Sotsiologiyasi


I.  9.  San’at va  din  uyg‘unligi



Download 3,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/48
Sana26.09.2021
Hajmi3,9 Mb.
#185601
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   48
Bog'liq
1madaniyatsotsiologiyasipdf (1)

I.  9.  San’at va  din  uyg‘unligi
San’at ham madaniyat singari madaniy  universal xususiyatga 
egami?  Barcha  madaniyatlarda  xalq  o‘z  estetik  tajribalari 
bo‘lmish  go‘zallik  tuyg‘ularini  ma’lum  bir  buyum  yoki  hodisa- 
lar  bilan  bog‘laydi.  San’at  o ‘z  ichiga  vizual,  y a’ni  ko‘z  bilan 
ko‘rib anglanadigan san’atni, adabiyot, musiqa va teatr san’atini 
qamrab  olgani  sababli,  uni  ba’zi  vaqtlarda  “ekspressiv  madani­
yat”  deb  ham  atashgan.  San’at  inson  tuyg‘ulariga  nechog‘li 
kuchli  ta’sir  qilsa,  u  shunchalik  qadr-qimmatli  boMadi.  Qa- 
bilalarda  o ‘tkazilgan  tomosha-bayramlarda  ko‘pincha  san’at 
va  din  uyg‘unlashib  ketganligi  kuzatiladi.  Qanday  jamiyatda 
bo‘lmasin,  san’atning  yuksak  estetik  qadr-qimmatga  ega  ekan- 
ligi unga din bilan tenglashish imkonini beradi.
G ‘arbga  xos  bo‘lmagan  san’atni  o‘rganuvchilar  mahalliy 
xalqlarga  xos  bo‘lgan  individual  ijrochilik,  hayotni  aynan  ifo- 
dalash  uslublarini  tanqid  qiladilar.  Ammo  ba’zi  tadqiqotchilar 
mazkur san’at  ijrochilari  mahoratidagi  o‘ziga xos  nafosatga  tan 
berishadi.
Ko‘pgina  nog‘arbiy  jamiyatlar  individual  artistlarning  yu- 
tuqlari  va  muvaffaqiyatlarini  tan  olishadi.  San’at -   bu  faoliyat- 
dir. To‘g ‘rirog‘i, ijodiy faoliyatdir. San’atga qo‘yiluvchi umumiy 
talablar san’atga xos faoliyatning nechog‘li  qadr-qimmatliligini, 
mukammaligini  baholaydi.  Standartlar  norasmiy  ravishda jam i­
yat  va  san’at  tanqidchilari,  mutaxassislar  tomonidan  nazorat 
qilinishi mumkin.  Oddiy xalq san’ati  va ijodkorligi  professional 
ijodkorlikdan tabiiyroqdir.
San’at  jamiyatdagi  mavjud  madaniyatning  bir  qismidir. 
Estetik  xulosalar  madaniy  makonga  bog‘liq  holda  vujudga 
keladi.  Madaniyatning  sotsiologik nuqtayi  nazardan o'rganilishi
www.ziyouz.com kutubxonasi


natijasida  elitar,  ommabop  xalq  san’ati  va  madaniyatining 
mavqeyi kuchayishiga olib keldi. Mif, afsona, rivoyat va hikoya- 
lar  bo‘lmish  madaniy  merosning  saqlanishida  muhim  ahamiyat 
kasb etdi.
Ba’zi manbalarda din ham  san’at bilan uyg‘unlashgan,  degan 
fikrlar mavjud. Diniy ulamolar diniy va dunyoviy tushunchalarni 
farqlashsa,  san’atda  artistik  va  oddiy  ijro  tushunchalari  farqla- 
nadi.
Agar  biz  dinga  taalluqli  bo‘lgan  biron  voqelikka  qarasak, 
uning  san’atga  daxldlor  jihatlarini  ko‘ra  olamizmi?  Ko‘pgina 
san’at namunalari  din bilan  qo‘shma ravishda yaratilgan.  G‘arb 
san’ati  erishgan  yutuqlarning  eng  kattasi  ham  diniy  ilhom  bi­
lan  yoki  din  yo‘lida  yaratilgandir.  Fikrimizga  dalil  sifatida 
xristianlik  cherkovlarida yaratilagn yuksak  badiiylik  namunala- 
rini  keltirishimiz mumkin.
Islom dinida ham san’atga bo‘ lgan va uning natijasida madani- 
yatga  nisbatan  bo‘lgan  munosabatning  ijobiyligini  ko‘rishimiz 
mumkin.  Masalan,  Sharq  Uyg‘onish  davri  m a’naviy  madani- 
yatida  musiqa  san’ati  o ‘z  o ‘rniga  ega.  Garchi  islom  dini  bu 
san’at  turini  rag‘batlantirmagan  bo‘lsa-da,  ammo  uni  umuman 
taqiqlagan  ham  emas.  Imom  Buxoriyning  “Al-jome  as-sahih” 
(ishonarli  to‘plam)  kitobining  3-jildida  bu  borada  ikkita  hadis 
keltirilib,  ularda  musiqa  tinglash  man  qilinadi  emas,  balki  uni 
yengil  o ‘yin-kulgi  tarzida  targ‘ib  etmaslik  zaruratini  anglatish 
m a’nosi bordir’.
Ba’zi holatlarda diniy  tadbirlar va san’at  faoliyati  parallel ra­
vishda o ‘tadi.Demakki, san’at va din ko‘phollardauyg‘unlashadi. 
Mislol  uchun,  sahnada niqob  (maska)  va har xil  liboslar kiygan 
ijrochi ruhlarni ifoda etishi mumkin. Ijrochilar maxsus musiqaga
1 E.  G u lm eto v   va  bosh.  M adaniyatshnoslik:  M a ’ruzalar  m atni.  -  Т.,  2000.  86- 
bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi


o ‘ynashlari,  kuylashlari,  badanlarini  bo‘yashlari  va  ekspressiv 
madaniyatning boshqa turlarini ijro etishlari mumkin.
Estetik  qadr-qimmat  san’atning  xususiyatlaridan  biridir.  Ik­
kinchi  sifat esa joyning  to‘g ‘ri  tanlanishidir.  Biz  san’atni  his  qi- 
ladigan  ba’zi  maxsus  muassasalar  borki,  ular jum lasiga  muzey, 
konsert zali, opera uylari  va teatrlar kiradi. Agar biror-bir narsa, 
buyumni  muzeyda yoki  m a’lum  bir badiiy  muassasada  ko‘rsak, 
uni,  shubhasiz,  san’at namunasi  deb  o ‘ylaymiz.  Lekin  shu bilan 
birgalikda,  biror-bir  ijod  mahsulining  san’at  namunasi  sifatida 
qabul  qilinishi ham  anchayin munozarali  bo‘ladi.  Bizning jam i- 
yatda muzeylar odamlarni ijodkorlikka va yangilkka intiluvchan- 
likka  undashda,  ijtimoiy  m e’yorlarni  tartibga  solishda  bevosita 
ishtirok etadi.  Qabila va urug‘larda muzeylar bo‘lmagan, ammo 
ularda badiiy namoyishlar o ‘tkaziladigan joylar bo‘lgan.
Xullas, din hayotni muqaddas shaklda tasvirlovchi g‘oyalarni 
yaratdi:  falsafa-teologiya,  adabiyotda  ilohiy,  didaktik  janrlar; 
Yevropa musiqasida  cherkov gimnlari -  liturgiya va messa;  tas- 
viriy  san’atda xristianlik sujetlari asosiy o‘rinni  tutdi.
Ilohiyot olam va inson haqidagi o ‘z “ilmiy” manzarasini yarat­
di.  Masalan,  o ‘rta  asrlarda  asosiy  mavzu  Xudoni  kuylash,  Injil 
asotirlari,  avliyolar  hayoti,  ruhiy-axloqiy  poklanish,  gunohdan 
m ag‘firat  bo‘lish  aqidalaridan  iborat  edi.  Musiqaviy  madani­
yat  negizini  cherkov  qo‘shig‘i  (liturgiya),  musiqa,  she’riyat  va 
drammaturgiyani  o‘zida  uyg‘unlashtirgan  cherkov  tantanalari 
tashkil etdi.
Islomda  olamning  mohiyati,  asl  hayot  haqiqatini  naqshlarda 
muhrlangan belgilarida ifodalashga e’tibor qaratilgan. Mahobat- 
li  m e’morchilik  yodgorliklarini  betakror  go‘zallik  timsollariga 
aylantirgan, ixlosmandlarning nafaqat ko‘zini, balki qalbini ham 
quvontiradigan murakkab geometrik  shakllar,  o‘simliklar shakli 
ifodasi,  qo‘lyozma,  amaliy  bezak,  naqshlar  san’ati  asosida  islo- 
miy  ramz  tasvirlari  yotadi.  Jumladan,  uchburchak  -   Ollohning
www.ziyouz.com kutubxonasi


nazari;  to ‘rtburchak  -   m usulm onlam ing  m uqaddas  manzilgo- 
hi  -   Ka’ba;  beshbiirchak  -   dinning  5  asosiy  arkoni;  jimjimador 
o ‘sim liksim on  shakl  va  gullar  -  jan n at  b o g ‘i;  havorang  -   pok- 
lik,  tozalik,  osmon;  to ‘lqinli  chiziq  -   suvni,  sariq  rang  quyosh 
ram zini bildiradi»1.

Download 3,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish