g — dividend to‘lovlarining yillik doimiy o‘sishi.
Bu erda k koeffistientini kapital qiymatini tavsiflaydigan ko‘rsatkich, ya’ni korxona mavjud bo‘lgan butun davr davomida jalb qilingan mablag‘lardan foydalanish uchun to‘lanadigan foiz sifatida ifodalash mumkin:
k=D/P + g. (8)
Bu erda - g ko‘rsatkich noma’lum bo‘lib qolaveradi, chunki hozirgi paytda biron-bir korxona yaqin kelajakda doimiy o‘sishni kafolatlashi amrimahol, shu sababli «bir vaqtdalik», to‘lovlarning o‘ziga xosligini hisobga olib, soddalashtirilgan ifodani, ya’ni V/R nisbatini taklif etish mumkin. Gordon formulasining kamchiligi shundaki, unga muvofiq aksiyalar narxi dividendlarning o‘sishida chiziqli ravishda o‘sadi. Biroq bu doim ham shunday emas, chunki taqsimlanmagan foydaning kamayishi korxona istiqbolda qarzga mablag‘lar olishga majbur bo‘lishidan darak beradi.
«Hissadorlik jamiyatlari to‘g‘isida»gi Qonunda kumulyativ imtiyozli aksiyalar kabi qimmatli qog‘ozlar turlarining paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yadi7. Ular shunisi bilan xarakterliki, ular bo‘yicha dividendlar belgilangan muddat davomida jamg‘ariladi va shundan keyingina to‘lanadi. Shu sababli bu erda narxni hisob-kitob qilish uchun dividendlar hajmi o‘rniga oddiy imtiyozli aksiyalardagi kabi keltirilgan davrga, faqat bozor foiz stavkasi orqali barcha to‘lovlar hajmidan foydalanish kerak. Bir qarashda dividend to‘lovlaridan tashqari kapitalga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa hech kanday to‘lovlar yo‘qday ko‘rinadi. Biroq zarur hollarda hisob-kitoblarni birmuncha murakkablashtirish mumkin. Masalan, harajatlar tarkibiga emissiya prospektini tayyorlash va ro‘yxatdan o‘tkazish, reklama qilish va joylashtirish bo‘yicha xarajatlarni kiritish mumkin. Agar emissiya uchun soliq to‘lash zarur bo‘lsa, bu ham kapitalga xizmat ko‘rsatishga kiradi. Ehtimol, ba’zida asosiy fondlarni qayta baholash natijalari bo‘yicha nizom kapitalini oshirish bo‘yicha o‘ziga xos holatlarni ko‘rib chiqishga to‘g‘ri kelar. Bunday vaziyatda nizom kapitalining o‘zgarishi mulk solig‘ining o‘sishi bilan birga kuzatiladi, bu esa bilvosita mavjud xarajatlarga kiritilishi mumkin.
Professor S.V. Zagorodnikovning fikricha, rivojlangan fond bozorlarida hissadorlik kapitali narxining o‘zgarishi korxona farovonligining sezgir bir ko‘rsatkichi hisoblanadi. Bunda qoidaga ko‘ra, oddiy Gordon formulasiga qaraganda murakkabroq bog‘liqlikda bo‘lsada, aksiyalarning bozor narxida o‘zgarishlar ro‘y beradi8. Olingan kreditdan foydalanayotgan korxona bankka yoki boshqa kredit muassasasiga foizlar to‘lashga majbur. Aynan shu sababli kapitalning mazkur tarkibiy qismi o‘zining ma’lum bir narxiga egaligi haqida gapirish mumkin. Biroq bu narxni faqat to‘lanadigan foizlar hajmidan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilib bo‘lmaydi. Bu erda quyidagilarni bilish zarur:
korxonaga kredit ajratgan sub’ektni;
kredit vositalarining maqsadli vazifalarini;
kreditdan real foydalanishni;
moliya sohasida davlat siyosatini;
kredit olingan valyuta turini.
Shartnomaga muvofiq korxona kredit tashkilotiga foizlar to‘lashi lozim. Uning uchun to‘lov muddatlari hajmi va o‘z vaqtidaligi muhim. Biroq korxonaning o‘zida to‘lov uchun mablag‘larni olish mumkin bo‘lgan turli «manbalar» mavjud. Shunga qarab kapitalning qarzga olingan qismi narxi ham o‘zgaradi. Real foizlar faqat korxona foydasidan to‘lanishi yoki qisman chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga kiritilishi mumkin. Jamiyatning qarz majburiyatlari qatoriga u tomonidan chiqarilgan obligastiyalarni ham kiritish lozim. Jamiyatning obligastiya chiqaruviga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarini quyidagi turlarga taqsimlash mumkin:
emissiya tayyorlash bo‘yicha xarajatlar;
emissiyani joylashtirish bo‘yicha xarajatlar;
foiz to‘lovlari;
to‘lov va qaytarib berish jarayonlari o‘tkazish xarajatlari.
Obligastiyalar narxini faqat foiz to‘lovlaridan kelib chiqib aniqlash uchun klassik formulani taklif etish mumkin. Agar obligastiyalar belgilangan vaqt muddatida to‘lanadigan bo‘lsa, bunda ularning egalariga to‘lanadigan obligastiyalar nominalini ham hisobga olish zarur
Obligastiyalar bo‘yicha foizlar soliqqa tortiladi, shuning uchun ularning narxi stavkaga qarab o‘zgarib turadi. Obligastiyalarni joylashtirishda shuni hisobga olish kerakki, bu turdagi qimmatli qog‘ozlar nominaldan qimmatga ham sotilishi mumkin. Ba’zida hisob-kitob uchun quyidagi formula qo‘llanadi:
bu erda Cnom — obligastiya chiqaruvi nominal narxi,
Do'stlaringiz bilan baham: |