SPORT TURLARINING TASNIFI
MUNDARIJA
I.Kirish:
1-BOB SPORT NAZARIYASI PREDMETINING XUSUSIYATLARI.
1.Sport faoliyati.
2.Sport tayyorgarligi.
3.Sport tayyorgarligi tizimi.
4.Sport maktabi.
5.Sport mashg’ulotlari.
6.Sportchini tayyorlash.
7. Sport mashg‘ulotlari tizimi.
8.Sport natijalari.
9. Sportchini tasnifi haqida nazariy ma'lumotlarga ega qilish.
II.Xulosa
III.Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Sport unvonlari va sport razryadlarini berish tizimi. Milliy va xalqaro St. mavjud. Unvon va sport razryadlari sportchilarga sport mahorati va rasmiy musobaqalarda koʻrsatgan natijalari asosida beriladi. Respublikada sport mahorati darajasini baholashning yagona tizimini taʼminlash uchun Yagona sport tasnifi (YAST) joriy etilgan. Yagona Sport tasnifi boʻyicha I, II, III kattalar va yoshlar razryadlari, xalqaro miqyosdagi sport ustasi va Oʻzbekiston Respublikasi sport ustasi unvonlari beriladi. Sport ustozlari, yoʻriqchiuslubchilar, rahbar xodimlarning ish natijalari Oʻzbekiston Respublikasi davlat jismoniy tarbiya va sport koʻmitasining "Jismoniy tarbiya va sport xodimlari mehnatiga haq toʻlash normativlarini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq baholanadi.
Sport (ing. sport — oʻyin) — jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi, jismoniy tarbiya vositasi va usuli, jismoniy mashqlarniit turli majmualari boʻyicha musobaqalar tashkil etish, tayyorlash va oʻtkazish tizimi. Sportning maqsadi kishilarning sogʻligʻini mustahkamlash va umumiy jismoniy rivojlantirish bilan birga sport musobaqalarida yuqori natija va gʻalabalarga erishishdir. Dastlabki sport musobaqalari Yunonistonda boʻlib oʻtgan. Xalqaro olimpiada qoʻmitasi tashkil qilinganidan keyin sport juda tez rivojlana boshladi. 1896-yilda 1zamonaviy Olimpiada oʻyinlari oʻtkazildi.
Sportning asosiy 3 ta oʻzaro bogʻliqtashkiliy shakllari mavjud: ommaviy havaskorlik ; oʻquv fani sifatidagi S; yuqori natijalar Si. Ommaviy havaskorlik Si — insonning jismoniy takomillashuvi sharti; u kishilarning yoshi, salomatligining holati, jismoniy rivojlanish darajasiga koʻra chegaralanadi. Oʻquv fani sifatidagi sport — barcha turdagi taʼlim muassasalari va qurolli kuchlarda harbiyjismoniy tayyorgarlik dasturlariga kiradi. Yuqori natijalar sport i eng yaxshi sport kursatkichlari (rekordlar)ga erishish uchun sharoit yaratadi, insonning jismoniy tayyorgarligini namoyish etadi, jismoniy tayyorgarliklarning samarali vosita va usullarini ommaviy amaliyotga tatbiq etishga yordam beradi.
Taraqqiyot jarayonida sport jismoniy tarbiya doirasidan chiqib, mustaqil umummadaniy, siyosiy, estetik, iqtisodiy ahamiyat kasb etdi. Sport dustona xalqaro aloqalarni kengaytirishga, xalqlarning uzaro birbirini tushunishi va doʻstligi rivojlanishiga xizmat qilmoqda. 19-asr oʻrtalaridan bir necha Gʻarb mamlakatlarida professional sport rivojlana boshladi. U tomoshabopligi, biznesga aylanib, katta daromad manbai boʻlib borayotganligi bilan ajralib turadi.
Sport turlarining 2 asosiy guruhi mavjud: milliy sport turlari va xalqaro sport turlari. Milliy sport turlari har bir xalqning oʻziga xos turmush tarzi, mehnat faoliyati va dam olish sharoiti asosidarivojlangan. Xalqaro sportturlari muayyan sharoitlarda musobaqalar oʻtkazishning umumlashtirilgan tizimlaridan iborat boʻlib, bunda musobaqa ishtirokchilarining oʻzaro munosabatlarini, natijalarni hisobga olish va baholashni xalqaro miqyosda bir xil tartibga keltirish, yagona qoidalardan foydalanishga asoslangan maxsus cheklashlar nazarda tutiladi. Sport bilan shugʻullanishda jismoniy tarbiya va sportni boshqarish davlat organlari, xalqaro sport tashkilotlari tomonidan man etilgan vositalarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi. Yuqori sport koʻrsatkichlariga erishish maqsadida stimulyatorlardan, doping moddalaridan, Xalqaro olimpiada qoʻmitasi man etgan boshqa vositalardan foydalangan sportchi musobaqalardan chetlashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasida sport umumdavlat ishi hisoblanib, jismoniy madaniyat bilan birga Agʻolining barcha qatlamlarini va yosh guruhlarini qamrab olgan. Mamlakatda 50 dan ziyod sport turi ommalashgan, ulardan 30 turi Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Oʻzbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida“ (2002-yil 31 oktabr), „Oʻquvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish toʻgʻrisida“ (2003-yil 3-iyun), „Ommaviy sport targʻibotini yanada kuchaytirish choratadbirlari toʻgʻrisida“ (2003-yil 4 noyabr) qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi da sportni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |