Sport menejmenti va iqtisodiyot


Korporativ tuzilmalar va davlat o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy munosabatlar tizimi



Download 11,94 Mb.
bet63/116
Sana15.01.2022
Hajmi11,94 Mb.
#366126
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   116
Bog'liq
Юлдошев У УМК Спортда корпоратив бошқарув

Korporativ tuzilmalar va davlat o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy
munosabatlar tizimi

Bugungi jahon iqtisodiyotidagi integratsiyalashuv va moliyaviy globallashuv


sharoitida mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi va aholi turmush farovonligining
yuksalishi mamlakat moliya tizimining barqarorligiga va rivojlanishiga bevosita
bog‘liqdir. Moliyaviy munosabatlarning markaziy bo‘g‘ini sifatida korporativ
tuzilmalar va davlat o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy munosabatlar moliya tizimida
muhim o‘rin egallashidan kelib chiqqan holda korporativ moliya va davlat moliyasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning metodologik asoslarini samarali tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqqan holda quyida moliya, moliyaviy munosabatlar, xususan, korporativ tuzilmalar va davlat o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy munosabatlar tizimi to‘g‘risida o‘z ilmiy qarashlarimizni keltirib o‘tamiz.

Korporativ moliya esa bu – korporativ tuzilmalar maqsadlarini amalga oshirish uchun pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish bilan bog‘liq pul munosabatlari yig‘indisidir.

Korporativ tuzilma va davlat o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy munosabatlar
tizimining samarali tashkil etilishi, ayniqsa, korporativ moliya subyektlari tomonidan puxta o‘ylangan qarorlarning qabul qilinishi juda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki korporativ tuzilmalarda yuzaga keladigan barcha moliyaviy muammolarni hal etishda korporativ tuzilma egalari, davlat ulushi mavjud korxonalarda esa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy tangliklarni bartaraf etishda korporativ tuzilma egalari qatorida davlat ham ishtirok etadi.
Korporativ tuzilma va davlat o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy munosabatlar tizimida
soliq munosabatlari bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi. Zero,
korxonalar va davlat o‘rtasidagi soliq munosabatlari korxonalarda mahsulot (ish,
xizmat) sotishdan tushumdan tortib, to sof foyda shakllangungacha bo‘lgan oraliqda davlat budjeti va budjetdan tashqari fondlarga soliqlar va majburiy ajratmalar to‘lanishi bilan harakterlanadi.

Mahsulot sotishdan tushumdan to sof foyda shakllanish oralig‘ida


korxonalarning davlat bilan qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i va boshqa egri
soliqlar, resurs soliqlari, foyda solig‘i, qo‘shimcha foyda solig‘i, budjetdan tashqari
fondlarga majburiy ajratmalar bilan bog‘liq soliq munosabatlari yuzaga keladi. Ushbu soliq munosabatlari amalga oshirilib kelinayotgan islohotlar natijasida turli darajada o‘zgarib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi PF-4720 sonli farmoni ham kelgusida soliq munosabatlarining o‘zgarishig ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, ushbu hujjatga muvofiq, aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv xodimlari sifatida jalb qilingan xorijiy mutaxassislarning mehnatga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov to‘lash, xorijiy mutaxassislarning boshqaruv xodimlari sifatidagi faoliyatidan olgan daromadlari daromad solig‘i, to‘lov manbaidan olinadigan daromad solig‘i, shuningdek, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan fuqarolarning majburiy sug‘urta badallaridan ozod etish belgilandi. Bu esa, o‘z navbatida, korporativ tuzilmalarda zamonaviy boshqaruv uslublarining joriy etilishiga hamda korporativ tuzilmalar va davlat o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy munosabatlarning samarali tashkil etilishiga zamin yaratadi.

Tadqiqot ishi bo‘yicha yuqoridagi ilmiy qarashlarimizdan kelib chiqqan holda


quyidagi xulosalarni keltirib o‘tamiz:

- korporativ tuzilmalar va davlat o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy munosabatalar


tizimi umumiy moliyaviy munosabatlarning asosiy va ajralmas qismi hisoblanadi va uni samarali tashkil etish ham korporativ tuzilmalar ham davlat moliyasi uchun
muhim ahamiyat kasb etadi;

- korporativ tuzilmalar va davlat o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy munosabatlar


shartli ravishda ikki guruhga davlat ulushiga ega korxonalar va davlat o‘rtasidagi
hamda boshqa korporativ tuzilmalar va davlat o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy
munosabatlarga bo‘linadi. Davlat ulushiga ega korxonalar va davlat o‘rtasidagi
o‘zaro moliyaviy munosabatlarining ko‘lami ikkinchi guruhdagiga qaraganda
kengroqdir;

- korporativ tuzilmalar va davlat o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarning asosiy qismini soliq munosabatlari tashkil etadi. Soliq munosabatlarini samarali tashkil etish, soliq qonunchiligini barqarorlashtirish ham korporativ tuzilmalar ham davlat moliyasi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.





Download 11,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish