Namoyishkorona toifadagi nizoli shaxs xislatlari:
Diqqat markazda bo‘lishni istaydi;
Boshqalar ko‘z oldida yaxshi ko‘rinishni xoxlaydi;
Uning boshqalarga bo‘lgan munosabati, odamlarning unga munosabatidan kelib chiqadi;
Osongina yuzaki nizolarga berila oladi;
Turli vaziyatlarga osongina moslashadi;
Emotsional jihatdan faol bo‘lib, aqlan ish ko‘rmaydi;
Vaziyatga qarab ishini tashkil etadi va xar doim ham amal qilmaydi;
Sistemali, og‘ir ishlardan o‘zini olib qochadi;
Nizolardan chekinmaydi, janjalli vaziyatlarda o‘zini yomon his etmaydi;
Ko‘pincha nizolarga sababchi bo‘ladi, lekin o‘zini unday hisoblamaydi.
Rigid toifadagi nizoli shaxs xislatlari:
SHubhaga beriluvchan;
O‘zini baholashi o‘ta yuqori;
Doimo shaxsan tan olinishini talab etadi;
Vaziyat o‘zgarishi va sharoitlarni inobatga olmaydi;
To‘g‘ri va tushunmaydigan, ya’ni moslashmaydigan;
Qiyinchilik bilan atrofidagilarning fikriga kiradi, boshqalarning fikriga u qadar qo‘shilmaydi;
Boshqalar tomonidan unga e’tibor ko‘rsatilishini majburiyatdek ko‘radi;
Boshqalar tomonidan kelishmaslik yoki qo‘shilmaslikni xafagarchilik bilan qabul qiladi;
O‘z harakatlariga nisbatan tanqidiy qaramaydi;
Nihoyatda arazchi, haqiqiy yoki arzimas nohaqliklarga ham ta’sirchanlikni namoyon etadi.
Boshqarib bo ‘Imaydigan toifadagi nizoli shaxs xislatlari:
O‘zini etarli darajada nazorat qilolmaydi;
Xulqini aniq aytib bo‘lmaydi;
O‘zini agressiv va nihoyatda zardalik bilan ko‘rsatadi;
Aksariyat xollarda umumqabul etilgan ijtimoiy normalarga rioya etmaydi;
YUqori darajada o‘zini baholash xususiyatiga ega;
O‘z shaxsini ta’kidlanishini kutadi;
Omadsizliklar va xatolarda boshqalarni ayblashga moyil;
O‘z faoliyatini rejali tashkil eta olmaydi yoki rejalarini hayotga ketma-ketinlik bilan joriy eta olmaydi;
O‘z maqsadi va sharoitlarini moslashtira olish qobiliyati etarli rivojlanmagan;
O‘tgan tajribadan kelajak uchun saboq chiqarmaydi.
Aniqlikni talab etadigan toifadagi nizoli shaxs xislatlari:
Ishga nihoyatda jiddiy yondashadi;
O‘ziga nihoyatda yuqori talab qo‘yadi;
Atrofidagilarga yuqori talablar qo‘yadiki, bu ularga nisbatan go‘yoki ta’qibdek tuyuladi;
YUqori darajada xavotirlanish xislatiga ega;
Hamma narsaga nihoyatda e’tiborli;
Atrofidagilarning tanqidiy fikriga katta ahamiyat beradi;
Gohida do‘stlari, tanishlari bilan munosabatlarni uzadiki, bu go‘yoki uni xafa qilganlari oqibatidek tuyuladi;
Gohida o‘zi-o‘zidan aziyat chekadi, xatolaridan qayg‘uradi, xatto gohida bu xatolarga nisbatan bosh og‘riqlari, uyqusizlik sifatida javob qaytaradi;
Tashqi jihatdan xissiyotlarini oshkora etmaslikni ma’qul biladi;
Guruhdagi real o‘zaro munosabatlarni yaxshi his etmaydi.
Nizosiz toifadagi nizoli shaxs xislatlari:
Fikrlari va qarashlarida beqaror;
Engil ishonish xislatiga ega;
Ichki qarama-qarshi fikrlarga ega;
Harakatlarida bir qadar uyg‘unlik yo‘q;
Vaziyatlarda bir lahzalik yutuqlarga tayanadi;
Kelajakni, istiqbolni etarli darajada ko‘ra olmaydi;
Liderlarning va atrofidagilarning fikriga tobe;
Murosaga kelishga intiladi;
Etarli darajada irodaga ega emas;
O‘z xatti-harakatlari oqibatlarini va boshqalarning xarakatlari sabablarini chuqur o‘ylamaydi.
Kichik guruhlarda topshiriq to‘g‘risida axborot almashish va individual ta’lim Nemis psixologlari YU.Noybert va R.Tomchiklar o‘z izlani-shlarida guruhiy faoliyatdan sanoat korxonalari ishchilarining individual faoliyatini yaxshilash uchun foydalanish muammosi-ni ko‘tarib chiqqanlar. Ularning talqinlariga ko‘ra, bu masalani tadqiq qilishning eng kamida ikkita (sababi) mavjud, holbuki shunday ekan mehnat faoliyatida individual ishlash usullarini takomillashtirish orqali muayyan ezgu maqsadga erishish mumkin:
topshiriq to‘g‘risidagi axborotdan foydalanish usuli, ta-biati, darajasi bo‘yicha individual farqlar, odatda ishchilar o‘rtasidagi odatiy operatsiyalarni bajarishdagi shartlangan ta-fovut, ba’zan intellektual zo‘riqishdagi uning ko‘rinishi;
optimal ishchi usullarni aniqlash uchun zarur axborot-ning ko‘pincha etishmasligi, an’anaviy ta’lim metodlaridagi nuqsonlar singari.
Uning birinchisi harakat regulyasiyasining operativ obraz-lar shaklida sub’ektiv tarzda tasavvur qilinishi mumkin, ik-kinchisi optimal ishchi usullarini aniqlash uchun zarur.
Mualliflar topshiriqlarni guruhiy echish tadqiqotining natijalariga asoslanib, gipotetik tarzda bir xil ishni baja-ruvchi ishchining tajribasi (sub’ektiv operativ regulyativ ob-razlar) xuddi shu ishchilap tomonidan:
verballashadi;
optimal variant bo‘yicha tanlab olinadi (baholanadi); v) topshiriq talabi va vaziyati hisobga olinib tizim-
lashtiriladi hamda bir davrning o‘zida muhokamaning barcha qatnashchilari o‘zlashtirishadi, deyish mumkin.
Ushbu gipotezani tekshirish uchun tadqiqotchilar tomoni-dan bitta laboratoriya va ikkita dala sharoitida eksperiment o‘tkaziladi. Laboratoriya eksperimentining maqsadi topshiriq to‘g‘risida axborot almashish (TTAA) davrida asosiy o‘zaro ta’-sir ko‘rsatish va ta’sir o‘tkazishni tadqiq qilishdir. Boshqaruv va operatorlik faoliyatini o‘rganish bo‘yicha dala sharoitida olingan natijalarning validligini baholashga harakat qilish keyingi eksperimentlar mohiyatini tashkil etgan.
Laboratoriya eksperimenti oldiga muallif quyidagi gipo-tezalarni qo‘yadilar:
Topshiriq to‘g‘risida axborot almashishga boshqaruvning ta’siri qanday: a) tayinlangan lider tomonidan topshiriq to‘g‘risida axborot almashish muhokamasini stimulyasiyalash va koordinatsiyalash uning (TTAA) samaradorligini oshiradi; b) topshiriqqa aloqador, katta bilim zaxirasini egallagan muhokamaning etakchisi guruhiy bahsni boshqarishda kamroq tajribaga ega bo‘lsa, topshiriq to‘g‘risida oz bilimli, lekin diskussiyani olib borishda tajribali undan hatto tafovutlan-masligi mumkin.
Topshiriq to‘g‘risida axborot almashish qatnashchilarini individual o‘qitishga topshiriqqa aloqador tajribaning ta’-siri qanday: a) tajriba ko‘lami qancha keng bo‘lsa, individual ta’limning samarasi shuncha kam; b) topshiriq to‘g‘risida axbo-rot almashish kezida tajribasi katta shaxs ham ma’lum darajada biron-bir narsaga o‘rganadi.
Tajriba o‘tkazish quyidagi tartibda olib borilgan va mu-ayyan tamoyillarga rioya qilingan: sinaluvchilarga raqamlar (1 dan 9 gacha) va harflar (A seriyada - a, v, s; R seriyada - g, s, t; X seriyada - x, u, z,) o‘rtasida aloqalar, bog‘lanishlar o‘rnatish tavsiya qilinadi. Sinaluvchilar sifatida tijorat maktabining 112 ta o‘quvchisi va 8 ta psixolog tanlab olingan. 24 kun davo-mila 4 tadan (hammasi 96 ta) eksperimental topshiriqlar ustida ishlaganlar, keyinchalik topshiruvchi echish imkoniyatlarini muhokama qilishgan (4 tadan bo‘lib - topshiriq to‘g‘risidagi ax-borot almashish bilan shug‘ullanganlar). 16 nafar sinaluvchilar individual ishlashgan va nazorat guruhini tashkil etishgan.
Metodika xususiyatidan kelib chiqqan holda bahslar ma’lum qoidalarga suyangan tarzda uyushtirilgan:
topshiriq to‘g‘risida axborot almashish kezida diskussi-yaga rahbarlik (D): lidersiz muhokama (Dy); guruh ichidan tayin-langan lider bilan (Dg); qo‘shimcha muhokama lideri sifatida topshiriqqa aloqasi bo‘lmagan psixolog bilan (Dk);
topshiriq to‘g‘risida axborot almashish yuzasidan oldin-dan aniqlab qo‘yilgan maqsad (My): faqat umumiy maqsad (Mk); v) topshiriq to‘g‘risida axborot almashishga qadar topshiriq echish bo‘yicha individual ishlash tajribasi (E); instruksiya bo‘yicha bilim (Eo); instruksiya + bitta urinish (E); instruksiya + ikki-ta urinish (E); instruksiya + uchta urinish (E).
Mualliflar sinaluvchilarni xatoga yo‘l qo‘yish chastotasiga qarab, ular faoliyatini baholashga harakat qilishadi. Nazorat guruhi uchun belgilangan miqdorga asoslanib, baholash mezoni sifatida Mak- Koll transformatsiyasi yordami tadqiqotchilar mo‘‘tadillashgan (me’yorlashtirilgan) shkalani ishlab chiqadilar (b + l = Ml). Gipotezada bashorat qilingan o‘zaro ta’-sir ko‘rsatishning asosiy omillarini baholash uchun dispersiya tahlili qo‘llaniladi. Sinaluvchilar faoliyatlari keyingi va-riantlar bo‘yicha gomogenlari va oldingi seriyalar bo‘yicha ge-terogenlari namoyon bo‘lgan. Dunkan testi bo‘yicha o‘rta faoliyat oldingi topshiriq echishdagi urinishlardan muayyan ahamiyatli darajasi bilan tafovutlanadi.
Olingan va jadvallarda ifodalangan natijalar tahliliga asoslanib, mualliflar ba’zi bir xulosalar chiqaradilar:
dastlab tasavvur qilingan erkin o‘zgaruvchilar o‘rtasida o‘zaro ta’sir yo‘q;
topshiriq to‘g‘risida axborot almashish samaradorligiga qo‘yilgan har xil xususiyatli maqsadlar farqlarni olib kelmay-di (ikkinchi gipoteza inkor qilinadi):
topshiriq to‘g‘risida axborot almashishga qadar topshi-riqlar echishni individual chastotasining yuksak ahamiyatli
ta’siri birinchi seriyadayoq pasayadi, bu ko‘rsatkich Dunkan testi bo‘yicha seziladi;
topshiriq to‘g‘risida axborot almashish orqali indi-vidual o‘qitishga (o‘rgatishga) diskussiyaga rahbarlik yuksak ahamiyatli ta’sir ko‘rsatadi.
Tadqiqotchilar gipotezasi bilan topshiriq to‘g‘risida ax-borot almashish samaradorligi ortishiga diskussiya lideri-ning ta’siri uning diskussiya olib borish qobiliyatiga bog‘liq (1a gipotezaning cheklanganligi, 1b gipoteza esa mutlaqo inkor qilinadi).
Tajriba va nazorat guruhlarini o‘zaro taqqoslash quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘zaro tafovutlanishini ko‘rsatadi: maromida guruhni muhokama jarayonida boshqarish tajriba guruhining yuksak ahamiyatli darajada ustunligini namoyish qiladi; taj-riba gypyhi a’zolari topshiriq to‘g‘risida
axborot almashish hisobiga nazorat guruhidan yuksaklikka erishadilar; individu-al jihatdan yutuqqa erishish topshiriqqa aloqador tajribaga va topshiriq to‘g‘risida axborot almashishni boshqarishga bog‘liq.
Ishlab chiqarishda olib borilgan dala tajribalari o‘ziga xosligi bilan oldingisidan ajralib turadi. Tajribalar oldi-ga quyidagicha gipotezalar qo‘yiladi:
topshiriq to‘g‘risida axborot almashish jarayonida qatna-shib, ishlab chiqarish topshirig‘i talablarini bajarishni yaxshi-lash uchun ishlar yo‘riqnomasini ishlab chiqishlari mumkin;
shunday maqsadda topshiriq to‘g‘risida axborot alma-shish jarayonida qatnashish bir davrning o‘zida individual o‘qiganlikni yaxshilaydi (ishning individual usullarini tako-millashtiradi);
sinaluvchilar sifatida sanoat korxonasining 9 nafar ishchilari (bir smenada 3 kishidan) qatnashishgan, ularning har qaysisi bir xil ishni bajarishgan. 12 soatli muhokama davo-mida gypyh: a) nuqsonlarni topishning ratsional strategiyasi; b) xatoning oldini olish; v) ishlab chiqarishni topshirishga taalluqli masalalar yuzasidan muomala va o‘zaro ta’sirni yax-shilash bo‘yicha muayyan qoidalar ishlab chiqqan.
Ikkinchi tajribada 20 nafar sanoat korxonasining ish-chilari (5 tadan 4 ta brigada) qatnashishgan. Tajriba oldiga qo‘yiladigan talablar va mashg‘ulotlar olib borilishi labora-toriya eksperimenti bilan aynan bir xil ekanligini ta’kidlab o‘tish joiz.
Birinchi tajribada diskussion guruh ish paytidagi xatti-harakatlari ustidan rahbarlik qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan qoidalar ishlab chiqadi va yuqori malakali kadrlar tayyorlash ma’lumotnomasi, ularga o‘git-nasihat sifatida foydalanish mumkin. Bu materiallar ish usullarini takomillashtirishning qimmatli ilmiy-uslubiy asoslari rolini bajarishga loyiq deb topilgan.
Ishchilarning topshiriq to‘g‘risida axborot almashish jarayo-nida qatnashishi tufayli ular o‘qiganlikning nisbatan yuqori darajasiga erishganlar, bu narsa to‘rt oy mobaynida nazorat qilinishi orqali aniqlangan. Ishchilarning oldingi yillarda-gi harakatlaridagi nuqsonlar miqdori tajriba davomida 45% kamayganligi bunga yorkin misoldir. Hatto A va V guruhlardagi sinaluvchilarning faoliyati 54% ga yaxshilangan, sifat jihatdan yangi bir bosqichga ko‘tarilgan. Ularning safiga yangi ishchilar qo‘shila boshlagan, bu sinaluvchilar etakchi brigadalar darajasi bilan tenglashganlar. Mazkur samaralar individual ta’lim ta’-siri ekanligidan dalolat beradi, shuningdek, sinaluvchilar tomo-nidan ishlab chiqilgan qoidalarning foydaliligini bildiradi.
Ikkinchi tajribada topshiriq to‘g‘risida axborot almashish vositasi bilan va murakkab faoliyatning ushbu turi uchun mehnat qilish usullarining tartibga solinishini takomillashtirish uchun keng qamrovli qoidalar ishlab chiqish mumkin, bu omil oldingi tajribalarda ham ta’kidlangan, uning foydalilik ko‘rsatkichi isbotlangan. Mualliflarning fikricha, laboratoriya va ishlab chiqarish sharoitidagi dala eksperimentlarida olingan natijalarning mos tushishi qo‘llanilgap metodikalar validli-gi va gipotezalar haqqoniyligidan dalolat beradi. Topshiriq to‘g‘risida axborot almashish ishlab chiqarish faoliyatida indivi-dual usullarni yaxshilash uchun foydali ekanligini tasdiqladi.
Ushbu metod mehnat faoliyatini tartibga solish uchun oqil, omilkor va foydali bo‘lib, yo‘riqnomalar, qoidalar ishlab chiqarishga qulay shart-sharoitlar yaratadi. Topshiriq to‘g‘risida axborot almashish ta’limining samarasi guruhiy echimning motivatsiyasi, aktivizatsiyasi, identifikatsiyasi, teskari aloqa natijasi ko‘tarilishiga xizmat qiladi. Bizningcha, topshiriq to‘g‘risida axborot almashishdan kognitiv harakatlar regulya-siyasiga o‘rgatishda, an’anaviy metodlardagi uzilishlarni to‘ldirishda, mehnat va o‘qish faoliyatlari samaradorligini oshirishda foydalanish mumkin.
2.13. Muomalaning psixologik tavsifi
Muomala jarayoni shaxs ijtimoiylashuvining muhim omil-laridan biri bo‘lib hisoblanadi. SHaxsning shakllanishi-da faoliyat, xulq qanday rol o‘ynaca, shaxslararo munosabatda muomala ham xuddi shunday vazifani bajaradi. Jahon psixolo-giyasi fanida muomala (muloqot)ning tuzilishi, uning maromi, o‘ziga xos xususiyatlari, munosabatga kirishishning bosqichlari va uslublari yuzasidan muayyan darajada ma’lumot to‘plangan. Lekin uning asosiy psixologik tavsiflari, tuzilishi va o‘zapo bog‘liqligi, harakatlantiruvchi mexanizmlari masalalariga bag‘ishlangan tadqiqotlar juda kam o‘tkazilgan. Xuddi shu sabab-dan mazkur muammo mohiyatini ochib berish ham nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etadi.
Muomala (muloqot) jarayonining genezisida nutq va nutq faoliyati yotadi. Har xil psixologik kontekstlarda umumiy vaziyatlar, holatlar mohiyatini tushuntirish uchun muomalaning quyidagi tavsiflariga e’tibor qilish maqsadga muvofiq:
muomala (muloqot) jarayonining shaxsiy va ijtimoiy yo‘nalganligi;
o‘zga odamlarga uzatiluvchi fikr va mulohazalarning dina-mikaga, barqaror ierarxiyaga egaligi;
semiotik jihatdan maxsus turlardan tashkil topganligi (belgi yoki alomatli, ma’noviy, kazisli muomala);
uning ijtimoiy bilvositalilik darajasi va boshqalar. Hozirgi zamon psixologiya fanida alomat (belgi) va alomatlar tizimi tushunchalari mazmun jihatdan o‘zaro uyg‘unlashib ketgan bo‘lib, alomat ideal ob’ekt, ya’ni kvazi ob’ekt sifatida talqin qilinadi. Muammoga bunday yondashuv natijasida alomat (belgi) tushunchasining uch qirrasi (tomoni), jabhasi to‘g‘risida mulohaza yuritishni keltirib chiqaradi; real alomat, alomat obrazi, alomat modeli.
Muomalada fikrning ahamiyatliligi, qiymati va uning tuzi-lishi, tarkibi alohida rol o‘ynaydi. Fikrning ahamiyatliligi (mazmundorligi), qiymati shaxsiy ma’no kasb etishi, hissiy rang-barangligi tarkiblaridan iboratdir. Til bilan bog‘liq alomat bilishning va muomalaning psixologik quroli bo‘lib hisoblanadi. U aksariyat davrlarda kommunikativ va kognitiv muammoli vaziyatda yaqqollashadi. Xuddi shu boisdan alomat (bel-gi)lar tuzilishining yuksak darajalari va ularning turlari (ko‘rinishlari) muammoli vaziyat tipiga bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi.
Ta’kidlab o‘tilgan mulohazalardan kelib chiqqan holda muomalaning quyidagi psixologik tuzilishini tavsiya qilish mumkin:
muomalaning turli xususiyatli motivatsiyasi;
har xil vaziyatlarda muomalaning taxminiy fazalari mav-judligi;
muomalani rejalashtirishning bosqichlar va fazalardan iboratligi;
muomalaga kirishish va uni amalga oshirish fazasi;
muomala jarayoni (faoliyati)ni nazorat qilishning har xil darajalari va ko‘rinishlari.
Muomala jarayonida maqsadga yo‘naltirilgan funksional mo‘ljallar muhim ahamiyat kasb etadi. Modomiki shunday ekan, muomala ehtiyojining genezisi qiymati ortib boradi.
Muomala kuyidagi ijtimoiy va sotsial-psixologik xususiyatli funksiyalarni bajaradi:
jamoaviy hamkorlik faoliyatini optimizatsiyalash va tashkil qilish funksiyalari;
ob’ektiv va sub’ektiv omillarni ijtimoiylashtirish funksiyasi;
guruh va jamoani aynlashtirish funksiyasi;
guruhga va jamoaga qarama-qarshi qo‘yish funksiyasi;
bevosita va bilvosita xususiyatli hamda guruhlararo aloqa funksiyasi.
Muomala jarayoni yoki faoliyatining muvaffaqiyatli amalga oshishini ta’minlash uchun quyidagi omillarni hisobga olish mutlaqo zarur:
vaziyatga qarab o‘zaro ta’sir, ya’ni tashqi determinator-larni;
bilvosita muloqotga kirishishni (yo‘ldosh orqali aloqa, audio va video, radio va televidenie, ratsiya yordami bilan, ya’ni alomatlar, shart-sharoitlap bilan xabar, ma’lumot uzatish);
hamkorlikdagi guruhiy fikr yuritish faoliyati samara-dorligiga o‘zaro ta’sip o‘tkazish xususiyatining ta’sirini;
fikriy topshiriqlarni hamkorlikda echishda muloqotning mazmunini;
signallarni hamkorlikda baholashda konformlik va ta’-sirga beriluvchanlikni;
hamkorlikdagi mahsuldor faoliyat sharoitida muomala-ning shaxsga oid determinantlarini;
diada sharoitida so‘z orqali o‘zaro ta’sir o‘tkazishning shaxsga oid jabhasini;
jamoaga rahbarlik qilishda shaxs va jamoatchilikning rolini;
inson o‘zining muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz faoliya-ti natijasini idrok qilishda verbal va noverbal muloqotning, sensor topshiriqlar echishining ahamiyatini;
atrofdagi odamlar bilan ishonchli munosabatda bo‘lish har xil yosh davridagi shaxslar uchun muomala o‘ziga xos tavsif ekanligini va hokazo.
SHaxslararo munosabatga kirishishda shaxsning quyidagi sifatlari, xislatlari, fazilatlarini hisobga olish muomala mahsuldorligini oshiradi:
SHaxsning hayotiy pozitsiyasini aks ettiruvchi fazilatlari-ni (rostgo‘ylik, prinsipiallik, burch hissi, ijtimoiy faollik).
Ishlab chiqarishning barcha sohalarida mehnat qilishga tayyorlik darajasi xususiyatlarini ifodalovchi xislatlarini (mehnatsevarlik, kasbiy fidoiylik, tashkilotchilik qobiliyati, serharakatlilik).
Bo‘lg‘usi oilaviy turmushga tayyorgarlik fazilatlari va ko‘nikmalarini tavsiflovchi shaxsga oid jabhalarni (uy-ro‘zg‘or ishlariga kirishimlilik, ishlab chiqarishdagi mehnat bilan uy ishlarini muvofiqlashtirish, oila byudjetini oqilona taqsimlash, sarflash, o‘zini va oila a’zolarini moddiy ta’min- lashga uquvchanlik).
Odamlarga nisbatan munosabatda namoyon bo‘luvchi shaxs sifatlarini (saxiylik, g‘amxo‘plik, do‘stlik va muhabbat, sodiqlik, yonberuvchanlik, yumshoqlilik).
SHaxsnipg kommunikativ xislatlarini (dilkashlik, xushchaqchaqlik, umumiy til topuvchanlik, jamoatchilik orasida o‘zini tuta olishlik).
SHaxsning intellektual fazilatlarini (saviyasi kengli-gi, fikrni tushunish qobiliyati, o‘zgalarga hamdardlik, yumor hissi, aqlning o‘tkirligi, farosatlilik).
SHaxsning irodaviy xislatlarini (iroda kuchi, sobitqadamlilik, uyushqoqlik, o‘zini uddalash).
Tashqi qiyofasi xususiyatlarini namoyon qiluvchi tomon-larini (jismoniy salomatlik, xushbichimlilik, o‘z qiyofasiga e’tiborlilik, ozodalik) va boshqalar.
Muomala hayot va faoliyatning turli jabhalarida amal-ga oshadi; maqsadli faoliyatda, interaksion va shaxsga oid doirada mavzuviy axborotlarda, syujetli rolli jihatda va hokazo. Mazkur jarayonlarda uning mohiyati, rasmiy tuzilishi, miqdoriy tavsifiga alohida e’tibor beriladi. Fikr alma-shishga mo‘ljallangan muomala nutqning monologik, dialogik, polilogik va boshqa turlaridan tashkil topadi. Bunda nutqiy o‘zaro ta’sirning ritmik, intonatsion, temporal xususiyatlari-ni hisobga olish shaxslararo axborot uzatish va qabul qilish sa-maradorligini oshiradi.
Bizningcha, muomala quyidagi turlardan iboratdir: verbal, noverbal, bevosita, bilvosita, rasmiy, norasmiy, kontaktli, distantli, ekspressiv, impressiv kabi. Ularning har birini egallash orqali muomala maromining individual uslubi vujudga keladi. Bu borada izchil ravishda tadqiqot ishlarini olib borish muomala mexanizmlarini ochishga xizmat qiladi, shaxs-lararo munosabat darajasini oshiradi, fikr almashuv, xulqli ta’sirlanish va ta’sir o‘tkazish malakalarini shakllantiradi.
2.11. Fikriy topshiriqni birgalikda echishdagi dialog mazmunining psixologik tahlili
Ikki odamning bir-biri bilan dastlabki yaqinlashuvini, bevosita nutqiy muomala vaziyatida birgalikda fik-riy topshiriqlarning echishini ularda dialog va fikriy topshiriqlarning echishini dialog va fikriy jarayonlar namo-yon bo‘lishi sifatida qarash mumkin. Dialog mazmunini tadqiq qilgan G.M.Kuchinskiyning talqinicha, bu (dialog) - sheriklar-ning o‘zaro ta’sirining etakchi shakli, bajariladigan faoliyat-ning adekvatligidir. Uning adolat mezoni bilan odilona baho berishicha, noverbal muomalaning ahamiyatini inkor etmay, biz shuni ta’kidlaymizki, unda bilish jarayonlari mazmunini aks ettirish (g‘oyalar, gipotezalar, tushunchalar, faoliyat va hokazo) imkoniyati haddan ziyod cheklangandir. Darhaqiqat shunday omil mavjudligini tan olish bilan birga, birgalikdagi echim, hamkorlik echimi atamasiga aniqlik kiritilishi lozim, agarda dialog yoyiq bo‘lib, o‘z ichidagi fikriy va individual jarayonlarning muhim jabhalarini qamrab olsa, ularni yaxlit bir butunlikka aylantirsa, faqat shu taqdirdagina mulohaza shartiga muvofiq keladi. G.M.Kuchinskiyning bevosi-ta nutqiy muomala vaziyatida fikriy topshiriqni birgalikdagi (hamkorlik) echimiga oid tadqiqoti “tafakkur va dialog” muam- mosini keltirib chiqaradi, so‘zsiz ular o‘rtasidagi munosabatni bunday o‘rganish psixologiya fanida yangilik hisoblanadi. Uning haqli ravishda ta’kidlashicha, dialogning psixologik mohiyati to‘g‘risida ilmiy manbalarda keng qamrovli bahslar yo‘q, biroq muomala tushunchasi mazmuni, tuzilishi bo‘yicha keyingi yillar-da shiddatli sur’atda mulohazalar, muhokamalar avj olmoqda. By to‘g‘rida psixologlar tomonidan bildirilgan nuqtai nazarlar muallif uchun alohida qiziqish uyg‘otadi va dialog (muloqot) mohiyatini oydinlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Nazariy fikrlar tahliliga asoslangan muallif quyidagi shaklda ta’rif beradi: “dialog - insonni inson bilan muomalasining alohida shaklidir”.
G.M.Kuchinskiy tomonidan sobiq sovet psixologiyasida eng keng yoyilgan yondashuv bevosita muomala maxsus faoliyat sifati-da o‘rganilishi ekanligi, uning negizida faoliyat nazariyasining yirik vakillari asari yotishi uqtiriladi. Ma’lumki, ushbu na-zariya sobiq sovet psixologiyasining yirik yutuqlaridan biri sanaladi va unda asosiy e’tibor sub’ekt faolligining shunday shakllariga qaratiladiki, bunda faoliyat predmeti o‘zgartirilib uning mahsuliga aylantiriladi. Faoliyatning predmetligi bu holatda uning tub negizini anglatuvchi (konstitutiv) tavsifi sifatida qaraladi. Ushbu munosabat bilan muomalani faoliyat sifatida talqin qiluvchi psixolog uchun uning predmeti ma-salasiga javob hal qiluvchi ahamiyatga ega. Muallifning ta’-kidlashicha, bu borada uch xil javob bo‘lishi mumkin. CHunki muomala faoliyat to‘g‘risida va uning predmeti yuzasidan uch xil ko‘rinishdagi tasavvur mujassamlashgandir:
muomala qatnashchilari tomonidan o‘zining navbat bilan tahlili;
muomaladoshlarning o‘zaro munosabati yoki ta’siri; v) muomaladoshlarning hamkorlik faoliyati.
Ushbu yondashuvlar T.V.Dragunova, A.A.Leontev, V.V.Rijovniki ekanligini ta’kidlash bilan masalaga aniqlik kiritish lozim deb hisoblaymiz.
G.M.Kuchinskiyning nuqtai nazaricha, yuqoridagi muomala-ning faoliyat sifatida qarashlarning eng zaif joyi muomala-doshlarning o‘zaro ta’siri jarayonining tahlili hisoblanadi. Bevosita nutqiy muomala vaziyatida ikkita sinaluvchi uchun umu-miy bo‘lgan fikriy topshiriqni echishda ushbu hodisani tushun-tirib berishga harakat qiladi: uchinchi, topshiriq sinaluvchilar tomonidan “diada” echilgan taqdirda, hamkorlik echimi bu holda o‘zini dialog sifatida namoyon qiladi. Agar inson muomala predmeti sifatida talqin qilinsa (T.V.Dragunova), bunda dia-log ikki qayta faoliyatga aylanib qoladi, chunki muomaladosh-larning har biri uchun faoliyatning o‘z predmeti bo‘ladi, ya’ni uning suhbatdoshi. O‘zaro ta’sir bundan kelib chiqqan holda almashinib turuvchi, yonma-yon harakatlanuvchi ikkita ta’sir o‘tkazishga tenglashtirib qo‘yiladi. Ularning har qaysisi o‘z maqsadi, o‘z motiviga ega bo‘ladi. Bu holda har bir ishtirok-chi faoliyatini alohida qarash, hatto uning sherigiga ta’sir o‘tkazishini, muomaladoshning tahlil qilinayotgan faoliyatga nisbatan ta’sirini hisobga olish ham sheriklarning o‘zaro ta’-sir harakati tahlilida uning ichki mantig‘ini tasavvur qilish amri mahol.
Muomalaga faoliyat sifatida ikkinchi yondashuvda izla-nuvchining jismga mo‘ljallanuvchi muomala munosabati bilan uyg‘unlashgan tarzda aks etadi. Bu vaziyatda topshiriq dilda echil-ganligi tufayli dialogdan boshqa hech qanday o‘zaro ta’sir yo‘q. Muomala predmeti o‘zaro ta’sir o‘tkazish hisoblansa, u holda dialog ustiga dialog paydo bo‘ladi, ya’ni hamkorlik echimi ja-rayonida muomala qanday ko‘rinishda yuzaga kelishi kerak. Biroq hamkorlikdagi echim dialogning fragmentlari boshqalar bilan o‘zaro qo‘shilishib bir yaxlitni vujudga keltiradi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, muallif tomonidan tahlil qilinayotgan vaziyat yaxlit dialog hisoblanib, yaxlit jarayon sheriklarni o‘zaro ta’-sir o‘tkazish nutqida amalga oshadi va hech qachon o‘zaro ta’sir uchun hukm surmaydi.
Muomalaga faoliyat sifatida yondashuvning uchinchi turida muomala sub’ekti - bu muomala hisoblanmaydigan hamkorlik faoliyatida o‘z a’zolarining integratsiyasi maqsadida ularga ta’sir o‘tkazuvchi guruhdir (V.V.Rijov). G.M.Kuchinskiyning e’tirozicha, agarda topshiriq dilda echiladigan bo‘lsa, unda muomala ishtirok etmasa, bunda hech qanday hamkorlik echimi ham yo‘q. Agarda muomala faoliyat sifatida uning predmeti hisoblanmish hamkorlik faoliyatining har xil jabhalariga yo‘llash mumkin bo‘lsa, u holda dialog mazmuni, shakli bo‘yicha nimaga qaratilganligidan qat’i nazar, u sheriklarga o‘zaro ta’-sir o‘tkazuvchi sifatida qolaveradi, chunki insonning nutqi in-songa qaratilgan bo‘lishi mumkin.
Sobiq sovet psixologiyasida B.F.Lomovning muomala va faoliyatning o‘ziga xosligi, ularning bir-biriga qo‘shilmasligi to‘g‘risida boshqa yondashuvi keng tarqala boshladi. Bu yo‘nalishdagi o‘ziga xoslik birinchi navbatda alohidalikning o‘zigi xosligi, “sub’ekt - sub’ekt” munosabati o‘zaro ta’sir jarayoni muomala mohiyati yaratuvchisi ekanligi bilan bog‘lanadi va o‘zaro ta’sirning “sub’ekt - sub’ekt”i bilan muayyan darajada tafovutlanadi.
Muallifning mulohazasicha, dialog qatnashchilarining o‘zaro ta’sirining asosiy xususiyati shundan iboratki, bunda o‘zaro ta’sir nutq shaklida, nutq yordami bilan amalga oshadi. Insonning nutqida hamisha nimadir, nima to‘g‘risida gapirila-di, ya’ni so‘zlovchi sub’ektning fikriy pozitsiyasi ifodalanadi. Fikriy pozitsiyaning o‘zaro ta’sirida dialogning ichki va tashqi jabhalarini farqlash imkoniyati vujudga keladi. Dialogning tashqisida har xil o‘zaro ta’sir o‘tkazuvchi fikriy pozitsiyalar turlicha aniq (jismoniy) suhbatdoshlar tomonidan rivojlan-tiriladi. Dialogning ichkisida har xil o‘zaro ta’sir o‘tkazuvchi fikriy pozitsiyalar faqat sub’ekt tomonidan rivojlantirila-di, ya’ni faqat bitta-yu bitta gapiruvchi nutqida ifodalanadi. “Ichki dialog” va “ichki nutq”, “tashqi dialog” va “tashqi nutq” tushunchalari aynan bir narsa, bir xil atamalar emas. Boshqacha yo‘naltirilgan gapiruvchining tashqi nutqi hamisha uning o‘ziga ham qaratilgan bo‘ladi. Nutqiy muomalada sherik nutqiga dia-logik munosabatni bildirish bilan cheklanib qolmasdan, bal-ki ham o‘zining, ham begonaning nutqiga e’tibor qilishi lozim. Binobarin, tashqi nutq tashqi va ichki dialog vositasi bo‘lishi mumkin.
Muallifning mulohazasicha, tashqi va ichki dialoglar - bu empirik va nazariy ob’ektlar emasdir. Fikriy topshiriqning hamkorlik echimini o‘rganayotgan tadqiqotchi empirik ob’ekt bilan ish yuritadi va uni keyin “nutqiy muomala” tushunchasi bilan belgilash mumkin. “Tashqi dialog” “ichki dialog” tushunchalari asosida nutqiy muomalaning har xil jabhalarini qayd qilish imkoniyati tug‘iladi (dinamikasi, xususiyati). Asarda bayon qilinishicha, fikriy topshiriqlarni hamkorlikda echish jarayo-nida dialogni o‘rganish “sub’ekt-sub’ekt” o‘zaro ta’sir ko‘rsatish jarayonini aniqlashga va predmetli ma’noviy va mantiqiy echish jarayonida ochilishini qayd qilishga yo‘naltirish kerak.
G.M.Kuchinskiy tomonidan o‘tkazilgan dialog shaklining fik-riy topshiriqlarni hamkorlikda echish jarayoniga bag‘ishlangan tadqiqotida aniqlanishicha, nutqiy muomala shaklining tuzil-maviy birligi sifatida elementar sikl xizmat qilishi mum-kin. Elementar sikl mazmuni o‘zaro bog‘langan nutq aktlaridan tashkil topgandir. Uning tarkibiga faqat elementlar, ya’ni bir funksional, bitta kommunikativ topshiriqni echishga qodir nutq aktlari (nutqiy xatti-harakatlar) kiradi. Elementar nutq aktlarining funksiyalarini o‘zaro shunday qiyoslash mumkinki, birinchi elementar nutq akti muomala siklini ochadigan funk-siyasiz mumkin bo‘lmaganday, ikkinchi elementar nutq akti unga mutanosib funksiyasiz amalga oshmaydi, natijada ushbu jarayon yakunlanmay qoladi. SHuningdek, asarda ko‘rsatilishicha, nutqiy muomalaning elementlar sikllari qatoriga “unga nisbatan ma’lumot - munosabat”, “savol - javob”, “uning bajarilishiga harakat turtkisi” kabilar kiradi, nutqiy muomalaning murak-kab shakllari rang- barangligi ularning negizida mukammalroq ifodalanishi mumkin. Dialogning mazmunini tahlil qilishda birlamchi napca nutqiy muomalaning elementar siklida mavzu to‘g‘risidagi masala bo‘lishi kerak.
“Unga nisbatan ma’lumot - munosabat” siklining mavzu-sini aniqlashning asosiy mo‘ljali ma’lumotni aksentirlash-gan qismga, “reja” ga ajratishdir. Ma’lumotning mavzusi - bu uning asosiy aniqlovchisidir. So‘z, tushuncha, atama, so‘z birik-masi reja orqali aniqlanadi.
“Uning bajarilishiga harakat turtkisi” sikl mazmuni-ni tahlil qilishda uning ikki asosiy ko‘rinishini farqlash maqsadga muvofiq:
suhbatdoshning nutqiy faolligini boshqarishga yo‘naltirilgan harakatga undovchi (ko‘zlovchi) sikl;
suhbatdoshning nutqsiz faolligiga yo‘naltirilgan harakatga turtki sikl.
Birinchi ko‘rinishda nutq mavzusi to‘g‘ridan-to‘g‘ri berila-di, ikkinchisida esa dialogning mavzusi bilvosita yo‘l bilan suhbatdoshning ongiga etkaziladi.
Ma’lumot o‘tkazish, savol va harakatga undovchi (qo‘zg‘ovchi)
bular muomalaning elementar siklini amalga oshiruvchi funk-sional elementlardir. G.M.Kuchinskiy birinchi guruh funksio-nal elementlarni murojaatlar, ikkinchisini esa javob aktlari deb nomlanadi. Ularning o‘zaro farqini muallif quyidagicha izohlaydi: dialogda yangi mavzularni muhokamaga qo‘yish faqat murojaat orqali amalga oshiriladi, javob aktlari esa qo‘yilgan mavzu chegarasidan tashqariga chiqmaydi. SHeriklarning bit-tasi ikkinchisiga murojaat qilsa, uning xatti-harakati uch yo‘nalishda davom etishi mumkin. Birinchidan, boshlangan sikl-ni yakunlash va shu bilan birga suhbatdosh taklif qilgan mavzu-ni qo‘llab-quvvatlash. Ikkinchidan, boshlab qo‘ygan siklni yakun-lamay, o‘zining ma’lumotnomasi, savollari, harakatga turtkisi bilan yangisini boshlash.
Tadqiqotchi olingan ma’lumotlarga asoslanib ba’zi bir xulosalar chiqarishga harakat qiladi: dialogda bitta emas, balki ikkita va undan ortiq mavzu bo‘lishi mumkin; dialogda u yoki bu mavzu uzluksiz rivojlanmay qolishi kuzatiladi;
dialogda sheriklarning o‘zaro ta’siri nafaqat dialog mavzusi uchun kurashda namoyon bo‘libgina qolmasdan, balki uni rivojlantirish bo‘yicha intilishda ham ko‘zga tashlanadi;
dialogda ham ma’noviy o‘zaro bog‘liq sikllar izchilligi, ham o‘zaro bog‘lanmagan elementar sikllar vujudga keladi.
Ma’noviy o‘zaro bog‘liq elementar sikllarning tashkiliy majmuasi paydo bo‘lishi nutqiy muomalaning murakkab sik-li, mikrodialog to‘g‘risida mulohaza yuritishga imkon beradi. Nutqiy muomalaning murakkab sikllariga murojaat qilish di-alog mazmunini tahlil etishda yangi savollar tug‘ilishiga olib keladi. Mikrodialogda muhokamaga ajratilgan aniq mavzu yo‘q, elementar sikl mavzusidagi funksional rol esa mikrodialog rivojlanishi davomida mutlaqo o‘zgarishi mumkin.
Nutqiy muomalada tashqi dialogning ichkiga o‘tishi o‘z ifodasini topmasdan, balki ichki dialogning tashqi shakliga o‘tishi ham qamrab olinadi. Tashqi dialog mavzulari rivojla-nishidagi uzilishlar, favqulodda bir mavzudan ikkinchisiga ko‘chishi suhbatdoshlar ichki dialoglari harakati (kechishi) bi-lan ko‘pincha determinatsiya qilinadi. Tashqi dialogning har xil fragmentlari mavzusi bilan ma’noviy aloqalari sheriklarning ichki dialogida yashiringan bo‘lishi mumkin.
Muallifning oqilona ta’kidlashicha, o‘zaro ta’sir ko‘rsatishning “sub’ekt - sub’ekt” munosabati alohida shakl sifatida dialog mazmunini o‘rganishga tenglashtirib qo‘yish emas, albatta. Bu bilan bir qatorda sheriklarning (u yoki bu mavzuni tanlash tizimi, ta’riflanishi) nuqtai nazarini, ular-ning ma’noviy (fikriy) pozitsiyalarini (ta’rif yordami bilan aniqluvchidan aniqlikni vujudga keltirish) o‘rganish zarur. Dialogda sheriklarning ma’noviy pozitsiyasi o‘zgarishini va o‘zaro ta’sir ko‘rsatishini o‘rganish maxsus texnikani, dialog mazmu-ni tahlilini maxsus amalga oshirishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |