I. 8. Kiborlar (elitar) m adaniyati turi
Oliy - elitar madaniyat. Elita (fransuzeha elita - eng sara, eng
yaxshi, saralangan) - har qanday ijtimoiy tuzilmaning boshqaruv
jihatlarini muvofiqlashtirish hamda rivojlantirish funksiyalarini
amalga oshiruvchi oliy, imtiyozli qatlamdir. Elita haqidagi na-
zariyalar dastavval Platon, Aristotel, Nitshe va boshqa olimlar-
ning qarashlarida bayon qilingan. Hozirgi G ‘arb sotsiologiyasida
elita turli xil talqin etiladi. Bunda elita hokimiyatga yo‘nalgan,
siyosiy jihatdan eng faol odamlar (Moska), jamiyatda eng ko‘p
obro‘, maqom, boylikka ega bo‘lgan, ommaga nisbatan aqliy va
axloqiy ustunlikka ega odamlar (X. Ortega-i-Gasset), jam iyat
ning noijodiy ko‘pchiligidan farq qiluvchi qismi (Toynbi), eng
malakali mutaxassislar, menejerlar va boshqaruv tizimidagi oliy
xizmatchilardir, deb izohlanadi”1.
Elitar madaniyati ostida, odatda, an’anaviy ijtimoiy-guma-
nitar va ilmiy-texnik (intellektual) madaniyat tushuniladi. Elitar
madaniyat — bu kam sonli kishilar madaniyatidir. Bu madaniyat
turi oliy ta ’lim-tarbiya ko‘rgan, maxsus tayyorlangan, ijtimoiy
va intellektual kelib chiqishi eng sara, yuqori bo‘lgan kishilarga
tegishlidir. Boshqacha aytganda, k ib o rlar-elitar madaniyat jam i
yatning imtiyozli tabaqalariga m o‘ljallangan. “San’at SAN’AT
uchun” qoidasi madaniyatda nafis san’at, mumtoz musiqa, faqat
kiborlargina mutolaa qiladigan badiiy adabiyot namunalarini
nazarda tutadi. Bunday madaniyat namunalari murakkab bo‘lib,
ular maxsus intellektual - estetik maqomga ega bo‘lgan, yuksak
did vakillari uchun yaratiladi”2.
1 Sotsiologiya: 0 ‘quv qoM lanma. M ualliflar ja m o a si. —Т.: A. Q odiriy nom idagi
xalq m erosi. 2002. 88-bet.
2Q arang: A l-B uxoriy. H adis: A l-jo m e ’ as-sahih (Ishonarli to 'p la m ). - Т . , 1997.
4 1 0 - 4 1 4 - b e t.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ziyolilarning elitar madaniyatga bo‘lgan munosabatlari turli
xildir. Elitar madaniyatda tarbiya topgan mutafakkirlarning bir
qismi bu madaniyat turini davrning eng sof madaniyati deb hi-
soblashsa, boshqa olimlar guruhi bu madaniyat turini umumiy
madaniyatning bir yo‘nalishi, xolos, deb hisoblaydilar. Ayrim
ziyolilar esa bu madaniyat turiga hattoki tanqidiy yondashadi-
lar. Ularning fikricha, ko‘p sonli kishilar uchun tushunarsiz
bo‘lgan har qanday madaniyat jamiyatga nizo, munozara olib
kelishi mumkin. Konflikt esa oxir-oqibat madaniy qadriyatlarni
yo‘q qilish xususiyatiga ega. Lekin shuni unutmaslik kerakki,
madaniyat turlari ichida nizo shunday vaziyatda vujudga keladi:
bunda kam sonli kishilar madaniyati bilan ko ‘p sonli kishilar
madaniyati uzoq vaqt bir-biri bilan o‘zaro aloqada bo‘lmaydi.
Kiborlar - elitar madaniyati boshqa madaniyat turlaridan
o‘zining chuqur mazmunliligi, muammolar mohiyatini ochib
bera olishligi, nozik-nafisligi, mulohaza qildirvuchanligi, butun-
ligi, his-tuyg‘ularga boyligi bilan farqlanadi. Kiborlar madani-
yatiga eng sara adabiyotlar, turli san’at asarlari, falsafa, tabiiy,
texnik va ijtimoiy sohadagi ilmiy-nazariy tadqiqotlar kiradi. Bu
madaniyat turi o ‘z ijodkorining jamiyatdagi obro'si yoki ijti
moiy kelib chiqishiga qarab emas, yaratilgan asarning saviya-
siga, yetukligiga qarab belgilanadi.
Zamonaviy texnika va texnologiyalar, ommaviy axborot vosi
talari jamiki madaniyat turlarini, madaniy qadriyatlarni jamiyat
a’zolari orasida keng yoyilishi va mustahkamlanishi imkonini
beradi. Elitar madaniyat bilan jamiyat a ’zolari, ijtimoiy qat-
lamlarning barchasi o ‘qish jarayonida, ya’ni bolalik davrida
tanishtirilsa, kishilarning qalbida qadriyatlarning barcha turlari
shakllanib, umrbod muhrlanib qoladi. Lekin shuni unutmaslik
kerakki, qaysi davrda, qaysi jamiyatda bo‘lishdan qat’i nazar,
kishilarning o‘zlari istagan madaniyat turini tanlash imkoniyat-
lari erkin bo‘lmog‘i lozim.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |