Sotsiologik tadqiqotni tashkil qilish va o’tkazish


g) Sotsiologik tadqiqotda eksperiment usuli



Download 40,69 Kb.
bet5/8
Sana01.02.2022
Hajmi40,69 Kb.
#424017
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
sotsiologik tadqiqotni tashkil qilis

g) Sotsiologik tadqiqotda eksperiment usuli.
Sotsiologik tadqiqotlarda o’rganilayotgan ob’ekt to’g’risida dastlabki empirik ma’lumotlarni to’plashda tajriba o’tkazish alohida o’rin tutadi. Sobiq Sovet Ittifoqi davrida uzoq vaqt sotsial fanlarda tajriba o’tkazish /eksperiment/ usulidan foydalanish munozarali masala bo’lib keldi. SHu bilan birga, jamiyat hayoti 73 yil davomida kishilar boshiga ko’z ko’rib, quloq eshitmagan qiyinchiliklar solgan sotsial eksperimentlar ketma-ketligidan iborat bo’ladi. Ularning deyarli barchasi muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi.
Ijtimoiy hayotning murakkabligi, ong va ruhiy jarayonlarni o’lchash qiyinchiligi, katta moliyaviy harajatlar, kishilar guruhlarini unga jalb etish qiyinligi va shu kabi sabablarga ko’ra sotsial eksperiment o’tkazish va undan foydalanish darajasi pastdir.
Sotsial eksperiment usulining asosiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi: ob’ektiv reallik tizimiga ta’sir ko’rsatish; nisbatan ajratib olingan eksperimental omilni tadqiq qilinayotgan ob’ektga nisbatan rejali asosda qo’llash; uning oqibatlarini rejali nazorat qilib borish; o’zgarish samaradorligini, ijobiy va salbiy jihatlarini o’lchash.
Sotsiologik va sotsial-psixologik tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, eksperiment usulidan foydalanish ikki asosiy omilga bog’liq bo’ladi: tadqiqot ob’ektining o’ziga xosligiga va tadqiqot qilinayotgan ijtimoiy guruh javob reaksiyasining xarakteriga. Bu usul har qanday sotsial ob’ektga ham qo’llanilavermaydi. Bu usuldan foydalanishda eng avvalo, tadqiq etilayotgan ob’ektning eksperiment o’tkazish mumkin deb topilsa, uni o’tkazish chegarasi aniq belgilanmog’i lozim. Eksperiment sotsial ob’ekt /tizim/ funksional munosabatlarini buzmasligi, izdan chiqarmasligi kerak. Sobiq Sovet Ittifoqi davrida olib borilgan global sotsial eksperimentlar ijtimoiy tizim rivojlanish qonuniyatlarini qo’pol ravishda buzilganligi, sun’iy, hayotiy bo’lmagan, hayoliy tarzda olib borilganligi oqibatida ham muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi. YAqin o’tmishdagi M.Gorbachevning jamiyat hayotini «qayta qurish» kabi aniq ichki qurilishga ega bo’lmagan hayoliy sotsial eksperimental urinishni fikrimizga misol sifatida keltirishimiz mumkin.
Sotsial eksperimentlar o’z vazifasi mazmuni, yakuniy natijasi bilan o’zaro farq qilsada, barchasiga xos ichki tuzilishga ega. Uning ichki unsurlariga eksperiment o’tkazuvchi /tadqiqotchi, olimlar guruhi, ilmiy laboratoriya/, yaratiladigan shart-sharoit tizimi – eksperimental omil, eksperimental holat va ekspeniment natijalari kiradi.
Sotsiologiyada eksperiment asosan 3 tipida olib boriladi:

  1. Ekspost-fakto eksperiment. Bunda eksperiment o’tmishdan hozirgacha bo’gan ijtimoiy tadqiqot ob’ekti qilib olinganda o’tkaziladi.

  2. Taqqoslash tamoyiliga asoslangan eksperiment. Bu tipda hozirgi davr ijtimoiy jarayonlari tadqiqot ob’ekti qlib olingan bo’ladi.

  3. Proyektli eksperiment. U hozirdan kelajakka yo’naltirilgan bo’ladi.

Bulardan tashqari, sotsial eksperimentlar: tadqiqot xususiyatiga qarab /fan sohasidagi, ijtimoiy jarayonlarini boshqarishdagi eksperimentlar/; sotsial eksperimentning tarkibining xarakteriga ko’ra; dala va laboratoriya sharoitidagi; mantiqiy tarkibiga ko’ra /parallel va davomiy tarzda/ tiplarga bo’linadi.
Sotsial eksperiment o’tkazish muayyan bosqichlaridan iboratdir:
Birinchi bosqich – nazariy bosqich bo’lib, unda o’tkaziladigan eksperiment tipi belgilanadi va nazariy jihatdan asoslanadi. Mavjud imkoniyatlar eksperiment omillar va tadqiqot ob’ektining o’ziga xos jihatlari hisobga olinadi.
Ikkinchi bosqich – eksperiment dasturida ko’rsatilgan asosiy vazifalar va metodikasi ishlab chiqiladi.
Uchinchi bosqich – eksperiment dasturida ko’rsatilgan asosiy vazifalar aniq vositalar orqali ob’ektga tadbiq qilinadi.
To’rtinchi bosqich – so’nggi bosqich bo’lib, unda eksperimentdan olingan natijalar ilmiy tahlil qilinadi va baholanadi.
Tarixiy tajriba shuni ko’rsatadiki, jamiyat hayotining umumsotsiologik muammolari ustida olib boriladigan sotsial eksperimentlar kutilgan natijalarni bermaydi. Bunda faqat ijtimoiy munosabatalarning funksional va rivojlanish qonuniyatlariga putur yetkaziladi, xolos. Kishilar boshiga og’ir kulfatlar solib, bartaraf qilinishi qiyin oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Jamiyat hayotining maxsus sohalari doirasida, mirkosotsiologik ob’ektlar ustida sotsial eksperimentlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. CHunki, nisbatan kichik doirada, sotsial ob’ektda o’tkazilgan eksperiment natijalari aniq muddat ichida o’z natijalarini ko’rsatishi mumkin va uning oqibatlari /agar salbiy jihatlarga ega bo’lsa/ ijtimoiy hayotning boshqa sohalariga yoyilib ketmaydi. Bu natijalar eksperiment o’tkazilgan tadqiqot ob’ektigagina tegishli bo’ladi. O’tkazilgan eksperimentning ijobiy natijalarini esa hayotning boshqa sohalariga yoyish, tadbiq qilish mumkin bo’ladi.



Download 40,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish