Sport menejmenti va iqtisodiyot


-mavzu: Korporativ boshqaruv samaradorligini baholash



Download 11,94 Mb.
bet97/116
Sana15.01.2022
Hajmi11,94 Mb.
#366126
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   116
Bog'liq
Юлдошев У УМК Спортда корпоратив бошқарув

14-mavzu: Korporativ boshqaruv samaradorligini baholash

Reja:

1. Korporativ boshqaruv modellarini joriy qilishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi

2. Korporativ boshqaruv samaradorligi mezonlari

3. Korporativ boshqaruvda monitoring tizimi
Korporativ boshqaruv modellarini joriy qilishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi

Biz yuqorida bir necha bor takrorlab o‘tdikki, tegishli tarzdagi korporativ boshqaruv butun biznes-jarayonlar majmunini optimallashtiradi va natijada kompaniya foydasini oshirishga xizmat qiladi. Biroq quyidagi savol yuzaga keladi: korporativ boshqaruv andozalarini joriy qilishda qanday xarajatlar kuzatiladi va hamma kompaniyalar ham bunday xarajatlarga dosh bera oladimi?

Ko‘plab kichik va yirik kompaniyalar uchun korporativ boshqaruv andozalari zaruriy ehtiyoj hisoblanmaydi. Ularning korporativ boshqaruv sohasidagi birlamchi vazifasi amaldagi qonunchilikka rioya qilinishini yaxshilash hisoblanadi. Aytib o‘tish kerakki, korporativ xulq-atvor Kodeksida bayon qilingan andozalarni joriy qilish korxonalar tomonidan aksiyadorlik jamiyati boshqaruv organlari ishini ta’minlovchi va nazorat qiluvchi qator qo‘mitalar tashkil qilishni, xodimlar shtati ro‘yxatiga direktorlar Kengashi va uning qo‘mitalari faoliyatiga ko‘maklashuvchi korporativ kotib lavozimini kiritishni, direktorlar Kengashi tarkibiga mustaqil direktorlar kiritishni va h.k.ni talab qiladi.

Shu sababli hamma korxonalar ham bu andozalarni xuddi yirik kompaniyalar kabi miqyosda joriy qila olmaydi. Kichik kompaniyalar uchun bunday xarajatlar iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas, chunki xizmat ko‘rsatish xarajatlari kodeksda joriy qilish talab qilingan boshqaruv organlari faoliyatidan olinadigan daromad miqdoridan solishtirib bo‘lmaydigan darajada baland.

Shunday qilib, aytib o‘tish joizki, korporativ boshqaruv andozalarini joriy qilishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi faqat faoliyat miqyosini kengaytirayotgan, nisbatan yirik kompaniyalarda mavjud. Biroq bozor mexanizmining, raqobatning rivojlanishi, yangi investorlarni izlab topish kompaniyani ichki o‘sishga, demak, o‘zi bilan bir xillar orasida mos ravishda faoliyat yuritishga rag‘batlantiruvchi tashqi omillar hisoblanadi.

Lekin shunga qaramay, andozalarni joriy qilish muammolari joriy qilib bo‘lingan korporativ boshqaruv andozalariga amal qilish muammolarining ostida qolib ketadi va davlat, davlatlararo va transmilliy maqomga ega bo‘lgan yirik korporatsiyalar kundalik amaliyotda joriy qilingan andozalarga rioya qilishda qator qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Korporativ boshqaruv tegishli amaliyotini ishlab chiqish uchun o‘ziga xos kurash korporativ boshqaruvning ayrim mezonlari bo‘yicha ham, kompaniya faoliyati umumiy samaradorligi bo‘yicha ham yirik kompaniyalar reytingini tuzishda o‘z aksini topadi.



Download 11,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish