Sport menejmenti va iqtisodiyot


-rasm. Korporativ tartibga solish (korporativ huquq)



Download 11,94 Mb.
bet67/116
Sana15.01.2022
Hajmi11,94 Mb.
#366126
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   116
Bog'liq
Юлдошев У УМК Спортда корпоратив бошқарув

7.2-rasm. Korporativ tartibga solish (korporativ huquq)
Yuqoridagi korporativ boshqaruv institutlari tomonidan korporativ
munosabatlar kurib o‘tilganidan so‘ng korporativ boshqaruvni amalga oshirish
uchun takliflar tizimi ishlab chiqildi. Buni biz qo‘yidagi jadvlda kurishimiz
mumkin:

7.1-jadval
Korporativ boshqaruv dasturini amalga oshirish bo‘yicha takliflar tizimi



Respublika miqiyosida

Hududiy darajada

Korxona darajasida

Korporativ boshqaruv kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish;
Qonunlarga va meyoriy hujjatlarga kerakli aniqliklar va qoshimchalar kiritish;
Qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud organlari bilan ishlash;
Korporativ boshqaruv sohasida
ishlayotgan xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik;
Korporativ boshqaruv kodeksini amalga oshirish boyicha maslahat firmalari bilan amaliy ishlash tartibini ishlab chiqish;
Respublika miqiyosida axborot
tashviqot ishlari.

Korporativ boshqaruv kodeksini hududlar darajasida amalga oshirish;
Qonunlarga va meyoriy hujjatlarga aniqliklar va qoshimchalar kiritish;
Hududiy darajada korporativ
madaniyatni shakllantirish boyicha axborot - tashviqot ishlari;
Muvaffaqiyat namunasibola oladigan asosiy (tayanch) korporatsiyalarni aniqlash va shakllantirish;
Hududiy oqituv muassasalari va maslahat firmalariga maslahatlar berish.

Korporativ boshqaruv kodeksini amaliyotda joriy qilish va doimiy monitoring yuritish;
Aksiyadorlar va investorlar korporativ madaniyatini
shakllantirish;
Muvaffaqiyat namunasibolgan korporatsiyalar
tajribasini turli tarmoq va sohalarga mansub korporatsiyalarda qollash.

Agarda ushbu institutlar tomonidan berilgan takliflar amaliyotga joriy etilsa, kompaniyalarda korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirish va takomillashtirish uchun imkon yaratilgan bular edi.



8-mavzu: Sportda korporativ boshqaruv organlari

Reja:

1. Korporativ boshqaruv organlarining mohiyati va zarurligi


2. Korporativ xulq - atvor kodeksi
Korporativ boshqaruv organlarining mohiyati va zarurligi

O‘zbekiston respublikasida 1996 yil 26 apreldagi N 223-I sonli “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” qonunida ko‘rsatilganidek, aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ boshqaruv organlariga qo‘yidagilar kiradi:

- Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi;

- Kuzatuv kengashi (Direktorlar kengashi);

- Ijroiya organi.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi jamiyatni boshqarishning oliy organidir.


Jamiyat har yili aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini (aksiyadorlarning
umumiy hisobot yig‘ilishini) o‘tkazishi shart.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana va uni o‘tkazish


tartibi, yig‘ilish o‘tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar berish tartibi,
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik vaqtida
aksiyadorlarga beriladigan materiallar (axborotlar) ro‘yxatini jamiyatning kuzatuv
kengashi belgilaydi.

Umumiy yig‘ilishga tayyorgarlik ko‘rishda va uni o‘tkazishda ko‘p


uchraydigan xatolar:

- Amaliyotda umumiy yig‘ilishning o‘tkazilishi haqidagi xabarni


aksiyadorlarga etkazish bo‘yicha minimal talablarga rioya qilinmaydi;

- Umumiy yig‘ilishni chaqirishda tartibot muddatlari buzilmoqda. Masalan,


me’yoriy talablarni buzmasdan yillik umumiy yig‘ilishni 10 martgacha o‘tkazish
juda qiyin;

- Umumiy yig‘ilishni chaqirishda aksiyadorlarga tanishish uchun beriladigan


axborot(material) ro‘yxatining to‘liq bo‘lmasligi.

- Umumiy yig‘ilish kun tartibidagi masalalarning noaniq ifodalanishi va bir


masala doirasida turli yo‘nalishdagi muammolar bo‘yicha ovozga qo‘yish, hamda
kun tartibiga “har xil masalalar” kiritilishi.

Aksiyadorlik jamiyatlari umumiy yig‘ilishini chaqirishdagi, tayyorgarlik


ko‘rishdagi, o‘tkazishdagi, ovozlarni hisoblashdagi xato va qonun buzilishlar
jamiyatda korporativ boshqaruvning samaradorligini pasaytiradi, chunki:

- Aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv organlari ustidan aksiyadorlarning


nazorati susayadi;

- Ijroiya organi samaradorligi pasayadi, uning aksiyadorlar manfaatlariga zid


harakat qilishining ehtimolligi oshadi;

- Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasining faoliyati “xo‘ja ko‘rsin”ga olib boriladi.

Kuzatuv kengashining vakolatlari quyidagicha tartibda amalga oshiriladi:

1. Umumiy yig‘ilish yoki Ijro etuvchi organga hal qilish uchun berilishi


mumkin bo‘lmagan va faqat Kuzatuv kengashi vakolatiga kiradigan masalalar,
jamiyat Ustavida faqat Kuzatuv kengashi vakolatiga kiruvchi masalalar deb
belgilanishi kerak;

2. Kuzatuv kengashi vakolatiga kiritilgan masala Umumiy yig‘ilish mutlaq


vakolatiga tegishli bo‘lsa, Ustavda ushbu masalani faqat Kuzatuv kengashi
vakolatiga taaluqli qilib belgilash mumkin;

3. Umumiy yig‘ilishning umumiy vakolatiga qarashli masalalar, Jamiyat


Ustavida Umumiy yig‘ilish yoki Kuzatuv kengashi yoki Ijro etuvchi organ
vakolatiga doir qilib belgilanishi mumkin;

4. Taftish komissiyasi tomonidan jamiyatning moliyaviy - xo‘jalik faoliyatini taftish qilish haqidagi qaror qabul qilish to‘g‘risidagi masala, Ustavda ham Umumiy yig‘ilish, ham Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasi vakolatiga


kiritilishi kerak;

5. Umumiy yig‘ilish kun tartibini shakllantirish bo‘yicha tashabbuslar bilan


bog‘liq masalalar.

Kuzatuv kengashi vakolatlaridan samarali foydalanish uchun quyidagilarga


amal qilish lozim:

1. Umumiy yig‘ilish va Kuzatuv kengashi qarorlarining bajarilishini kuzatib


borish;

2. Kuzatuv kengashiga aksiyadorlarning murojaatlari bo‘yicha muvofiq


teskari aloqani ta’minlash;

3. Biznes - rejani tuzish va amalga oshirishda Kuzatuv kengashi va Ijroiya


organining solidar (birgalikda) javobgarligi;

4. Aksiyadorlarning dividendlar bo‘yicha “umidlarini” va ishlab


chiqarishning qayta investistiya qilinishiga ehtiyojlarini hisobga oladigan mo‘’tadil
dividend siyosati;

5. AJ asosiy faoliyatiga mansub bo‘lmagan, mulklarni sotib olish va


begonalashtirish, bitimlar hamda zahira va boshqa fondlarni ishlatilish ustidan Kuzatuv kengashining nazorati;

6. Ijroiya organi bilan yollash bo‘yicha mehnat shartnomasi doirasida qat’iy


o‘zaro munosabatlarni yuritish.

Kuzatuv kengashining roli va vazifalarini qo‘yidagilarda kurish mumkin:


Kengashning vazifasiga aksiyadorlar nomidan Jamiyat faoliyatiga rahbarlik
qilish va uning oliy menejerlari (Boshqaruv, Bosh direktor) faoliyatini nazorat
qilish kiradi.

Kengash faoliyatining asosiy jabhalari:

- aksiyadorlik jamiyatlari strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

- risklarnii boshqarish tizimining yaratilishini ta’minlash;

- jamiyatning joriy moliyaviy - xo‘jalik faoliyati;

- aksiyadorlik jamiyatlari ijroiya organi (oliy menejerlar)ning ishlashini


kuzatish;

- Kengash va uning alohida a’zolarining ishini yo‘lga qo‘yish;

- kompaniya faoliyati haqida axborotni tayyorlash va oshkor qilish;

- inqirozning oldini olishga qaratilgan boshqaruv;

- nomzodlarni ko‘rsatish;

- nomzod ko‘rsatishda cheklanishlar;

- nomzod ko‘rsatish muddatlari;

- son tarkibi;

- nomzodlar bo‘yicha talabnomalarni berish tartibi va shakli;

- talabnomalarni ko‘rib chiqish tartibi.

Kuzatuv kengash a’zoligiga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

- qonuninchilikda o‘rnatilgan cheklanishlar;

- alohida aksiyadorlik jamiyatlarida Kuzatuv kengashiga saylanadigan
shaxslarga maxsus talablar.


Download 11,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish