Deviant so’zi – lotincha “deviatio” so’zidan olingan bo’lib, chekinish, buzilish degan ma’noni anglatadi. Deviant xulq-atvor – mavjud jamiyatda o’rnatilgan axloq me’yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat , ijtimoiy xodisadir.
Begonalashuv va tanazzul hamda ijtimoiy oqibatlar
Hozirgi jamiyat hayotida quyidagi begonalashuv turlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
1. Iqtisodiy. 2. Siyosiy. 3. Madaniy. 4. Ijtimoiy. 5. Ruhiy.
Bu begonalashuv turlari o’zlarining ma’lum bir shakllariga egadirlar. Masalan, iqtisodiy begonalashuv uchta shaklga ega: 1. Faoliyatdan begonalashuv. 2. Faoliyat boshqaruvidan begonalashish. 3. Faoliyat natijalaridan begonalishish. Siyosiy begonalashish siyosiy hokimiyatdan begonalashishdan; madaniy begonalashish muloqatdan, insonlarning bir-biridan; psixologik begoralashuv o’z-o’zidan begonalashishdan iborat bo’ladi.
Begonalashuv jarayoni va tanazzul bir-birlariga bog’liq hodisalardir. Agar jamiyatda ishlab chiqarish sur’atlari keskin pasaysa, xo’jalik aloqalari uzilsa, pulning qadri tushib ketib, narxlar tez sur’atlarda oshib ketsa, boshqaruv tuzilmalari izdan chiqsa va siyosiy tangliklar vujudga kelsa, biz jamiyatning hamma sohalari tanazzulga uchragan, deb fikr yuritishimiz mumkin.
Bu chuqur tanazzul insonlarning kuchli begonalashuv olamiga salbiy ta’sir qilishi, ba’zi tartiblar kirgizishi aniq. O’z navbatida begonalashuv jarayoni qanchalik kengaysa, tanazzul ham shunchalik, chuqurlashib boraveradi. Masalan, ishlab chiqarish jarayonida mehnatning taqsimlanishi ro’y beradi. Bu esa taraqqiyot uchun qo’yilgan ulkan qadamdir. Lekin shu bilan birga ijtimoiy mulkchilikka asoslangan ijtimoiy munosabatlarning shunday bir turi - ishlab chiqarish munosabatlari shakllanadiki, uning asosida bevosita ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish vositalaridan uzoqlashib, asta-sekinlik bilan o’z mehnati natijasida begonalashib boradi. Endi bu ishlab chiqaruvchi shaxs uchun mehnat unumining ham qizig’i yo’q. Marksizm ta’limoti bo’yicha xususiy mulk ijtimoiylashtirilgach, ishlab chiqarish vositalariga endi bevosita ishlab chiqaruvchilar umumiy egalik qilishlari kerak edi. Lekin ijtimoiy amaliyotda esa buning aksi bo’lib chiqdi. Siyosiy hokimiyatni bosib olgan proletariat ishlab chiqarish vositalarini davlat mulkiga aylantirdi. Sotsialistik revolyutsiya mantig’iga ko’ra, bu tadbirlar begonalashuv jarayoni ildiziga bolta urushi kerak edi. Lekin 70 yillik tarix davomida bizga uqtirib kelingan ijtimoiy mulk davlat mulki edi. Bu mulk esa xususiy mulkning eng jirkanch, adolatsiz turi bo’lib chiqdi. Chunki davlat mulki o’zining real egasiga ega emas. U bir mavhum tushuncha edi. Mehnat kishisi esa yana mulkdan begonalashdi. Davlat mulki esa davlat apparatining xususiy mulkiga aylanib, bu nomenklaturani «yangi» sinfga aylantirdi. Bu salbiy jarayonlar natijasida ishlab chiqarish o’zining haqiqiy egasini topa olmadi.
Siyosiy jabhada ham siyosiy hokimiyatdan jamiyatning ko’pgina a’zolari begonalashtirildilar. Ya’ni, siyosiy hokimiyat xalq hokimiyati, umumxalq hokimiyati, deb e’lon qilingan bo’lsada, aslida u ma’lum bir guruhning - elitaning xususiy mulkiga aylandi. Buning asosida esa butun bir xalq davlat siyosiy hokimiyatidan begonalashdi va bu begonalashgan omma bilan nomenklatura orasida ulkan jarlik paydo bo’ldi. O’z navbatida bu jarayonlar siyosiy tanazzulga olib keldi va bu tanazzul tufayli tashqi dushman enga olmagan totalitar davlat o’z-o’zidan parchalanib ketdi.
Jamiyat deganda nimani tushunasiz?
Jamiyat — kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui. Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va maʼnaviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi. Insonlar faoliyati va ular oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlar Jamiyatning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bular ishlab chiqarish, oilaviy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik faoliyatlari va ularga moye keluvchi munosabatlardir. Jamiyat moddiy ishlab chiqarishsiz boʻlmaydi. Unda insonlarning oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqaga boʻlgan ehtiyojlari qondiriladi. Jamiyatda jamiyatning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri namoyon boʻladi. Odamlar oʻzining moddiy ishlab chiqarish faoliyatida irodasi va ongiga bogʻliq boʻlmagan holda ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadi. J. taraqqiyoti tabiiy-tarixiy, qonuniy jarayondir. Moddiy ishlab chiqarish J.ning ijtimoiy tuzilishi, yaʼni muayyan ijtimoiy qatlam, toifa va guruhlarning rivojlanishiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. J.da turli qatlam va toifalarning mavjudligi mehnat taqsimoti, shuningdek, ishlab chiqarish vositalariga boʻlgan mulkchilik munosabatlari, jamiyatda yaratilgan moddiy boyliklardan oladigan ulushiga bogʻliq. Bular J.dagi kishilarning faoliyati hamda daromadiga qarab turli kasbiy va ijtimoii guruhlarga ajralishining negizidir. J. hayoti iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy-maʼnaviy sohalarga ajraladi. Iqtisodiy soha moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va isteʼmol qilishni oʻz ichiga oladi. Unda mamlakatning xoʻjalik hayoti tashkil etiladi, uning turli tarmoqlarining oʻzaro bogʻlikligi hamda xalqaro iqtisodiy hamkorlik amalga oshiriladi Bu J. taraqqiyoti uchun eng asosiy sohadir. Ijtimoiy soha J.dagi ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, toifalar hamda milliy birliklar, ularning ijtimoiy hayoti va faoliyatini uygʻunlashtiradi (qarang Ijtimoiy guruhlar). Siyosiy soha turli ijtimoiy toifa va guruhlar, milliy birliklar, siyosiy partiyalar va harakatlar, jamoat tashkilotlarning oʻz siyosiy faoliyatini amalga oshiruvchi makondir. Ularning faoliyati J.dagi oʻrnatilgan siyosiy munosabatlar asosida oʻz siyosiy manfaatlarini amalga oshirishga qaratiladi (qarang Jamiyatning siyosiy tizimi). Maʼnaviy sohada kishilar turli maʼnaviy qadriyatlarni yaratadi, tarqatadi va Jamiyatning turli qatlamlari tomonidan oʻzlashtiriladi. Bu soxaga adabiyot, sanʼat, musiqa asarlari bilan bir qatorda kishilarning bilim saviyasi, fan, axloqiy meʼyor va umuman olganda, Jamiyathayotining maʼnaviy mazmunini tashkil qiluvchi narsalar kiradi (qarang Maʼnaviyat).
Hozir Oʻzbekistonda Jamiyat taraqqiyotining eng asosiy muammosi insonlarning , ayniqsa yosh avlodning maʼnaviy dunyosini shakllantirish va boyitish, ularni istiqlol mafkurasi asosida tarbiyalash, oʻzbek xalqining boy madaniy va maʼnaviy merosi, qadriyatlari, anʼanalari va urf-odatlarini egallashlari uchun shart-sharoit yaratishdir.
Sotsial munosabatlar tushunchasi, strukturasi, mohiyatini izohlang
Maxalla – («maxalla» - joy, urin, makon ma’nosini anglatadi) – O’zbekistonning muayyan tarixiy sharoitlarida, asrlar davomida shakllanib, faoliyat kursatayotgan, axoli yashaydigan ma’muriy-xududiy birlik, uyushma. Maxalla o’zini-o’zi boshqaruv tizimining muxim milliy ijtimoiy quyi organi bo’lib, u O’zbekistondagi ijtimoiy xayot tarzining maxalliy ko’rinishdagi shakli xamdir.
Maxallalar 1917 yilgacha bo’lgan davrda juda keng ish olib borib, maxalliy axolini birlashtiruvchi, uyushtiruvchi tashkiliy to’zilma bo’lib kelgan. Maxalla o’zbek xalkining kundalik ijtimoiy xayotini va turmushini tashkil kilishda izlab topgan va asrlar davomida takomillashtirib kelgan xayotiy amalidir. Ammo shunga karamasdan, shurolar davrida xukmron to’zum va mafkura maxallalarni rasman tan olmadi. Birok axolining chukur noroziligiga sabab bulmaslik uchun maxallalarni takiklab xam kuya olmadi, uni jamiyatni boshqarish tizimiga kiritmadi. Maxalla o’z moxiyati, faoliyati mazmuni va shakllari bilan sharkona fikrlash, ish kurish tarzi kabi xalkimizning o’ziga xos fazialatlarini aks ettiradi. Maxallalar axolini axil-totuv yashashga, sidkidildan mexnat kilishga, kasb o’rganish “o’zaro izzat – hurmat qilish”ga, shular orkali xayot kechirishni engillashtirishga chakiradi.
Maxalla va maxalliy boshqaruv sotsiologiyasida 2 ta muxim masalaga e’tibor bermok lozim. Bular:
Maxalliy hokimiyat organlari.
Fukarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari.
1. Maxalliy hokimiyat organlariga O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 9-104-moddalariga muvofik viloyatlar, tumanlar va shaxarlarda xamkorlik, boshchilik kiladigan xalk deputatlari kengashlari hokimiyatning vakillik organlaridir. Ular davlat va fukarolarning manfaatlarini ko’zlab va vakolatlariga taallukli masalalarni xal etadilar. 1993 yil 2 sentyabrda «Maxalliy davlat hokimiyati tug’risida» qonun kabul kilindi. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 100-moddasiga binoan maxalliy xokimiyat organlari ixtiyoriga kuyidagilar kiradi:
1) qonunchilikni, xukuk-tartibotni va fukarolarning xavfsizligini ta’minlash.
2) Xududlarni iktisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish.
3) Maxalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, maxalliy soliklar, yigimlarni belgilash, byudjetdan tashkari jamgarmalarni xosil kilish.
4) Maxalliy kommunal xujalikka raxbarlik kilish.
5)Atrof-muxitni muxofaza kilish.
6) Fukarolik xolati aktlarini kayd etish.
7) Normativ xujjatlarni kabul kilish xamda O’zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |