SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI “SPORT FAOLIYATI VA SAN’AT” FAKULTETI MUSIQA TA’LIMI YO’NALISHI 2 – KURS MAGISTRATURA TALABASI XUDAYBERGENOVA MALIKANING
♪
ILMIY AMALIYOT (STAJIROVKA)
HUJJATLARI
SAMARQAND – 2022
SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI “SPORT FAOLIYATI VA SAN’AT” FAKULTETI MUSIQA TA’LIMI YO’NALISHI 2 – KURS MAGISTRATURA TALABASI XUDAYBERGENOVA MALIKANING
♪
“YOSHLARNI MUMTOZ MUSIQAGA QIZIQISHINI VA MEHRINI SHAKLLANTIRISH” (HOFIZ VA BASTAKOR KOMILJON OTANIYOZOV IJODI MISOLIDA)
MAVZUIDA TALABA YOSHLAR BILAN O’TKAZILGAN
IJODIY KECHA HISOBOTI
SAMARQAND – 2022
SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI “SPORT FAOLIYATI VA SAN’AT” FAKULTETI MUSIQA TA’LIMI YO’NALISHI 2 – KURS MAGISTRATURA TALABASI XUDAYBERGENOVA MALIKANING
♪
ILMIY AMALIYOT (STAJIROVKA) DARS TAHLILI HUJJATLARI
SAMARQAND – 2022
SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI “SPORT FAOLIYATI VA SAN’AT” FAKULTETI MUSIQA TA’LIMI YO’NALISHI 2 – KURS MAGISTRATURA TALABASI XUDAYBERGENOVA MALIKANING
♪
ILMIY AMALIYOT (STAJIROVKA) DAVOMIDA YOZGAN MAQOLALARI
SAMARQAND – 2022
“Yoshlarni mumtoz musiqaga qiziqishini va mehrini shakllantirish” (Hofiz va bastakor Komiljon Otaniyozov ijodi misolida) mavzuida talaba yoshlar bilan o’tkazilgan ijodiy kecha
Bayonnomasi
12.04.2022 yil Urganch shahri
Qatnashdilar: Urganch Davlat Universiteti San’atshunoslik fakulteti professor Samandar Xudayberganov va Musiqa ta’limi talabalari, Urganch shahar ixtisoslashgan san’at maktabi o’quvchilari, o’qituvchilari, ustozlar kechada faol qatnashdilar.
Kun tartibi: “Yoshlarni mumtoz musiqaga qiziqishini va mehrini shakllantirish” (Hofiz va bastakor Komiljon Otaniyozov ijodi misolida) mavzuida bugungi yoshlarni fikrlari va qiziqishlarini o’rganib, o’zbek mumtoz musiqasi haqida ma’lumotlar berish, shu bilan birga mumtoz asarlarni ustozlar ijrosida tinglash, yoshlarda mumtoz musiqiy tinglash qobiliyatini uyg’otish.
Eshitildi: 2022 – yil 12 – aprel kuni Urganch shahri ixtisoslashgan san’at maktabida professor Samandar Xudayberganov tashabbusi bilan ustozlar, talabalar, o’qituvchi va o’quvchilar bilan “Yoshlarni mumtoz musiqaga qiziqishini va mehrini shakllantirish” (Hofiz va bastakor Komiljon Otaniyozov ijodi misolida) mavzuida kichik ijodiy kecha o’tkazdik. Kecha davomida ustoz Samandar Xudayberganov o’quvchi yoshlarga ustoz Komiljon Otaniyozov hayoti va ijodi haqida , umr yo’li va ijodiy mashaqqatlari haqida qisqacha ma’ruza qildilar. Dam soz, dam suhbat asnosida ijodiy kechamizda San’at maktabi o’qituvchilari va o’quvchilari ijrosida Komiljon Otaniyozov asarlaridan namunalaridan eshitdik.
Kechada o’z dissertatsiya ishim uchun ko’plab ma’lumotlar oldim va biz dissertatsiyada ochishni xohlagan ilmiy dolzarblik, muammolarni o’rganganlik darajasini, umuman ilmiy ishimiz asosiy g’oyasini tushuntirishga harakat qildik.
Bugunning yoshlari ko’plab sohalarga qiziqishadi, ularning fikrlari ham, orzulari ham o’zlaridek beg’ubor va toza. Biz ijodiy kechamizda yoshlarga bugungi kun imkoniyatlari va berilayotgan sharoitlarni qadrlashlari, har bir kunni behuda o’tkazmasliklari, vat topdim deguncha kutubxona yoki mashg’ulot sinflarida o’z ijodiy qiziqishlarini shakllantirib, o’z ustida ko’proq ishlashlarini maslahat berdik.
San’atshunoslik fakulteti yoshlar ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari:
Raximov
Urganch Davlat Universiteti talaba yoshlari ishtirokida 15 – aprel Madaniyat sohasi vakillarining bayrami munosabati bilan tashkil etilgan San’atshunoslik fakulteti orkestri o’tkazgan tadbir
Bayonnomasi
14.04.2022 yil Urganch shahar
Kun tartibi: 15 – aprel Madaniyat sohasi vakillarining bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Universitetimiz professor – o’qituvchilar, talaba yoshlari va mehmonlar uchun Fakultetimiz orkestri ijrosida bayromona kecha tashkil etish, madaniyat sohasi vakillarini ushbu bayramga taklif qilish, asosiy vazifa orkestrni malakasini oshirish, katta tadbirlarda ijro etish malakasini oshirish.
Eshitildi: 15 – aprel Madaniyat sohasi vakillarining bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda professor – o’qituvchilar so’zga chiqib ushbu bayramona kecha uchun tashakkur bildirishdi. Yoshlar bilan birgalikda ushbu sahnada ijod, mehnat qilgan barchaga o’z minnatdorchiliklarini bildirishdi. Tadbir davomida ko’plab estetik zavq olishganligi, orkestrga bundanda katta ijodiy parvozlar tilashdi. Tadbirda San’atshunoslik fakulteti dekani talabarni tadbir yutug’i bilan tabrikladi. San’atshunoslik fakulteti Cholg’u ijrochiligi yo’nalishi kafedra mudiri B. Raximov ham so’zga chiqib 15 – aprel Madaniyat sohasi vakillarini bayram bilan barcha professor – o’qituvchilari, talaba yoshlarni tabrikladi. Orkestr ijodiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
San’atshunoslik fakulteti yoshlar ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari:
Raximov
Do'stlaringiz bilan baham: |