Sport fiziologiyasi fanidan ma’ruzalar matni Ma’ruza Kirish


Ma’ruza 16. O‘yg‘un harakatli sport turlarining fiziologik tasnifi



Download 0,98 Mb.
bet31/35
Sana05.04.2022
Hajmi0,98 Mb.
#529119
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
спорт физ

Ma’ruza 16. O‘yg‘un harakatli sport turlarining fiziologik tasnifi


Reja

1.Gimnastika sport turining fiziologik tasnifi


2.Gimnastikachilarning somatik funksiyalarining
Uzgarish
3.Gimnastikachilarning vegetativ funksiyalarining
uzgarishi.

Sportning uygun xarakatli turlariga strukturasi xilma-xil bo‘lgan atsiklik va statik kuchlanishlardan iborat jismoniy mashqlar kiradi. Masalan tik turish, tayanish, osilib turish bunday mashqlar asosan gimnastika sport turida asosini tashkil qiladi.


Gimnastika-bajarilishining sifati bo‘yicha baholanadigan stereotipli harakatlar bajariladigan sport turi, bыlib, murakkab va щar xil pozalarda statik kuchlanishlarni talab etadigan dinamik ish ustunlik qiladi.
Щozirgi vaqtda yuqori malakali gimnastlarni tayorlashda щaftasiga 1200 dan 2300 gacha щarakat elementlarini bajarish tыgri keladi. Bir marta mashq qilishdagi elementlar soni 300-400 gacha etishi mumkin. (YA.M.Kots va boshqalar, 1973; S.A.Barensev, 1979).
Mashq qilish va musobaqa faoliyatida gimnastikachilarning bajaradigan ishini ыrganish natijalari shuni kыrsatadiki, gimnastikachilar mashq qilish, ayniqsa musobaqa vaqtida 2.0-2.5 kg gacha vazn yuqotadi.

Sportchilarning gavda tuzilishi


Gimnastikachilar sport faoliyatidagi muvaffaqiyati ancha darajada gavda tuzilishiga bogliq. Ayniqsa kam vaznli va past bыyli gimnastikachilar ko‘roq galabaga erishadi. Gimnastikachi =izlar gavdasining ыrtacha yoki past bыyli bыlishi sportga tanlash natijasi bыlib, vaznning kam bыlishi ayni ontogenetik jarayonga, maxsus sportga tayyorligining ta’siri щisoblanadi (V.M.CHenegin, 1983). Gimnastikachilarda maxsus tayyorlanishning erta bosqichlaridayoq, ontogenetik jarayonlarning buzilishi (desinxronizatsiya) kыrina boshlaydi: gavda vaznining ыsishi sekinlashib tanadagi yog tez kamayadi va muskul nisbatan ortadi. Tabiy щoltda sport bilan shugillanmaydigan shaxslarda muskul kuchining rivojlanishi balogatga etish tezigi bilan bevosita bogliq bыladi. Gimnastikachi qizlarda maxsus tayorlanish tasirida aksincha boglanish yuzaga keladi: muskul kuchining rivojlanishi balogatga etishni kechiktiradi. Bu tanada yogning kamayishiga olib keladi.


8-9 yoshdagi 16-17 yoshgacha shiddatli tayorlanadigan gimnastikachi qizlarda faqat qыsish tezligi emas, balki bo‘yi va gavda vaznining yillik ortishi щam kam bo‘ladi.
2 Sport gimnastikasida muvaffaqiyatga erishish gavda qismlarining maxsus nisbatini barmoqlar, qo‘l, oyoq, suyaklari, elka kengligini ortishi tana va tos kengligini kamayishiga bogliq. Gimnastikaning xar bir tur olishuvi gavdaning malumnisbatini talab etadi. Otsnaryadi (qon) uchun qo‘l va oyoqlarni uzun bo‘lishi, o‘alqa uchun elkani keng bo‘lishi zarur. Gimnastikaga tanlashda irsiy jixatdan eng kыp gavda va boshqa qismlarning uzunligiga , so‘ngra vaznga axamiyat berish kerak bo‘ladi (Tenner, 1979).

Tayanch-harakat apparati


Sport gimnastikasi tayanch-harakat apparatiga yuqori talab qo‘yadi: bыgimlardagi щarakat amplitudasi, suyaklar va bыgimlarning mexanik puxtaligi, oyoq kafti qiyaligining yumshatuvchi funksiyasi, va umurtqa pogonasining egriliklari. Egiluvchanlik etarli bыlmaganda kыp gimnastika mashqlariga erishib bыlmaydi yoki ularni bajarilish sifati pasayadi. Bundan tashqari cheklangan egiluvchanlikda charchash tezroq yuzaga keladi chunki, kam щarakatli bыginlarni bukilishi uchun ko‘shimcha kuchlanish talab qilinadi. Egiluachanlikning yuzaga chiqishida irsiy omil ko‘proq axamiyatga ega . Tanlashda tegishli nazorat mashqlarini qo‘llash buni tasdiqlagan. Bolalarda egiluvchanlik eng yuqori bo‘ladi deyiladi, bu sifat ayniqsa 9 dan 12 yoshlargacha kuchli rivojlanadi. SHuning uchun xarakatchanglikni chыzishnibu davrda tarbiyalash eng samarali bыladi.


Sport gimnastikasi bilan shugillanish jarayonida suyaklar va bыgimlar katta mexanik chыzilish ishlariga (masalan katta doira aylanishlar) va qisilishlarga(masalan, sakrashlardan keyin erga tushishda) moslashadi. Suyaklarning va bыgim-boylam apparatining puxtaligi ortadi. Bo‘gimning o‘zida bo‘gim togayining emirilishiga qarshi turgunligi ortadi.
Sport gimnastikasi bilan shugillanish harakat apparatida maxsus funksion va morfologik o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi. Masalan, snaryadlarda mashq bajarish muskullar kuchini ayniqsa qo‘l va tana muskullari kuchini rivojlantiradi, depsinis sakrash va erkin mashqlar bajarish oyoq, muskullarning tezlik-kuch xususiyatini oshiradi, bunda bo‘g‘imlardagi egiluchanlikni belgilaydigan muskullar cho‘ziluvchanligini ko‘paytiradi, to‘sinda bajariladigan mashqlar gavda muvozanatining saqlanishini takomillashtiradi va щakozo. Sport gimnastikasi bilan shugillanishda qo‘l va elka kamari muskullarining xronaksiyasini sezilarli qisqartiradi.

Asab sistemasi va sensor sistemasining xususiyatlari.


Gimnastikachi uchun oliy nerv faoliyatining щususiyatlaridan щarakatchanglik (dinamika) eng muxim axamiyatga ega bыlib, yangi щarakatlarni egallash yangi щarakat malakalarini hosil qilish asosini tashkil etadi.


Aniq, nozik uygunlashgan harakatlarni o‘rganish albatta po‘stloqdagi aktif tormozlanish, jarayonlarning takomillashishi bilan bogliq. SHu bilan birga MNSning, eng avvalo uning afferent qismining, shuningdek sensor sistemalarini tashkil etadigan hamma tuzilmalarning yuqori kuzgaluvchanligi talab etiladi (Sokolova, 1972).
Ayniqsa proprioretseptiv (muskul-bo‘gin) sezuvchangligi katta aщamiyatga ega bo‘ladi, u taktil sezuvchanglik bilan birgalikda harakat faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini: muskullar tarangligini va bo‘g‘im burchaklaridagi kuchlanish kattaligi, gavda qismlarining siljish tezligi va shunga o‘xshashlarni taxlil qiladi. Bu sensor sistema xarakatlarining avtomatlashishida teskari axboratning asosiy yo‘li bo‘ladi. Sport gimnastikasi uchun uning funksiyasi nixoyatda katta bo‘lib, ko‘p sonli harakat malakalarini to‘planishida zarur ahamiyatga ega.
Vestibulyar sensor sistema boshning butun gavdaning fazodagi holati, sportchi gavdasining to‘gri chiziqli va aylana щarakatlarining tezlanish darajasi haqida ahborat beradi. Bu sistemaning sezuvchangligi va turgunligi maxsus sport tayorlanishida muhim ahamiyatga ega.
Ko‘rish va eshitish sensor sistemalari sharoit haqida axborat olishda ishtirok etadi. qator harakat malakalarining funksional sistemalarida to‘liq afferent sintez yuzaga kelishida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bunday axborat bo‘lmaganida tegishli mashqlarning (masalan, snaryadlardan murakkab holatda sakrashlar, erkin mashqlar) bajarilish sifati yomonlashadi.
Gimnastikachining xarakatlari uyushtirilishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan katta yarimsharlar po‘stlogining afferent bo‘limlarining qo‘zgaluvchangligi B.M.Teplov va V.D.Nebыlitsin (1966) konsepsiyasiga ko‘ra nerv sistemasining qo‘zgalish kuchi bilan teskari munosabatda bo‘ladi. Bu hodisa ham sport gimnastikasida mashq qilish ishlariga chidamlilikning bir qismi sifatida zarur bo‘ladi. Nerv sistemasining kuchi uning boshqa xususiyatlari bo‘lgan qo‘zgaluvchanglik, labillik, xarakatchanlik va nerv jarayonlarining tengligiga qaraganda irsiy jixatdan kam shartlangan bo‘ladi. Demak sport gimnastikasi tanlashda bolalarning sensor sistemasining sezuvchangligiga e’tibor berish kerak. qo‘zgalish jarayonlari kuchining etishmovchiligi sportda tayorlanish jarayonida to‘lib ketishi mumkin.
Sport gimnastikasida kuch va tezlik-kuch sifatlarining takomillashishi MNSning motor neyronlari qo‘zgaluvchangligi va labilligiga kuchli talab qilishi bilan bogliq.
qo‘zgaluvchanlik ortishi bilan ko‘p harakat birliklarini saqlagan muskullar qisqarish faoliyatiga tortiladi, uning kuch imkoniyatlariga ancha to‘liq erishiladi. Motoneyronlarning yuqori labilligi kuch bilan bajariladigan ishda to‘liq tetanus mexanizmi hisobiga kuch imkoniyatlarini safarbar etish uchun zarur bo‘lsa, tezlik-kuch bilan bajariladigan ishda esa start kuchini ortishi uchun muhim ahamiyatga ega.
Musobaqa sharoitlarida gimnastikachilar uchun ruhiy hayajonlanishning meyorida bo‘lishi zarur (T.D.SHiman, 1966). Bu hususiyat ko‘p jixatdan irsiy shartlangan. Sportga tanlashda buni hisobga olish kerak.
Vegetativ funksiyalarning o‘zgarishi
Gimnastika mashqlari bilan shugillanish sportchining yurak-tomir sistemasiga o‘ziga xos ancha talab qo‘yadi. SHuning uchun uning funksional holatining o‘zgarishi alohida io‘nalish bo‘yicha bo‘ladi.
Sport gimnastikasida qon aylanishi maxsus ish qobiliyatini cheklamaydi deyiladi. Biroq muobaqalar va mashq qilish vaqtlarida yurakning qisqarish soni ko‘pincha eng yuqori darajaga ko‘tariladi, tinch holatda esa ko‘pchilik gimnastikachilarda sezilarli bradikardiya va tejamlilikning boshqa belgilari (yurak qisqarish quvvati va minutlik hajmining kamayishi) namoyon bo‘ladi. O‘lchamli maxsus mashqlarda tomir reaksiyalari yaxshilanadi.
Mashq qilishda yurakning qisqarishi tezligi, bajarilgan elementlar soni , ularning qiyinligi, mashqning harakteri, oradagi dam olish muddati va sportchining jismoniy chiniqqanligiga boglig‘ bыladi.
Katta yoshli gimnastikachilarda mashq qilish vaqtida yurakning bir daqiqadagi qisqarish soni 130-160 orasida tebranadi. Erkin mashqlar bajarishda va batutda mashq qilishda yurakning qisqarish soni daqiqasiga eng yuqori 175-185 gacha etadi. Murakkab, xafli elementlarni bajarish oldidan yurakning qisqarish soni daqiqasiga 54 martaga ortishi mumkin ( Baransev, 1979 va boshqalar). YOsh gimnastlarda ishning yarimlariga borganda yurakning qisqarish soni eng yuqori darajaga etib, erkin mashqlar bajarishda daqiqasiga 170-190 gacha boradi va ishning oxirigacha shunday qoladi. Ish boshlanganidan keyin 10-15 sek, keyin pulsning ancha ortishi belgilanib, daqiqasiga 156-178 gacha etadi. Hamma snaryadlardagi mashqlar tugaganida puls soni maksimal kislorod ыzlashtirish darajasiga boradi, ya’ni bir daqiqada 178-199 ni tashkil etadi. Ish davomida yurak urishining o‘rtacha soni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich erkin mashqlar bajarilishida (184-193), bir muncha pastroq kыrsatkich snaryadlarda mashq bajarilishida (172-179) kuzatilgan. Bu ko‘rsatkichlar gimnastika mashqlarining yurak-tomir sistemasiga ancha kuchli ta’siri haqida dalolat beradi. YUrakning daqiqalik щajmi gimnastika mashqlari bajarilishida 9-17 ni tashkil etadi. Murakkab kombinatsiyali mashqlar bajarilishida arteriya qon bosimi 140-170 mm.s.u.ga etadi.
Gimnastika mashqlari nafasni ushlash va kuchanishlar bilan bogliq bo‘lgani sababli o‘pka ventilyasiyasini cheklaydi. Gimnastika mashqlari bajarilishidan keyin nafas soni tinch holatdagidan 2 marta , nafas chuqurligi 4-5 marta, kislorod o‘zlashtirish 7-8 marta ortiq bo‘ladi.
Tiklanishning birinchi sekundlarida gimnastikachilarda tashqi nafas (60 l . daq. dan ortiq ) ish vaqtidagiga (45l.daq. gacha. ) nisbatan yuqori bo‘ladi. Bu hodisa Lingard fenomeni bilan bogliq bo‘ladi. Nafasning daqiqalik hajmi yosh gimnastikachilarda 13-32.8 l. ni, katta yoshlilarda 20-40 l.ni tashkil etadi.
Mashq bajarishni aerob yo‘l bilan energiya hosil bo‘lish hisobiga ta’minlash uchun gimnastikachilarni to‘gri nafas olishga o‘rgatish kerak. V. M. Mironov dalillariga ko‘ra murakkab elementlarni bajarishda asosiy harakatlar nafas chiqarish bilan yoki nafas tanaffusi bilan, tayoyrlanish =ismi esa nafas olish bilan kuzatilishi zarur.
Muskul faoliyatini energiya bilan taminlanishi.

Gimnastika mashqlarining bajarilishida nisbatan ko‘p energiya talab etilmaydi. Buni kislorodga talab miqdoridan bilsa bo‘ladi, ya’ni daqiqasiga 5 l, dan oshmaydi. Ish bajirish muddatlari qisqa bo‘lib, soniyalar bilan hisoblanadi. Birorta kombinatsiyani bajarilishi 10 sek. dan 90 sek. gacha tebranadi. Kislorodni maksimal o‘zlashtirish bevosita ish vaqtida emas, balki ish tugaganidan keyin yuzaga keladi. Ishning energiya bilan ta’minlanishi asosan anaerob yo‘l bilan bo‘ladi. Gimnastikaning ko‘p turlari bo‘yicha olishuvda kislorod qarzi kislorodga talabning 60% dan 90% gacha tashkil etadi. Bunda alaktat va laktat turlari birdek qiymatga ega bo‘ladi. Odatga mashq qilish oralaridagi dam olish vaqtlarida kislorod qarzi to‘liq yo‘qoladi.


Gimnastikachilarda MKUni tekrish MKUning absolyut qiymati katta yoshli erkaklarda 3.0-4.1 l. daq. ni, ayollarda 2.1-2.6 l, dak.ni tashkil etishini nisbiy MKU esa erkaklarda 41-60 ml, kg ga tengligini ko‘rsatgan. Seliger (1968) har xil sport turlaridagi energiya sarfini tekshirib asosiy gimnastika mashqlarida (umumiy rivojlantiruvchi) daqiqasiga 0.07-0.13 kkal sarflanishini aniqlagan .sport gimnastikasi mashqlarida (tusin, brusya, sakrash) energiya sarfi 4000-5000 kkal.ga barobar.
Funksional tayyorlikni nazorat kilishning fiziologik usullari
Hozirgi paytda erkaklar sport gimnastikasi ham ayollar gimnastikasida ham mashqlar murakkabligi yildan-yilga ortib bormoqda, shu bilan birga sportda tayyorlash ancha shiddatli va ancha erta yoshda boshlanadi (G.E.Titov, 1977). Sport gimnastikasining bunday bog‘lanishda rivojlanishi, shuningdek ortiqcha yuklanish ehtimolining ortishi o‘ta charchash, o‘ta mashqlanish va moslashishning yqolishiga va niщoyatda zararli oqibatlarga olib keladi. Birinchidan shikastlanish soni ortadi. Bunday щolatlarda ish qobiliyatining qisman yo‘qotilishi sportda tayyorlanish tezligini yomonlashtiradi. Ikkinchidan o‘ta charchash holatida organizmning fiziologik rezervlari safarbar etish qobiliyati susayadi. Buning oqibatida musobaqalarda ko‘pincha sportchi tayorlangan ishi bo‘yicha natija ko‘rsata olmaydi. Uchinchidan oydan-oyga, yildan-yilga takrorlanadigan katta kichik hajmdagi ortiqcha ishlar organizmning o‘sish va rivojlanishini buzadi. Natijada sportchining hamma imkoniyatlari safarbar etilmaydi.
Ancha ko‘p ortiqcha yuklanishlarda sport faoliyatini ancha erta tuxtatishiga olib keladigan surunkali kasalliklar (tayanch-harakat apparati, yurak-tomir sistemasi va hokazo ) rivojlanadi.
Mashq qilish ishlarini ancha aniq belgilash va ularning zararli ta’siridan qutilish uchun plantografiya, teri-gal’vanik reaksiyalar (TGR) va ortostatik sinov (OSS) usullarini qo‘llash tavsiya etiladi. Bu usullar quydagi hususiyatlarga qarab tanlanadi. Birinchidan ular tayanch harakat apparatining, MNS, YUTSning, ya’ni sport gimnastikasiga mashg‘ulotlarida juda katta talab qo‘yiladigan, ular faoliyatining buzilishi organizmning ыta yuklanishiga olib keladigan fiziologik sistemalarning funksional holati haqida axborat beradi. Ikkinchidan bu usullar uchun murakkab yoki kamyob jihozlar talab etilmaydi, o‘lchash texnikalari va olingan ma’lumotlarni baholash oddiy va qulay, kam vaqt sarflanadi.

Sport gimnastikasida ish qobiliyatini cheklaydigan omillar


Sport gimnastikasining o‘ziga xosligi eng avvalo harakat texnikasiga nihoyatda yuqori talab qo‘yilishi bilan ajraladi. Maxsus mashq qilish jarayonida aniq uyg‘unligi va murakkabligi bilan farqlanadigan juda katta hajmdagi harakat malakalari shakillanadi.
O‘ziga yuqori ish qobiliyatining boshqa asosi, kuch imkoniyatlarining rivojlanishi, udinamik, statik va portlovchi kuch, muskul kuchining chidamliligi shakillarida yuzaga chiqishi mumkin. Sport gimnastikasida statik kuchlanishlar ahamiyati nisbatan yuqori bo‘ladi. Sport gimnastikasida muskul kuchining asosiy xususiyati shundan iboratki, unda absalyut kuch emas nisbiy kuch ya’ni sportchi gavdasining har bir kilogramm vazniga tug‘ri keladigan kuch ahamiyatga ega. Bu mahsus sport tayyorligida kuchlanishlar ulushiga tegishli bo‘lib, ishchi pozani (xolatni ) ushlash uchun erga tortilishi kuchini neytrallash yoki engishga va sportchi gavdasini bu kuchga qarshi siljitishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Sport gimnastikasining keyingi hususiyati mashq qilish va musobaqa ishlarining energiya sig‘imining nisbatan pastligi . chunki sport gimnastikasining mashqlari atsiklik shakldagi bir marta bajariladigan, katta hajmdagi statik kuchlanishlar va global dinamik ishlar hajmi kam mashqlardan iborat, shuningdek ularda dam olish davrlari ancha uzoq, ish davri esa qisqa bo‘ladi.
SHuni krsatish kerakki, sport gimnastikasidagi ish xarakteri va shug‘ullanish sharoiti ruxiy emotsional kuchlanishni yuzaga keltiradi.
Ularga shikastlanish xafi, uztoz yoki sportchining ыzini sportdagi takomillashish ko‘niktirmasligi ochlikni ixtiyoriy bosish yoki ovqatlanishni cheklash, ko‘pincha hakamlarning adolatsizligi va hakozalar kiradi.
Maxsus sport tayyorligi va sport gimnastikasining keltirilgan o‘ziga xosligi, sportchining asab sistemasi va sensor sistemalarining, gavda qismining kattaligi, tayanch-harakat apparati va energiya bilan ta’minlash sistemalarining holatini tanlash va mashqlanish samarasinining to‘planishi orqali shakillanadi. Bular maxsus ish qobiliyatining ortishi va sportda rekord natijalari asosini tashkil etadi.

Foydalinilgan asosiy adabiyotlar:


1.Sport fiziologiyasi. I.G. Azimov.SH.S. Sobitov.Tashkent 1993


2.Umumiy va sport fiziologiyasidan amaliy mashgulotlar I.G. Azimov, A.K. Xamrakulov, SH.S.Sobitov,Toshkent,»Ukituvchi» 1992.

Kushimchalari:


1.Fiziologiya cheloveka. Pod.obщ.red.prof. N.V. Zimkina, M. FiS 1975.
2.Sportivnaya fiziologiya. Pod red.prof. YA.M. Kotsa.M.,FiS, 1986.
3.Fiziologiya sporta. Farfel V.S. M.,FiS, 1960.
4.Problemы fiziologii sporta. Pod.obщ.red.V.S. Gippenreytra, M., FiS, 2003



Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish