3. MULOQOTGA OID PSIXOLOGIK TRENING
Inglizcha “competence” tushunchasi lug‘aviy jihatdan bevosita “qobiliyat” ma’nosini ifodalaydi. Mazmunan esa “faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoen eta olish”ni eritishga xizmat qiladi. “Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. SHu sababli kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jaraenlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi. Kasbiy kompetentlik - mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishi.
Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. SHuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi.
Kasbiy kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoen bo‘ladi: - murakkab jaraenlarda; - noaniq vazifalarni bajarishda; - bir-biriga zid ma’lumotlardan foydalanishda; - kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega bo‘la olishda Kasbiy kompetensiyaga ega mutaxassis: - o‘z bilimlarini izchil boyitib boradi; - yangi axborotlarni o‘zlashtiradi; - davr talablarini chuqur anglaydi; - yangi bilimlarni izlab topadi; - ularni qayta ishlaydi va o‘z amaliy faoliyatida samarali qo‘llaydi 2. Kasbiy kompetentlik sifatlari. Kasbiy kompetentlik negizida quyidagi sifatlar aks etadi (1- rasm):
Quyida kasbiy kompetentlik negizida aks etuvchi sifatlarning mohiyati qisqacha eritiladi.
Ijtimoiy kompetentlik - ijtimoiy munosabatlarda faollik ko‘rsatish ko‘nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda sub’ektlar bilan muloqotga kirisha olish.
Maxsus kompetentlik - kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayerlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, BKMni izchil rivojlantirib borish bo‘lib, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko‘zga tashlanadi. Ular o‘zida quyidagi mazmunni ifodalaydi: 1) psixologik kompetentlik - pedagogik jaraenda sog‘lom psixologik muhitni yarata olish, talabalar va ta’lim jaraenining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o‘z vaqtida anglay olish va bartaraf eta olish; 2) metodik kompetentlik - pedagogik jaraenni metodik jihatdan oqilona tashkil etish, ta’lim eki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to‘g‘ri belgilash, metod va vositalarni maqsadga muvofiq tanlay olish, metodlarni samarali qo‘llay olish, vositalarni muvaffaqiyatli qo‘llash; 3) nformatsion kompetentlik - axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, foydali ma’lumotlarni izlash, yig‘ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o‘rinli, samarali foydalanish; 4) kreativ kompetentlik - pedagogik faoliyatga tanqidiy, ijodiy endashish, o‘zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish; 5) innovatsion kompetentlik - pedagogik jaraenni takomillashtirish, ta’lim sifatini yaxshilash, tarbiya jaraenining samaradorligini oshirishga doir yangi g‘oyalarni ilgari surish, ularni amalietga samarali tatbiq etish; 6) kommunikativ kompetentlik - ta’lim jaraenining barcha ishtirokchilari, jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bo‘lish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta’sir ko‘rsata olish.
SHaxsiy kompetentlik - izchil ravishda kasbiy o‘sishga erishish, malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o‘z ichki imkoniyatlarini namoen qilish.
Texnologik kompetentlik - kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish.
Ektremal kompetentlik - favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jaraen ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to‘g‘ri harakatlanish malakasiga egalik.
Bir qator tadqiqotlarda bevosita pedagogga xos kasbiy kompetentlik va uning o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan. Bunday tadqiqotlar sirasiga A.K.Markova va B.Nazarovalar tomonidan olib borilgan izlanishlarni kiritish mumkin.
Pedagogning kasbiy kompetentligi va uning tarkibiy qismlari
O‘z tadqiqotlarida A.K.Markova pedagogning kasbiy kompetentligi quyidagi tarkibiy asoslardan iborat ekanligi aytiladi .
Pedagogning kasbiy kompetentligi. O‘zbekistonda pedagogning kasbiy kompetentligi, uning o‘ziga xos jihatlari o‘ranilgan bo‘lib, ular orasida B.Nazarova tomonidan olib borilgan tadqiqot o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqotchining fikriga ko‘ra pedagogga xos kasbiy kompetentlik negizida quyidagi tarkibiy asoslar tashkil etadi .Pedagogik kompetentlikning tarkibiy asoslari Kasbiy-pedagogik kompetentlikka ega bo‘lishda o‘z ustida ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O‘z-o‘zini rivojlantirish vazifalari o‘zini o‘zi tahlil qilish va o‘zini o‘zi baholash orqali aniqlanadi.
Bugungi kunda ijodkorlik, yaratuvchanlik, yangilik yaratishga qaratilgan faoliyat kreativ faoliyat deb tushuniladi.
Kreativlik so‘zi (inglizcha “create” - yaratuvchanlik, ijodkorlik) so‘zidan olingan bo‘lib, inson shaxsining ijodkorlikka bo‘lgan qobiliyati, ijodkorlik iste’dod darajasi, individning an’anaviylik eki odat tusiga kirgan fikrlash sxemasidan uzoq bo‘lgan, prinsipial yangi g‘oyalarni yaratishga tayerlikni xarakterlovchi, shuningdek, muammolarni o‘zgacha tarzda bartaraf etish, iqtidorning mustaqil faktori sifatida qabul qilingan ijodiy qobiliyatlaridir. Amerikalik olim D. Veksler “Kreativlik fikrning shunday turiki, u shaxsga bir muammo eki masala yuzasidan birdaniga bir nechta echimlar paydo bo‘lishini taqozo etadi va shablonli, zerikarli fikrlashdan farq qilib, narsa va hodisalar mohiyatidagi o‘zga xoslik, noeblik sifatlarini anglashga erdam beradi ” - deb ta’rif beradi.
Kreativ shaxs bo‘lish, bizning misolimizda esa, kreativ talaba bo‘lish - bugungi duneda afzalliklarga ega bo‘lish, masalan, boshqa talabalar ichida ajralib turish, boshqalarga qaraganda qiziq suhbatdosh bo‘lish, haetda uchraydigan qiyinchiliklardan noodatiy tarzda chiqib ketish demakdir.
Kreativ qobiliyatlarni faqat yangi g‘oyalarni yaratishgina uchun emas, balki haet tarzining, eki alohida olingan aspektlarni yaxshilash uchun qo‘llash, va shaxsning ichki dunesi rivojlanishida muhim o‘rin tutadi.
Kreativlik axborotni edda saqlash va faktlarni yig‘ishga asoslanganligi tufayli an’anaviy ta’lim sistemasi har doim ham shaxsning, xususan talabaning kreativlik qobilyatini rivojlantirishga qodir emas. Kundalik haet tarzi ko‘pincha shaxsning kreativ xususiyatlarining pasayishiga sabab bo‘ladi.
Tarkibiy asoslar. Maxsus eki kasbiy kompetentlik (kasbiy faoliyatni yuqori darajada tashkil etish) Autokompetentlik (o‘zini ijtimoiy- kasbiy rivojlantira olish) Ekstremal kasbiy kompetentlik (kutilmagan vaziyatlarda ishlay olish) Ijtimoiy kompetentlik (kasbiy faoliyatni hamkorlikda tashkil etish, ijtimoiy mas’ullik)
SHu tufayli, kreativ qobiliyatlarning rivojlanishi faqat maxsus tashkil qilingan muhit bo‘lishi lozim. Kelajakda ijodiy qobiliyatlardan foydalanish uchun ta’lim jaraeniga ta’lim jaraeniga maxsus topshiriqlarni kiritish zarur.
A.Maslou ham kreativlikni - barchaga xos tug‘ma ijodiy yo‘nalish, atrof muhitning ta’sirida ko‘pchilikda yo‘qolib ketuvchi faoliyat deb hisoblagan.
Amerikalik psixolog olim Djo Pol Gilford o‘zining ilmiy tadqiqot ishlarida kreativlik va intellektni birinchi marotaba taqqosladi. U intellekt strukturasi modelini yaratishda tafakkurni konvergent va divirgent turiga ajratdi.
Konvergent tafakkur - (lotincha convergere- “bir yo‘ldan”) tafakkur formasi bo‘lib, muammoning bir qancha echimlaridan faqat yagona to‘g‘risini tanlashdir. Konvergent tafakkur asosida intellekt etadi, shuning uchun intellektual tafakkur deb ham ataladi.Divergent tafakkur - (lotincha divergere - “bo‘linish”) ijodiy tafakkur metodlaridan biri bo‘lib, berilgan bir muammoning bir qancha echimlarini toppish, shuning bilan bir qatorda, divergent tafakkur “bir vaqtning o‘zida turli yo‘nalishlarga izlanish, ya’ni bir muammoga bir nechta to‘g‘ri javoblar borligini va original ijodiy g‘oyalarning tug‘ilishiga xizmat qiladi.[2]
Divergent tafakkurning asosida kreativlik etadi.
Djo Gilford umumiy qobiliyatlar sohasini tadqiq qilish natijalarini sistemlashtirib, “intellekt struktuarasi modelini”, ya’ni “ISM” ni taklif etadi. Uning modeli asosida “mazmun”, “operatsiya”, “reaksiya”.
Reaksiya - materialga nisbatan qanday operatsiyani qo‘llash natijasi.
Gilfordning modelidagi barcha faktorlar mustaqil bo‘lib, u uch o‘lchamli, ba’zida esa nomlarning klassifikatsion shkalalari turli xil o‘lchamlarda ham uchrab turadi.
Operatsiya deganda Gilford sinovdan o‘tkazilaetgan ob’ektning qobiliyatini, ya’ni quyidagi psixik jaraenlarni tushunadi: tushuncha (duneqarash sifatida), xotira, divergent unumdorlik (har xil yo‘nalishlarda fikrlash), konvergent unumdorlik (faqat yagona to‘g‘ri javobga olib keluvchi fikr), baholash.
Mazmun esa axborot eki materialning operatsiya olib borilaetgan tabiati bilan aniqlanadi: tasvir, simvollar (harflar, raqamlar), semantika (so‘zlar), xulq.
Natijalar - sinovdan o‘tkazilaetgan ob’ekt tomonidan qayta ishlanaetgan axborotlar joy olgan formadir: element, munosabatlar, sistemalar, o‘zgaruvchanlik turlari va xulosalari.
Faktorlar har bir o‘lchamdagi kategoriya (bo‘lim)larining birlashuvi bilan xarakterlanadi. Gilfordning klassifikatsion sxemasida umumiy faktorlar soni 5 x 4 x 6 = 120 ga tengdir.
Hozirda yuzdan ortiq faktorlar o‘rganilgan, ularning diagnostikasi uchun alohida testlar tanlab olingan. Gilfordning bu boradagi konsepsiyasi AQSH da pedagoglar tomonidan iqtidorli bolalar va o‘smirlar bilan ishlashda keng qo‘llanilib kelmoqda. Ularning asosida faktorlarni ratsional rejalashtirish va qobiliyatlarning rivojlanishiga yo‘naltiruvchi dasturlar yaratilgan.Olimlar Gilfordning asosiy yutug‘ini uning tafakkurni divergent va konvergentlarga ajratib berganligida deb hisoblaydilar.
Gilford kreativlikni divergent tafakkuming unumdorligi bilan bog‘laydi. Pedagogogik manbalarda siz uning “Kreativlik - divergent tafakkur jaraenidir” degan fikrini uchratishingiz mumkin. Dastlab, Gilford o‘z kreativlik strukturasida divergent tafakkurdan tashqari o‘zgaruvchanlik qobiliyati, echimning aniqligi va boshqa intellektual parametrlarni birlashtirdi. SHuningek, u kreativlik va intellekt o‘rtasida o‘zaro uzviy aloqa borligini isbotladi. Biroq, Gilford o‘z tajribalarida yuqori intellektuallilarning test echish davomida ijodkorlik xulqini har doim ham ko‘rsatmasligini, kreativ past intellektualli bo‘lmasligini aniqladi.
SHunday ekan, divergent tafakkur kreativ jaraenning barcha xususiyatlarini aks ettirmaydi.
Pol Torrens kreativlikni tafakkur terminlarida ta’riflab, ijodiy tafakkurni “qiyinchiliklar, muammolar, axborotdagi kamchiliklarni his qilish; shu kamchiliklarning gipotezlar tuzilmasi, ularni tekshirish va baholash, qayta ko‘rish hamda tekshirish, va nihoyat, natijalarni umumiylashtirish” sifatida tushunadi.
Torrens bolalar kreativligini shakllantirish dasturini, “esh bolalardan kattalargacha” kreativlikni aniqlash testlarini yaratdi.
Umuman olganda, kreativlik - bu yangi, original g‘oyalarni yaratish, fikrlashning nostandart shakli, berilgan muammolarga omadli echimlar topishdir. Kreativ tafakkur esa revolyusion tafakkur bo‘lib, u konstruktiv xarakterni ifodalaydi.
E.P.Torrens fikricha, “kreativlik” tushunchasi negizida quyidagi eritiladi: - muammoni eki ilmiy farazlarni ilgari surish; - farazni tekshirish va o‘zgartirish; - qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash; - muammo echimini topishda bilim va amaliy harakatlarning - o‘zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlik Kreativ fikrlash har bir ijtimoiy sohada yaqqol aks etishi mumkin.[2]
O‘qituvchining ijodkorligi esa u tomonidan tashkil etilaigan kasbiy faoliyatni tashkil etishga ijodiy (kreativ) endashuvida aks etadi. So‘nggi yillarda ushbu holat “pedagogik kreativlik” tushunchasi bilan ifodalanmoqda.Pedagogik kreativlik - pedagogning an’anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta’lim va tarbiya jaraenini samaradorligi ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi g‘oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo‘lgan tayergarligini tavsiflovchi qobiliyati “Kreativ pedagogika” quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur:
o‘qituvchilar tomonidan o‘quv fanlarini past o‘zlashtiraetgan va ularini o‘rganishni zerikarli deb hisoblaetgan talabalar e’tiborlarini fan asoslarini o‘zlashtirishga jalb etish;
o‘qituvchilarga talabalarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini rag‘batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish qilish orqali auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish.
Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo‘lmasligi tufayli talabalar ham qiziqarli va ajoyib g‘oyalarga ega bo‘lsalar-da, biroq, ularni ifodalashda sustkashlikka yo‘l qo‘yadi. Buning sababli ta’lim jaraenida qo‘llanilaetgan metodlar talabalarda erkin, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilmasligi bilan belgilanadi.
Kasbiy faoliyatda pedagogning kreativligi turli shakllarda namoen bo‘ladi. Pedagog tomonidan ushbu shakllarda kasbiy faoliyatning samarali tashkil etilishi uning kreativligi qay darajaa ekanligiga bog‘liq bo‘ladi.
Internet va muomala.Internet yzidan oldingi ommaviy axborot vositalaridan farq qiluvchi ommaviy axborot vositasidir. SHu bilan birga internet yzidan oldingi OAVning deyarli barcha xususiyatlarini yzida jamlagan hamdir. Bu fazo madaniy va ijtimoiy bir sahna bylib, kishi unda yzini turli mavqelarda, hayotning turli uslublarida tasavvur qiladi. YAngi texnologiyalarning mahsuli bylgan ijtimoiy tarmoqlardagi muomala- munosabat yuzma-yuz muloqotdan farq qiladi. Bu farqlarni asosan ikkinchi tarafning kyrinmasligi va notanish qolishi keltirib chiqaradi.
Ruhshunoslarning tadqiqotlariga kyra internet odamlarga onlayn shaxsiyatlarini mohirlik bilan idora qilish hamda yangi majoziy shaxsiyat sifatida faoliyat kyrsatish imkoniyatini muhayyo etadi. Bu jihatdan olib qaralganda internet juda ham foydali bylishi mumkin. Zero, u kishilarga yzlari orzu qilgan shaxsiyatni yzlarida kashf qilish va tanlash sharoitini yaratib beradi.
Ijtimoiy shaxsning shakllanishidagi asosiy omil bu insoniy muomala-munosabatdir. Darvoqe, kishi boshqa bir kishi bilan muomala-munosabatga kirishgan chog‘i jamiyatning bir a’zosi sifatida yzligini namoyon etadi. Boshqacha qilib aytganda kishining shaxsiyati ijtimoiy muomala -munosabat jarayonida kyzga tashlanadi. Muomala-munosabatning eng yangi texnologiyalari insoniy munosabatlarni tubli ravishda qayta shakllantiradigan yzgarishlarni vujudga keltirdi. Buning natijasida odamlarning muomala-munosabatida yangi uslub va yynalishlar kyzga tashlandi. Bu uslublar an’anaviy OAVdan farqli ravishda kishining yz shaxsiyatini virtual fazoda namoyish qilish imkoniyatini beradi.
Virtual fazo kishining turli uslublar bilan yzining mavjudligini anglatish vositasidir. Bu fazoga kirgan kishi istar-istamas yz shaxsiyatining qaysi bir qirrasini suhbatdoshiga namoyon etadi.
Virtual olam hamda bir paytning yzida kyp sonli muomala-munosabatlarning yrnatilishi lahzalik madaniyat va qisqa muddatda shakllanuvchi shaxsiyatlarni vujudga keltiradi. Bu muvaqqat shaxsiyatlar yangi shaxsiyatlarning vujudga kelishi bilan oradan kytariladi.
Zudlik bilan amal qilish, noma’lum qolish, moyilligini hech qanday tysiqlarsiz anglatish kabi xususiyatlar jinsi, ijtimoiy qatlami, millati, irqi va makoni turlicha bylgan kishilar uchun bir xil ijtimoiy fazo yaratib, foydalanuvchilarga turli tajribalardan bahramand bylish imkoniyatini muhayyo aylaydi.
Virtual fazo kishilarga ehtiyoj, orzu-umid , fikr-qarash va shaxsiyatlarini ma’lum ma’noda yzlarining haqiqiy olamlariga yynaltirish sharoitini ham yaratib beradi. Elektron munosabatlarning yuzma-yuz muloqot emasligi foydalanuvchilarni odamlarning shaxsiyati bilan yynashish, ayrim nojyya amallarni tajriba qilib kyrish va real hayotda mavjud bylmagan fazilatlarini kyz-kyz qilishga undaydi. Zero, virtual fazo ishtirokchilari bu majoziy olamda sharmanda bylish xavfi real hayotdan kyra anchayin kam deb yylashadi.
Elektron munosabatlar nufuzi kuchli bylgan jamiyatlarda ikkiyuzlama va palapartish dunyoqarash va shaxsiyatlar vujudga keladi. Mashhur olim Mark Pasterning fikricha elektron munosabatlar nufuz etgan jamiyatlarda virtual fazolar kishilarning shaxsiyatini shakllantiradi. Bu yangi shaxsiyatlar yangi texnologiyalar vositasida namoyon byladi va ilgarigisidan kyra farqli , hatto unga qarama-qarshi ham bylishi mumkin.
Xulosa qilib aytish joizkim, virtual olamda odamlarning shaxsiyati dunyoviylashish, boshqa ta’bir bilan aytganda globallashuv jarayonini boshdan kechirmoqda. YAngi shaxsiyatli inson esa ilgarigisidan yzining bir necha qatlamli, yzgaruvchan, kyp qirrali ekani bilan farq qilib turadi..
Do'stlaringiz bilan baham: |