Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenyerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy


II. Sport maktablari trener-o‘qituvchilarining lavozim maoshlari



Download 169,55 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/21
Sana31.12.2021
Hajmi169,55 Kb.
#220097
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
211-сон 23.09.2010. Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenyerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida

II. Sport maktablari trener-o‘qituvchilarining lavozim maoshlari

5.  Sport  maktablari  trener-o‘qituvchilariga  lavozim  maoshlarini  belgilash  mehnatga  haq  to‘lashning  bazaviy  tarif  stavkasidan,

belgilangan normativlaridan yoki o‘quv-mashq ishlarining rejalashtirilayotgan hajmlaridan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonun

hujjatlarida hamda ushbu Nizomda nazarda tutilgan ustama va qo‘shimcha haqlardan kelib chiqqan holda ularni o‘quv va kalendar yili

boshida tarifikatsiyalashda amalga oshiriladi.

6. Sport maktablarining trener-o‘qituvchilari lavozim maoshlarini o‘zgartirish:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshirilganda;

sport maktabidagi boshqa lavozimga o‘tilganda;

malaka toifasi o‘zgartirilganda (oshirilganda yoki pasaytirilganda);

o‘quv guruhlarining ro‘yxatdagi tarkiblari, trener-o‘qituvchi rahbarligida sport tayyorgarligini o‘tayotgan o‘quvchi-sportchilarning

sportdagi natijalari o‘zgarganda amalga oshiriladi.

Trener-o‘qituvchilarning  lavozim  maoshlarini  o‘zgartirish  sport  maktabining  tasdiqlangan  mehnatga  haq  to‘lash  fondi  doirasida

amalga oshiriladi va sport maktabi direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

7.  Sport  maktablarining  trener-o‘qituvchilari  mehnatiga  haq  to‘lash  o‘quv  guruhlari  bilan  o‘tkaziladigan  o‘quv-mashq  ishlari

soatlari miqdori uchun amalga oshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Bunda ayrim ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktablarida, olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar

sport maktablarida, sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlarida, oliy sport mahorati maktablarida va Respublika

oliy  sport  mahorati  maktablarida  trener-o‘qituvchilar  mehnatiga  haq  to‘lash  O‘zbekiston  Respublikasi  Jismoniy  tarbiya  va  sport

vazirligining buyrug‘i asosida bir nafar o‘quvchi-sportchi uchun normativlar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.

(7-bandning  ikkinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2019-yil  15-yanvardagi  32-sonli  qarori  tahririda  —  Qonun

hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/32/2481-son)

Bir sport maktabida trener-o‘qituvchilar mehnatiga haq to‘lashning turli shakllarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.




8.  Bir  nafar  o‘quvchi-sportchi  uchun  sport  maktablarining  trener-o‘qituvchilari  mehnatiga  haq  to‘lash  normativlari  bazaviy  tarif

stavkasiga nisbatan foizlar hisobida quyidagi miqdorlarda belgilanadi:



Oldingi tahrirga qarang.

9. O‘quvchi-sportchilarni O‘zbekiston Respublikasining terma jamoalari asosiy tarkibiga va stajorlarini, respublika va xalqaro sport

musobaqalari sovrindorlarini tayyorlash uchun sport maktablari trener-o‘qituvchilari mehnatiga haq to‘lash normativlari miqdorlari eng

yuqori  hisoblanadi.  Bir  nafar  o‘quvchi-sportchi  uchun  trener-o‘qituvchilarga  mehnatga  haq  to‘lash  normativlarining  aniq  miqdorlarini

belgilash  to‘g‘risidagi  qaror  sport  maktabi  rahbariyati  tomonidan,  mehnatga  haq  to‘lashning  belgilangan  miqdorlari  va  fondi  doirasida

qabul qilinadi.



(9-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2016-yil  20-oktabrdagi  355-sonli  qarori  tahririda  —  O‘R  QHT,  2016-y.,  43-son,  499-

modda)

10. Sport turlari guruhlar bo‘yicha quyidagi tartibda taqsimlanadi:

sport turlarining birinchi guruhiga — sportning jamoaviy o‘yin turlaridan tashqari, sportning barcha olimpiya turlari kiradi;

sport turlarining ikkinchi guruhiga — sportning jamoaviy o‘yin turlari kiradi;

sport turlarining uchinchi guruhiga — sportning boshqa barcha turlari kiradi.

11.  Bir  nafar  o‘quvchi-sportchi  uchun  normativlar  bo‘yicha  o‘quv-mashq  ishlari  uchun  sport  maktabining  trener-o‘qituvchisi

mehnatiga haq to‘lashda trener-o‘qituvchining lavozim maoshini ustamalar va qo‘shimcha haqlarsiz hisoblab chiqarish unga belgilangan

bazaviy tarif stavkasini uning mehnatiga haq to‘lashning foizlar hisobidagi normativiga ko‘paytirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Trener-o‘qituvchi  tomonidan  bir  nechta  o‘quvchi-sportchi  tayyorlangan  taqdirda  ushbu  trener-o‘qituvchining  mehnatiga  haq

to‘lash  normativi  har  bir  o‘quvchi-sportchi  bo‘yicha  uning  sportdagi  yutuqlarini  va  tayyorlash  bosqichlarini  hisobga  olgan  holda,

belgilangan normativlar miqdorlarini jamlash yo‘li bilan belgilanadi.

Bunda trener-o‘qituvchining ustama va qo‘shimcha haqlarsiz lavozim maoshi unga belgilangan bazaviy tarif stavkasi miqdorining

uch baravaridan oshmasligi kerak.

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi sport maktablarining yuqori toifali sportchilar tayyorlashda salmoqli

natijalarga  erishgan  ayrim  trener-o‘qituvchilariga  bazaviy  tarif  stavkasi  miqdorining  besh  baravarigacha  miqdorda  lavozim  maoshi

belgilash huquqiga ega.



(11-bandning  to‘rtinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2018-yil  5-iyuldagi  508-sonli  qarori  tahririda  —  Qonun

hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)

12.  Sport  bo‘yicha  tayyorgarlikdan  o‘tayotgan  o‘quvchi-sportchi  turli  sport  yutuqlariga  ega  bo‘lgan  taqdirda,  trener-o‘qituvchi

mehnatiga haq to‘lash normativini belgilashda, mazkur o‘quvchi-sportchining yutuqlarini hisobga olgan holda belgilangan normativning

eng yuqori miqdori qo‘llanadi.

13. Bir nafar o‘quvchi-sportchi uchun mehnatga haq to‘lash normativi miqdori sport maktabining trener-o‘qituvchisiga:

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibiga sportchilar (stajorlar) tayyorlaganlik uchun — o‘quvchi-sportchi

O‘zbekiston  Respublikasi  sport  terma  jamoasining  asosiy  tarkibiga  (stajorlikka)  kiritilgan  sanadan  keyingi  oy  boshidan  e’tiboran

belgilanadi va o‘quvchi-sportchi jamoa tarkibida bo‘ladigan butun davrda saqlanib qoladi;



(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT,

2016-y., 43-son, 499-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Olimpiya  va  Osiyo  o‘yinlari,  jahon  va  Osiyo  chempionatlari  hamda  kuboklari  sovrindorlarini  tayyorlaganlik  uchun  —  ko‘rsatib

o‘tilgan  sport  musobaqalarida  o‘quvchi-sportchi  tomonidan  erishilgan  natija  (I  —  III  o‘rinlar)  sanasidan  keyingi  oy  boshidan  e’tiboran

belgilanadi  va  ushbu  darajadagi  keyingi  xalqaro  sport  musobaqalari  (keyingi  Olimpiya  o‘yinlari,  jahon  chempionatlari  va  shu  kabilar)

o‘tkazilgungacha saqlanib qoladi;

(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT,

2016-y., 43-son, 499-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston  Respublikasi  chempionatlari  va  kuboklari  sovrindorlarini  tayyorlaganlik  uchun  —  ko‘rsatib  o‘tilgan  sport

musobaqalarida o‘quvchi-sportchi tomonidan erishilgan natija (I – III o‘rinlar) sanasidan keyingi oy boshidan e’tiboran belgilanadi va shu

kabi  keyingi  O‘zbekiston  Respublikasi  chempionatlari  va  kuboklari  o‘tkazilgungacha  saqlanib  qoladi,  biroq  bir  yildan  ko‘p  bo‘lmagan

davrga.

(13-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT,

2016-y., 43-son, 499-modda)


Download 169,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish