Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenyerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy


VII. O‘quv-mashq jarayonini tashkil etish



Download 169,55 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/21
Sana31.12.2021
Hajmi169,55 Kb.
#220097
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
211-сон 23.09.2010. Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenyerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida

VII. O‘quv-mashq jarayonini tashkil etish

Oldingi tahrirga qarang.

41. Sport maktabida o‘quv yili 2-sentabrdan, respublika oliy sport mahorati maktablarida 1-yanvardan boshlanadi.



(41-bandning  birinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2019-yil  12-iyuldagi  583-sonli  qarori  tahririda  —  Qonun

hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)

O‘quv  yilining  qancha  davom  etishi  sport  turining  xususiyatiga,  sport  musobaqalari  taqvimiga,  sport  tayyorgarligining

davriylashtirilishiga  bog‘liq  bo‘ladi  va  sport  maktabi  rahbariyati  tomonidan  sportning  har  bir  turi  uchun  yakka  tartibda  belgilanishi

mumkin.


42.  Sportchilar  bilan  o‘quv-mashq  mashg‘ulotlari  belgilangan  tartibda  tasdiqlangan  va  sport  turi  bo‘yicha  tegishli  sport  o‘quv

guruhi uchun mo‘ljallangan o‘quv dasturlari va yillik o‘quv rejasi bo‘yicha o‘tkaziladi.

43.  O‘quv-mashq  mashg‘ulotlari  jadvali  bolalarning  yosh  xususiyatlari  va  belgilangan  sanitariya-gigiyena  normalari  hisobga

olingan  holda  mashqlarning  qulayroq  rejimini,  o‘quvchi-sportchilarning  dam  olishini,  ularning  ta’lim  muassasalarida  va  boshqa

muassasalarda o‘qishini belgilash maqsadida trener-o‘qituvchining taqdimnomasi bo‘yicha sport maktabi ma’muriyati tomonidan tuziladi.

44. O‘quv-mashq mashg‘ulotlarining mazmuni tasdiqlangan o‘quv dasturlariga muvofiq bo‘lishi kerak.

45.  O‘quv-mashq  jarayoni  o‘qitishning  texnik  vositalari  keng  qo‘llanilgan,  tiklash  tadbirlari  o‘tkazilgan  holda  sport  mashqlarini

bajarishning  zamonaviy  metodikasi  asosida  trener-o‘qituvchilar  tomonidan  amalga  oshiriladi  hamda  mashqlar  va  musobaqalarda

qatnashish faoliyati birga qo‘shib olib borilishi negizida tashkil etiladi.

46. Quyidagilar sport maktabi o‘quv-jarayonining asosiy shakllari hisoblanadi:

guruhlarda va yakka tartibda o‘quv-mashq mashg‘ulotlari va nazariy mashg‘ulotlar;

o‘quv-mashq yig‘inlari;

tiklash,  profilaktika  va  sog‘lomlashtirish  tadbirlarini  amalga  oshirish,  o‘quvchi-sportchilarni  tibbiy-biologik  tekshirish,  pedagogik

test sinovidan o‘tkazish;

o‘quvchi-sportchilarning turli darajadagi musobaqalar va o‘yinli uchrashuvlarda ishtirokini tashkil etish;

sport-sog‘lomlashtirish oromgohlarida o‘quvchi-sportchilar bilan mashq o‘tkazish;

yetakchi sportchilar ishtirokida o‘quv video yozuvlarini, kino dasturlarni hamda sport musobaqalarini ko‘rish va tahlil qilish;

o‘quvchi-sportchilarning instruktorlik va hakamlik amaliyotini o‘tkazish.

47. Sport-sog‘lomlashtirish yo‘nalishidagi va boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlarida bir o‘quv-mashq mashg‘ulotining qancha davom

etishi (mashq yuklamasi hajmi) ikki akademik soatdan ortiq bo‘lmasligi, o‘quv-mashq guruhlarida esa — bir haftada kamida to‘rt marta

o‘quv-mashq  mashg‘ulotlari  o‘tkazilgan  holda  uch  akademik  soatdan  ortiq  bo‘lmasligi  kerak.  Yuklama  bir  haftada  20  soatni  va  undan

ko‘pni tashkil etgan guruhlarda — to‘rt akademik soatni, bir kunda ikki marta o‘quv-mashq mashg‘ulotlari o‘tkazilganda — uch akademik

soatni tashkil etadi.

48.  Sport  maktabida  sport  turlari  bo‘yicha  trener-o‘qituvchilar  brigadalari  tashkil  etilishi  mumkin.  Brigadalar  o‘quvchi-

sportchilarni tanlash, sportchilar tayyorlashning zamonaviy talablariga muvofiq ko‘p yillik rejali o‘quv-mashq va tarbiya jarayoni amalga

oshirilishini tashkil etish masalalarini hal etadi.

O‘quv yuklamasi, shuningdek o‘quvchi-sportchilarning sport natijalari brigadaning barcha a’zolariga hisoblanadi. Brigadaning har

bir a’zosi uchun miqdor ko‘rsatkichlari brigada a’zolarining umumiy yig‘ilishi qarori bilan belgilanadi.

49. Respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashishga qo‘yilgan jamoalar va o‘quvchi-sportchilarni tayyorlash maqsadida sport

maktabi o‘quv-mashq ishlariga ajratilgan mablag‘lar doirasida o‘quv-mashq yig‘inlari o‘tkazish huquqiga ega.



Oldingi tahrirga qarang.

50.  O‘quv-mashq  yig‘inlarini  tashkil  etish  va  o‘tkazish  sport  maktabining  sport  va  ommaviy  jismoniy  tarbiya  tadbirlarining

kalendar rejasiga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

(50-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2016-yil  20-oktabrdagi  355-sonli  qarori  tahririda  —  O‘R  QHT,  2016-y.,  43-son,  499-

modda)

Oldingi tahrirga qarang.

51.  O‘quv-mashq  yig‘inlarining  vazifalari  sport  va  ommaviy  jismoniy  tarbiya  tadbirlarining  kalendar  rejasi  (tuman,  viloyat,

respublika  va  xalqaro)  hisobga  olingan  holda  sport  maktabining  trenyerlar  kengashi  tomonidan  belgilanadi.  O‘quv-mashq  yig‘inlari

o‘quvchi-sportchilarning  sport  mahorati  oshishini  ta’minlashi  kerak,  muayyan  sharoitlarda  va  mashq  siklining  muayyan  davrlarida

o‘tkaziladi.

(51-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2016-yil  20-oktabrdagi  355-sonli  qarori  tahririda  —  O‘R  QHT,  2016-y.,  43-son,  499-

modda)

Oldingi tahrirga qarang.

52.  Sport  maktabining  turli  sport  musobaqalarida  va  jismoniy  tarbiya-ommaviy  tadbirlarda,  shu  jumladan  turli  tashkilotlar

tomonidan o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalar va tadbirlarda qatnashishi tasdiqlangan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining

kalendar rejasiga binoan hamda ularning reglamentlariga, nizomlariga yoki rasmiy taklif etilishiga muvofiq amalga oshiriladi.



(52-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2016-yil  20-oktabrdagi  355-sonli  qarori  tahririda  —  O‘R  QHT,  2016-y.,  43-son,  499-

modda)


53. O‘quv-mashq jarayoni izchilligini, o‘quvchi-sportchilarning sport tayyorgarligi va faol dam olishini ta’minlash maqsadida ta’til

davrida sport maktabi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sport-sog‘lomlashtirish oromgohlari tashkil etadi.

54.  O‘quv-mashq  mashg‘ulotlari  jarayonida  sport  maktabi  direktor  tomonidan  tasdiqlangan  rejaga  muvofiq  o‘quvchi-sportchilar

bilan  tarbiyaviy  ishlarni  tashkil  etadi  va  amalga  oshiradi.  Sport  maktabining  tarbiyaviy  ishlari  shaxsning  barkamol  bo‘lishiga

ko‘maklashadi  va  o‘quvchi-sportchilarda  vatanparvarlik  tuyg‘usi,  jismoniy  tarbiya  va  sport  bilan  shug‘ullanishga  ehtiyojni,  o‘z  bilimlari,

malaka va ko‘nikmalarini doimo to‘ldirib borishni shakllantirishga yo‘naltirilgan.



Oldingi tahrirga qarang.

55.  Sport  maktabi  o‘quv-mashq  hamda  tarbiya  jarayonini  tashkil  etish  va  amalga  oshirish  uchun  qonun  hujjatlarida  va  sport

maktabi ustavida belgilangan tartibda zarur hujjatlashtirishni yuritadi.

(55-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2016-yil  20-oktabrdagi  355-sonli  qarori  tahririda  —  O‘R  QHT,  2016-y.,  43-son,  499-

modda)


Download 169,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish