9.1-jadval
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korporatsiyalarda axborotlardan
foydalanuvchilar
Moliyaviy xisobotlardan axborotlar manbai sifatida tashqi foydalanuvchilar o‘z navbatida ikki guruhga ajratiladi: kompaniya faoliyatidan manfaatdor foydalanuvchi va ma’lum faoliyat maqsadlaridan foydalanuvchilar.
Birinchi guruh foydalanuvchilariga kompaniyaning potenstial mulkdorlari,
moliyaviy hisobotlaridan kredit taqdim etish va uni muddatini o‘zaytirishning
maqsadga muvofiqligini baholash uchun potenstial kreditorlar kiritiladi, mazkur
mijozlar bilan ishbilormon aloqalar ishonchliligini aniqlovchi etkazib beruvchi va
sotib oluvchilar, soliq tulovlar intizomini tug‘riligi, moliyaviy xisobotlarining
tug‘ri to‘zilishini tekshirish uchun davlat ham moliyaviy tashqi foydlalanuvchilar
qatoriga kiritiladi.
Ikkinchi guruh foydalanuvchilari–birinchi guruh foydalanuvchilari
manfaatlarining himoyasi uchun zaruriy bulgan hisobotlarni o‘rganuvchi yuridik
va jismoniy shaxslardir. Bularga:
-investorlar manfaatlarini ximoya qilish maqsadida hisob va hisobotning
umumiy qoidalari va qonunchiligiga tekshirilaetgan kompaniya hisobotlarini
muvofiqligini tekshiruvchi auditorlik xizmatlar.
-o‘zlarining mijozlariga kapitallarni samarali joylash bo‘yicha maslahatlarni
ishlab chiqish maqsadida moliyaviy xisobotlardan axborotlar sifatida
foydalanuvchi moliyaviy maslahatlar bo‘yicha maslahatchilar;
Shuningdek, kompaniyalar axborotlarni oshkora qilish tizimi quyidagilarni
nazarda tutadi:
-O‘zbekiston kompaniyalari ish amaliyotiga xalqaro moliyaviy hisob va
hisobot andozalarini joriy qilish;
-Axborotlarni berishdan bosh tortgan yoki noto‘g‘ri axborotlarni taqdim
qilgan kompaniya rahbarlariga ko‘riladigan choralarni kuchaytirish;
-Moliyaviy va nomoliyaviy axborotlarni oshkor qilishning aniq tartibini
o‘rnatish;
-Yagona axborot tizimini yaratish. Unda emitentlarning hisobotlari yig‘iladi
va tartiblashtiriladi va barchaga teng huquqli, o‘z vaqtida va katta xarajatlarsiz
undan axborotlarni olish imkoniyati beriladi;
-Investorlar uchun ahamiyatli axborotlar mezonlarini takomillashtirish;
-Ixtisoslashtirilgan nashrlar, reyting agentliklari, axborotni oshkora qilish
mustaqil markazlariga axborot yordamini berish.
- aksiyadorlik jamiyatining yillik hisoboti;
- yillik buxgalterlik balans va moliyaviy natijalar haqida hisobot;
- aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining o‘tkazilishi haqida xabar;
- egalikdagi aksiyalar soni va turlari ko‘rsatilgan holda aksiyadorlik
jamiyatining affillangan shaxslari ro‘yxati.
Aksiyadorlar Umumiy Yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish davomida
aksiyadorlarga berilishi lozim bo‘lgan hujjatlar (materiallar) ro‘yxati:
1. Yillik buxgalteriya xisoboti;
2. Jamiyat yillik buxgalteriya hisobotini tekshirish bo‘yicha Taftish
komissiyasining (Taftishchining) xulosasi;
3. Yillik buxgalteriya xisobotini tekshirish natijalari bo‘yicha Jamiyat
auditorining xulosasi;
4. Yillik moliyaviy - xo‘jalik xisobotini tekshirish bo‘yicha aksiyadorlik
jamiyati taftish komissiyasining (Taftishchining) xulosasi;
5. Quyidagi organlar a’zolariga nomzodlar haqida ma’lumotlar:
- Jamiyat Kuzatuv kengashiga;
- Jamiyat Taftish komissiyasiga (Taftishchilikka);
- Jamiyat Ijroiya organiga;
- Jamiyat hisob komissiyasiga;
6. Jamiyat Ustaviga kiritiladigan o‘zgatirish va qo‘shimchalar yoki Jamiyat
Ustavining yangi tahrirdagi loyihasi.
7. Jamiyat boshqaruv organlari faoliyatini tartibga soluvchi ichki hujjatlar
loyihalari.
8. Aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishi qarorlarining loyihasi quyidagi
masalalarni tasdiqlash bo‘yicha tayyorlanadi:
- Jamiyat yillik hisoboti;
- Yil yakuniga ko‘ra sof foydani taqsimlash va dividendlar berish;
- Kuzatuv kengashi a’zolariga beriladigan taqdirlash puli miqdori va kengash faoliyatiga doir xarajatlarni qoplash;
- Jamiyat auditori.
9. Jamiyat Ustavida nazarda tutilgan boshqa axborotlar.
Aksiyador tanishish huquqiga ega bo‘lgan hujjatlar va materiallar ro‘yxati:
1. Jamiyatni tashkil qilish haqida qaror.
2. Jamiyat Ustavi hamda unga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar;
3. Jamiyatning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqida guvohnoma;
4. Jamiyat balansida turgan mulklarni tasdiqlaydigan hujjatlar;
5. Aksiyadorlar Umumiy Yig‘ilishi yoki boshqa boshqaruv organi tomonidan
tasdiqlanadigan hujjatlar;
6. Jamiyat filiali yoki vakolatxonasi haqida Nizom;
7. Yillik moliyaviy hisobot;
8. Emissiya prospekti;
9. Tegishli organlarga topshiriladigan moliyaviy hisobot hujjatlari;
10. Aksiyadorlar Umumiy Yig‘ilishi, Kuzatuv kengashi va Taftish
komissiyasi majlislarining bayonnomalari;
11. Jamiyatning affillangan shaxslari ro‘yxati;
12. Jamiyat Taftish komissiyasi, auditorlik tashkiloti va davlat moliyaviy
nazorat organlarining xulosalari;
13. Jamiyat Ustavi, jamiyat boshqaruv organlari qarorlari, shuningdek
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.
Ichki nazorat moliyaviy hisobotning ishonarliligi, faoliyatning samaradorligi
va qonun hamda me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi masalalari bo‘yicha
korxonaning maqsadlariga erishishga nisbatan shubhasiz komil ishonch hosil qilish
uchun korxonaga rahbarlik qilishga javobgar shaxslar tomonidan ishlab chiqiladi
va amalga oshiriladi.
Ichki nazorat tizimi quyidagilarni ta’minlashi kerak:
- Rahbariyat siyosatiga (strategiyasiga) amal qilinishi;
- Mulkning va axborotlarning asralishi;
- Axborotlarning o‘z vaqtidaligi va ishonchligi;
- Qonunchilik talablarining bajarilishi.
Insayderlik amallar. Bu shunday amallarki, ular natijasida muhim voqealar
va faktlar haqidagi konfidenstial hususiyatiga ega bo‘lgan axborotlarni biluvchi
xodimlar o‘z bilimlarini fond bozorida foyda topish yoki zarardan qochish
maqsadida ishlatishi orqali aksiyalarni sotib olayotgan va sotayotgan hamda
insayderlik axborotlarni bilishda ustunlikka ega bo‘lmagan oddiy investorlarga
zarar keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |