Sotsial psixologiya

Ijtimoiy hodisalar va holatlarni baholash

Download 0,95 Mb.
bet26/33
Sana11.01.2022
Hajmi0,95 Mb.
#348173
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33
Bog'liq
Ma'ruza matni

Ijtimoiy hodisalar va holatlarni baholash yakka shaxs, guruh, jamoa tomonidan taqlid (imitatsiya), yuqtirish (yuqish), ishontirish, ta’sir o‘tkazish kabi vositalar orqali ijtimoiy turmushda amalga oshadi.

Insonning biron-bir narsaga yoki holatga taqlid qilishi ixtiyoriy tarzda hosil bo‘lsa, ommaviy yuqish esa ixtiyorsiz ra-vishda vujudga keladi. Tabiatda yoki jamiyatda sodir bo‘lgan voqelik yuzasidan dalillar keltirish, bildirilgan fikrni mantiqiy shakllar yordami bilan asoslash tufayli inson shu narsaga ishontiriladi, buning natijasida fikrlarda umumiy-lik ro‘y beradi.

YAkka shaxsga yoki muayyan gypyhga ta’sir o‘tkazishdan ibo- rat vosita orqali hodisalarga baho berishda rag‘batlantirish, jazolash, qo‘rqitish, homiylik qilish, vasiylik, va’da berish yo‘llaridan foydalaniladi. YUzaga kelgan, sodir bo‘lgan hodisani ommaviy tarzda baholash jamoa a’zolarining aql-zakovatiga, madaniy darajasiga, mentalitet ko‘rsatkichiga, qarashlariga, e’tiqodlariga (maslagiga), fikrlashning mustaqilligiga, ijodiyligiga, fikrning chuqurligi, teranligi va tezligiga, favqulodda yuzaga kelgan yaqqol sharoitga bog‘liqdir.

Ijtimoiy munosabatlar omma (fuqarolar) orasida-

gi stereotiplar (ajdodlar o‘gitlari, xulq-atvor meroslari) ga, assotsiatsiyalar (hodisalarning o‘xshashligi, yondoshligi, qarama- qarshiligi)ga, identifikatsiya (kattalarning ijobiy sifatlarini o‘zlashtirish, goho illatlarini egallash)ga, ref-leksiya (kelajakda amalga oshirish mo‘ljallangan ezgu niyatni aniq baholash, oqilona nazorat qilish, bashorat etish)ga, anti-sipatsiya (istiqbol rejasining modelini yaratish)ga asosla-nadi. Ommaning ijtimoiy va shaxsiy tajribasi bilan islom ta’limoti o‘rtasidagi uzviy aloqalar ham o‘zaro munosabatlar mohiyatiga ta’sir etadi. SHaxslararo, millatlararo munosabat-lar majmuasi esa milliy mafkura negizini belgilaydi, uni mustahkamlaydi, barqarorlashtiradi, takomillashtiradi va ri-vojlantiradi.

Fuqarolarning ijtimoiy ongidan eski mafkura qoldirgan izlarni, sarqitlarni batamom siqib chiqarish uchun quyidagi holatlarning xususiyatlarini e’tiborga olish maqsadga muvofiq: eski o‘rnashib qolgan g‘oyalar bilan yangi g‘oyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar hamda munosabatlar tizimi (meros, ichki kurash, ziddiyat, nizo, mojaro va boshqalar); ijtimoiy ong bilan milliy g‘oyalar o‘rtasidaga o‘zaro mu­nosabatlar (an’analar, axloq-odob, urf-odatlar, rasm-rusumlar, marosimlar, milliy qiyofa, mentallik, milliy tuyg‘u, milliy xarakter, milliy ta’b, milliy til, milliy kuy, milliy musiqa va hokazo); hozirgi zamon kishisining his-tuyg‘usi, kayfiya-ti, e’tiqodi, motivatsiyasi, intilishi, talabgorligi bilan qadriyatlar, turmush tarzi, odatlar, xulq-atvor va tajriba mala-kalari o‘rtasidagi aloqalarni qatiy ravishda mustahkamlash; individual va ijtimoiy ongga milliy g‘oyalar, qarashlar, e’tiqodlar, ommaviy faollik harakatlari ta’sirchanligini singdirish; ma’naviyat bilan ijodiyot, motivlar bilan qadriyatlar uyg‘unligini kuchaytirish; sotsial psixologiyaning fenomenlaridan (imitatsiya, ste- reotipizatsiya, identifikatsiya, refleksiya, attraksiya, yuqish, suggesteziya, antitsipatsiya, ommaviy xulq kabilardan) unumli foydalanish.

Istiqlol sharofati tufayli ijtimoiy hayotning deyarli barcha jabhalarida tub o‘zgarishlar, yangilanishlar, ijodiy iz-lanishlar, mustaqil fikrlash, milliy o‘zlikni anglash namoyon bo‘lmoqda. Siyosiy va iqtisodiy mustaqillikka erishish nati-jasida mamlakatimiz egalik huquqini olishga muvaffaq bo‘ldi, o‘zbek xalqining farovonligi, ma’naviy mustaqilligi yuzasidan asriy orzu-umidlari ro‘yobga chiqdi. O‘bekiston ma’naviy sohada ham, xuddi siyosiy va iqtisodiy jabhalarda bo‘lganidek, o‘zining etnik, milliy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘ziga xos yo‘ldan taraqqiy etmoqda. Hozirgi davrda vatanparvarlik, fi- doiylik tuyg‘ulariga asoslangan, ajdodlarimizning buyuk me-rosidan, ta’limotidan kelib chiquvchi milliy mafkura davlati-miz uchun ijtimoiy zaruriyatdir - ma’naviy mustaqilligimiz ne’mati va mahsulidir.

Milliy mafkuraning psixologik tarkibiy qismlari quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:

mustaqillik his-tuyg‘usi va uni fuqarolar tomonidan haqqoniy ravishda idrok etish;

fidoiylik, jasorat, mehnatsevarlik negizida quriladigan umumiy safarbarlik;

ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining vatanparvarligi;

milliy ma’naviyatni egallash, kelajakni rejalashtirish, komil insonlikka erishish uchun betinim izlanish, axloqiy, aqliy zaxiralarni ro‘yobga chiqarish va boshqalar.

Ona zaminga nisbatan muhabbat, uni sevish, e’zozlash, ardoqlash va ravnaqi yo‘lida g‘oyalar majmuasini yaratish - bu mam- lakatimiz ahli ruhiyatining ko‘rsatkichi, xohish-irodasining aks etishidir. Milliy mafkura mamlakatimizda yashaydigan bar-cha fuqarolarni, millat va elat vakillarini ijtimoiy-siyosiy kuchlar va guruhlarni birlashtiruvchi puxta negizdir. U davlat taraqqiyotini belgilab beruvchn mezonlar majmuasini o‘zida mu-jassamlashtiradi, adolatli, huquqiy demokratik fuqarolik ja-miyatini qurishdan iborat siyosiy g‘oyalarni ishlab chiqaradi va ijtimoiy hayotda qaror topishini ta’minlaydi. I.A.Karimov belgilab bergan mamlakat yo‘nalishining besh tamoyili, prin-sipi davlatimiz mafkurasining negizini tashkil etadi. Ushbu mafkura milliy davlatchilik siyosatini amalga oshiruvchi, kelajakka mo‘ljallangai islohotlar, fuqarolar ruhiyatida ishonch tuyg‘usini uyg‘otuvchi dasturilamal g‘oyalar va xatti-harakatlar majmuasidir.

O‘zbek millatiniig g‘ypypi, milliy iftixori quyidagilarda yaqqol namoyon bo‘lishi mumkin: ona diyorimizning ko‘p ming yillik buyuk tarixiy o‘tmishida; uning SHarq ma’rifatparvarligi, jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan beqiyos hissasida, egallagan mavqeida; jahon tan olgan fan, din, adabiyot, san’at daholarida, dav-lat va jamiyat arboblarida; bebaho madaniyat, san’at, me’morchilik yodgorliklarida; o‘zbek xalqining ona tiliga, milliy urf-odatlariga, an’a-nalariga, rasm-rusumlariga sodiqligida; o‘zbeklarning islom madaniyatiga mansubligida; mamlakatining tabiatida, iqtisodiy qudratida;

ko‘p millatli xalqning istiqlolga, buyuk kelajakka ishonch tuyg‘usida; fuqarolarning fan va texnika, madaniyat taraqqiyotiga ishtiyoqida, intilishida; xalqaro hamjamiyat tan olishida va nufuzi ortib borishida; tinchlik barqarorligida, o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini sobitqadamlik bilan olib borayotganligida va hokazo.

Milliy istiqlol mafkurasining uzviy tarkibiy qismini boy madaniy merosimiz tashkil qiladi. Ma’naviyatimiz xazi-nasi durdonalaridan bahramand bo‘lgan sog‘lom yosh avlod ruhan tetik, aqlan donishmand, jismonan engilmas barkamol inson sifatida shakllanadi.

Xuddi shu boisdan yoshlarda milliy his-tuyg‘u, milliy yurish-turish, milliy ta’b, milliy xarakter, milliy qiyofa

xususiyatlarini tarkib toptirish milliy o‘zligini anglash-ni tezlashtiradi. Ularni o‘zbek xalqining milliy an’analari, urf-odatlari, rasm-rusumlaridan boxabar qilib borish muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik, istiklol mafku-rasi vatan, xalq manfaatiga sadoqat, milliy ma’naviyatga, ilm-fan va madaniyat yuksalishiga muhabbat, shaxs iste’dodi, faolligi, erkiga zo‘r hurmat, boshqa xalqlarga do‘stlik, birodarlik tuyg‘usiga samimiyatini shakllantirish lozim.

Milliy mafkura axloqiy va huquqiy tarbiyaga katta e’ti-bor, qonunga so‘zsiz rioya qilish, demokratiya va hurfikrlilik, davlatga yuksak hurmat va qat’iy intizom g‘oyalarini o‘zida mu- jassamlashtirgan bo‘lishi shart.

Milliy istiqlol mafkurasini yaratishda yoshlarimizga, xalqimizga bo‘lgan buyuk ne’mat - mehnatsevarlik tuyg‘usini singdirish alohida ahamiyat kasb etadi. Vatan mustaqilligini mustahkamlash, xalq farovonligini ta’minlash yo‘lida fido-korona mehnat qilayotgan kishilarni ham moddiy, ham ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega.

Axloq va odob malakalarini egallash, ota-ona va kattalar-ni hurmat qilish, samimiylik, inoqlik, qadr-qimmat, viqor, vijdonlilik, iffatlilik, o‘zaro yordam singari insoniy xis-latlar o‘zbeklar ma’naviyati va ruhiyati ramzi hisoblanadi. O‘zbeklarning his-tuyg‘usidagi tug‘ishganlariga nisbatan iliq munosabati, qarindosh-urug‘chilik rishtalari milliy ruhiyatimizni aks ettiradi.

YOsh avlodni voyaga etkazish vazifasi milliy xususiyat, mil-liy o‘zligini anglash, milliy tuyg‘u, milliy xulq-atvor maro-mi, milliy turmush tarziga asoslanib amalga oshirilsa, oila muhitida, o‘quvchilar jamoasida hamjihatlik, iliq ma’naviy muhit hukm surishi muqarrardir.

O‘zbek xalqining urf-odatlari, udumlari, rasm-rusumlari barqaror ahamiyat kasb etishiga qaramay, yangi davr, ijtimoiy taraqqiyot ehtiyoji va talabiga muvofiq ravishda shakl jihatdan o‘zgarib boradi, natijada yangi mazmun, yangi mohiyat kasb etadi.

Mamlakatimiz o‘z xalqi tanlagan ochiq erkin bozor iqtisodiyotiga asoslangan kuchli demokratik huquqiy davlat qurish yo‘lini bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda. Vatani-mizni yanada mustahkamlash maqsadida milliy g‘ypyp, milliy o‘zligini anglash, milliy qadriyatlarni tiklash, eng asosiysi, istiqlol mafkurasini yoshlar ongiga singdirish respublikamiz o‘qituvchilarining muqaddas burchidir.

Odamlarning muayyan ijtimoiy etnik birlikka taalluqli ekanligini, o‘z millatini ijtimoiy tizimda va xalqaro muno-

sabatda egallagan mavqeini anglash, milliy qiziqishni, o‘z xalqining boshqa ijtimoiy birliklar bilan o‘zaro munosaba-tini tushunish, g‘oyalar, hislar va intilishda namoyon bo‘lishini payqash milliy o‘zligini anglash deyiladi. Milliy o‘zligini anglashga kayfiyat, hissiy kechinmalar, yoqtirish, yoqtirmaslik, hamdardlik, tarixiy shartlangan har xil kamolot darajasiga egalik, o‘zining etnik birligini boshqalar bilan qiyoslash ki-radi. O‘zlikni anglashning omillarini oilaning ta’siri, mil-liy muhit va til, madaniy doira, tasodifiy vaziyat (ota-ona obro‘sining ta’siri, alohida turmush sharoiti, milliy turmush hodisasi) tashkil qiladi.

Xalqning o‘zini millat sifatida tanishini, o‘zining jis-moniy quvvatini, aqliy qobiliyatini, yurish- turish va ularning turtkilarini, borliqqa, shaxslararo hamda millatlararo muno-sabatini to‘g‘ri tasavvur etishdan iborat sifati milliy o‘zligini anglashni bildiradi. Milliy o‘zligini anglash milliy ongning shakli hisoblanib, o‘zini muayyan birlikka aloqador ekanligi-ni bilish xalqqa nisbatan munosabat birligida vujudga kela-di. Boshqa millatlarni bilish orqali o‘z xalqini anglash, mil-liy xulq, faoliyat, muomalani tahlil qilish orqali o‘zligini payqash, o‘zini va o‘zgani kuzatish tufayli milliy xususiyatini sezish, o‘zini nazorat qilish va boshqarish yordami bilan o‘zligini tushunish sodir bo‘ladi. Xuddi shu sababdan milliy o‘zligini anglash xalqning o‘z ehtiyojlariga, qobiliyati va salohiyatiga, mayllariga, xulq-odob ichki, tashki turtkilariga (motivlariga, motivatsiyasiga), kechinmalariga va mulohazalariga nisbatan mu-nosabatining in’ikosidir.

Milliy o‘zligini anglash - muayyan xalqning u yoki bu ijtimoiy guruhga mansubligida, ijtimoiy munosabatda o‘z millati-ning egallagan mavqeini aniq tasavvur qilganligida, milliy manfaatdorligida o‘z ifodasini topishdir. Milliy o‘zligini anglashda oilaviy ta’sirning, tilning, qarindosh-urug‘chilik aloqasining roli benihoya kattadir. Milliy o‘zlikni anglashning ob’ektiv (tarixiy taraqqiyot, tabiat in’omi) va sub’ek­tiv (millat vakili ta’siridagi o‘zgarishlar) omillari mavjud. O‘zbek millatining qomat tutishi, kiyinishi, ibosi, imo-ishorasi, yuz harakatlari, tabassumi, xayoloti, ta’zimi, marosimlari, ijodiyoti, folklori, eposi, ta’bi, didi, ochiq qalbligi ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar mahsuli tariqasida gavda-lanadi. Mazkur ruhiy holatlar va hodisalarning tan olinishi, zarur omillarning etilishi milliy o‘zlikni anglash jarayonini tezlashtiradi.

13 -MAVZU.SHAXSLARARO MUNOSABATLAR. SHAXS VA MUOMALA

REJA

  1. Muomala va nutq

  2. Muomala psixologik muammo sifatida

  3. Muomala sotsial-psixologik voqelik sifatida

Ijtimoiy hayotda shaxslararo munosabatda, oila a’zolari o‘rtasida nutq mazmuni, madaniyati, odobi muammosi g‘oyat muhim masalalardan biridir. Biroq bu ishni amalga oshirishda, bi-rinchi galda rahbar kadrlar, o‘qituvchilar va ota-onalarning o‘zlari namuna ko‘rsatib, sof ona tilida mantiqan savodxon tarzda so‘zlashishlari lozim. Aksariyat o‘zbek yoshlarining xulq-odobi, mehnatsevarligi, uddaburon- chaqqonligi, saranjon-sarishtalik xususiyatlari bilan hammada havas uyg‘otibgina qolmay, balki shirin so‘z, xushmuomala, yoqimtoylik, dilkashlik, muloqotmandlik fazilatlari bilan ijtimoiy makro, mikro va mize muhitga iliqlik, nur yog‘diradilar hamda boshqa millatga taalluqli tengdoshlaridan farqlanadilar.

Milliy muhitimizda “SEN” va “SIZ” so‘zlari ham bir og‘izdan chiqishi to‘g‘ri tasavvur qilinadi va ajdodlarimizdan meros sifatida qolgan stereotipizatsiyaga asoslanib fikrlar boshqa kishilarga uzatiladi. Baliq suv bilan tirik deganla-ridek, inson inson bilan muloqotga kirishganligi tufayli ijtimoiylashib, ijtimoiy tajribalarni egallab kamol topa boradi. Buning asl ma’nosida odamlarning o‘zaro muloqotidagi aloqa qurolining ijtimoiy sifatlari va mexanizmlari yotadi.

Binobarin, muomala va munosabat jarayonida nutq madaniyatiga rioya qilgan holda, mazmunli hamda ravon so‘zlay olish, o‘zgalarga ma’lumot, axborot uzatish, teskari aloqa orqali muayyan xabar qabul qilish naqadar ulug‘vorlikdir. O‘z navbatida, har bir odam muloqotda sezgirlik, ziyraklik, tezkorlik, hozirjavoblik, ibo-lilik, iffatlilik, samimiylik, ochiqqalblilik namunalarini ko‘rsata olishi boshqalar nigohi qarshisida xushsurat, betakror timsol yaratadi.

Jamoat transportida va jamoat joylarida yoshlarning muloqotlarini ko‘rib hayron qoladi kishi, ba’zan fikr alma-shishga achinasiz yoki jahling qo‘zg‘aydi, xullas til, nutq talab-lariga rioya qilishdan tashqaridagi sotsial-psixologik holat yuzaga kelgan. Avvalo, ular g‘alati tilda, “g‘aliz” talaffuzda so‘zlashadilar, buning ustiga ruscha va o‘zbekcha so‘zlarni bir-biriga qorishtirib muomalaga kirishadilar. Nahotki ular mak-tabda o‘z ona tillarini shunchalik yomon o‘zlashtirgan bo‘lsalar, nutq madaniyati, uning frazeologik tuzilishi, so‘z turkumi, tar-kiblari yuzasidan shunchalik qashshoq bilimga egadirlar.

O‘qituvchi shu o‘rinda nutq va nutq faoliyati maromidan, doirasidan chetga chiqish, ona tilining pokligiga, sofligiga putur etkazish hollarini sharhlashga harakat qiladi. SHaxslararo munosabatdagi ijtimoiy hodisa to‘g‘risidagi o‘qituvchining tanqidiy mulohazasi o‘quvchilarda to‘g‘ri reaksiya vujudga kelti-radi va ularda yaqqol omilga nisbatan to‘la ishonch uyg‘otadi.

O‘zbek tiliga davlat maqomi berilganidan keyin birmun-cha ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi, ularning salmoqliklari mil-liy istiqloldan so‘ng amalga oshdi. Mamlakatimizdagi davlat hujjatlari ona tilida rasmiylashtirilmoqda, yig‘ilishdagi ma’ruzalar o‘zbek tilida qilinmoqda, aksariyat jamoatchilik uchrashuvlari milliylashib bormoqda. Ijtimoiy hayotdagi katta yutuqlar bilan bir qatorda, shaxslararo munosabatlarda til odo-bi, nutq madaniyatida buzilishlar davom etmoqda, o‘zbek tilining musaffoligi, aniq va lo‘ndaligi, mantiqiyligi, ohangdorligi va silliqligi muomalada o‘z ifodasini topa olmayapti, natijada uzatilayotgan fikrlarni idrok qilish qiyinlashmoqda.

Misol tariqasida bir oliy o‘quv yurtidagi o‘qituvchi bilan talabalar o‘rtasidagi muloqot jarayonidan parcha keltiramiz:

“Hozir sanlar matanalizdan chiqdinglarmi” (O‘qituvchi)

“Yo‘q teoriya fizikadan chiqdim” (Talaba), “Unday bo‘lsa er-taga birinchi parani teoriya veroyatnosti qilamiz, osnovi ekono-mikadan ruxsat oldim; osnovi ekonomika o‘rnida teoriya veroyat- nosti bo‘laveradi, no boshqa etajda” (O‘qituvchi).

Nutqqa nisbatan bunday munosabatni ona tili go‘zalliklari - so‘zlari bilan almashtirib, aytish joiz bo‘lsa, “tarjima” qilsak, uning sofligini buzish, toza, tiniq, musaffo jumla-larni noto‘g‘ri talaffuz qilgan muloqotdoshlarning xaqiqiy qiyofasi oydinlashadi. Mana, ular nima deymoqchi: “Hozir sen-lar matematik tahlil fani darsidan chiqdilaringmi? Yo‘q, fi-zika nazariyasi fani darsidan chiqdik”, “Unday bo‘lsa, ertaga birinchi soatni ehtimollar nazariyasi darsi qilamiz, iqtisod asoslari o‘qituvchisidan ruxsat oldim - uning o‘rnida boshqa qavatda ehtimollar nazariyasi darsi bo‘laveradi”.

Nahotki, ona tilida shunday go‘zal jumlalar turganida, uni ko‘ra-bila turib shunday mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yilsa?

By asnoda ona tilining hurmatini, mavqeini, obro‘sini (nufuzini) ko‘tarish, uning sofligini taminlash, boyitish va talabalarimizning o‘zlari o‘z tillariga amaliy jihatdan bepi-sandlik qilayotganliklarini tezda bartaraf qilish chorasini ko‘rish maqsadga muvofiq. Ular ona tilining sofligi, davlat tili huquqini tan olgan bo‘lishligiga qaramasdan, shaxslararo muomala jarayonida o‘zbekcha so‘zlar, birikmalar o‘rniga bemalol ruscha so‘zlarni sun’iy ravishda ishlatmoqdalar. Rus tilini etar-li darajada tushunmaydigan ko‘plab talabalar, hatto ko‘r-ko‘rona ruscha nomlaydilar. “Kulturologiya”- “Madaniyatshunoslik”, “Ekzamen”-“Imtihon”, “Zachetnaya knijka”-“Sinov daftarchasi”, “Raspisanie”- “Dars jadvali”, “Otoplenie past”-“Issiqlik past”, “Glavkorpus”-“Bosh bino” va boshqalar.

Oliy o‘quv yurtlarida (qishlok xo‘jaligi, tibbiyot, texnika) dars berayotgan muallimlarning nutqi juda qashshoq “omixta!” Qolaversa, radio, televidenie eshittirish va ko‘rsatuvlarida ham nutqiy nuqsonlar tez-tez takrorlanadi, muloqotdagilarning nutqidagi stilistik xatolar tinglovchini tashvishga soladi, ax- borotni idrok qilish, uni tushunish chigalligicha qolaveradi. Takror so‘zlarning serobligi, nutq mantiqiyligining sayozligi bilvosita muomalaga kirishishni qiyinlashtiradi, ortiqcha no-verbal harakatlar ixlosmandlar g‘ashiga tegadi.

Hozirgi kunda ruscha so‘zlar o‘rniga muqobil tushunchalarni ishlatish evaziga tilimiz yanada go‘zallashdi, ohangdorligi ku-chaydi: xozraschyot - xo‘jalik hisobi, magazin - do‘kon, ostanovka - bekat, skver -hiyobon, avtobaza - avtosaroy, bilet - chipta, zoopark hayvonot bog‘i, domofitser - zobitlar uyi va hokazo.

Har bir millatning tarixiy an’ana va urf-odatlari, udum-lari, xullas, turmush tarzini dunyo xalqlariga eltuvchi mada-niyatiga g‘amxo‘rlik, shu asosda ularni yangicha mazmun, mohiyat bilan boyitish o‘zbeklarning mulohaza bildirish malakasini, muomala maromini rivojlatiradi. SHogirdlarning o‘z ustozi-dan o‘zlashtiradigan va o‘rganadigan bir talay narsalari bo‘lgan, xuddi shu bois “ustoz - shogird” munosabati avlodlar o‘rtasidagi fikriy aloqalar ijtimoiy tajribani egallashga qaratilgandir, shuning uchun ham dono xalqimiz “ta’lim bergan ustozingdan ay-rilma”, deydi.

Turli yoshdagi odamlarni o‘zaro aloqaga kiritishning muhim omillaridan biri - bu milliy bayramlarda hamkorlik jarayonini vujudga kelishidir. Jumladan, “Navro‘z” - o‘zbek xalqining eng katta milliy bayrami hisoblanadi, bayram tusini yaratishda barcha ishtirok etadi, shaxslararo munosabatga ki- rishish milliy tuyg‘ular yuzasidan fikr almashishga asoslanadi. Uning mazmunida xalqimizning yashash tarzidagi bahorni iliq qarshi olish, erga birinchi urug‘ qadash, sumalak, non ulashish, ku-rash, hashar, uloq, arkon tortish, dor o‘yini, aytishuv, topishmoq sahnasi, quloq-cho‘zma, o‘tganlarni xotirlash kabi yuzlab an’ana, urf-odat va udumlari bor. Tabiiyki, ushbu marosimlarni baja-rish, ijro etishda til, nutq va tafakkur ishtirok etadi, shaxsla-raro muomala ularning negiziga quriladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, bu jarayonda millatning idroki, tasavvuri, xotiroti, tafakkuri, salohiyati natijalari so‘z, jumla va gaplarda voqe bo‘ladi va ular axborot sifatida bir-birlariga uzatiladi, qabul qilinadi. Xalqimiz lug‘ati tarkibida- shevalar, lahjalar va dialektlar hali o‘zbek adabiy tiliga olib kirilmagan minglab haqiqiy turkiy-o‘zbekcha iboralar ham juda ko‘p, ulardan nutqda, muomalada foydalanish ma’lumotni qabul qiluvchi shaxsning idrok maydonini kengaytiradi. Bular tilning foydalanilma-gan imkoniyatlari tarkibiga kirib nutq samaradorligini oshi-rishga, muomala jarayoni muddatini uzaytirishga xizmat qiladi, uning ohangdorligi, go‘zalligi ortadi. “Navro‘z” bayramini nishonlashda mamlakatimizning barcha hududlarida adabiy til lug‘ati tarkibiga kira olgan, jonli mushohada durdonalari muomala predmetiga aylana boshlaydi. Jonli mushohada muo-malaning tarkibi bo‘lib hisoblanib, axborot almashish jarayoni qiymati oshishiga xizmat qiladi, muloqotdoshlar bir-birini idrok etishini engillashtiradi.

Ushbu misollarga diqqatingizni to‘plang va jiddiy ravishda ularni tahlil qiling, nutq boyligingizga olib kiring, undan qatnashchilarning barchasi naf oladi: “Uzun-uzun iz ketdi - uzun bo‘yli qiz ketti” degan chiston Namanganda gilam ma’nosida ish-latilsa, buning sinonimi - “Uzun-uzun iz ketdi - sochi uzun qiz ketdi” tarzida Samarkandning Urgut shevasida gilam, palos ma’-nolarida qo‘llaniladi. Narvon Toshkentda tomga chiqadigan asbob ma’nosida qo‘llanilsa, uning sinonimlari Farg‘ona vodiysida shoti, Xorazm shevasida zangi deb yuritiladi. Ushbu tushunchalar-ning hap uchala ko‘rinishidan foydalanish muomala jarangdorli-giga insonning inson tomonidan idrok qilinishiga ijobiy ta’sir etadi. Bularningbarchasi haqiqiy o‘zbekcha, lekin adabiy tilda qisqasi, milliy an’analar, udumlarning, ayniqsa “Navro‘z”ning tiklanishi o‘zbek tilining bundan keyingi taraqqiyotiga bir qadar keng yo‘l ochib berdi, demak nutq boyligi ortdi, ulardan muomalada foydalanish esa muomaladoshlarni o‘zaro tushunish jarayonining engilroq kechishini ta’minlaydi.

Mamlakatimizda shevaning ko‘p bo‘lishi milliy tilimiz-ning ko‘p tomirliligi, rang-barangligi, baquvvatligi, uning boyligidan dalolat beradi, lekin ana shu boylikni dunyoga na-moyish etuvchi mukammal qomusimiz hali yaratilmagan (“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da 60 ming so‘z bor, xolos).

O‘zbek filologiyasida adabiy til deganda, ma’lum bir qonun-qoida, til normasiga asoslangan aloqa qurolinigina tushunish, tasavvur qilish shu kungacha davom etib kelmoqda. Endilikda adabiy til - milliy adabiy til, ijtimoiy hodisa sifatida o‘z ma’nosini, predmetini, tarkibini kengaytirishi maqsadga muvofiq. SHu ma’noda o‘zbek milliy adabiy tili xalq shevalaridan oziqlangan holda o‘z tarkibini asl turkiy-o‘zbekcha so‘z va iboralar, qolaversa, yangi ma’no beruvchi boshqa belgilar hisobiga to‘ldirishi lozim.

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi tufayli mil-liy istiqlol sharofati bilan uning yanada mustahkamlanishi xalqimizning til madaniyatini oshirdi, unga nisbatan hurmati ortdi. Bizningcha, tilga e’tibor - elga e’tibor, deganlari mana shu bo‘lsa kerak.

Hozirgi zamonda jahon talablari asosida yashashini o‘ziga mezon qilib olgan har bir fuqaro ona tilidan tashqari, yana ik-kita chet tilini erkin egallagan bo‘lishi lozim. Xalqaro va mil-latlararo muomalaga kirishish uchun ma’lum bir sohada mukam-mal bilimga ega bo‘lish bilan birga chet tilini ham o‘zlashtirish davr talabiga aylanib qoldi. Bu zamonaviy kishi uchun madaniy ko‘rsatkich, jamiyat uchun esa zaruriy ijtimoiy voqelik sifati-da baholanishi joiz.

SHuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘z ona tilini puxta o‘zlashtirib olgan holda, ravon va chiroyli so‘zlash hamda ajoyib notiq bo‘lib etishish ko‘p jihatdan badiiy adabiyotlarni tinim-siz mutolaa qilishga bog‘liq.

Bizning fikrimizcha, oilada bolalar kitobxonligini mohirona tashkil etish nazokat, odob, axloq, ma’naviy tarbiya-sida alohida ahamiyat kasb etadi. SHunga binoan, bolalap ki-tobxonligini uyushtirishda oila va maktab hamkorligini yuzaga keltirish, bunda maktabning etakchilik rolini oshirish maksad-ga muvofiqdir.

Tajriba va kuzatishlarning ko‘rsatishicha, oilada bola-lar kitobxonligini tashkil etishda syhbat, ifodali o‘qish, hikoya, bahs-munozara metod va usullaridan foydalanish ijo-biy samaralar beradi. SHaxslararo munosabatni maqsadga muvofiq ravishda yo‘lga qo‘yish, o‘zapo nutqning nuqsonlarini tuzatish, tilning boyliklarini ijtimoiy tajribada qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish lozim. Oilada bolalar kitobxon-ligi murg‘ak qalblarni axloq-odob, nazokat, go‘zal his-tuyg‘ular bilan to‘ldiribgina qolmasdan, balki do‘stlik, qardoshlik, bay-nalminal tuyg‘ular bilan ham boyitadi, ongini yuksak milliy va umumbashariy g‘oyalar ta’sirida shakllantirish, nutq hamda muomala madaniyatini, maromini rivojlashtirish uchun qulay shart-sharoit yaratadi.

Bunda o‘zbek mumtoz va hozirgi zamon adabiyotining eng qimmatli namunalaridan, xususan ularning axloq-odob, inson-parvarlik, vatanparvarlik, adolat va haqqoniyatni targ‘ib etuvchi asarlaridan foydalanish maqsadga molik.

SHunday qilib, jamoat joylarida, maktab va madaniy-oqartuv muassasalarida, transportda va boshqa joylarda o‘zini o‘zi idora qilish, xushmuomala bo‘lish, o‘zida muloqotmandlikni shakllantirish, nomaqbul xulq-atvordan o‘zini tiyish har qanday jamiyatimiz a’zosining ma’naviy etukligi, barkamolligi ifo-dasi ekanligini yoshlar ongiga singdirib borish o‘zaro tushunish-ni keltirib chiqaradi. Bo‘lg‘usi mutaxassislarni muomala maromi yuzasidan tizimli bilimlar bilan tanishtirish, muayyan mala-kalar bilan ularni qurollantirish kasbiy tayyorgarligining tarkibiy qismi bo‘lmog‘i zarur. Mustaqil fikrlovchi, ijodiy izlanuvchi yoshlarni shakllantirish uchun, avvalo, ularda o‘qish motivlarini barqarorlashtirish, shaxslararo, xalqaro, millat-lararo aloqa quroli bo‘lmish nutq madaniyatiga va muomala maro-miga o‘rgatish makro, mikro, mize iliq muhitning kafolatidir.

  1. Muomala psixologik muammo sifatida

Muomala kommunikativ faoliyat sifatida baholanganida, kommunikativ texnologiya esa faoliyatli yondashuvda tatbiq qilinganida, eng avvalo ijtimoiy pozitsiyalar, nuqtai nazarlar, qarashlar, baholash tizimini shakllantirish, tashkillashtirish va boshqarish jarayonlarining psixologik talqini nazarda tuti-ladi. Mazkur sotsial-psixologik holat uchta ko‘rinishdagi kom-munikativ shakllarda o‘z ifodasini topadi:

Monologik (muomalaning boshqa ishtirokchilari fikrini eshitishga qaratilgan suhbatning tashkilotchi sub’ekti shaxsiy bildirishikommunikativxatti-harakatlarustuvorligidao‘tadi);

Dialogik (o‘zaro ta’sir o‘tkazishning sub’ektlari o‘zaro tashabbuskor, faol, bir biriga ta’sirkor tuyg‘ularini namoyish qiladi);

Polilogik (ko‘pqirrali muomala turi hisoblanib, kom-munikativ tashabbusni egallash uchun muloqotdoshlar o‘ziga xos kurash xususiyatiga moyildirlap, bu narsa ko‘pincha uni mak-simal darajada samarali amalga oshirishga intilishi bilan aloqadordir).

Muomalani faoliyat sifatida tasavvur qilish uni muayyan sodda xatti-harakatlar tizimidan iborat ekanligini bildira-di va quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

  1. muomalaning tashabbuskori sifatida;

b) tashabbusga yo‘naltirilgan sub’ekt tariqasida; v) muomalaning tashkillashuv me’yorlari qabilida; g) muomala qatnashchilari ko‘zda tutadigan maqsadlari ko‘ri-nishida; d) o‘zapo ta’sir o‘tkazish amalga oshadigan vaziyat yo‘sinida va hokazo.

Muomalaning har qaysi harakati (akti) o‘zaro aloqador kommunikativ xatti-harakatlari zanjiri tariqasida tasavvur qilinishi mumkin, chunonchi:

Muomala sub’ektining kommunikativ vaziyatga kirishi;

Muomala sub’ekti tomonidan kommunikatsiya xususiyatini baholashi (ijobiy yoki salbiy; maqbul yoki nomaqbul; muvaqqat yoki davomli); Kommunikativ vaziyatga yo‘nalganlik; O‘zaro ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini vujudga keltirish maqsadida boshqa sub’ektni tanlash; Muomala vaziyatining xususiyatlarini hisobga olgan holda kommunikativ topshiriqlarni belgilash; O‘zaro ta’sir ko‘rsatish sub’ektiga nisbatan maxsus yonda-shuvni tatbiq etish; O‘zaro ta’sir ko‘rsatish sub’ekt sherigi niyatiga moslashish;

SHerik sub’ekt diqqatini sub’ekt tashabbuskor tomoni-dan jalb etish; SHerik sub’ektning emotsional- psixologik holatini baholash va uni o‘zaro ta’sir ko‘rsatishga kirishishga tayyorgar-lik darajasini aniqlash; SHerik sub’ektning emotsional-psixologik holatiga nisbatan tashabbuskor sub’ekt o‘zini o‘zi tayyorlashi;

Muomala sub’ektlari emotsional-psixologik holatlarni o‘zaro tenglashtirishi (mutanosiblashtirish), umu-miy emotsional ko‘rinishni shakllantirish;

SHerik sub’ektga tashabbuskor sub’ekt tomonidan kom-munikativ ta’sir o‘tkazishi;

SHerik sub’ekt reaksiyasini tashabbuskor sub’ekt to-monidan baholanishi;

SHerik sub’ektning fikriy javobini rag‘batlantirish;

Muomaladosh (muloqotdosh) sherik sub’ektning fikriy

javobi.

Muomala xatti-harakati majmuasi yuqoridagi 15 ta mod-dadan tashkil topgandir. SHunday qilib, muomala akti vujudga kelishi uchun tashabbus mutlaqo zarurdir. SHuning uchun muomala sub’ekti agar o‘ziga mazkur tashabbusni olsa, biz uni tashabbus-kor sub’ekt deb nomlaganmiz, shu tashabbusni qabul qiluvchi boshqa qatnashchini sherik sub’ekt deb ataganmiz.

Endi muomala mohiyatining psixologik jabhalari to‘g‘ri-sida mulohaza yuritamiz.

  1. Muomalaning mazmuniga quyidagilar kiradi:

Insondan insonga axborot uzatish;

Insonni inson tomonidan idrok qilish;

SHeriklar tomonidan o‘zaro bir-birini baholash;

SHeriklarning o‘zaro bir-biriga ta’sir o‘tkazishi;

SHeriklarning o‘zaro bir-biriga harakat usuli ko‘rsatishi;

Guruhiy (diada, triada, poliada) faoliyatni boshqarish.

  1. Muomala mazmuniga muvofiq ravishda uning funksiyalari ajratib ko‘rsatiladi:

Instrumental - aniq harakatni amalga oshirish uchun za-rur ma’lumotlarni uzatish va boshqaruvning ijtimoiy mexa- nizmi sifatida muomalaning namoyon bo‘lishi;

Sindikativ - muomala odamlarni o‘zaro birlashtiruvchi vosita rolining bajarishi;

O‘zini o‘zi ifodalash - muomalaning o‘zaro tushunuv, ruhiy muvofiqlik shaklida gavdalanishi; Translyasion - hamkorlik faoliyatining yaqqol usullari-ni uzatish va baholash;

Ekspressiv - emotsional holatlar va kechinmalarda o‘zaro tushunuv;

Ijtimoiy nazorat - xulq va faoliyatning reglamentatsiya

lari;

Ijtimoiylashuv (sotsializatsiya) - jamiyatda qabul qilingan mezonlar, qonun va qoidalarga mutanosib ravishda o‘zida zarur xatti-harakat malakalarini shakllantirish.

  1. Muomalaning jabhalari.

Tashkillashgan to‘laqonli muomala o‘zaro bir-biriga bog‘liq, lekin tafovutlanuvchi ikki jabhani birlashtirib tura-di: tashqi, xulqiy operatsional hamda ichki, shaxsiy ma’no kasb etuvchi.

Muomaladoshlarning xulqida bevosita shakllanuvchi tashqi jabha kommunikativ harakatlarda ifodalanadi. Muomalaning ushbu jabhasi, o‘ziga xos ko‘rsatkichlar yordami bilan qayd eti-ladi:

Muomalada kommunikativ faollik;

Muomalada harakatning jadalligi;

Muomalada tashabbuskorlik;

Muomalada kommunikativ mahorat.

Muomalaning ichki jabhasi o‘zaro ta’sir vaziyatini sub’ek-tiv tarzda idrok qilish, voqelik yoki kutilma muloqotga nisba-tan javob harakatlari (peaksiya), motivlar va maqsadlar bilan mazkur jarayonda insonning chiqishini aks ettiradi.

  1. Muomalaning ohangi, o‘ziga xosligi quyidagicha aniq-lanadi:

muomalaning ohangi: xotirjam, hukmronona, hayajonli, tilyog‘lamalik; muomala jarayonidagi xulq: qat’iyat, xavotir, ishonchsiz, tortinchoq;

muomala ko‘rinishi: intim, shaxsiy, ijtimoiy, ommaviy. Muomala ko‘rinishi sheriklarning munosabati xususiyatini aniqlab beradi. Jumladan, intim va shaxsiy oralig‘ muloqotdoshlar bir-biriga yaqin odamlar yoki do‘stlar ekanli-gidan dalolat beradi. Ijtimoiy oralig‘ rasmiylikka, omma-viy esa muomalaning aqliy namoyishkorona xususiyatiga ishora qiladi.

SHuningdek, muomala ohangining boshqa ko‘rinishlari ham mavjuddir, chunonchi: hurmatona, mensimay, jiddiy va hazilomuz, xayrixoh va jahlnoma kabilar.

  1. Muomala uslubi - bu odamlarning o‘zaro ta’sir etishi-ning individual-tipologik xususiyatidir. Muomala uslubida ko‘pincha quyidagilar o‘z aksini topadi:

insonning kommunikativ imkoniyatlari xususiyatlari;

jamoa a’zolari va yakka odam bilan yuzaga keladigan muno-sabatlarning xususiyatlari; insonning ijtimoiy yoki psixologik individualligi;

muloqotdosh sheriklarning shaxsiy xususiyatlari va boshqalar. Muomala uslubining negizini axloqiy- odobiy (etik) attityud va jamiyatning ijtimoiy-adabiy (etik) attityudini baholash tashkil qiladi, chunonchi: ijodiy mahsuldor, do‘stona, bilmasofa, tazyiqnoma, ommabop, hazilnoma, xushomadgo‘ylik, talabchanlik, ishbilarmonlik, qat’iyatnoma.

Muomala uslubi o‘zaro ta’sirning emotsional tabiatiga va vosita tanlashga ta’sir etadi.

  1. Muomala vositalari psixologiya fanida besh turkumga ajratilib tahlil qilinadi:

Lingvistik (nutqiy).

Optik-kinestetik (imo-ishora, mimika, pantomimika).

Paralingvistik (ovozning shirasi, sifati, ko‘lami, ohangi).

Ekstralingvistik (pauza-to‘xtalish, kulgi, yig‘i, nutq sur’ati).

Vaqtli fazoviy (distansiya-oralig‘, vaqt, vaziyat, joy). Muomalaning nutqiy vositasi uning ma’nosini aniqlovchi mantiqiy, ma’noviy harakatlarni yuzaga keltiradi. So‘zlashuv hozirgi zamon ommaviy, ochiq muomalaning etakchi stilistik xusu-siyati hisoblanadi (gaplarning sodda, jonli tuzilishi, so‘zlashuv leksikasivafrazeologiyasidanfoydalanish). So‘zharakatlarining stilistik o‘ziga xosligi sintaksistik tuzilishida gavdalanadi. So‘z birikmalari, iboralar (bo‘g‘inlar) tuzilishida namoyon bo‘lib, so‘z harakatining so‘zlashuv uslubidagi o‘ziga xosligi psixotexnik usullar yordami bilan yuzaga keltiriladi, jumladan: xayol (tasavvur) qilayotgan dialogizatsiya (so‘z harakatlarining sintaksistik qurilishi xayol qilinayotgan dia-logik vaziyatni taqlid qiladi - imitatsiya); savol-javob harakati (muomala sub’ekti o‘ziga o‘zi savol beradi, unga uning o‘zi javob qaytaradi);

ritorik savol (savol tasdik yoki inkor ma’no bildirib, muloqotdagi sheriklarda emotsional ko‘tarinkilik va ijodiy fikr uyg‘otadi); emotsional da’vatchanlik (muomala mavzusiga nisbatan diqqatni markazlashtirish, yo‘naltirish kuchaytiriladi, muomala jarayonidagi suhandonlik rag‘batlantiriladi); inversiyali holat (so‘z tarkibini maxsus ravishda buzish-ga yo‘l qo‘yiladi).

So‘z harakatining sifati va samaradorligi, kommunikativ layoqatmandligi ko‘p jihatdan sub’ekt nutqning psixotexnika-sini qanchalik egallash darajasiga bog‘liq, ya’ni uning nutq psi-xotexnikasi bilan qurollangan darajasi.

Muomalaning sotsial-psixologik sharoitlariga bino-an ovozni, talaffuzni, intonatsiyani, mantiqni individual-psixologik boshqarish tizimi nutqning psixotexnikasidir. Ushbu tavsifdan ko‘rinib turibdiki, so‘z harakatlari muomala-ning paralingvistik va ekstralingvistik vositalarini bir-lashtiradi. Bu ma’noda nutqning psixotexnikasi muomalaning psixotexnik tarkibi hisoblanib, odamlarning bir-biriga ta’-sir o‘tkazishining lingvistik vositalaridan samarali foyda-lanish usullarini ochib berishga xizmat qiladi.

Agar lingvistik vosita so‘z harakatlari ma’noliligini aniqlasa, paralingvistik va ekstralingvistik tomoni esa uning ifodalanganligini bildiradi.

Nutq ohangi va tovushning ohangdorligi nafaqat ongga, bal-ki hissiyot doirasiga ta’sir o‘tkazib, so‘z va bo‘g‘inlarga, emotsio-nal his-tuyg‘ularga o‘zgacha rang, tus, jilo beradi.

So‘z harakatining sur’ati - bu uni amalga oshirishning tezligidir. Tez sur’at so‘z harakatlari mazmuniga va mantiqiga diqqatni to‘plash imkoniyatini qiyinlashtiradi, sur’ati sekin-lashuvi esa insonni toliqtiradi. So‘z harakatlari sur’atini tashkillashtirishning omilkor usuli - bu boshqaruvning psi-xologik jihatdan maqsadga muvofiqligidir . Pauza (to‘xtalish) bo‘g‘in, so‘z ma’nosini yaxshiroq uzatish, eng muhim joylarini ta’kidlash, kuchaytirish imkonini yaratadi, bu holat esa qabul qilish samarodorligini oshiradi.

Diksiya- butovushlarnianiq, ravshan, tipik, talaffuzqilish, so‘z harakatlari mazmuniga kirish jarayonini engillashtiradi.

Optik-kinetik vosita harakatini psixofiziologik, dina-mik jihatdan tashkillashtiradi. Imo-ishora - bu so‘zlovchining yoki o‘zi to‘g‘risida o‘ylovchi insonning psixologik holati to‘g‘risidagi ma’lumotni uzatuvchi harakatdir. Mimika - muo-mala vaziyatidagi inson yuz harakatlarining dinamik ifoda- lanishidir. Pantomimika - muomala vaziyatidagina inson qad-qomatining dinamik holatining aks etishidir.

So‘zli va optik-kinetik harakatlarning qo‘shilishi muoma-la sub’ektining biri ikkinchisiga ta’sir o‘tkazishini yuzaga keltiradi. Ushbu ta’sir ko‘rsatish mohiyatiga o‘zaro tushunuv me-xanizmlari singib ketgan taqdirdagina samarali kechishi mum-kin.

O‘zaro tushunuv mexanizmlari quyidagilardan iboratdir: identifikatsiya, stereotipizatsiya, refleksiya, teskari aloqa (ma’lumot qabul qiluvchi shaxs, fikrlarni tuzatish, qabul qilish jarayonida muayyan strategiya va taktikaga asoslanadi).

Insonni insonga ta’sir o‘tkazish jarayoni bir-biri bilan uzviy bog‘liq uch xil xususiyatli harakatlar yig‘indisi mavjud-ligi tufayli vujudga keladi: so‘zli (nutqiy), optik-kinetik, psixotexnik.

Bizningcha, ta’sir o‘tkazish - bu kommunikativ muomalaning bevosita ifodalanishidir. Uning interfaolligi muomalaning fazoviy va vaqt vositalari yordami bilan ta’minlanadi:

  1. distansiya - muloqotdagi sheriklarning o‘zaro muayyan oralig‘i o‘lchamidir;

  2. moslashish (adaptatsiya) - bir sherikning ikkinchisiga munosabatini ifodalovchi qarashiga, nuqtai nazariga iliqlik hissining namoyon bo‘lishidir;

v) vaqt, vaziyat - o‘zaro ta’sirning osoyishta yoki jiddiy (tanglik, zo‘riqish) xususiyatini aniqlovchi muomala shart-sharoitlarini, uning komfort yoki diskomfortligini aks etti-rish holatidir.

Muomala tarkibiy tuzilma sifatida tasavvur etilganligi tufayli uni teng huquqli sheriklarning o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi nuqtai nazaridan turib talqin qilish mumkin.

O‘zaro ta’sir ko‘rsatish tuzilishiga : o‘zaro ta’sir ko‘rsatshining sub’ektlari, o‘zaro ikkiyoqlama aloqa bir-biriga o‘zaro ta’sir o‘tkazish imkoniyati, muomala sub’ektlarining ustuvor va tashabbuskor ko‘rsatkich bo‘yicha o‘zgarishlari o‘rin almashishlari kiradi. O‘zaro ta’sir o‘tkazish harakatlarning qat’iy tizimli ijro etish sifatida tasavvur qilinadi, ular diada (triada) sharoitidagi sherigidan javob olishga imkon be-radi, vujudga kelgan reaksiya esa ta’sir o‘tkazuvchida analogik reaksiyani uyg‘otadi.

O‘zaro ta’sir o‘tkazish harakatlarining har qaysisi quyi-dagilarni aniqlaydi: harakatdagi sub’ektni; harakat yo‘naltirilgan ob’ekt yoki sub’ektni: harakat vositasi yoki qurolini; harakat metodi yoki o‘zaro ta’sir ko‘rsatish vositalaridan foydalanish uquvini; individning reaksiyasini va harakatning natijasini vahokazo.

O‘zaro ta’sir ko‘rsatish - bu shunday psixologik jarayonki, u: muloqotdoshlar bilan jismoniy aloqadan; hamkorlikda fazoviy o‘rin almashtirishdan; guruhiy, individual, yalpi hamkorlik harakatlari maj- muasidan; verbal muloqotga kirishishdan; noverbal axborotli muloqotdan tashkil topadi. Psixologiya fanida to‘plangan ma’lumotlarni umumlashtirishning ko‘rsatishicha, o‘zaro ta’sir o‘tkazish psixologik jarayon sifatida quyidagilarni tavsiflaydi:

  1. yaxlit, yalpi, kooperativ faoliyat;

  2. axborot qabul qilish va uzatish aloqasi;

v) muloqotdoshlarning o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi; g) shaxslararo munosabat jarayoni;

d) muomaladoshlarning fikriy tushunuv vaziyati va hokazo. SHaxslararo ta’sir ko‘rsatish turlarini tasniflash quyidagi toifalarga ajratishga va ularga tavsif berishga im-

kon yaratadi, chunonchi:

shaxslararo; shaxsiy - guruhiy; shaxsiy - ommaviy (yalpi); guruhlararo; ommaviy - guruhiy; keng ko‘lamli va boshqalar.

Psixologiya fanida talqin qilinishicha, muomala dialektik jarayon sifatida ta’riflanadi, o‘zaro bir- biriga qarama-qarshi (nisbiy jihatdan) ikki tendensiyaning birligini namoyish etadi, bizningcha, bu: hamkorlik - fikriy integratsiya - o‘zaro yaqinlashish, tu-shunish; fikrlarning o‘zaro zidligi, bir-biriga nomutanosibligi - differensiatsiya - o‘zaro uzoqlashish, begonalashish. Jahon psixologiyasi fanida ijtimoiy o‘zaro ta’sir ko‘rsatish nechta turdan iborat ekanligi ta’kidlab o‘tiladi. Jumladan, R.F.Beyls bo‘yicha ijtimoiy ta’sir ko‘rsatish

ko‘rinishlari mana bunday tuzilishga ega:

Munosabatlar

Munosabatlar shakli

Ijobiy emotsional

  1. Birdamlik

  2. Jiddiylikning susayishi

  3. Ma’qullash

Ishbilarmonlik

  1. Taklif

  2. Fikr

  3. Axborot

  4. Axborot berish uchun iltimos

  5. Fikr bildirish uchun iltimos

  6. Murojaat qilish uchun iltimos

Salbiy emotsional

  1. Og‘ish

  2. Zo‘riqish

  3. Qarama-qarshilik

Muomala ijtimoiy sub’ektlarni o‘zaro ta’sir ko‘rsatish jarayoni sifatida metodologik nuqtai nazardan quyidagi xusu-siyatlar bilan tavsiflanishi mumkin: ijtimoiy statusdan qat’i nazar ijtimoiy sub’ektlar-ning psixologik pozitsiyalarining tengligi; muomaladoshlar tomonidan bir-birining faol kommuni-kativ rolini bir xilda tan olish; ishtirokchilarning bir-birini ruhan qo‘llab-quvvatlab turish imkoniyatining mavjudligi.

SHaxs sub’ekt sifatida ijtimoiy o‘zaro ta’sir ko‘rsatish tizimi bilan muomalaga kirishar ekan, u o‘zining ma’lum ma’-noda daxlsizligini (muxtorligini) saqlab qoladi va o‘zining kommunikativ harakatlarini hamda o‘zini o‘zi boshqarishni ta’-minlaydi. Jahon psixologiyasi fanidagi malumotlarni umumlashti-rish natijasida nutqiy muomala quyidagi ko‘rinishga ega ekan-ligidan dalolat beradi: Buyruq.Fikr qo‘zg‘atish. Ko‘rsatma berish. Taxmin qilish. Mulohaza. Axborot. Savol-javob. Oqlanish (himoyalanish) kabilar.

Biz yuqorida muomalaning sotsial-psixologik va psixolo-gik asoslari to‘g‘risida atroflicha mulohaza yuritishga harakat qildik. Lekin bu fikr uning to‘la tavsifini ta’riflashga eri-shildi, degan xulosa chiqarishga imkon bermaydi. Binobarin, muomalaning mohiyati, ko‘rinishi, mexanizmlari, funksiyalari, tuzilishi, o‘zaro ta’sir o‘tkazish omillari yuzasidan umumlash-gan mulohazalar bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldik, xolos. Muo-malaning boshqa jabhalari yuzasidan talqinlar, ma’lumotlar, tahlillar qo‘llanmaning boshqa bo‘limlarida bayon qilinadi.

  1. Muomala sotsial-psixologik voqelik sifatida

Muomala shaxslararo munosabatlarning shunday ko‘rinishidirki, uning yordamida odamlar bir-birlari bilan o‘zaro psixik jihatdan aloqaga kirishadilar, o‘zaro axborot al-mashadilar, bir-birlariga ta’sir o‘tkazadilar, ta’sirlanadi-lar, bir-birlarini his qiladilar, idrok etadilar, muayyan ta-savvur obrazlarini yaratadilar va bir-birlarini tushunadilar, u yoki bu imkoniyatlarini anglaydilar hamda baholaydilar.

Xuddi shu boisdan muomala sotsial-psixologik hodisa, il-miy kategoriya sifatida ijtimoiy turmushning barcha sohalarida bevosita ishtirok etib, insoniyatning hamkorlik faoliyatining moddiy, ma’naviy, madaniy, emotsional, motivatsion, kognitiv va regulyativ qirralarining ham ob’ektiv, ham sub’ektiv ehtiyoji sifatida vujudga keladi, ijtimoiylashuv va kamolotning aso-siy omili, negizi, mexanizmi funksiyasini bajaradi.

Muomala inson taraqqiyotining genezisi hisoblanmish o‘yin faoliyatini yuzaga keltiruvchi, harakatlantiruvchi, ma’na-viy ehtiyojlarini qondiruvchi ta’limning hamkorlik faoliya-tining boshqaruvchisi, ijtimoiy ishlab chiqarishning negizi sanalmish mehnat faoliyatining moddiy, iqtisodiy stimuli tariqasida muhim rol o‘ynaydi.

Insoniyatning ma’naviy hayotida milliy g‘oya, milliy istiqlol mafkurasi, g‘oyaviy, axloqiy, yuksak his-tuyg‘ular, ijti-moiy tajribalar, aql-zakovat, fahm-farosat, teranlik, zehn, is-te’dod, imkoniyat, o‘zini o‘zi baholash va nazorat qilish qanchalik anglashilgan bo‘lsa, muomala maromi hamda uslublari shunchalik takomil ko‘rsatkichiga erishadi. Binobarin, insonda yuzaga kela-digan har xil xususiyatli ehtiyojlarni maqsadga muvofiq ravish-da qondirish ko‘p jihatdan muomala maromi va uning psixotexnikasiga bog‘liq bo‘lib, shaxslararo munosabat, barkamol avlod, komil inson g‘oyalarini stereotipizatsiya (yunon. stereos - qat’iy, tupos - iz degan ma’noni anglatadi; xulq-atvor shakllarini tas- niflash va ularni hozirgacha ma’lum va mashhur deb sanalgan, ya’ni ijtimoiy qoliplarga mos keladigan hodisalar jumlasiga kiritish yo‘li bilan ularning sabablarini izohlashdan iborat jarayondir), identifikatsiya (lot. idenficare - ayniylashtirish, o‘xshashlik topish ma’nosini bildiradi: bir insonning ikkinchi insonni uning ta’rifini sub’ektining ta’rifiga anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda o‘xshatilishi orqali tushunish usuli), refleksiya (lotincha reflexio - oldingi va hozirgi voqelikni aks et-tirish), antitsipatsiya (lotincha anticipatio - ya’ni oldindan sezish, payqash), sensor ( lotincha sensis - sezish), subsensor (lotincha “sub” osti va “senses” sezish so‘zlaridan tuzilgan), subseptiv (lotincha “sub”- osti va “septio” - sezmoq demakdir) fenomenlariga (yunoncha “phainomenon” noyob, g‘ayriodatiy holat degan ma’noni anglatadi) asoslangan holda fuqarolar ongiga singdirishga yordam beradi.

Muomala muvaffaqiyatining negizi shaxsning ruhiy dunyosi, ehtiyojlari motivatsiyasi (lotincha movere - harakatlantiraman; odamni muayyan xatti-harakatlarga undaydigan sabablar maj-muasi), xarakter xislati, individual-tipologik xususiyati, qobiliyati, e’tiqodi, aql zakovati va shunga o‘xshash insonning fazilatlari, sifatlari namoyon bo‘lishi, kechishi, rivojlanishi hisoblanadi. Aksincha muomala jarayonida muloqotdoshlarning tasavvurlari, qiziqishlari, his-tuyg‘ulari, xatti-harakatlari, ko‘nikmalari, voqelik natijasini oldindan sezish, payqash, ta’sir o‘tkazish uslubi tarkib topishi mumkin.

Muomalaning inson psixik taraqqiyotiga ijobiy ta’siri muammosi to‘g‘risida L.S. Vigotskiy, S.L. Rubinshteyn, A.N. Leontev, B.G. Ananev, A.V. Zaporojets, A.A. Bodalev, B.F. Lo-mov, A.A. Leontev, M.I. Lisina va boshqalar tadqiqot ishla-rini olib borganlar. Jumladan, B.F.Lomov mulohazasicha, biz biron-bir individning turmush tarzini tadqiq etar ekanmiz, nafaqat uning ish faoliyatini, balki u kim bilan hamkorlik va qay yo‘sinda muomala qilajagini e’tiborga olishimiz joiz.

Muomala ko‘p qirrali tizimiy tuzilishiga ega bo‘lib, soddaroq talqin qilganimizda, uning mazmunini ham ilmiy, ham amaliy bilimlar turkumi tashkil etadi. SHuningdek, uning mohiyatini odat, odob, xulq, ko‘nikma, malaka, uquv, attraksiya (frans. “attraction” - o‘ziga tortish, mahliyo etish ma’nosini beradi), hamkorlik faoliyati (diada - ikkalov, triada - ucha-lov, poliada - ko‘plashib; guruhiy, jamoaviy, ommaviy, yalpi va hokazo), ob’ektiv va sub’ektiv munosabatlar (rahbarlik, tobelik, hamkorlik, musobaqa, raqobat) va sub’ektiv munosa-batlar (simpatiya - yunoncha sympalheia - ichdan yoqtirish; antipa-tiya - yunoncha antipatheo - ichdan yoqtirmaslik; empatiya yunoncha emptheia - hamdardlik; eydetizm yunoncha eidos - obraz; eyforiya yunoncha euphoria - o‘ta quvonch, armon; optimizm lot. optimus - eng yaxshi; pessimizm lot. pesimus - eng yomon; frustratsiya lot. frustration - muvaffaqiyatsizlik; agressiya lot. aggressio - tajo-vuz va hokazo) negizida shaxslararo aloqalar o‘rnatiladi, bir-birlari bilan axborot almashinadi, o‘zaro ta’sir ko‘rsatish yuzaga keladi. Buning natijasida uning kommunikativ, interak-tiv va perseptiv tarkiblari verbal (lat. verbalis - so‘zli) ham noverbal tarzda funksiyaga kirishadi. SHaxslararo munosabat-da uning qatnashchilarini o‘zapo tushunish jarayoni muomala muvaffaqiyatini taminlash kafolati hisoblanadi. Uning psi-xologik mexanizmlari rolini stereotipizatsiya, identifika-siya, refleksiya bajarib, ijobiy natijalar bilan ta’minlaydi, aksincha salbiy oqibatlarga olib keluvchi kauzal atributsiya ham mexanizm sifatida muomala jarayonida qatnashadi. Boshqa odam-ning xatti-harakatlari sababini, his-tuyg‘ularni, niyatlarni, o‘y-fikrlarni va xulq-atvor motivlarini unga to‘nkash yo‘li bi-lan tushuntirish kauzal atributsiya (lot. saussa - sabab, atributio qo‘shib qo‘yaman, in’om etaman degan so‘zlardan olingan), ya’ni sababiy belgilar yoki sababiy izohlash deb ataladi.

Insonning xulqini va shaxsiy sifatlarini baholash ja-rayonida uning fazilatlari, fe’l-atvori to‘g‘risida taqchil, kambag‘al ma’lumot mavjud bo‘lsa, insonni inson tomonidan idrok qilishning dastlabki daqiqalarida iliq kechinmalar, ta-assurotlar qoldirsa, ijobiy oreol (lot., frans. ehtirom, fahr ma’nosini anglatadi) deb nomlanuvchi ijtimoiy holat (mezon tariqasida) yuzaga keladi. Tashqi ifodalar, ichki vositalar-ning favquloddagi aks etishi shaxs to‘g‘risida iliq fikrlar, maqtovlar, yoqimtoylilik xislatini bunyod qiladi, uning shaxsi-yatiga hamdu sanolar aytiladi, natijada orttirma baholanishga yo‘l qo‘yiladi. Sotsial psixologiya fanida oreol samaradorligi degan so‘z birikmalari muomalaning insonni inson tomoni­dan idrok qilish (persepsiya) tarkibini o‘rganishda qo‘llanib kelinmoqda, ayniqsa chet el adabiyotlarida boy nazariy va ama-liy ma’lumotlar to‘plangan. Notanish inson to‘g‘risida ma’lu-motlar juda kam bo‘lsa, dastlabki muloqotda noxush kechinmalar vujudga keltirsa, mazkur shaxs haqida salbiy oreol samarasi yuzaga keladi. Xatti-harakat, nutq ohangi, imo-ishora singari muomalaning vositalari noto‘g‘ri qabul qilinganligi tufayli noxolisona baholanadi. Notanish shaxs to‘g‘risida yuzaki, hatto ig‘vo qabilidagi ma’lumot ham salbiy oreol samarasini pay-do qiladi. YOqish, yoqtirish, yoqmaslik, yoqtirmaslik tuyg‘ulari har xil ko‘rinishli oreol samaradorligini shakllantiradi. YOqtiradigan insonning nuqsonlari ham ko‘zga ko‘rinmaydi, yoqtirmaydigan shaxsning ruhiyatidan ko‘plab kamchilik topish mumkin, dastlabki munosabat, noto‘g‘ri tavsif salbiy oreol sa-maradorligini tug‘diradi, binobarin, imidj kishiga olqishlar yoki kamsitishlar olib keladi. Masalan, yoqimtoy talabaning kurs ishi, bitiruv ishi o‘qituvchi tomonidan iliq qabul kilinganli-gi sababli mazmun va uslubiy ifodadan nuqson qidirmaydi, aksincha o‘zlashtirmovchi, noqobil talaba faoliyati mahsulidan xilma-xil kamchiliklar ko‘zga tashlanadi. Bizningcha, o‘qituvchi bilan talabaning hamkorlik faoliyatiga bunday yondashish ustoz-lik odobi yoki nazokatiga o‘ta xilof ishdir.

SHaxslararo muomala kauzal atributsiya maromlariga rioya qilgan tarzda amalga oshirilsa, u taqdirda salbiy xususiyatli oreol samaradorligining oldini olish mumkin bo‘ladi. Inson-ni inson tomonidan idrok qilish jarayonida bilim, ko‘nikma, ta’sir o‘tkazish mexanizmlarini hisobga olishdan tashqari, ob’-ektiv va sub’ektiv munosabatlar omili, uslubi, maromi, shakli kabilarni diqqat markazida tutish muomala samaradorligini oshiradi, shaxslararo munosabat o‘zaro muloqotlarni ijobiy hislar bilan boyitib borishga erishiladi.

Muomala nafaqat fikr almashish, ma’lumot olish, uza-tish bilan kifoyalanadi, balki u tashqi ta’sirlar, namunalar (etiketlar) asosida o‘zini o‘zi tuzatish, o‘zini o‘zi qayta tarbi-yalash, shaxsiy imkoniyatini ro‘yobga chiqarish uchun puxta zamin hozirlaydi, komillik sari etaklaydi.

SHaxslararo aloqaning turli-tuman vaziyatlari o‘zaro ta’-sir o‘tkazishning bir necha usullari yordami bilan amalga oshi-riladi (ishontirish, taqlid, uqtirish va hokazo).

Ishontirish - bu fikr yuritishning hukm, xulosa chiqarish, mulohaza bo‘yicha qaror qabul qilish shakllari yordami bilan mantiqan asoslab berishdan iborat jarayondir. Muloqotdagi yoki tinglovchilarni ishontirish ta’siri ostida o‘z qarashidan muvaqqat voz kechish, nisbiy jihatdan undan uzoqlashish, bego- nalashishga og‘ganligi tufayli so‘nggi nuqtai nazarni qo‘llab-quvvatlashga qaror qiladi va shunga muvofiq yo‘l-yo‘riqdan foy-dalanishga tayyorgarlik ko‘radi. Ishontirish shaxsga yoki guruhga ta’sir etishning muhim usuli hisoblanib, u shaxsning motiva-sion, emotsional, irodaviy, kognitiv, regulyativ jabhalariga bevosita daxldor jarayondir. Ishontirish jarayoni diada, triada va poliada singari hamkorlik faoliyatida shaxsning ham oshkora, ham yashirin munozarasidan tashkil topgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi muloqotdoshlarga umumiy g‘oyani tushun-tirish va buning negizida umumiy birlikka erishishdan iborat o‘zaro ta’sir o‘tkazishdir. Hamkorlik jarayonida ishtirokchilar ruhiyatini o‘zgartirish niyati yashirin holda bo‘lib, unga erishish imkoniyatining ko‘rsatkichi juda yuksakdir.

So‘z yoki nutq yordami bilan odamlarni muayyan hodisaga, haqiqatga, voqelikka, holatga ishontirish shaxslararo munosa-batning murakkab usuli tariqasida insonga haqiqatan ta’sir o‘tkazishning eng qulay paralingvistik, ekstralingvistik, prok-semik yo‘llari orqali so‘z mantiqi, gap ohangi o‘zgartirilishi bilan amalga oshiriladi.

A.G.Kovalyov ta’kidlaganidek, ishontirishni odatiy pand-nasihat bilan aralashtirish aslo mumkin emas, chunki ishonti-rishda vujudga keltirilgan vaziyat yoki muammo har xil vositalar yordami bilan birlamchi va ikkilamchi alomatlar tahlili orqali jiddiy ohangda isbot qilinadi. Pand-nasihat qilinayotgan davrda hammaga ma’lum bo‘lgan nutqdan, quruq iboralardan foydalanganligi tufayli ta’sir kuchi, samarasi juda pastdir, goho bu ruhiy holat tinglovchida istehzo yoki nafrat uyg‘otishi mumkin. YAngilik unsuri bo‘lmaganligi sababli bunday axborot suhbatdoshga yoqmaydi, buning natijasida unda idrok qilish qiyinlashadi , yaxshi ko‘ngilda bildirilgan fikr salbiy re-aksiyaga olib keladi. SHuning uchun mulohaza, “insonning jo-niga tegadigan”, “almisoqdan qolgan”, “o‘ta bachkana” bo‘lsa, u suhbatdoshning g‘azabini qo‘zg‘otadi, bunga yo‘l qo‘ymaslik, uning oldini olish lozim.

Ta’sir etishning ishontirish usuli ishontiruvchining uzatayotgan yoki dalillayotgan axboroti mazmunli, ohangdor, jonli mushohada qabilida, mantiqiy urg‘uga ega, manbalarga, qonuniyatga asoslangan bo‘lsa, u holda uni qabul qiluvchi (isho-nuvchi ) shaxsning ushbu ma’lumotga nisbatan ongli munosabati yuzaga keladi, o‘zaro bir-biriga ishonch tuyg‘usining o‘rnatilishi jarayonining muvaffaqiyatli yakunlashini ta’minlaydi.

SHaxslararo bevosita munosabatlar o‘rnatishda taqlid muhim rol o‘ynaydi, ba’zi holatlarda identifikatsiyaning dast-labki bosqichi funksiyasini ijro etadi, xuddi shu bois taqlid qilish ruhiy ta’sirning bir turi sifatida psixologiya fanida qo‘llaniladi. B.F.Porshnev va boshqa olimlarning asarlarida taqlid juda sodda ta’riflanadi. Inson (individ) tomonidan xulq-atvor, xatti-harakat, yurish-turishning muayyan tashqi xusu-siyatlarini takrorlashga qaratilgan ruhiy jarayon (holat) taqlid deyiladi. Taqlidga berilgan ushbu ta’rif uning bir jabhasini qamrab olganligi tufayli ta’sir o‘tkazishning yagona turi deb baholash adolatdan emas, albatta. Ushbu holatga o‘z davrida e’ti-bor qilgan psixoterapevt V.Levi oqilona yo‘l tutib, uni tashqi va ichki taqlid turiga ajratib o‘rgangan. Uning mulohazasicha, ichki taqlid shaxsning yaxlit ruhiy tuzilishining muayyan umum-lashgan yig‘indisi - bularning barchasi bizda saqlanib qoladi va g‘ayritabiiy ravishda qiyofamizni barpo qiladi. Ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, taqlidning birinchi ko‘rinishi atribut-larga asoslangan bo‘lib, hissiyotimiz orqali o‘zlashtiramiz va shaxsiy hayotimizda undan foydalanamiz. Lekin insonni inson tomonidan idrok qilganda uning motivatsiyasi, ovoz ohangi, nutq mazmuni, did-farosati, murakkab kechinmalari, salohiyati va irodaviy sifatlariga alohida ahamiyat beradi. Ushbu ruhiy hodisalar mantiqiy yo‘l bilan va taqlidning ichki ko‘rinishini aks ettiradi. Talaba taqlid orqali kasbiy mahoratga erishadi, bo‘lg‘usi olim ustozi munozarasidan namuna olib shakllanadi, muayyan davr o‘tganidan keyin ularning har qaysisi mustaqil o‘z uslubiga ega bo‘ladi.

Barkamol insonlarning muomala maromi, mulohaza yuritish uslubi, munosabatga kirishish uquvchanligi, vaziyatdan chiqish salohiyati ham boshqa odamlar tomonidan taqlid qilinadi va hayot tajribasida unga rioya etib yashaydi. Odamlar o‘rtasidagi shaxslararo munosabat jarayonida g‘ayri- ixtiyoriy, g‘ayritabiiy ijtimoiy holat yoki hodisaga ongli tayanish - o‘zini o‘zi mukam-mallashtirish, o‘zini o‘zi ro‘yobga chiqarish, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘zini o‘zi baholash, o‘ziga o‘zi buyruq berish shaxsning puhiy dunyo-sidagi muhim kamolot bosqichidir. SHuning uchun ichki va tashqi taqlidning mohiyatini tushunish va ularni bosqichma-bosqich egallab borish - bo‘lg‘usi mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi hamda barkamol shaxs sifatida shakllanishiniig garovidir.

Muomala jarayonida uqtirishning ahamiyati to‘g‘risida B.F.Porshnev muayyan tadqiqot ishlarini o‘tkazgan va olingan ma’lumotlarni sifat, miqdor jihatdan tahlil qilgan. Uning ta’rificha, uqtirish - bu bir odamning boshqa odamga yoki muay-yan gypyhga so‘zlar va bu so‘zlarda ifodalangan fikrlar va irodani notanqidiy idrok etishga qaratilgan ruhiy ta’siridir. Muallif-ning ta’kidlashicha, uqtirishning mohiyati shundan iboratki, unda tinglovchining gapiruvchi shaxsga to‘la va so‘zsiz ishonchi mavjud bo‘lsa, fikr uzatuvchining so‘zlari tinglovchida gapiruvchi ko‘zda tutgan tacavvyplap, umumlashma obrazlar, iliq his- tuyg‘ularni uyg‘otadi, yuzaga keltirilgan tasavvurlarning aniq-ravshanligi, ilojsizligi, so‘zsizligi shunday harakatlar qilish zaruratini keltirib chiqaradiki, natijada bu tasavvurlar boshqa shaxs vosi-tasida emas, balki aynan tinglovchining o‘zida bevosita kuzatili-shi yoki bilib olishi orqali hosil qilingandek tuyuladi.

SHunday qilib, uqtiruvchi ta’sirning asosiy sharti - bu bir tomondan, axborot manbaining ishonchliligi, ikkinchi tomon-dan, ishonch yoki ta’sip o‘tkazuvchining ta’siriga qabul qiluvchi qarshiligining yo‘qligidir. Mazkur holatga rioya qilinganda uqtiruvchining uzatgan axborot mahsullari uni tinglayotgan shaxsning idrok etishiga, har xil ijtimoiy voqeliklarga nis-batan ularning bergan baholari, bildirilgan mulohazalariga, takliflariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi muqarrar.

Muomalaga kirisha olmaslikning asosiy sababi - bu o‘zini o‘zi ortiqcha yoki past baholashi tufayli o‘ziga va uni qurshab turgan odamlarga noto‘g‘ri munosabatidir. Buning oldini olish imkoniyatlari mavjud bo‘lib, asosan quyidagilarga ahamiyat berish ijobiy samaralar sari etaklaydi:

Hamkorlik faoliyatida, muloqotlar tizimi orqali muo-mala jarayonining barcha a’zolari o‘rtasida insonparvarlik mu-nosabatlarini tashkil qilish, emotsional muhitni taqqoslash imkoniyatini yuzaga keltirish.

Muomala ichki munosabatlari tizimida har bir a’zoning pozitsiyasini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshi-rish.

Insonning muomala xususiyatlari, maromi, usullari, shakllari tugrisidagi axborotni egallashga oid maxsus mashg‘ulotlar uyushtirish.

SHaxslararo munosabatlar va muomala usullarini o‘zgartirishga mo‘ljallangan ishbilarmonlik o‘yinlari, psixo-drama, trening tizimini yaratish.

Psixologiya fanida empatiya bilan refleksiya muomala-ning muhim jihatlari sifatida ta’riflanadi. Jumladan, empatiya deganda boshqa odamlarning ruhiy holatini tushunish qobiliyati, emotsional fikr bildirish, o‘zgalar bilan emotsio-nal bir xillik nazarda tutiladi. Refleksiya o‘z fikr-xayollariga cho‘mish, bilishning o‘z ichki dunyosiga qaratilganlik, o‘z shaxsiy pozitsiyasini chetdan turib tasavvur qila olish, sherigining fikriga o‘xshatish uquvchanligi sifatida baholanadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, sub’ektning u bilan munosabatga kirishgan sherigi tomonidan qay tarzda idrok etishini anglab etishidir.

Muomala jarayonida empatiya ham, refleksiya ham uning muvaffaqiyatliligini belgilovchi eng muhim mexanizm sifati-da gavdalanadi.

Empatiyaning mavjudligi:

1) muomaladagi sheriklarning ruhiy holatini hisobga olish sifatida voqe zaruriyatdir; empatiyaning kelajak darajasi ishbilarmonlik o‘yini personajiga o‘zini emotsional o‘xshatish tariqasida mavjud, moddiy, voqe narsadan tasavvur qilinayotgan napcaga o‘tishda taqozo etiladi; muomalada, tasavvur qilinayotgan napcada sherikning rol-dagi kechinmalarini his etish talabidir.

Har qanday muomala jarayonidagi sheriklarning mu-vaffaqiyati ularning refleksiv xususiyatlariga bog‘liqdir. Mulohaza shaxsning refleksiv xususiyatlari to‘g‘risida, ya’ni o‘zini sheriklari bilan tenglashtirish, butun vaziyatni va shu vaziyatda o‘zini yuqoridan ko‘ra bilish qobiliyati haqida yuritilmoqda.

Empatiya bilan refleksiya yuqoridagi tavsiflarining mav-judligi tufayli muomalaga o‘rgatishning ko‘pyoqlama vositasi sifatida muhim rol o‘ynaydi.

L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, A.R.Luriya, D.B.Elkonin, A.V.Zaporojets va M.I.Lisinaning tadqiqotlarida ko‘rsa-tilishicha, bolaning dastlabki ijtimoiy ehtiyojlaridan biri - bu muomalaga nisbatan ehtiyojdir. A.V.Zaporojets va M.I.Lisinaning tadqiqotlarida ta’kidlanishicha, bolalar-ning kattalar bilan muomalaga kirishish ehtiyoji 7 yoshgacha bir nechta bosqichlar tarzida rivojlanib boradi: 1) e’tibor va xayrixohlikka ehtiyoj paydo bo‘ladi; 2) kattalar bilan hamkorlik qilish ehtiyoji tug‘iladi; 3) avvalgi barcha ehtiyojlarga kattalar tomonidan hurmat qilinish ehtiyoji qo‘shiladi; 4) maktabgacha yoshdagi bolada atrofdagilar bilan o‘zaro bir-birini tushunish ehtiyoji vujudga keladi.

Odamning o‘zaro baholash va o‘z harakatini tartibga solish qobiliyati bolalikda muomala tajribasi qanday tarkib topi-shiga bog‘liq tarzda kechadi. Bu holatni e’tiborga olish muomala maromini shakllantirishga yordam beradi.

SHu narsani ta’kidlash joizki, V.N.Myasishchev nevrozlar-ni shaxs munosabatining buzilishi deb ta’riflaydi. Ularning namoyon bo‘lishining sabablari quyidagilardan iboratdir:

- munosabatlardagi noqulaylik, muomalada keskin saralab ish ko‘rish, odam o‘zini xotirjam, bemalol tuta oladigan shaxs-lar doirasining kengayishi; o‘zini o‘zi baholashning o‘zgarib turishi; o‘zini o‘zi baholash ayniqsa ahamiyatli shaxslar ishtirokida g‘oyat yuqoriga ko‘tarilishi yoki aksincha keskin pastga tushishi; ahamiyatli shaxslar ishtirokida faollikning, ayniqsa nutq faolligining susayishi (nutq susayib, keskin tarzda to‘xtatib bo‘lmaydigan darajada sergaplik bilan almashishi); faoliyatni o‘ziga nisbatan munosabat bilan almashtirish-ga intilish; shaxsiy kechinmalari va xavfsirashlariga uzluksiz diqqatni yo‘naltirish orqali muayyan ob’ektga noto‘g‘ri taqsimlanishi va ob’ektdan ikkinchisiga ixtiyorsiz ko‘chirilishi; ongsiz ravishda ortiqcha xavotirlanish davradagi odamlar bilan ixtilof chiqishidan vahimaga tushish va hokazo.

Sanab o‘tilgan belgilarning majmuasi shakllangan nev-rozni ifodalaydi. SHaxsda nevroz uchramasligi ham mumkin, lekin uning ayrim belgilari favqulodda ko‘zga tashlanadi, bular kutilma tariqasidagi ehtimollik holatining nevrozga taalluqli ko‘rinishi, xolos. Ushbu holatlarni bartaraf etish yoki oldini olish yordami bilan odamlarda muomala jarayoni-ni maqsadga muvofiq kechishini ro‘yobga chiqarish mumkin. Aks holda ayrim nevroz belgilarining tasodifiy holda shaxsda vujudga kelishi shaxslararo munosabatda sub’ektiv to‘siq va-zifasini bajaradi.

Psixologiya fanida shunday ma’lumotlar mavjudki, ular shaxslararo munosabatlarda ustuvor rol o‘ynaydi, jumla-dan, muomala jarayonida hissiy behbudlikning qatiy yo‘qligi beqaror o‘zini o‘zi baholashga olib kelishi, avval alohida vazi-yatda, keyinchalik esa shaxsning xavotirlanishida salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. SHuning uchun har qanday odam o‘zida quvonish (quvonch) hissini vujudga keltira olishi va uni boshqara bili-shi maqsadga muvofiq.

Muomala jarayonida maksadga yo‘nalgan bo‘lishi uchun kom-munikator (lot. communico - aloqa yoki muomala qiluvchi) bilan retsipient (lot. recipientis axborot qabul qiluvchi) til yordami-da kodifikatsiya va dekodifikatsiya jarayoni vujudga kelsa, ya’ni qatnashchilar bir-birini tushunsalar hamda idrok qilish imko-niyatiga ega bo‘lsalar etarlidir. Fikr almashish uchun axborotni

qabul qilish, uni teskari aloqa jarayonida kengaytirish, uning belgilari, atributlari mohiyatiga tushunish tufayli muomala shaxslar o‘rtasida vujudga keladi va amalga oshadi.

Kommunikatsiya nazariyasida signallarning yo‘nalganligi muhim ahamiyat kasb etadi va jarayon sifatida ikki turkumga ajratib o‘pganishga imkon beradi: a) akmialli kommunikativ ja-rayon (lot. axis - o‘q degan ma’no bildiradi) da alohida to‘plangan odamlarga signallar axborotni yagona qabul qiluvchi manbasidan jo‘natiladi: b) retialli kommunikativ jarayon (lot. rete - to‘r ma’nosini anglatadi) da signallar ko‘pgina noma’lum axborot kutuvchilarga yo‘llanadi. A.A.Brudniy axborot uzatiluvchi vosi-talar majmuasini fassinatsiya (ingl. fascination - maftun qilish demakdir) deb ataydi. Axborotni uzatishning har xil vositala-ri yordami bilan retsipientlarga jo‘natilsa, uni idrok qilish engil ko‘chadi va bunga kommunikatsiyani bevosita va bilvosita shakllari ishtirok etadi. Rang-barang vositalarning o‘zi axbo-rot ayirboshlash uchun keng imkoniyat yaratadi, tashqi atributlar qabul qiluvchini maftungar quroliga aylanadi.

AQSH psixologlari hamkorlik faolnyatining samaradorli-giga bir xil muammo ustida shaxs bilan bir qatorda ishlayotgan odamlarning unga nisbatan xayrixohligi hamda faoliyat turi-ning o‘zi ijobiy ta’sir qilishini sotsial fasilitatsiya (ingl. facilitate - engillashtirish degani) deb ataydilar. Bu fanga so-sial fasilitatsiya samarasi nomi bilan kirib keldi. Uning mohiyati shundan iboratki, boshqa odamning muayyan faoliyat bajarilish kezida qatnashishi ikkinchi bir shaxs harakatinn engillashtiradi va muvaffaqiyat bilan yakunlanishiga yordam be-radi. Tajribalarda shunday ma’lumotlar ham olingankim, fao-liyatini bajarish paytida boshqa bir kishining ishtirok etishi harakatlarning to‘xtalishini, tutilishini keltirib chiqargan, ya’ni salbiy oqibat yuzaga kelgan. Begonaning shaxs ish baja-rish kezida ishtiroki tazyiq etish sifatida ta’sir qilishi va salbiy turtki vazifasining o‘ynashi ingibitsiya (lot. Inhibere - to‘xtalishga olib kelish, tormozlash, sekinlashtirish degani) deyiladi. Bu ikki holat muomala jarayonida ro‘y-post namoyon bo‘ladi, xuddi shu bois suhbatdoshlarning ruhiy holatlarini inobatga olgan holda ish yuritish samara keltiradi.

Muomala jarayoni uchun G.M.Andreevaning kommunikatsiya negizidan kelib chiquvchi axborot ikki toifaga ajratish tasnifi muhim ahamiyatga ega: fikr uyg‘otuvchi va ma’lumot ta’kidlovchi. Muallifning mulohazasicha, fikr uyg‘otuvchi axborot buyruq, maslahat va iltimos shaklida vujudga kelib- muayyan harakatni pag‘batlantirish (stimulyasiya), aktivatsiya, interdiksiya, desta-bilizatsiya (xulq va faoliyatda nomutanosiblik) tariqasida na-moyon bo‘ladi. Ma’lumotni ta’kidlovchi axborot xulq va faoli- yatni o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘ymaydi, shunchaki ta’sir o‘tkazishga yo‘nalgan bo‘ladi, xolos.

Muomalaga yoki shaxslararo munosabatga kirishishda yuqtirish fenomeni faollikni keltirib chiqarishda va uni ushlab turishda muhim rol o‘ynaydi. Bizningcha, unga quyidagicha ta’rif berish mumkin: shaxsning muayyan pyhiy holatlarga ong-siz ravishda, befarq ixtiyorsiz, noirodaviy yondashishda namoyon bo‘luvchi moyillikka yuqtirish deyiladi. Bir insonning ikkin-chisidan ta’sirlanishi natijasida faollikning yuzaga kelishi, kechishi va kuchayishi umumiylikni keltirib chiqaradi, biri ik- kinchisini qo‘llab-quvvatlashga sharoit yaratadi.

Bizning fikrimizcha, G.Lassuellning kommunikativ jara-yonning besh unsurdan tuzilgan modeli muomala jarayoni uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Kim? (malumot uzatadi) - Kommunikator Nima? (uzatiladi) - Ma’lumot (matn)

Qanday? (uzatish amalga oshiriladi)

Kimga? (ma’lumot yo‘llanadi) - Auditoriya

Qanchali samara bilan? - Samaradorlik

Muomalaning nazariy-metodologik asosini E.Xollning “Proksemika ta’limoti”, M.Argaylning “Intim muomala”, Dj.Brunerning “Sotsial persepsiya”, Berdvistlning “Semantik birlik” nazariyalari tashkil qiladi. Lekin bu sohaga oid boshqa yo‘nalishlar, yondashuvlar mavjud ekanligini unutmaslik joiz. YUqoridagi fikrimizni yanada chuqurlashtirish uchun muomala psixogigienasining prinsiplari to‘g‘risida mulohazalar yuri-tishni lozim topdik.

SHaxslararo muomalani savodli tashkil etish, makro, mikro va mize jamoalarida ikki shaxs xatti- harakatini tartibga solish malakalarini egallash uchun muayyan darajada maxsus ma’lumot berish maqsadga muvofiq. Buning uchun muomala psixogigiena-siga (Angliya, Ispaniya va boshqa mamlakatlar sog‘lomlashtirish psixologiyasi kurslari bir necha o‘n yillik tajribaga ega) asos-langan holda umumiy psixogigienaning predmeti va vazifalari, shaxs tomonidan o‘zini o‘zi tartibga solish, o‘zini o‘zi boshqarish xususiyatlari, uning etika bilan aloqasi yuzasidan axborot be-rish maqsadga muvofiq.

Ayniqsa o‘ziga va atrofdagi odamlarga nisbatan noto‘g‘ri mu-nosabatning paydo bo‘lishi, protsessual va shaxsga daxldor faol-likning asta-sekin pasayishi, hatto buzilishi, asab tizimining tez darmonsizlanishi, diqqatning beqarorlashuvi, xilma-xil ruhiy faoliyat turlarida o‘zini o‘zi boshqarishning o‘zgarishi, o‘zgalarga munosabat bildirishning qat’iylashuvi to‘g‘risidagi malumotlar bilan qurollanish muomalaning maqsadga muvofiq ravishda kechishini ta’minlaydi.

Muomalada frustratsiya, mojaro, qattiq hayajonlanish (stress), kuchli asabiylashish (affekt) ruhiy omillar sifatida ishtirok etadi, qo‘zg‘alish induksiyasi esa regulyatorlik funk-siyasini ijro etadi. Ushbu omillarning ruhiy rolini kamay-tirishda axborot va fikriy tahlilning ahamiyati muhim bo‘lib, ular o‘zini tuta bilishda alohida ahamiyat kasb qiladi.

Kundalik hayotda o‘zini o‘zi tashkillashtirish, uyush-tirish muhim rol o‘ynaydi, aqliy va jismoniy bir tekis taqsimlanishini ta’minlab turadi. Muomalada ritmning roli, axborotlarni inson tomonidan idrok etish faolligi, ortiqcha ma’lumotni capalash (tanlash) malakasi uning samaradorligini oshiradi. Bundan tashqari, sinxron (yunon. synchronos, syn bir-ga, shronos - vaqt, bir vaqt) va sintonlik o‘ziga va uning atrofda-gilarga munosabatini tartibga soluvchi omillar sifatida faol ishtirok etadi. Ruhiy holatlarning (kayfiyat, shijoat, quvonch) ularning tashqi ko‘rinishiga bog‘liqligini hamkorlik faoliyati diqqat markazida tutish, his-hayajonli kechinmalarni tartibga solish uchun ana shu bog‘liqlikdan unumli foydalanish muomala maromining shakllanishiga muhim hissa qo‘shadi. SHuni alohida ta’kidlash joizki, nutq va fikrlash bilan bog‘liq bilish (kog-nitiv) faoliyat, uning shaxsni kamol toptirishdagi, shaxslararo munosabatlarni shakllantirishdagi va ruhiy holatlarni tar-tibga solishdagi ahamiyati axborot ayirboshlash, uni tushunish, idrok qilish, xotiraga joylashtirish, qayta aqliy harakatlar yordamida ishlash jarayonlari uchun muhimdir.

Universitetlarning psixologiya bo‘limlarida umumiy psi-xologiya kursi tinglab bo‘lingandan keyin muomala psixogigiena-sidan ma’lumot berish maqsadga muvofiq. Buning uchun quyidagi prinsiplarga rioya qilish ijobiy natijalar keltiradi:

Mo‘ljallanayotgan faoliyatning boshida muvaffaqiyat-sizlik ehtimoli yuksak bo‘lsa, kutilmaning tasiri kamayishi mumkin.

Muomala jarayonida nutqimizning salbiy emotsional ohangi muloqotdosh sherikka oson ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lsa, bu holat unda noqulay, noxush tuyg‘u yoki kechin-ma uyg‘otsa: birinchidan, shaxsga rasmiy iltimos bilan mu-rojaat qilish jarayonida, yalinish-yolvorish ohangida, o‘zining muvaffaqiyatsizliklari yuzasidan ma’lumot berishdan xalos bo‘lish lozim; ikkinchidan, iltimosni co‘z orqali ifodalash shakli yosh davriga, jinsiy o‘ziga xoslikka, egallagan mavqega, rasmiy martabaga (lavozimga) mutlaqo mos kelishi, nihoyatda yig‘iq, ixcham, qisqa, lo‘nda, mantiqan aniq, ta’sirchan bo‘lishi ma’qul.

SHaxslararo munosabatda (diada, triada, poliada shakli-dan qat’i nazar) mojaro avjga chiqqanligini kuzatishdan, bar-taraf qilish uchun chora qidirishdash ko‘ra, uning oldini olish oqilona hodisadir.

Mojaroli vaziyat echimini topish, uni tubdan bartaraf etish - muloqotdoshlar o‘rtasidagi ikkiyoqlama ctpecc keskin-likni yumshatish, iliq samimiy tuyg‘ularni uyg‘otish, o‘zapo tu-shunuvni vujudga keltirish demakdir.

So‘z yoki fikr uni kuzatish ob’ekti bo‘lgan odamgagina emas, balki shu bilan birga uni sub’ektiv hisoblanmish tashab-buskorning o‘ziga ham ta’sir etadi (ikkiyoqlama ta’sir o‘tkazish jarayoni yuzaga keladi: biri axborot oladi, ikkinchisi esa undan ta’sirlanadi).

Qabul qilingan axborot yuzasidan mulohaza, munozara ja-rayonining to‘xtashi emotsional his- hayajon zo‘riqishini pasaytiradi (demakki, asabiy tanglik, aqliy kuchayish barham topadi, bahs dilda fikrlash bosqichiga ko‘chadi).

Odatda muomala maromiga talabalarni o‘rgatish kezida amaliy mashg‘ulotning quyidagi ikki shakli ijobiy samaralar be-radi:

  1. mashg‘ulotda yuzaga keltirilgan (maxsus ravishda) mo-jaroli vaziyatni tahlil etish, uning oldini olish yo‘llarini qidirish yoki uni bartaraf etish bo‘yicha turli xususiyatli (ko‘p echimli) xulosalar chiqarish;

  2. yaqqol, hayotiy vaziyatlardan, voqelikdan parcha keltirish, uni har tomonlama tahlil qilish, baholash va echimini topish haqida mulohaza yuritish kabilar;

Kundalik hayotiy faoliyatda o‘zini o‘zi tashkillashtirish mazkur mashg‘ulotlarda mutlaqo o‘zgacha tarzda uyushtiriladi va muayyan qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi:

Mashg‘ulotlarda axborotlarni faol idrok qilish va tu-shunish sust idrok etish jarayonidan talabalarni kamroq charcha-tadi, chunki birinchi holatda hamkorlik faoliyati vujudga ke-lib, o‘zaro ta’sir o‘tkazishni kuchaytiradi, natijada ikkiyoqlama payqash hosil bo‘ladi.

Idrok qilishning faollik darajasi va mustaqil fikr-lashning mahsuldorligi ko‘p jihatdan qanday marom berilishi-ga bog‘liq, u esa o‘z ish joyini qay tariqa tashkil etish negizidan kelib chiqadi. Hamkorlik maromini egallash aqliy qobiliyatni tez tiklash imkonini tug‘diradi, uning mahsuldorligi muomala muvaffaqiyatining garovi hisoblanadi. Hamkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yaratilgan ob’ektiv muhit autogen mashqla-ri, relaksatsiya, ritmika yordamida shaxsda ishchanlik qobiliyatini tiklaydi. Muomala jarayonida ruhiy qiyinchiliklarni his eta-

yotgan ko‘pchilik odamlarda o‘ziga nisbatan ishonch etishmaydi, dadillik ko‘rsatishga botinish hissining yo‘qligi tufayli omilkor yo‘llardan foydalanish uquvini ishga sola olmaydi.

Xullas, inson o‘zini idora qilish, turli vaziyatlarda o‘zini tutish fazilatlari o‘zlashtirayotgan davrda ba’zi bir qoidalarga rioya qilsa, hamkorlik faoliyatida ma’lum yutuqlarga erishadi.

Ijtimoiy hodisalarning tashqi voqe bo‘lishi nafaqat ichki, ruhiy holat va uning mazmunini nafaqat ularga bog‘liqligini aks ettiribgina qolmaydi, balki shu bilan birga, ular-ning o‘zlariga ham muayyan ta’cip ko‘rsatadi, binobarin, ikki tomonlama aloqa tufayli mazkur jarayon yuzaga keladi.

Ixtiyoriy, faol diqqatning tashqi ob’ektlariga yo‘naltirilganligi va markazlashtirilganligi (to‘planganligi) majmuiy omillap ta’siri tufayli samaradorlik darajasini pasaytiradi, sust ruhiy, asabiy holat ishchanlikni kamaytira-di, muomala maromiga pytyp etkazadi.

Inson o‘zini erkin, ozod, bemalol his etish xislati-ni o‘zlashtirish uchun jismoniy keskinlik, asabiy taranglik, hissiy cheklanganlik, aqliy zo‘riqish, ixtiyorsiz harakatdan ruhiy dunyosini forig‘ qilish orqali mo‘ljallangan maqsadiga etishi mumkin.

YUqoridagi qoidalarga barcha talabalar rioya qilib, gavdala-rini to‘g‘ri tutish, muammoli vaziyatlarga va muomala maqsadiga, maromiga mutanosib tushadigan hodisalar, holatlar, sharoitlar, muayyan muhit, ixtiyoriy, mazmunli harakatlar, imo-ishoralar, mimika, pantomimika ustida ishtiyoq bilan shug‘ullansalar, engil tabassum, iliq, miyig‘ida kulgi, chiroyli yurish kabi mashqlarni amalga oshirsalar, noverbal nutq yordami bilan shaxslararo munosabatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga erishadilar. Atrofdagilarga yoqimli taassurot qoldirish, ularda mehr-muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish, muloqotdosh tanlashga imkon tug‘diradi, jismoniy, ma’naviy jihatdan erkinlikka erishish o‘ziga ishonch tuyg‘usini yuzaga keltiradi, mustaqillik esa muo-malada teng huquqli sherik bo‘lishga shart-sharoit yaratadi.

Muomala mashqlarining dastlabki bosqichlarida o‘zini o‘zi baholash, nutq faoliyati mazmuniga nisbatan munosabat bildirish taqiqlanadi, chunki o‘zini o‘zi baholash nafaqat muloqotdosh tinglovchiga, balki fikr uzatuvchining o‘ziga ham salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. O‘z nutqiy faoliyatining mohiyatini baholash tizimi bilan almashtirishga moyillik ko‘rsatgan ishtirokchilar bilan qo‘shimcha suhbat uyushtirish orqali ob’ektiv (oqilona) va sub’ektiv (shaxsiy kechinmaga asoslangan holda) baholash mav- judligi, nuqsonlarsiz shaxsiy, hodisani idrok qilish ilmiy-lik, tabiiylik alomatini oshirish qudratiga ega ekanligi ta’kidlansa, oqilona, odilona, omilkorona baholashga o‘rgatiladi.

Muomala maromini shakllantirish uchun og‘zaki nutq rivoji-ga e’tibor berish, bunda she’r, hikoya o‘qilishi xususiyati, o‘zini o‘zi baholash, nafas olish, pauza, ohangdorlik zaruriyat ekanligi ijro mahorati esa keyinchalik paydo bo‘lishi talabalari tu-shuntirilishi - muloqotdoshlarni baholanish uchun manfaatdor ishqibozga va odil hakamga aylantirdi. Orttirma baholashga nisbatan ehtiyoj kamayadi, past baholash motivi yo‘qola boradi, tasavvur sifati emas, balki o‘sha nisbatan munosabat ustuvorli-gi tuyg‘usi ularda shakllana boradi. O‘qituvchi bilan talabalar-ning hamkorlik faoliyatida mazmun, g‘oya, maqsad, syujet yuzasidan to‘plangan bilimlar negizida monologik nutqdan foydalanishda gavdani tutish, maqsadli harakatlar, mimika, imo-ishora, diqqat, mantiqiy ifoda to‘g‘risida mashqni davom ettirish verbal na noverbal nutqni uyg‘unlashtirishga olib keladi, biri ikkin-chisini to‘ldirish oqibatida muomala yaxlitligi barpo bo‘ladi. Dialogik nutqda esa muloqotdoshning yuzini, ko‘z harakatlarini, emotsional holatlarini to‘g‘ri idrok qilish, ulardan tasavvur ob-razlarini yaratish, muayyan taassurotlarga ega bo‘lish mashqlari o‘tkazilsa, birlamchi va ikkilamchi alomatlar ajratish usuliga o‘rgatilsa, insonni inson tomonidan oqilona aks ettirish, iliq xotirot, samimiy kechinmalar hosil qilish motivatsiyasi bilan qurollanadi (chunonchi, baqrayib emas, ibo bilan, samimiyat orqali ta’sir o‘tkazish alohida ahamiyat kasb etadi).

Xullas, kasbiy tayyorgarlik psixologik qonuniyatlar, ja-rayonlar, holatlar, xossalar, mexanizmlar bilan kifoyalanib qolmasdan, balki muomala maromi va uning psixogigienasi bi-lan qurollanishni taqozo etadi, binobarin, muomala, hamkorlik faoliyati mohiyati bilan tanishish shaxslararo munosabatga puxta zamin hozirlaydi, insonni barkamollik sari etaklaydi.

Muomala jarayonida maksadga yo‘nalgan bo‘lishi uchun kom-munikator (lot. communico - aloqa yoki muomala qiluvchi) bilan retsipient (lot. recipientis axborot qabul qiluvchi) til yordami-da kodifikatsiya va dekodifikatsiya jarayoni vujudga kelsa, ya’ni qatnashchilar bir-birini tushunsalar hamda idrok qilish imko-niyatiga ega bo‘lsalar etarlidir. Fikr almashish uchun axborotni qabul qilish, uni teskari aloqa jarayonida kengaytirish, uning belgilari, atributlari mohiyatiga tushunish tufayli muomala shaxslar o‘rtasida vujudga keladi va amalga oshadi.

15 -MAV ZU. AXB OROT ALMASHINISH VA MUOMALADA O‘ZARO TA’SIR ETISH.

REJA

  1. Kommunikatsiya nazariyasi

  2. Muomala hamkorlik faoliyati ekanligi

  3. Fikriy topshiriqni birgalikda echishdagi dialog mazmunining psixologik tahlili

Muomala jarayonida maksadga yo‘nalgan bo‘lishi uchun kom-munikator (lot. communico - aloqa yoki muomala qiluvchi) bilan retsipient (lot. recipientis axborot qabul qiluvchi) til yordami-da kodifikatsiya va dekodifikatsiya jarayoni vujudga kelsa, ya’ni qatnashchilar bir-birini tushunsalar hamda idrok qilish imko-niyatiga ega bo‘lsalar etarlidir. Fikr almashish uchun axborotni

qabul qilish, uni teskari aloqa jarayonida kengaytirish, uning belgilari, atributlari mohiyatiga tushunish tufayli muomala shaxslar o‘rtasida vujudga keladi va amalga oshadi.

Kommunikatsiya nazariyasida signallarning yo‘nalganligi muhim ahamiyat kasb etadi va jarayon sifatida ikki turkumga ajratib o‘pganishga imkon beradi: a) akmialli kommunikativ ja-rayon (lot. axis - o‘q degan ma’no bildiradi) da alohida to‘plangan odamlarga signallar axborotni yagona qabul qiluvchi manbasidan jo‘natiladi: b) retialli kommunikativ jarayon (lot. rete - to‘r ma’nosini anglatadi) da signallar ko‘pgina noma’lum axborot kutuvchilarga yo‘llanadi. A.A.Brudniy axborot uzatiluvchi vosi-talar majmuasini fassinatsiya (ingl. fascination - maftun qilish demakdir) deb ataydi. Axborotni uzatishning har xil vositala-ri yordami bilan retsipientlarga jo‘natilsa, uni idrok qilish engil ko‘chadi va bunga kommunikatsiyani bevosita va bilvosita shakllari ishtirok etadi. Rang-barang vositalarning o‘zi axbo-rot ayirboshlash uchun keng imkoniyat yaratadi, tashqi atributlar qabul qiluvchini maftungar quroliga aylanadi.

AQSH psixologlari hamkorlik faoliyatining samaradorli-giga bir xil muammo ustida shaxs bilan bir qatorda ishlayotgan odamlarning unga nisbatan xayrixohligi hamda faoliyat turi-ning o‘zi ijobiy ta’sir qilishini sotsial fasilitatsiya (ingl. facilitate - engillashtirish degani) deb ataydilar. Bu fanga so-sial fasilitatsiya samarasi nomi bilan kirib keldi. Uning mohiyati shundan iboratki, boshqa odamning muayyan faoliyat bajarilish kezida qatnashishi ikkinchi bir shaxs harakatinn engillashtiradi va muvaffaqiyat bilan yakunlanishiga yordam be-radi. Tajribalarda shunday ma’lumotlar ham olingankim, fao-liyatini bajarish paytida boshqa bir kishining ishtirok etishi harakatlarning to‘xtalishini, tutilishini keltirib chiqargan, ya’ni salbiy oqibat yuzaga kelgan. Begonaning shaxs ish baja-rish kezida ishtiroki tazyiq etish sifatida ta’sir qilishi va salbiy turtki vazifasining o‘ynashi ingibitsiya (lot. Inhibere - to‘xtalishga olib kelish, tormozlash, sekinlashtirish degani) deyiladi. Bu ikki holat muomala jarayonida ro‘y-post namoyon bo‘ladi, xuddi shu bois suhbatdoshlarning ruhiy holatlarini inobatga olgan holda ish yuritish samara keltiradi.

Muomala jarayoni uchun G.M.Andreevaning kommunikatsiya negizidan kelib chiquvchi axborot ikki toifaga ajratish tasnifi muhim ahamiyatga ega: fikr uyg‘otuvchi va ma’lumot ta’kidlovchi. Muallifning mulohazasicha, fikr uyg‘otuvchi axborot buyruq, maslahat va iltimos shaklida vujudga kelib-muayyan harakatni pag‘batlantirish (stimulyasiya), aktivatsiya, interdiksiya, desta-bilizatsiya (xulq va faoliyatda nomutanosiblik) tariqasida na-moyon bo‘ladi. Ma’lumotni ta’kidlovchi axborot xulq va faoli-yatni o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘ymaydi, shunchaki ta’sir o‘tkazishga yo‘nalgan bo‘ladi, xolos.

Muomalaga yoki shaxslararo munosabatga kirishishda yuqtirish fenomeni faollikni keltirib chiqarishda va uni ushlab turishda muhim rol o‘ynaydi. Bizningcha, unga quyidagicha ta’rif berish mumkin: shaxsning muayyan pyhiy holatlarga ong-siz ravishda, befarq ixtiyorsiz, noirodaviy yondashishda namoyon bo‘luvchi moyillikka yuqtirish deyiladi. Bir insonning ikkin-chisidan ta’sirlanishi natijasida faollikning yuzaga kelishi, kechishi va kuchayishi umumiylikni keltirib chiqaradi, biri ik-kinchisini qo‘llab- quvvatlashga sharoit yaratadi.

Bizning fikrimizcha, G.Lassuellning kommunikativ jara-yonning besh unsurdan tuzilgan modeli muomala jarayoni uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Kim? (malumot uzatadi) - Kommunikator Nima? (uzatiladi) - Ma’lumot (matn)

Qanday? (uzatish amalga oshiriladi)

Kimga? (ma’lumot yo‘llanadi) - Auditoriya Qanchali samara bilan? - Samaradorlik

Muomalaning nazariy-metodologik asosini E.Xollning “Proksemika ta’limoti”, M.Argaylning “Intim muomala”, Dj.Brunerning “Sotsial persepsiya”, Berdvistlning “Semantik birlik” nazariyalari tashkil qiladi. Lekin bu sohaga oid boshqa yo‘nalishlar, yondashuvlar mavjud ekanligini unutmaslik joiz. YUqoridagi fikrimizni yanada chuqurlashtirish uchun muomala psixogigienasining prinsiplari to‘g‘risida mulohazalar yuri-tishni lozim topdik.

SHaxslararo muomalani savodli tashkil etish, makro, mikro va mize jamoalarida ikki shaxs xatti- harakatini tartibga solish

malakalarini egallash uchun muayyan darajada maxsus ma’lumot berish maqsadga muvofiq. Buning uchun muomala psixogigiena-siga (Angliya, Ispaniya va boshqa mamlakatlar sog‘lomlashtirish psixologiyasi kurslari bir necha o‘n yillik tajribaga ega) asos-langan holda umumiy psixogigienaning predmeti va vazifalari, shaxs tomonidan o‘zini o‘zi tartibga solish, o‘zini o‘zi boshqarish xususiyatlari, uning etika bilan aloqasi yuzasidan axborot be-rish maqsadga muvofiq.

Ayniqsa o‘ziga va atrofdagi odamlarga nisbatan noto‘g‘ri mu-nosabatning paydo bo‘lishi, protsessual va shaxsga daxldor faol-likning asta-sekin pasayishi, hatto buzilishi, asab tizimining tez darmonsizlanishi, diqqatning beqarorlashuvi, xilma-xil ruhiy faoliyat turlarida o‘zini o‘zi boshqarishning o‘zgarishi, o‘zgalarga munosabat bildirishning qat’iylashuvi to‘g‘risidagi malumotlar bilan qurollanish muomalaning maqsadga muvofiq ravishda kechishini ta’minlaydi.

Fikriy topshiriqni birgalikda echishdagi dialog mazmunining psixologik tahlili

Ikki odamning bir-biri bilan dastlabki yaqinlashuvini, bevosita nutqiy muomala vaziyatida birgalikda fikriy topshiriqlarning echishini ularda dialog va fikriy topshiriqlarning echishini dialog va fikriy jarayonlar namoyon bo‘lishi sifatida qarash mumkin. Dialog mazmunini tadqiq qilgan G.M.Kuchinskiyning talqinicha, bu (dialog) - sheriklar-ning o‘zaro ta’sirining etakchi shakli, bajariladigan faoliyat-ning adekvatligidir. Uning adolat mezoni bilan odilona baho berishicha, noverbal muomalaning ahamiyatini inkor etmay, biz shuni ta’kidlaymizki, unda bilish jarayonlari mazmunini aks ettirish (g‘oyalar, gipotezalar, tushunchalar, faoliyat va hokazo) imkoniyati haddan ziyod cheklangandir. Darhaqiqat shunday omil mavjudligini tan olish bilan birga, birgalikdagi echim, hamkorlik echimi atamasiga aniqlik kiritilishi lozim, agarda dialog yoyiq bo‘lib, o‘z ichidagi fikriy va individual jarayonlarning muhim jabhalarini qamrab olsa, ularni yaxlit bir butunlikka aylantirsa, faqat shu taqdirdagina mulohaza shartiga muvofiq keladi. G.M.Kuchinskiyning bevosi-ta nutqiy muomala vaziyatida fikriy topshiriqni birgalikdagi (hamkorlik) echimiga oid tadqiqoti “tafakkur va dialog” muam- mosini keltirib chiqaradi, so‘zsiz ular o‘rtasidagi munosabatni bunday o‘rganish psixologiya fanida yangilik hisoblanadi. Uning haqli ravishda ta’kidlashicha, dialogning psixologik mohiyati to‘g‘risida ilmiy manbalarda keng qamrovli bahslar yo‘q, biroq muomala tushunchasi mazmuni, tuzilishi bo‘yicha keyingi yillar-da shiddatli sur’atda mulohazalar, muhokamalar avj olmoqda. By to‘g‘rida psixologlar tomonidan bildirilgan nuqtai nazarlar muallif uchun alohida qiziqish uyg‘otadi va dialog (muloqot) mohiyatini oydinlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Nazariy fikrlar tahliliga asoslangan muallif quyidagi shaklda ta’rif beradi: “dialog - insonni inson bilan muomalasining alohida shaklidir”. G.M.Kuchinskiy tomonidan sobiq sovet psixologiyasida eng keng yoyilgan yondashuv bevosita muomala maxsus faoliyat sifatida o‘rganilishi ekanligi, uning negizida faoliyat nazariyasining yirik vakillari asari yotishi uqtiriladi. Ma’lumki, ushbu na-zariya sobiq sovet psixologiyasining yirik yutuqlaridan biri sanaladi va unda asosiy e’tibor sub’ekt faolligining shunday shakllariga qaratiladiki, bunda faoliyat predmeti o‘zgartirilib uning mahsuliga aylantiriladi. Faoliyatning predmetligi bu holatda uning tub negizini anglatuvchi (konstitutiv) tavsifi sifatida qaraladi. Ushbu munosabat bilan muomalani faoliyat sifatida talqin qiluvchi psixolog uchun uning predmeti ma-salasiga javob hal qiluvchi ahamiyatga ega. Muallifning ta’-kidlashicha, bu borada uch xil javob bo‘lishi mumkin. CHunki muomala faoliyat to‘g‘risida va uning predmeti yuzasidan uch xil ko‘rinishdagi tasavvur mujassamlashgandir:

  1. muomala qatnashchilari tomonidan o‘zining navbat bilan tahlili;

  2. muomaladoshlarning o‘zaro munosabati yoki ta’siri; v) muomaladoshlarning hamkorlik faoliyati.

Ushbu yondashuvlar T.V.Dragunova, A.A.Leontev, V.V.Rijovniki ekanligini ta’kidlash bilan masalaga aniqlik kiritish lozim deb hisoblaymiz.

G.M.Kuchinskiyning nuqtai nazaricha, yuqoridagi muomala-ning faoliyat sifatida qarashlarning eng zaif joyi muomala-doshlarning o‘zaro ta’siri jarayonining tahlili hisoblanadi. Bevosita nutqiy muomala vaziyatida ikkita sinaluvchi uchun umu-miy bo‘lgan fikriy topshiriqni echishda ushbu hodisani tushun-tirib berishga harakat qiladi: uchinchi, topshiriq sinaluvchilar tomonidan “diada” echilgan taqdirda, hamkorlik echimi bu holda o‘zini dialog sifatida namoyon qiladi. Agar inson muomala predmeti sifatida talqin qilinsa (T.V.Dragunova), bunda dia-log ikki qayta faoliyatga aylanib qoladi, chunki muomaladosh-larning har biri uchun faoliyatning o‘z predmeti bo‘ladi, ya’ni uning suhbatdoshi. O‘zaro ta’sir bundan kelib chiqqan holda almashinib turuvchi, yonma-yon harakatlanuvchi ikkita ta’sir o‘tkazishga tenglashtirib qo‘yiladi. Ularning har qaysisi o‘z maqsadi, o‘z motiviga ega bo‘ladi. Bu holda har bir ishtirok-chi faoliyatini alohida qarash, hatto uning sherigiga ta’sir o‘tkazishini, muomaladoshning tahlil qilinayotgan faoliyatga nisbatan ta’sirini hisobga olish ham sheriklarning o‘zaro ta’-sir harakati tahlilida uning ichki mantig‘ini tasavvur qilish amri mahol.

Muomalaga faoliyat sifatida ikkinchi yondashuvda izla-nuvchining jismga mo‘ljallanuvchi muomala munosabati bilan uyg‘unlashgan tarzda aks etadi. Bu vaziyatda topshiriq dilda echil-ganligi tufayli dialogdan boshqa hech qanday o‘zaro ta’sir yo‘q. Muomala predmeti o‘zaro ta’sir o‘tkazish hisoblansa, u holda dialog ustiga dialog paydo bo‘ladi, ya’ni hamkorlik echimi ja-rayonida muomala qanday ko‘rinishda yuzaga kelishi kerak. Biroq hamkorlikdagi echim dialogning fragmentlari boshqalar bilan o‘zaro qo‘shilishib bir yaxlitni vujudga keltiradi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, muallif tomonidan tahlil qilinayotgan vaziyat yaxlit dialog hisoblanib, yaxlit jarayon sheriklarni o‘zaro ta’-sir o‘tkazish nutqida amalga oshadi va hech qachon o‘zaro ta’sir uchun hukm surmaydi.

Muomalaga faoliyat sifatida yondashuvning uchinchi turida muomala sub’ekti - bu muomala hisoblanmaydigan hamkorlik faoliyatida o‘z a’zolarining integratsiyasi maqsadida ularga ta’sir o‘tkazuvchi guruhdir (V.V.Rijov). G.M.Kuchinskiyning e’tirozicha, agarda topshiriq dilda echiladigan bo‘lsa, unda muomala ishtirok etmasa, bunda hech qanday hamkorlik echimi ham yo‘q. Agarda muomala faoliyat sifatida uning predmeti hisoblanmish hamkorlik faoliyatining har xil jabhalariga yo‘llash mumkin bo‘lsa, u holda dialog mazmuni, shakli bo‘yicha nimaga qaratilganligidan qat’i nazar, u sheriklarga o‘zaro ta’-sir o‘tkazuvchi sifatida qolaveradi, chunki insonning nutqi in-songa qaratilgan bo‘lishi mumkin.

Sobiq sovet psixologiyasida B.F.Lomovning muomala va faoliyatning o‘ziga xosligi, ularning bir-biriga qo‘shilmasligi to‘g‘risida boshqa yondashuvi keng tarqala boshladi. Bu yo‘nalishdagi o‘ziga xoslik birinchi navbatda alohidalikning o‘zigi xosligi, “sub’ekt - sub’ekt” munosabati o‘zaro ta’sir ja­rayoni muomala mohiyati yaratuvchisi ekanligi bilan bog‘lanadi va o‘zaro ta’sirning “sub’ekt - sub’ekt”i bilan muayyan darajada tafovutlanadi.

Muallifning mulohazasicha, dialog qatnashchilarining o‘zaro ta’sirining asosiy xususiyati shundan iboratki, bunda o‘zaro ta’sir nutq shaklida, nutq yordami bilan amalga oshadi. Insonning nutqida hamisha nimadir, nima to‘g‘risida gapirila-di, ya’ni so‘zlovchi sub’ektning fikriy pozitsiyasi ifodalanadi. Fikriy pozitsiyaning o‘zaro ta’sirida dialogning ichki va tashqi jabhalarini farqlash imkoniyati vujudga keladi. Dialogning tashqisida har xil o‘zaro ta’sir o‘tkazuvchi fikriy pozitsiyalar turlicha aniq (jismoniy) suhbatdoshlar tomonidan rivojlan-tiriladi. Dialogning ichkisida har xil o‘zaro ta’sir o‘tkazuvchi fikriy pozitsiyalar faqat sub’ekt tomonidan rivojlantirila-di, ya’ni faqat bitta-yu bitta gapiruvchi nutqida ifodalanadi. “Ichki dialog” va “ichki nutq”, “tashqi dialog” va “tashqi nutq” tushunchalari aynan bir narsa, bir xil atamalar emas. Boshqacha yo‘naltirilgan gapiruvchining tashqi nutqi hamisha uning o‘ziga ham qaratilgan bo‘ladi. Nutqiy muomalada sherik nutqiga dia-logik munosabatni bildirish bilan cheklanib qolmasdan, bal-ki ham o‘zining, ham begonaning nutqiga e’tibor qilishi lozim. Binobarin, tashqi nutq tashqi va ichki dialog vositasi bo‘lishi mumkin.

Muallifning mulohazasicha, tashqi va ichki dialoglar - bu empirik va nazariy ob’ektlar emasdir. Fikriy topshiriqning hamkorlik echimini o‘rganayotgan tadqiqotchi empirik ob’ekt bilan ish yuritadi va uni keyin “nutqiy muomala” tushunchasi bilan belgilash mumkin. “Tashqi dialog” “ichki dialog” tushun­chalari asosida nutqiy muomalaning har xil jabhalarini qayd qilish imkoniyati tug‘iladi (dinamikasi, xususiyati). Asarda bayon qilinishicha, fikriy topshiriqlarni hamkorlikda echish jarayo-nida dialogni o‘rganish “sub’ekt-sub’ekt” o‘zaro ta’sir ko‘rsatish jarayonini aniqlashga va predmetli ma’noviy va mantiqiy echish jarayonida ochilishini qayd qilishga yo‘naltirish kerak.

G.M.Kuchinskiy tomonidan o‘tkazilgan dialog shaklining fik-riy topshiriqlarni hamkorlikda echish jarayoniga bag‘ishlangan tadqiqotida aniqlanishicha, nutqiy muomala shaklining tuzil-maviy birligi sifatida elementar sikl xizmat qilishi mum-kin. Elementar sikl mazmuni o‘zaro bog‘langan nutq aktlaridan tashkil topgandir. Uning tarkibiga faqat elementlar, ya’ni bir funksional, bitta kommunikativ topshiriqni echishga qodir nutq aktlari (nutqiy xatti-harakatlar) kiradi. Elementar nutq aktlarining funksiyalarini o‘zaro shunday qiyoslash mumkinki, birinchi elementar nutq akti muomala siklini ochadigan funk-siyasiz mumkin bo‘lmaganday, ikkinchi elementar nutq akti unga mutanosib funksiyasiz amalga oshmaydi, natijada ushbu jarayon yakunlanmay qoladi. SHuningdek, asarda ko‘rsatilishicha, nutqiy muomalaning elementlar sikllari qatoriga “unga nisbatan ma’lumot - munosabat”, “savol - javob”, “uning bajarilishiga harakat turtkisi” kabilar kiradi, nutqiy muomalaning murak-kab shakllari rang- barangligi ularning negizida mukammalroq ifodalanishi mumkin. Dialogning mazmunini tahlil qilishda birlamchi napca nutqiy muomalaning elementar siklida mavzu to‘g‘risidagi masala bo‘lishi kerak.

“Unga nisbatan ma’lumot - munosabat” siklining mavzu-sini aniqlashning asosiy mo‘ljali ma’lumotni aksentirlash-gan qismga, “reja” ga ajratishdir. Ma’lumotning mavzusi - bu uning asosiy aniqlovchisidir. So‘z, tushuncha, atama, so‘z birik-masi reja orqali aniqlanadi.

“Uning bajarilishiga harakat turtkisi” sikl mazmunini tahlil qilishda uning ikki asosiy ko‘rinishini farqlash maqsadga muvofiq:

  1. suhbatdoshning nutqiy faolligini boshqarishga yo‘naltirilgan harakatga undovchi (ko‘zlovchi) sikl;

  2. suhbatdoshning nutqsiz faolligiga yo‘naltirilgan harakatga turtki sikl.

Birinchi ko‘rinishda nutq mavzusi to‘g‘ridan-to‘g‘ri berila-di, ikkinchisida esa dialogning mavzusi bilvosita yo‘l bilan suhbatdoshning ongiga etkaziladi.

Ma’lumot o‘tkazish, savol va harakatga undovchi (qo‘zg‘ovchi)

- bular muomalaning elementar siklini amalga oshiruvchi funk-sional elementlardir. G.M.Kuchinskiy birinchi guruh funksio-nal elementlarni murojaatlar, ikkinchisini esa javob aktlari

deb nomlanadi. Ularning o‘zaro farqini muallif quyidagicha izohlaydi: dialogda yangi mavzularni muhokamaga qo‘yish faqat murojaat orqali amalga oshiriladi, javob aktlari esa qo‘yilgan mavzu chegarasidan tashqariga chiqmaydi. SHeriklarning bit-tasi ikkinchisiga murojaat qilsa, uning xatti- harakati uch yo‘nalishda davom etishi mumkin. Birinchidan, boshlangan sikl-ni yakunlash va shu bilan birga suhbatdosh taklif qilgan mavzu-ni qo‘llab-quvvatlash. Ikkinchidan, boshlab qo‘ygan siklni yakun- lamay, o‘zining ma’lumotnomasi, savollari, harakatga turtkisi bilan yangisini boshlash.

Tadqiqotchi olingan ma’lumotlarga asoslanib ba’zi bir xu-losalar chiqarishga harakat qiladi:

dialogda bitta emas, balki ikkita va undan ortiq mavzu bo‘lishi mumkin;

dialogda u yoki bu mavzu uzluksiz rivojlanmay qolishi kuzatiladi;

dialogda sheriklarning o‘zaro ta’siri nafaqat dialog mavzusi uchun kurashda namoyon bo‘libgina qolmasdan, balki uni rivojlantirish bo‘yicha intilishda ham ko‘zga tashlanadi;

dialogda ham ma’noviy o‘zaro bog‘liq sikllar izchilligi, ham o‘zaro bog‘lanmagan elementar sikllar vujudga keladi.

Ma’noviy o‘zaro bog‘liq elementar sikllarning tashkiliy majmuasi paydo bo‘lishi nutqiy muomalaning murakkab sikli, mikrodialog to‘g‘risida mulohaza yuritishga imkon beradi. Nutqiy muomalaning murakkab sikllariga murojaat qilish dialog mazmunini tahlil etishda yangi savollar tug‘ilishiga olib keladi. Mikrodialogda muhokamaga ajratilgan aniq mavzu yo‘q, elementar sikl mavzusidagi funksional rol esa mikrodialog rivojlanishi davomida mutlaqo o‘zgarishi mumkin.

Nutqiy muomalada tashqi dialogning ichkiga o‘tishi o‘z ifodasini topmasdan, balki ichki dialogning tashqi shakliga o‘tishi ham qamrab olinadi. Tashqi dialog mavzulari rivojla-nishidagi uzilishlar, favqulodda bir mavzudan ikkinchisiga ko‘chishi suhbatdoshlar ichki dialoglari harakati (kechishi) bi-lan ko‘pincha determinatsiya qilinadi. Tashqi dialogning har xil fragmentlari mavzusi bilan ma’noviy aloqalari sheriklarning ichki dialogida yashiringan bo‘lishi mumkin.

Muallifning oqilona ta’kidlashicha, o‘zaro ta’sir ko‘rsatishning “sub’ekt - sub’ekt” munosabati alohida shakl sifatida dialog mazmunini o‘rganishga tenglashtirib qo‘yish emas, albatta. Bu bilan bir qatorda sheriklarning (u yoki bu mavzuni tanlash tizimi, ta’riflanishi) nuqtai nazarini, ular-ning ma’noviy (fikriy) pozitsiyalarini (ta’rif yordami bilan aniqluvchidan aniqlikni vujudga keltirish) o‘rganish zarur. Di­alogda sheriklarning ma’noviy pozitsiyasi o‘zgarishini va o‘zaro ta’sir ko‘rsatishini o‘rganish maxsus texnikani, dialog mazmu-ni tahlilini maxsus amalga oshirishni talab qiladi.

16 MAVZU.MUOMALA JARAYONIDA O‘ZARO TA’SIR ETISH USULLARI

REJA

  1. Muloqotda psixologik ta’sir masalalari

  2. Professional tinglash texnikasi

  3. Muloqotda nizolar holatlar va shaxs toifalari

Odamlar bir - birlari bilan muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy ko‘zlagan maqsadlaridan biri - o‘zaro bir - birlariga ta’sir ko‘rsatish, ya’ni fikr - g‘oyalariga ko‘ndirish, harakatga chorlash, ustanovkalarni o‘zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir. Psixologik ta’sir - bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va hatti - harakatlariga ta’sir ko‘rsata olishdir.

Ijtimoiy psixologiyada psixologik ta’sirning asosan uch vositasi farqlanadi.

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha

yuklab olish