(62-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 480-sonli qarori tahririda — Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/480/1168-son)
Instruktor-metodist o‘quv-mashq mashg‘ulotlari o‘tkazilishi, sport turlari bo‘yicha dasturlar, o‘quv rejalari va mashg‘ulotlar jadvali
bajarilishi, o‘quv-metodik hujjatlar yuritilishi, maktabning razryadchilari va sport rekordlari hisobi yuritilishini nazorat qiladi, sport
maktabining metodik xonasi ishiga rahbarlik qiladi, o‘quv-tarbiya jarayoni masalalari bo‘yicha tibbiyot muassasalari, umumta’lim
maktablari, boshqa ta’lim muassasalari va tashkilotlar, idoralar bilan aloqani ta’minlaydi.
63. Sport maktabining katta instruktor-metodisti instruktor-metodist lavozimida kamida uch yil ish stajiga ega bo‘lgan shaxslardan
tayinlanadi.
Katta instruktor-metodist instruktor-metodistlar ishiga rahbarlik qiladi va o‘quv-mashq jarayoni o‘tkazilishi ustidan nazoratni
ta’minlaydi, metodik xona ishini tashkil etadi, sport maktabi tadbirlarini o‘tkazadi, o‘quvchi-sportchilarning jismoniy tarbiyasi bo‘yicha
umummaktab tadbirlari o‘tkazilishi uchun javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
64. Sport maktabining trener-o‘qituvchilar tarkibi oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar jismoniy tarbiya ma’lumotiga hamda sport
bo‘yicha trenyerlar yoki trener-o‘qituvchilar sifatida trenerlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan
mutaxassislardan butlanadi. Bunda jismoniy tarbiya ma’lumotiga ega bo‘lish nazarda tutilmagan sport turlari bo‘yicha trener-o‘qituvchilar
tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq, oliy yoki o‘rta maxsus
ma’lumotga hamda sport bo‘yicha trenyerlar yoki trener-o‘qituvchilar sifatida trenerlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomaga
ega bo‘lgan shaxslardan butlanishi mumkin.
(64-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Shuningdek, trener-o‘qituvchilar tarkibi sportning olimpiya va paralimpiya turlari bo‘yicha Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari,
Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari musobaqalarining trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun tegishli ruxsatnomaga ega
bo‘lgan g‘olib va sovrindor sportchilaridan butlanishi mumkin.
Trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lgan umumta’lim maktablarining jismoniy tarbiya fani
o‘qituvchilari sport maktablariga o‘rindoshlik asosida ommaviy sport turlari bo‘yicha trener-instruktor lavozimiga ishga qabul qilinishi
mumkin.
(64-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 32-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan
to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/32/2481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bolalar va o‘smirlar sport maktabiga ishga qabul qilinadigan futbol va regbi bo‘yicha trenerlikka nomzodlar majburiy tartibda
tegishlicha O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va O‘zbekiston regbi federatsiyasi bilan kelishiladi.
(64-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 480-sonli qarori tahririda — Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/480/1168-son)
Sport bo‘yicha trener-o‘qituvchilar o‘quv guruhlarini tanlaydi va to‘ldiradi, o‘quvchi-sportchilar bilan tarbiyaviy va o‘quv-mashq
ishlari olib boradi, o‘quvchi-sportchilar tibbiy ko‘rikdan va dispanser ko‘rigidan o‘z vaqtida o‘tishini nazorat qiladi, o‘quvchi-sportchilar
uchun ularning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘quv-mashq rejalarini ishlab chiqadi, o‘quv-mashq jarayonini
takomillashtirish va unga eng samarali va zamonaviy shakllar va usullarni joriy etish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
65. Sport maktabining sport turlari bo‘yicha bo‘limlarida sport maktabi direktorining buyrug‘i bilan yetakchi trener-
o‘qituvchilardan, agar ularning har birining rahbarligi ostida kamida ikki nafar to‘liq yuklamali trener-o‘qituvchi ishlasa, sport bo‘yicha
trener-o‘qituvchi lavozimida ish stajiga ega bo‘lgan sport bo‘yicha katta trener-o‘qituvchilar tayinlanadi.
(65-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT,
2016-y., 43-son, 499-modda)
Katta trener-o‘qituvchilar ham sport maktabining sport bo‘yicha bo‘limiga, ham sport tayyorgarligi bosqichlari bo‘yicha alohida
o‘quv guruhlariga rahbarlik qilish uchun tayinlanishi mumkin.
Sport bo‘yicha katta trener-o‘qituvchi trener-o‘qituvchi uchun nazarda tutilgan funksiyalar bilan birgalikda trener-o‘qituvchilar ishi
sifatini nazorat qiladi, o‘quv-mashq jarayoni tashkil etilishi, o‘quv guruhlari to‘liq butlanishi, o‘quv rejalari va dasturlari bajarilishi,
o‘quvchi-sportchilarning qabul va nazorat sinovlari o‘tkazilishi, yuqori darajali sportchilar tayyorlashning yakka tartibdagi va istiqbolli
rejalari ishlab chiqilishi, bo‘limlarning trenyerlar kengashlari o‘tkazilishi, trener-o‘qituvchilar malakasini oshirish tadbirlari tashkil etilishi
uchun javob beradi.
66. Sport maktabida trenyerlar kengashi tashkil etiladi. Kengash o‘quv-mashq va tarbiyaviy ishlar, o‘quvchi-sportchilarni tanlash va
o‘tkazish, sportchilar tayyorlashni yakka tartibda rejalashtirish, sport maktabining sport tadbirlarida ishtirok etishi, o‘quv-mashq
jarayonini o‘tkazish metodikasi takomillashtirilishi masalalarini, shuningdek sport maktabi ustavida nazarda tutilgan boshqa masalalarni
ko‘rib chiqadi.
67. Sport maktabini boshqaruv, yordamchi, xo‘jalik va tibbiyot xodimlari bilan butlash belgilangan tartibda tasdiqlangan
normativlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
68. Sport maktabining barcha xodimlariga qo‘yiladigan malaka tavsiflari, lavozim talablari, ularning huquq va majburiyatlari
belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(68-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy
bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
69. O‘quvchi-sportchilarning ota-onalari (ularning o‘rnini bosadigan shaxslar) sport maktabida o‘tkaziladigan o‘quv-mashq va
tarbiyaviy jarayon bilan tanishish, shuningdek unda sport maktabining ustavida nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |