Temperatura o’zgarishi jarayonida monoxromatik nurlar oqimining
solishtirma qarshilikka ta’sirini aniqlash
Ishning maqsadi: Temperatura o’zgarishi jarayonida monoxromatik nurlar
oqimining solishtirma qarshilikka ta’sirini aniqlash hamda bu jarayonda
yarimo’tkazgichlarning yorug’likka sezgirligi mexanizmini o’rganish.
Kerakli asbob – uskuna va jihozlar: Yarimo’tkazgich namunasi,
ampermetr, voltmetr, tok manbai, kalit, monoxromator, qizdirish pechi,
termopara va boshqalar.
Ishni bajarish tartibi:
1. 2.5.3-rasmda keltirilgan sxemani yig’ing. Sxemaning ishga yaroqligini
loborant yoki o’qituvchi yordamida tekshiring.
43
2.5.3-rasm. Temperatura o’zgarish jarayonida monoxromatik nurlar oqimining
solishtirma qarshilikka ta’sirini o’rganish qurilmasining soddalashtirilgan
sxemasi. 1, 2, 3 va 4 – zondlar, tok manbai (IUS-1), A – ampermetr, mV –
millivoltmetr, I, II, III va IV – pog’anali kalit,
- monoxromator, (- - -) –
himoya qoplami.
2. Namuna qalinligini aniqlab, 2.5.3-jadvalga yozing. So’ngra namuna
tutqichga o’rnating. Zondlarni joylashtiring. Termoparani namunaga o’rnating.
Monoxromator nurlar dastasini zondlar o’rtasiga tushishini tekshiring.
3-jadval
d
(sm)
,
(mkm)
T,
(K)
I, (A)
U, (V)
U
o’rt
,
(V)
,
(Om
sm)
Izoh
1
2
3. O’lchash qurilmasini manbaga ulang. Dastlab, monoxromatorni
manbaga ulamasdan pog’anali kalitlar
yordamida U
1
hamda U
2
ko’rsatkichlarini
aniqlang va jadvalga yozing. Bu holatda namuna xona temaperaturasida bo’lsin.
Monxromatorni manbaga ulang va yorug’likni namuna sirtiga tushayotganligini
A
Tok
manbai
mV
K
1
K
2
1
2
3
4
Q
mV
44
tekshiring. So’ngra, yorug’lik to’lqin uzunligini quyi qiymatidan yuqoriga
ortirgan holda o’zgartirib, U
1
hamda U
2
ko’rsatkichlarini aniqlang va jadvalga
yozing. O’lchash jarayonlarida I ning qiymati bir xil bo’lishini nazorat qiling.
Bu ish oldingi laboratoriya ishlarining mantiqiy davomidir. Shuning uchun
tajribani har 10 gradus yoki o’qituvchi tomonidan tavsiya etilgan temperatura
oraliqlarida bajarish tavsiya etiladi. Tajribani xona haroratidan 900 K gacha
o’tkazish tavsiya etiladi.
4. Tajribani temperatura kamayishi jarayonlarida qayta bajaring. Olingan
natijalar temperatura ortishidagi qiymatlariga mos kelishiga e’tibor bering.
Masalan, temperaturaning ortishi jarayonida 400 K da o’lchangan bo’lsa,
temperatura kamayishi jarayonida olingan natija ham huddi shu temperaturaga
mos bo’lishiga e’tibor bering.
5. U ning (1) va (2) qiymatlari yig’indisining o’rtacha arifmetik qiymatini
aniqlang. So’ngra jadvalga yozing.
6. Jadvalda aniqlangan natijalar yordamida solishtirma qarshilikni
aniqlang.
(2.5.3)
Natijalarni jadvalga yozing.
7.
Temperatura o’zgarishi jarayonida solishtirma qarshilikning
monoxromatik nurlar to’lqin uzunligiga (
(
)) bog’liqligi grafigini chizing.
Yorug’lik to’lqin uzunligi masalan, 0,6mkm, 0,65 mkm, 0,7 mkm, 0,75 mkm,
0,78 mkm, 0,8 mkm, 0,83 mkm, 0,86 mkm, 0,9 mkm, 0,95 mkm, 1,0 mkm
bo’lishi yoki o’qituvchi tavsiya etgan holatlar bo’lishi mumkin.
8. Grafiklar asosida solishtirma qarshilikning monoxromatik nurlar oqimi
hamda temperaturaga bog’liqligini fizik mohiyati tushuntiring.
Ish yuzasidan xisobot:
Ishning maqsadidan kelib chiqib, ishni bajarish tartibi bosqichlari,
solishtirma qarshilikning monoxromatik nurlar oqimi hamda temperaturaga
bog’liqligini fizik mohiyatini tushuntirishga oid yozma axborot tayyorlang.
45
Nazorat savollari:
1. Ishni bajarish tartibini boshqa ishlardan farqini tushuntiring?
2.
(T) grafigi qanday yasaladi?
3.
(
) grafigi qanday yasaladi?
4. Solishtirma qarsilik temperaturaga sezgirmi yoki monoxromatik nurlar
oqimigami?
5. Termoparaning ishlash prinsipini tushuntiring?
8. Termopara namuna ostiga qo’yilganda qanday temperatura aniqlanadi?
9. Yarimo’tkazgichning yoru’likka sezgirligi deganda nimani tushunasiz?
46
ADABIYOTLAR
1. С.З.
Зайнобидинов,
Х.
Акрамов.
Яримўтказгичлар
параметрларини аниқлаш усуллари. Тошкент “Ўзбекистон” 2001
й. 318 бет.
2. О.О. Маматкаримов, С.И. Власов, Д.Э. Назиров. Яримўтказгич
материаллар ва асбоблар физикаси практикуми. Тошкент 2006 й.
207 бет.
3. В.Ф. Лысов. Практикум по физике полупроводников. Москва
“Просвещение” 1978 г. 208 с.
4. Л.О. Олимов, Э. Мухтаров, А. Қурбонов, Ф.Л. Омонбоев. Микро- ва
нанотузилмали яримўтказгичларнинг электрофизик хоссаларини
аниқлаш методи. «Яримўтказгичлар физикасн ва қурилмалари ҳамда
уларни ўқитишнинг муаммолари» худудий илмий анжумани
материаллари. Нам ДУ, 26-апрель, 2013 й. 14-15 б.