Konglomerat birlashmalar ham ancha keng tarqalgan bo‘lib, ular texnologik jihatdan bir - biri bilan bog‘liq bo‘lmagan mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha tuzilmalar bilan ifodalanadi, ya’ni gap to‘ldiruvchi integratsiya yoki ishlab chiqarishni diversifikastiyalash haqida boradi. Diversifikastiyalangan
korporativ tuzilmaning (konglomerat) iqtisodiy yutug‘i, avvalo, turli tarmoqlarning
kapital aylanmasidagi farqdan iborat. Shu tufayli mablag‘larning pasayish
bosqichida turgan ishlab chiqarish tarmoqlaridan ko‘tarilish bosqichidagi ishlab
chiqarishlarga yo‘naltirish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |