Sotsiologik tadqiqotni tashkil qilish va o’tkazish


Sotsiologik tadqiqot natijalaridan amaliy foydalanish



Download 40,69 Kb.
bet7/8
Sana01.02.2022
Hajmi40,69 Kb.
#424017
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
sotsiologik tadqiqotni tashkil qilis

Sotsiologik tadqiqot natijalaridan amaliy foydalanish.

Sotsiologik tadqiqot natijalarini ilmiy va yuksak saviyada tahlil qilish, ulardan ijtimoiy boshqaruv amaliyotida unumli foydalanish imkonini beradi. Empirik ma’lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish jarayonidayoq o’rganilayotgan ob’ektning muhim jihatlari ko’rina boshlaydi. Bu jihatlarni nazarda tutgan holda ilmiy takliflar, tavsiyalar va tadbirlar ishlab chiqish, sotsiologik tadqiqot natijalaridan amaliyotda foydalanish uchun asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi.


Sotsiologik tadqiqot natijalaridan amaliyotda foydalanish bosqichi – ikkiyoqlama jarayon bo’lib, unda olimlar, ilmiy xodimlar ham amaliyotchilar ham faol ishtirok etadi.
Ba’zi sotsiologlar fanning asosiy vazifasi aniq ma’lumotlar yig’ib, zarur xulosalar va o’rganilayotgan ijtimoiy muammo xususida zarur takliflar va tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat, ularni hayotga, amaliyotga tadbiq qilish esa jamoat tashkilotlari, ma’muriyatning ishi deb hisoblaydilar. Bunday qarash ilmiy ma’lumotlar va ularni boshqaruvdagi yechimi o’rtasida uzilishga olib keladi. Bizningcha, har ikki bosqich yagona ilmiy-amaliy dastur asosida bo’lmog’i maqsadga muvofiq.
Sotsiologik tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq etishning turli shakllari va usullari mavjud:

  1. Uning muhim shakllaridan biri, olib borilgan tadqiqot natijalarini mavjud rahbariyat pog’onasi /ma’muriyat, kasaba uyushmasi, bo’linma va boshqalar/ va tadqiqot guruhlari /masalan, ishchi brigadasi, talabalar guruhi kabilar/ oldida himoya qilish.

  2. YAna bir shakli, tadqiqot natijalarini kitob shaklida, uslubiy qo’llanma, maqolalar to’plamida va matbuotda nashr etish.

  3. Sotsiologik tadqiqot natijalari bo’yicha olimlarning radio va televideniyeda chiqishlari ham o’ziga xos amaliy ahamiyat kasb etadi.

  4. Ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlar, simpoziumlar tashkil etish va o’tkazish kabi shakllari ham muhim ahamiyatga ega.

Sotsiologik tadqiqot natijalaridan amaliy foydalanishda sotsial-
psixologik markazlar faoliyatining ahamiyati katta. Afsuski, bunday markazlar bizning respublikamizda juda kam. Har bir viloyat, shahar va tuman hokimliklari qoshida shunday markazlar tashkil qilinsa, jamiyatimiz infrastrukturasidagi mavjud muammolarning hal qilib borilishida jiddiy o’zgarishlar yuz berishi aniq.
Hozirda amaliy sotsiologiyaning muvaffaqiyatli rivojlanishi aniq amaliy vazifalarni, mavjud ijtimoiy muammolarni yechish bilan bog’liq. Ammo, shuni ko’rsatib o’tish joizki, hozirgacha bizda bunga yetarlicha e’tibor berilmayapti. Sotsiologiya fanining jamiyatimiz hayotidagi ijtimoiy-amaliy roli juda past darajada. AQSH va Ovrupo mamlakatlarida keng rivojlangan «ijtimoiy muhandislik» konsepsiyasini birinchi bor ishlab chiqqan ingliz faylasufi va sotsiologi Karl Popler fikricha, «ijitmoiy muhandislik» inson faoliyati va jamiyat hayotini oqilona asosda ta’mirlash demakdir. Ijtimoiy hayot muammolari «muhandislik» faoliyatining natijasidagina to’g’ri hal qilinishi mumkin. «Ijtimoiy muhandislik»ning asosiy vazifasi ham shundan iboratdir.



Download 40,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish