V. Sport maktablari faoliyati
(V bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son,
499-modda)
19. Bolalar va o‘smirlar sport maktabi sog‘lig‘ining holatida tibbiy nuqsonlari va cheklanishlari bo‘lmagan bolalar va o‘smirlarda
sport bilan shug‘ullanish, maktabga kirish va o‘qish uchun teng sharoitlar yaratadi, sport va jismoniy tayyorgarlikni amalga oshiradi,
jismoniy va sport vositalari bilan shug‘ullanuvchilarning sog‘lig‘ini mustahkamlaydi, tanlangan sport turi bo‘yicha ularning qobiliyatlarini
rivojlantiradi.
Bolalar va o‘smirlar sport maktabi sport-sog‘lomlashtirish guruhlari, boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlari va o‘quv-mashq guruhlari
bilan o‘quv-mashq jarayonini amalga oshiradi. O‘quv-mashq guruhlari boshlang‘ich tayyorgarlikning to‘rtta guruhiga bitta o‘quv-mashq
guruhi hisobidan ochiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi, olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi, oliy
mahorat sport maktabi, oliy sport mahorati maktabi hamda Respublika oliy sport mahorati maktabiga qabul qilingan o‘quvchi-sportchilar
soni bolalar va o‘smirlar sport maktabi ishining asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi.
(19-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT,
2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Bolalar va o‘smirlar sport maktabi bitiruvchilarining keyinchalik ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi, olimpiya
zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi, oliy mahorat sport maktabi, oliy sport mahorati maktabi hamda
Respublika oliy sport mahorati maktabida o‘qishini tashkil etish (ta’minlash) uchun shart-sharoitlar mavjud bo‘lmagan taqdirda (shu
jumladan mintaqada sport turi bo‘yicha sport maktabi mavjud emasligi tufayli), O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport
vazirligining hududiy organlari bilan kelishgan holda muassisning qarori bilan bolalar va o‘smirlar sport maktabida sportda kamolotga
erishish guruhlari tashkil etilishi mumkin. O‘quvchi-sportchilarning tegishli kontingenti – O‘zbekiston Respublikasining sport terma
jamoalari tarkiblariga nomzodlar, malakali trener-o‘qituvchilar tarkibi va o‘quv-mashq ishlari rejimini bajarish imkonini beradigan
moddiy-texnika bazasi mavjud bo‘lishi buning zarur sharti hisoblanadi.
(19-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi hamda olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport
maktabi O‘zbekiston Respublikasining va hududlar sport terma jamoalari tarkiblarini to‘ldirishga qodir bo‘lgan yuqori malakali
sportchilarni tayyorlaydi. Bu – maktab faoliyati darajasining asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi hamda olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport
maktabi o‘quv-mashq guruhlari, sportda kamolotga erishish va oliy sport mahorati guruhlari tuzadi. Mintaqada sportning ushbu turlari
bo‘yicha bolalar va o‘smirlar sport maktabi mavjud bo‘lmagan ayrim hollarda ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi hamda
olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining
hududiy organlari bilan kelishgan holda boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlari tashkil etilishi mumkin.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha tuziladi — sportning o‘yin turlari va yengil atletika,
suv sporti turlari, yakka kurash va gimnastika.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-
modda)
21. Oliy sport mahorati maktabi faoliyati sport turlari bo‘yicha eng yangi jahon ilmiy-metodik tavsiyalari va texnologiyalarini
qo‘llagan holda kuchli sportchilarni — respublika terma jamoalariga nomzodlarni va ularning eng yaqin rezervlarini, sportning o‘yin
turlari bo‘yicha oliy va birinchi ligalar ustalari komandalariga tanlash va tayyorlashga yo‘naltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi terma jamoalariga tayyorlangan nomzodlar soni, shuningdek maktab o‘quvchi-sportchilarining
respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashishi natijalari oliy sport mahorati maktabi faoliyati darajasining asosiy ko‘rsatkichi
hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy sport mahorati maktabi o‘quv-mashq jarayonini o‘tkazish bilan birgalikda sportning tegishli turlari bo‘yicha sportchilar
tayyorlash yuzasidan bolalar va o‘smirlar sport maktabi, ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi, olimpiya zaxiralari
ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi, oliy sport mahorati maktabi hamda Respublika oliy sport mahorati maktabiga ilmiy-
metodik rahbarlik qiladi hamda ular faoliyatini axborotlar bilan ta’minlaydi, belgilangan tartibda sportchilar, trener-o‘qituvchilar va sport
sohasidagi boshqa mutaxassislarning malakasini oshirish tadbirlarini amalga oshiradi.
(21-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT,
2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Bolalar va o‘smirlar sport maktabi, ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi, olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan
bolalar va o‘smirlar sport maktabi, oliy sport mahorati maktabi hamda Respublika oliy sport mahorati maktabida o‘quvchi-sportchilarni
ko‘p yillik sportga tayyorlashni tashkil etish barcha bosqichlarda quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |