Sport menejmenti va iqtisodiyot



Download 11,94 Mb.
bet73/116
Sana15.01.2022
Hajmi11,94 Mb.
#366126
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   116
Bog'liq
Юлдошев У УМК Спортда корпоратив бошқарув

Jamiyat ustav fondi

Jamiyat ustav fondi ishtirokchilar ulushining nominal qiymatidan tashkil topadi. Uning kattaligi davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun hujjatlarni taqdim etish kunida qonunchilik bo‘yicha belgilangan eng kam ish haqining ellik barobaridan kam bo‘lmasligi kerak. Bunday ustav fondni bitta yoki 2-3 kichik biznes sub’ektlari tomonidan shakllantirish oson va odatda MChJlar ana shunday tuzilmoqda.

Ishtirokchining jamiyat ustav fondidagi ulushining hajmi foiz yoki kasr son hisobida belgilanadi. Ishtirokchi ulushining kattaligi ulush nominal qiymatining ustav fondi hajmi nisbatiga teng bo‘lishi shart. Masalan, ustav fondi hajmi 600 ming sum, ishtirokchilar ulushining nominal qiymati quyidagicha: Akramov M.V. - 96,6 ming sum, Ergashev B.D. - 240,4 ming sum, Tarasov V.I. - 263,0 ming sum. Mos ravishda, ularning ulushi ham 16,10%, 40,07%, 43,83% ga teng bo‘ladi. Jamiyat ta’sis etilayotganida va jamiyatning sof aktivlari ustav fondining hajmiga to‘g‘ri kelgan kam sodir bo‘ladigan boshqa hollardagina ishtirokchi ulushining haqiqiy qiymati uning nominal qiymatiga teng bo‘ladi. Qolgan boshqa hollarda ishtirokchi ulushining haqiqiy qiymati uning ulushi hajmiga proporstional bo‘lgan jamiyatning sof aktivlari qiymatining qismiga teng bo‘ladi. Jamiyat ustavida ishtirokchining maksimal ulushi hamda ishtirokchilar ulushi nisbatining o‘zgartirish imkoniyati chegaralangan bo‘lishi mumkin. Jamiyat tomonidan ishtirokchiga beriladigan guvohnoma jamiyat ishtirokchisi tomonidan ulushning to‘liq to‘lanishi haqida guvohlik beradi.

Jamiyatning har bir ishtirokchisi o‘z ulushining egasi hisoblanadi va o‘zining xususiy mulki kabi munosabatda bo‘ladi, lekin AJ aksiyalaridan farqli ularoq jamiyat ustavi va qonunda belgilangan cheklovlar inobatga olinadi. Jamiyat ishtirokchisi o‘z ulushini yoki uning qismini bir yoki bir necha ishtirokchilarga sotish yoki boshqa tarzda uning (ularning) foydasiga kechish huquqiga ega. Bunday bitimni amalga oshirish uchun jamiyat yoki uning ishtirokchilari roziligi talab qilinmaydi, agarda jamiyat ustavida boshqacha me’yor nazarda tutilmagan bo‘lsa.

Agar jamiyat ustavida ta’qiqlangan bo‘lmasa, ishtirokchi o‘zining ulushini (bir qismini) uchinchi shaxslarga sotishi yoki boshqa tarzda berishi mumkin. Jamiyat ishtirokchilari jamiyat ustav fondidagi ulushiga mutanosib ravishda, ishtirokchining sotilayotgan ulushi (qismi)ni uchinchi shaxslarga taklif qilingan narxlarda sotib olishda ustuvorlik huquqiga ega bo‘ladi, agar jamiyat ustavida yoki ishtirokchilarning o‘zaro kelishuvida mazkur huquqning amalga oshirilishini boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa. Agar jamiyatning boshqa ishtirokchilari ulushni (ulush qismini) sotib olish bo‘yicha ustuvorlik huquqidan foydalanishdan voz kechsa, ishtirokchi tomonidan sotilayotgan ulushni sotib olishda jamiyat ustuvorlik huquqiga ega bo‘ladi. Uchinchi shaxsga o‘zining ulushini (ulush qismini) sotmoqchi bo‘lgan ishtirokchi sotilish narxi va boshqa shartlari bilan tanishtirgan holda barcha ishtirokchilarga va jamiyatga bu haqda yozma xabarnoma berishi kerak.

MChJda ustav fondidagi ulush jamiyat ishtirokchilari bo‘lgan huquqiy shaxslar merosxo‘rlariga yoki yuridik shaxslar huquqiy vorislariga o‘tadi. Lekin jamiyat ustavida faqat boshqa ishtirokchilarning roziligi bilangina merosxo‘r (huquqiy voris) ishtirokchi bo‘la olishi qayd qilingan bo‘lishi mumkin. Jamiyat ustaviga binoan bunday rozilik olinishi shart bo‘lganda u berilmagan bo‘lsa ishtirokchining ulushi jamiyatda qoladi. Bunda jamiyat merosxo‘rga, qayta tashkil qilingan yuridik shaxs huquqiy vorislariga ulushning haqiqiy qiymatini, sobiq ishtirokchi o‘limi, qayta tashkil qilinishi yoki tugatilishi sanasidan oldingi hisobot davridagi jamiyat buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari asosida to‘lashga yoki ularning roziligi bilan natura ko‘rinishida berishga majbur.



Download 11,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish