kapital tarkibi nazariyasining tadqiqot predmetini tashkil etadi. Korporativ moliyani boshqarishda kapital tarkibi nazariyasi asosida faoliyatni moliyalashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonida hisobga olinishi lozim bo‘lgan omillarni to‘g‘ri anglash faoliyat samaradorligiga xizmat qiladi.

Dividend siyosati nazariyasi doirasida ko‘rib chiqiladigan, olingan foydani taqsimlash masalasi ham yuqoridagi muammo bilan bevosita bog‘liq va muhimligi bo‘yicha kam bo‘lmagan muammo hisoblanadi. Dividend siyosatidagi asosiy muammo olingan foydaning ta’sischilarga dividendlar ko‘rinishida to‘lanadigan qismi va foydaning biznesni yanada rivojlantirish uchun yo‘naltiriladigan qismi o‘rtasidagi optimal nisbatni belgilashni nazarda tutadi.


Download 11,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish