XI. Xalqaro faoliyat
85. Sport maktabi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat va jamoat tashkilotlari orqali jismoniy tarbiya va sport masalalari
bo‘yicha xalqaro faoliyatni amalga oshirish, maktabning trener-o‘qituvchi xodimlari va sportchilarini ayirboshlash bo‘yicha xorijiy sport
muassasalari va tashkilotlari bilan bitimlar tuzish, birgalikda sport tadbirlari, bayramlar, ko‘riklar, seminarlar o‘tkazish huquqiga ega.
XII. Yakunlovchi qoida
86. Sport maktabini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentabrdagi
211-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablari xodimlari
mehnatiga haq to‘lash va ularning mehnatini moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-
modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |