SPIRTLI VA SPIRTSIZ ICHIMLIKLAR
Reja:
Ichimlik chanqoqbosdi va sarflangan
energiyani tiklovchi vosita sifatida
Alkogolsiz va alkogolli ichimliklar
Ichimliklar kartasi va uni tuzish
tartibi
Tayanch so’z va iboralar: spirtli ichimlik, spirtsiz ichimlik, tayyorlanish tartibi, sheyker, vino, likyor, pivo, ichimliklar kartasi.
Ichimlik chankokbosdn va sarflangan energnyann tiklovchi vosnta
sifatida
Sifatli ichimlik va taomlarni taklif etish restoran biznesining tamal toshi xisoblanadi. Ko’pgina restoranlarda spirtli ichimlik uning asosiy reklama vositasi xisoblanadi va ko’pgina mijozlarni o’ziga jalb qilish orqali katta daromadga erishadi. U maxsulot aylanmasining asosiy qismini tashkil etish bilan birga kunning xohlagan bir vaktida taklif qilish mumkin. Shuning uchun unchalik kup yuqotish yoki zarar bulmaydi.
Mazkur turdagi restoran biznesini yuritishga deyarli e’tibor berishmaydi, zero uni to’g’ri, oqilona boshqarish uchun mutaxassis xodim kerak bo’ladi. Bunday restoranlar o’z xodimlarining orasida somele - spirtli ichimliklar mutaxassisnga ega bulishi lozim, Ushbu xodimlar restoran obruyini mijozlarga xizmat kursatish orqali restoran samaradorligini kundan - kunga oshirib borishadi,
Ichimliklar O’zbekiston restoranlariga xos xisoblanadi, Zero dasturxon choysiz bulmaganidek taomni taklif qilish san’ati choy, qaxva, kokteyl, punsh, kryushon, baule, kvars tasavvur qilib bo’lmaydi. Shu sababli barlar xozirda katta obruga ega bulib bormoqda.
Insoniyat paydo bo’lgan vaqtdan buyon chanqog’ini bosish va sarflagan kuchini qayta tiklash yulida ichimlikdan foydalanib kelmoqda. Buni uzoq yillar davomida iqlimlariga xos xalqlar uzlarining maxalliy xomashyo, milliy an’analar va odatlari asosida turli xildagi ichimliklarni kashf qilishgan. Misol uchun Markaziy Osiyoda - sharbat, Ukrainada - kvas va asal, Osiyoning Restoran servisni tashkil qilish tekislik va tog’li joylarida - ayron va qimiz, cho’llarda esa ko’k choy, Fudzyamadan Albiongacha - qora choy keng tarqalgan. Musulmon mamlakatlarida spirtli ichimliklarni ichish shariat asosida ta’qiqlangan bir paytda, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Portugaliyada tushlikni vinosiz tassavvur xam qilib bo’lmaydi.
Insoniyatning ichimliklarni yaratishdagi maxoratini cheksiz desak mubolag’a bo’lmaydi. Zero, dunyo kolleksiyasi aralashtirilgan ichimliklarni tayyorlashning 4000 xildan ortiq turiga ega bulib, ular turli xildagi vino, choy, qaxva, meva sharbatlari, asal, shakar, tuxum sarig’i, muz parchasi, konyak, rom, viski va boshqa ichimliklarni o’z ichiga oladi. Ularning ayrimlari tarkibida non, meva turlari, boshqalarida esa asal yoki sutdan iborat bo’lgan. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, ularning xammasi kuch baxshida etadi.
Katta miqdordagi suyuqlikni ichish bilan faqatgina chanqoqni bosish emas, aksincha, yo’qotilgan kuchni tiklashni xam nazarda tutadi. Shu sababli barcha ichimliklar tarkibida tabiy sharbat, belok, fermant, vitamin xattoki yog’ mavjud. Ming afsuslar bo’lsinki, hozirda kupchilik sun’iy va spirtli ichimliklarning maqsadli iste’moli esimizdan chiqib suvning xayotbaxsh quvvatidan bebaxra qolib kelmoqda.
Ichimlikni tanlash kishining xamyoni, talabi, ijtimoiy kelib chiqishiga bog’liq. Misol uchuy yoshi kattalar choy, qaxva, kakao, kvas, mors kabi ichimliklarni, yoshlar esa qaxva va spirtsiz ichimliklarni afzal ko’rishadi,
Ayrim ichimliklar chanqoqni bossa, ayrimlari kuch baxshida etshi bilan birga yurak urishi va asab tizimini qo’zg’atadi. Ko’pgina ichimliklar tarkibi kuchli kaloriyaga ega, shu sababli ular inson organizmining kunlik talabidan ham oshib ketishi mumkin.
Taqdim etish xaroratiga ko’ra ichimliklarni ikkiga bo’lamiz:
Muzdek xolda, odatda+2°C - + 10°C xaroratda;
Qaynoq xolda, odatda 70-80°C va 90 - 95°C xaroratda.
O’z tarkibiga ko’ra ichimliklar: yakka va aralash turlarga bo’linadi.
Barga keluvchilar tomonidan aralash xolda tayyorlangan ichimliklar keng iste’mol qilinadi. Bular sirasiga: sut, mevali sharbatlar, sabzavotlar, piva, xar xil tarkibli spirtli ichimliklar kiradi. Aralash tarkibli ichimliklar odatda bir yoki bir necha komponentlar birlashib, uziga xos ta’m, kurinish,
Tetiklashtiruvchi, chanqoqni bosuvchi yoki ishtahani qo’zg’atuvchi bo’lishi mumkin.
Aralash tarkibli ichimliklar o’z navbatida spirtsiz va spirtli ichimliklarga bulinadi. Spirtsiz aralash tarkibli ichimliklar: sutli, mevali, qaxvali, choyli, pivali bulishi mumkin. Spirtlilari esa vodka, konyak, rom, shampan, jin, viski, vino kabilarga bo’linadi.
Spirtsiz sutli ichimliklarga sutli kokteyl va sutli mevali kokteyllar kiradi, jumladan o’rikli kokteyl, olxo’rili kokteyl, shaftolili kokteyl muzqaymoq bilan va x.k. Bular ichida eng keng tarqalgani mevali spirtsiz ichimliklar bo’lib, uni yil davomida taklif qilish mumkin.
Qaxvali ichimliklarga turli xildagi qaxva (shakarli, sutli, vencha, varshavcha, sharqona, italyancha, meksikacha va b.) misol bulishi mumkin.
Qaynoq aralash tarkibli ichimliklar 70°C darajada odatda solol, fayans va choyni finjonlarda, sovuqlari esa xrustal, shisha, baland bokal, fujer, turli shakllardagi stakanlarda beriladi. Bunday ichimliklar snrasiga qlupnayli kokteyl, muz bo’lakli limonli sharbat, o’rikli limonad, malinali mors, kvas va boshqalar kiradi. Bunday ichimliklarga sharbatlarmi tarkibida mevali muzqaymoqli ichimliklarni xam kiritish mumkin. Sharbatlar odatda fujerlarda ustiga qaymoq va maydalangan qaxvani choy qoshiq bilan birga taklif qilishadi, Sharbatlarga olmali, qulupnayli, malinali, apelsin, mevali va boshqalarni aytish mumkin,
Choy O’zbekiston xalqi orasida eng sevimli ichimlik xisoblanadi. Choyni damlab tayyorlashadi. Qaynok choyni choynaklarda chinni, sopol piyola yoki finjonlarda tarelkasi bilan birga beriladi.
Alkagol komponenti mavjud aralash tarkibli ichimliklar o’z tarkibiga ko’ra kuchli va dessertlarga bulinadi. Kuchli alkagol ichimliklarga vodka, konyak, rom, viski, jinlarni kiritamiz. Eng keng tarqalgan alkogol ichimliklar sirasiga kokteyllar kiradi. Bularga: «Troyka», «Raketa», «Pelikan», «Vostok», «Palmira» (vodka bilan), «Admiralskiy», «Kiev», «Lyuks», «Privet» (konyak bilan), «Kuba», «Bakardn», «Gavana», «Ekvator» (rom bilan) «Martini», «Rfivera», «Sfinks» (djin bilan), «Texas», «Burbon» (viski bilan) va xj..
Kokteylning asoschisi XVIII asrda amerikalik tadbirkorlardan biri Djerri Tomas xisoblanadi. U ichnmliklarni aralashtirilgal xolda taklif qilish orqali ularga o’ziga xos ta’m, ko’rinish baxshida etdi va natijada u hakida kitob ham yozdi, Shuning uchun Djerri Tomas retsepti xozirgacha taniqli xisoblanadi. U bir tarzda tayyorlanib dunyoning xoxlagan bir joyida shu tarzda taklif qilinadi. Bular sirasiga: «Texas», «Martini, «Kovboy», «Manxettei», «Kolibri», «SHeri kobler», «Uayt Ledi», «Pikmi-ay» va boshqalarni keltirish mumkin. Uning ko’ngildagidek chiqishiga me’yorida foydalanilganligi ta’mi, xidi va tashqi kurinishida aks etadi. Axamiyatlisi yangi ta’m, ko’rinishdan iborat guldastani yasashdir.
Aralash tarkibli ichimliklar muzdek (2-10°C) yoki qaynoq xolda (70-80°C va 90-95°C) taklif qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |