7.1-rasm. Aksiyadorlik va korporativ huquqning nisbati.
Korporativ boshqaruv kodeksi – ixtiyoriy belgilanuvchi andozalar va ichki
me’yorlar yig‘indisi bo‘lib, korporativ munosabatlarning tartibini o‘rnatadi va
tartibga soladi. Kodeks korporatsiyadagi korporativ boshqaruvning barcha muhim
elementlariga taaluqli bo‘lgan asosiy me’yorlardan va tavsiyalardan tarkib topishi
kerak. Emitentlarning Kodeks qoidalariga rioya qilishidan asosiy manfaatdorligi
qimmatli qog‘ozlar bozori orqali ularning investistiyalarni jalb qilishga intilishidir.
Korporativ boshqaruvning andozalari:
- Kedberi kodeksi, 1991 yilda Buyuk Britaniyada Adrian Kedberi
rahbarligidagi Qo‘mita tomonidan tayyorlangan. Qo‘mita Moliyaviy axborotlar
kengashi, London fond birjasi va hisobxona xodimlari kasaba uyushmasi
tomonidan tuzilgan;
- 2000 yil yanvarida Germaniya korporativ boshqaruv bo‘yicha guruh
tomonidan eng ilg‘or amaliyotdagi nemis korporativ boshqaruv kodeksi yaratilgan;
- Franstiya xususiy korxonalar uyushmasi milliy kengashi va Franstiya
korxonalari harakati tomonidan tashkil etilgan guruh, M.Veno raislik qilgan
Korporativ boshqaruv bo‘yicha qo‘mitaning tavsiyalari (1995 va 1999 y.);
- Grestiya korporativ boshqaruv tamoyillari 1999 yilda Moliyaviy bozorlar
bo‘yicha qo‘mita tomonidan tayyorlangan;
- “Jeneral Motors” Direktorlar Kengashi tomonidan 1994 yilda tayyorlangan
“AQShda korporativ boshqaruvning asosiy yo‘nalishlari va muammolari” tezislari;
- Dunyoda eng yirik nafaqa fondi va etakchi institustional investorlardan biri
bo‘lgan “Istefoga chiqqan fuqarolik xizmatchilar Kaliforniya nafaqa fondi”
tomonidan 1998 yilda ishlab chiqilgan “AQShda korporativ boshqaruvning asosiy
tamoyillari va yo‘nalishlari”;
- Braziliya korporativ boshqaruv instituti tomonidan 1999 yilda tayyorlagan
“Lozim darajadagi amaliyot kodeksi”;
- Hindiston sanoat konfederatsiyasi tomonidan 1998 yilda taqdim qilingan
“Tavsiya qilinuvchi korporativ boshqaruv kodeksi”;
- Malayziya Oliy moliya qo‘mitasi tomonidan 1999 yilda taqdim etilgan
“Korporativ boshqaruv kodeksi”;
- Gonkong fond birjasi tomonidan 1989 yilda (keyinchalik to‘ldirilgan)
taqdim etilgan “Eng afzal amaliyot kodeksi va umumjamoa kompaniyalarning
direktorlari uchun tavsiyalari”;
- Meksika tadbirkorlik muvofiqlashtirish kengashining Korporativ
boshqaruv bo‘yicha qo‘mitasi 1999 yilda taqdim qilgan “Eng afzal amaliyot
kodeksi”;
- Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) Tadbirkorlik palatasi va Yoxannesburg
fond birjasi qo‘llab-quvvatlashida JAR Direktorlar instituti tomonidan 1994 yilda
taqdim etilgan “Korporativ amaliyot va munosabatlar kodeksi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |