Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti “Musiqa taʼlimi va sanʼat" magistratura yoʻnalishi bitiruvchisi Xudaybergenova Malikaning “Bo’lajak musiqa o’qituvchilarini mumtoz musiqaga qiziqishlarini shakllantirish” (Hofiz va bastakor Komiljon Otaniyozov ijodi misolida) mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga taqriz.
Bugungi kunda Oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan ishlash, ularni haqiqiy, yetuk kadr qilib tarbiyalash dolzarb muammoga aylanib bormoqda. Sababi bugunning yoshlari ilmga chanqoq, teran fikrlovchi, o’z ustida tinmay ishlaydigan, yangiliklarga o’ch, qiziquvchandirlar. Shu sabab Pedagogik oliy ta’lim muassasalarini bitiruvchi talabalar bugungi kun bilan hamnafas, zamon bilan hamohang bo’lishi zarur.
Mumtoz musiqa inson moddiy va manaviy turmush talablari, ehtiyojlari va o’zini qurshab turgan tashqi muhitga, boshqa kishilarga bo’lgan munosabatlari natijasida paydo bo’lgan. Xalqning ichki ruhiyati, dunyoqarashi, intilishlari va orzu-havasi musiqa ohanglarida aks etib kelingan.
Xudaybergenova Malika tomonidan tadqiq qilingan “Bo’lajak musiqa o’qituvchilarini mumtoz musiqaga qiziqishlarini shakllantirish” (Hofiz va bastakor Komiljon Otaniyozov ijodi misolida) dissertatsiyamizda ham mumtoz musiqa, asosan Xorazm mumtoz musiqasi va ijro uslubiga alohida urg’u berilgan
Darhaqiqat, mumtoz musiqa insonning moddiy va ma’naviy turmush talablari, ehtiyojlari va o’zini qurshab turadigan tashqi muhitga, boshqa kishilarga bo’lgan munosabatlari natijasida, mumtoz she’riyatning va ijrochilik mahoratining rivojida yuzaga kelgan. Xalqning ichki ruhiyati, dunyoqarashi, intilishlari va orzu – umidlari musiqa ohanglarida aks etadi. Ushbu musiqa namunalari minglab yillar davomida shakllanib, sayqal topib, badiiylashib, yuksak pog’onalarga ko’tarilgan va xalqning madaniy – ma’naviy boyligiga aylangan.
Taqdim etilayotgan ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ahamiyati, o’rganilganlik darajasi kabi jihatlar haqida to’xtalib o’tilgan. Tadqiqotchi musiqa ta‘limi taraqqiyotida zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o’rni va vositalarni tadqiq etishga qaratilgan ta‘lim shakllari, usul va vositalari haqida mulohazalar bayon etgan. Shuningdek, musiqiy nazariy, amaliy darslarda talabalar bilan ishlash, ularni mumtoz musiqa, asosan Xorazm ijro uslublari va yo’nalishlari bilan birdek tanishtirishda pedagogik mahoratni qo’llash imkoniyatlari shakli va uslublari magistrant tomonidan yoritilgan.
Komiljon Otaniyozov asarlari pand – nasihatomuz yo’nalishda ashula, qo’shiqlari ayni kunda yoshlar onggiga, ma’naviyatiga zarur ozuqani bera olishi bilan ahamiyatlidir. Dissertatsiya ishimizda o’rganilgan muammolar ochib berishga harakat qilingan, umuman olganda barcha aytib o’tilgan fikrlar va amaliyotda bajarilgan ishlar ishning dolzarbligini ta’minlagan. Nizom bo’yicha barcha talablarga javob beradi va uni himoyaga tavsiya etish mumkin.
Samarqand Davlat Universiteti Sport faoliyati va san’at fakulteti “Musiqa ta’limi va san’at” yo’nalishi o’qituvchisi, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Xurramova B. ______________
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti “Musiqa taʼlimi va sanʼat" magistratura yoʻnalishi bitiruvchisi Xudaybergenova Malikaning “Bo’lajak musiqa o’qituvchilarini mumtoz musiqaga qiziqishlarini shakllantirish” (Hofiz va bastakor Komiljon Otaniyozov ijodi misolida) mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga taqriz.
“Dunyoda hech qachon tugamaydigan, oxiri yo’q, izlasang va yana izlasang qaytadan yangicha tug’ilaveradigan narsa bu - ilmdir”, - deb aytishgan bobolarimiz. Xuddi shunday ilm – bu cheki chegarasi yo’q, zamon va makon tanlamas, yosh va qari uchun birdek zarur bo’lgan ne’matdir. Muqadas kitoblarda ilm olish ham farz, ham qarz deb yozilganligi, har bir mo’min kishi uchun o’z ustida ishlash, o’qib – o’rganish qanchalik zarur ekanligini anglatmoqda.
Shu bois bugungi kunda yoshlarimizga yuklatilgan asosiy vazifalardan biri yaxshi o’qib o’rganish va o’z ustida ko’proq ishlashdir. Bu davr talabi, sababi zamonaviy texnika, texnologiyalar nafaqat yashash tarzimizga balki farzandlarimiz ongiga ham ta’sir qilmoqda. Zamonaviy o’quvchilarning fikrlashi ham o’zgacha va ajoyib. Shu sababdan Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarini har tomonlama ilg’or va teran fikrlovchi, dunyoqarashi keng pedagoglar qilib tarbiyalash davlat siyosati darajasiga chiqqan.
Xudaybergenova Malika tomonidan tadqiq qilingan “Bo’lajak musiqa o’qituvchilarini mumtoz musiqaga qiziqishlarini shakllantirish” (Hofiz va bastakor Komiljon Otaniyozov ijodi misolida) dissertatsiya ishimizda ham aynan bo’lajak pedagoglar asosiy obyekt sifatida olingani maqsadga muvofiq. Har bir sohaga ta’sir qilayotgan “zamonaviylik” atamasi o’lmas hisoblanuvchi klassik musiqamizga ham daxl qilmasdan qolmayapti. Farzandlarimizga qadriyatlarimiz, milliyligimiz tarannum etgan bu asarlarni yoshligidan o’rgatib, eshittirib, tanishtirib borish, ularda vatan tuyg’usi, o’z tug’ilib o’sgan yurtiga muhabbat, sadoqat kabi fazilatlarni shakllantiradi.
Taqdim etilayotgan ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ahamiyati, o’rganilganlik darajasi kabi jihatlar haqida to’xtalib o’tilgan. Tadqiqotchi musiqa ta‘limi taraqqiyotida zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o’rni va vositalarni tadqiq etishga qaratilgan ta‘lim shakllari, usul va vositalari haqida mulohazalar bayon etgan. Shuningdek, musiqiy nazariy, amaliy darslarda talabalar bilan ishlash, ularni mumtoz musiqa, asosan Xorazm ijro uslublari va yo’nalishlari bilan birdek tanishtirishda pedagogik mahoratni qo’llash imkoniyatlari shakli va uslublari magistrant tomonidan yoritilgan.
O’rganilgan muammolar dissertatsiya ishimizda o’z yechimini topgan. Ilmiy ish badiiy jihatdan va ilmiy jihatdan badiiy tilda yozilgan. Ustoz Komiljon Otaniyozov hayoti va ijodi, yaratgan asarlari notalari misol tariqasida keltirilgan. Nizom bo’yicha barcha talablarga javob beradi va uni himoyaga tavsiya etish mumkin.
Xorazm viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi Tillarni o’qitish metodikasi kafedrasi mudiri, Filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent
M.I.O’ Sobirova Nasiba Ergashevna_________
Do'stlaringiz bilan baham: |