Sport menejmenti va iqtisodiyot



Download 11,94 Mb.
bet96/116
Sana15.01.2022
Hajmi11,94 Mb.
#366126
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   116
Bog'liq
Юлдошев У УМК Спортда корпоратив бошқарув

r — daromadlar bo‘yicha foiz stavkasi,

Cs — sotuv narxi,



t— zayom muddati,

N— foyda solig‘i stavkasi.

Agar obligastiyalar bo‘yicha daromadlarning bir qismi xarajatlar tarkibiga kiritiladigan bo‘lsa, ko‘rinib turibdiki, bu turrdagi qarz majburiyatlari narxi kapital qiymatining o‘zgarishiga yanayam ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi.

Ba’zida sotuv narxi quyidagi ko‘rinishda aniqlanadi:

bu erda f— obligastiya chiqarish va joylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan, nominal qiymatdan foizda ifodalangan xarajatlar.

Yuqorida keltirilgan xarajatlardan tashqari, agar obligastiyalar qog‘oz shaklida chiqarilgan bo‘lsa qarz majburiyatlari blanklarini xarid qilish bilan bog‘liq yoki qog‘ozsiz shaklda chiqarilgan bo‘lsa, reestr yuritish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar turlari ham mavjud.

Investistiyalar samaradorligini aniqlash uchun foyda sohasida korxonaning kelajakdagi ko‘rsatkichlarini bashorat qilgan holda loyiha tahlilini amalga oshirish zarur. Shundan keyin hissadorlarga real to‘lanishi mumkin bo‘lgan dividendlar hajmini baholash talab qilinadi. Bu dividendlar hajmi — D bo‘lsin. Real bozor ma’lumotlariga muvofiq diskontlash koeffistientini tanlashda joriy vaqtga keltirilgan to‘lov qiymatini olamiz — A/(1 + k). Bu qiymatni korxona hisobot davri yakunida to‘lashi mumkin bo‘lgan dividendlar hajmi bilan taqqoslab, investistiyalarni amalga oshirish natijasida paydo bo‘ladigan o‘sishni qo‘lga kiritamiz. Ehtimol, risk uchun to‘lov va inflyastiya ta’sirini hisobga olmaydigan bo‘lsak, ushbu tahlil to‘liq bo‘lmaydi. Aytish mumkinki, taqsimlanmagan foyda narxi (S) quyidagicha hisob-kitob qilinadi:



bu erda Rr — taqsimlanmagan foyda,



k— bozor foiz stavkasi

kl — inflyastiya ta’sirini hisobga oladigan tuzatish koeffistienti.

Taqsimlanmagan foyda narxi juda past bo‘lishi mumkin, chunki to‘lov muddatini kechiktirish hisob-kitob qilinmagan yo‘qotishlar ehtimolini oshiradi. Boshqacha qilib aytganda, foydani investistiyalashni asoslab berishda bo‘lajak dividendlarni risk uchun mukofotni hisobga olgan holda hisob-kitob qilish zarur. Faqat shu holdagina hisob-kitoblar to‘g‘ri amalga oshiriladi.

Agar hissadorlar pul dividendlari oladigan va ularga ma’lum bir daromadli qimmatli qog‘ozlar sotib oladigan bo‘lsa, bunda shuni e’tiborga olish kerakki, ikki xil yo‘qotishlar turiga uchrash muqarrar:

 soliq ajratmalari;

 brokerlik xizmatlari xarajatlari.

Agar foydani qayta investistiyalash haqida qaror qabul qilingan bo‘lsa, soliqlar va boshqa yordamchi xarajatlarda tejab qolinadi. Shu sababli taqsimlanmagan foydaning real qiymati (bahosi) oddiy dividend to‘lovlari bilan bog‘liq holatlardan ancha kam bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha bunday holatlarda kapitalning mazkur tarkibiy qismi narxi (S) quyidagi tarzda aniqlanishi lozim:



bu erda Cd — hissadorlik kapitali narxi,



N— soliqqa tortish stavkasi,

K— broker xizmatlari bo‘yicha komission to‘lovlar.

Shuni e’tiborga olish kerakki, taqsimlanmagan foyda qoidaga ko‘ra, amortizastiya ajratmalari bilan birgalikda investistiyalanadi, shu sababli kiritilgan mablag‘lar real summasi kattaroq bo‘ladi.

Ba’zida taqsimlanmagan foyda hajmini aniqlash uchun taqsimlash me’yori bilan bog‘liq ko‘rsatkich foydalaniladi. Bu ichki o‘sish sur’atlari. Bu ko‘rsatkich foydaning bir qismini ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo‘naltirish hisobiga balans aktivining o‘sishi tavsiflaydi. Ichki o‘sish sur’atlari foydani taqsimlash me’yori qay tarzda aniqlanganiga qarab ikki xil ifodaga ega bo‘ladi. Agar hisob-kitob sof foydadan kelib chiqadigan bo‘lsa, VTR= 1 — HP, balans foydasidan bo‘lsa, VTR = RSS( HP), bu erda VTR— ichki foyda me’yori; HP— taqsimlash me’yori; RSS— o‘z mablag‘lari rentabelligi.

Kredit ikki xil tavsifga ega – kreditlardan foydalanish muddati davomiyligi va davr mobaynida kredit o‘tgan aylanmalar soni. Bunday ko‘rsatkichlar tahlili odatda banklar tomonidan amalga oshiriladi. Biroq korxonalarning o‘zi ham bu haqida bironta axborotga ega bo‘lishi kerak, chunki ular qarz kapitali narxini aniqlashlari lozim bo‘ladi.

Kreditdan foydalanish muddati davomiyligi (t) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

bu erda K— kredit qoldig‘i hajmi,

Op — qaytarish bo‘yicha kredit aylanmasi,

D— davr mobaynida kalendar kunlari soni.

Kreditning aylanmalar soni



Shunga o‘xshash ko‘rsatkichlarni kreditlar berish bo‘yicha ham chiqarish mumkin. Bu holatda kredit berish bo‘yicha aylanuvchanlik tavsifini olamiz. Ko‘rinib turibdiki, qarz kapitalini aniqlashning ikkita o‘xshash tizimlari o‘zaro birmuncha farq qiladi.

To‘lash muddati turli xil bo‘lgan barcha kredit zaxiralari tahlilini o‘tkazish uchun mavjud vositalar aylanmalari va tarkibining o‘zgarishini tavsiflaydigan indekslar tizimini kiritish mumkin. Moliya resurslarining har bir tarkibiy qismi har xil narxga ega bo‘ladi va demak, xarajatlar ham turlicha bo‘ladi. har bir turdagi kredit amal qilishining o‘rtacha muddati, uning narxi, qarz mablag‘lari umumiy hajmidagi ulushi aniqlanadi. Agar biron-bir vaqt ko‘rsatkichini bazaviy deb oladigan bo‘lsak, har bir turdagi kreditdan foydalanish o‘rtacha muddatining o‘sishi kabi ko‘rsatkichni ham hisoblab chiqish mumkin.



Download 11,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish