Muloqotning 3 ta tomoni bor. Kommunikativ. Interaktiv. Pertseptiv.
Muloqot shaxslararo munosabatlarning shunday ko`rinishidirki, uning yordamida odamlar bir-birlari bilan o`zaro ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, o`zaro axborot almashadilar, bir-birlariga ta’sir o`tkazadilar, bir-birlarini his qiladilar, bir-birlarini tushunadilar.
Shuning uchun muloqot ijtimoiy psixologik hodisa sifatida ijtimoiy turmushning barcha sohalarida ishtirok etib, hamkorlik faoliyatining moddiy, ma’naviy, madaniy, emotsional, motivatsion qirralarining ehtiyoji sifatida vujudga keladi. Insonda yuzaga keladigan har xil ehtiyojlarni maqsadga muvofiq ravishda qondirish muloqot maromiga bog`liq bo`lib. shaxslararo munosabat, barkamol avlod, komil inson g`oyalarini anglatadi. Muloqot muvaffaqiyatining negizi shaxsning ruhiy dunyosi, ehtiyojlari motivatsiyasi, harakter hislati, individual-tipologik xususiyati, qobiliyati, e’tiqodi kabi insonning fazilatlari, sifatlari namoyon bo`lishi, rivojlanishi hisoblanadi. Muloqot jarayonida muloqotdoshlarning tasavvurlari, qiziqishlari, his-tuyg`ulari, ko`nikmalari, voqelik natijasini oldindan sezish, payqash, ta’sir o`tkazish uslubi tarkib topishi mumkin.
Muloqotga kirisha olmaslikning asosiy sababi - bu o`zini - o`zi ortiqcha yoki past baholash tufayli o`ziga va uni qurshab turgan odamlarga noto`g`ri munosabatdir. Buning oldini olish imkoniyatlari mavjud bo`lib, asosan quyidagilarga ahamiyat berish ijobiy samaralar sari yetaklaydi:
1) hamkorlik faoliyatida, muloqotlar tizimi orqali muloqot jarayonining barcha a’zolari o`rtasida insonparvarlik munosabatlarini tashkil qilish, emotsional muhitni taqqoslash imkoniyatini yuzaga keltirish.
2) muloqotda ichki munosabatlar tizimida har bir a’zoning qulay pozitsiyasini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.
3) insonning muloqot xususiyatlari, maromi, usullari, shakllari to`g`risidagi axborotni egallashga oid maxsus mashg`ulotlarni uyushtirish.
4) shaxslararo munosabatlar va muloqot usullariga mo`ljallangan ishbilarmonlik o`yinlari, psixodramma, trening tizimini yaratish.
Xullas, inson o`zini idora qilish, turli vaziyatlarda o`zini tutish fazilatlari o`zlashtirilayotgan davrda ba’zi bir qoidalarga rioya qilsa, hamkorlik fazilatida ma’lum yutuqlarga erishadi:
1.Ijtimoiy hodisalarning tashqi voqea bo`lishi nafaqat ichki ruhiy holat va uning mazmunini aks ettiribgina qolmaydi, balki ikki tomonlama aloqa tufayli mazkur jarayon yuzaga keladi.
2. Ixtiyoriy, faol diqqatning tashqi ob’yektlarga yo`naltirilganligi va to`planganligi turli omillar ta’siri tufayli samaradorlik darajasini pasaytiradi, asabiy holat ishchanlikni kamaytirib muloqot maromiga putur yetkazadi.
3. Inson o`zini erkin, ozod, bemalol his etish hislatini o`zlashtirish uchun jismoniy keskinlik, asabiy taranglik, aqliy zo`riqish orqali ko`zlangan maqsadiga yetishi mumkin.
Kattalar muloqotida ko`pincha muloqot madaniyati amalga oshiriladi, ya’ni bir-birlarini hurmat qilish, ishonish, anglash kabilar. Ammo ba’zi paytlarda muloqot buzilishi ham mumkin. Chunki kattalar ayrim paytlarda bir-birlarini tushunmasdan xafa qilib qo`yishlari, ko`ngilga og`ir botadigan gaplar aytib yuborishlari, natijada nizolarni keltirib chiqarishlari mumkin. Agar muloqot madaniyati kishilarda yaxshi shakllangan bo`lsa, ular bir-birlarini tushunishlari oson ro`y beradi. Muloqot madaniyati yoshlikdan oilada, ijtimoiy muhit ta’sirida, o`z-o`zini anglash, tarbiyalash oqibatida shakllanishi mumkin. Biz kattalar yoshlarga na’muna, ibrat bo`lishimiz bir-birimizga bo`lgan muloqotimizdan kelib chiqadi. “Oltin so`zlar” (azizim, aylanay, o`rgilay, juda ham ajoyibsiz, bugun boshqachasiz, ochilib ketibsiz, kiyimingiz juda yarashibdi kabi) dan kundalik hayotimizda ko`proq foydalanishimiz zarur. Kattalar muloqotiga yoshlar taqlid qilishlari orqali ularda muomala san’ati, madaniyati shakllanib boradi. Ayniqsa, oilada biz bu holatlarga e’tibor berishimiz kerak. Chunki “qush uyasida ko`rganini qiladi” degan naql bejiz emas. Shaxs muloqotini shakllantirishda uning yoshi, jinsi, kasbi, dunyoqarashini hisobga olgan holda ish olib borish lozim. Masalan, biz kichik yoshdagi bolalarga kattalarga nisbatan qo`llaydigan so`zlarni ishlatmaymiz. Har bir yosh davriga kiradigan kishilarga o`ziga xos so`zlar qo`llaniladi. Bunda so`zning ta’sir kuchi hisobga olinadi. Shaxsni temperament xususiyatlariga qarab muloqot usullarini qo`llash katta ahamiyatga ega. Shaxsda ko`nikma, bilim, malakalarning hosil bo`lishida muloqotning o`rni beqiyos. Oddiy ko`nikma (“to`g`ri o`tir, qo`lingni yuv, joyingga bor, salom ber”) larni ham muloqot orqali singdiriladi. Shaxs muloqotini shakllanishida uning tarbiyalanganlik darajasi muhim o`rin egallaydi. Masalan, shaxsga kuchli ta’sir etadigan so`zlarni qo`llasangiz ham u qabo`l qilmasligi, sizning bergan ko`rsatmalaringizga amal qilmasligi mumkin. Chunki u yoshligidan muomala madaniyatini egallashi kerak. Muloqotning shakllanishida maqsad to`g`ri qo`yilishi lozim. Muloqot ta’lim-tarbiya jarayonida, turli vaziyatlarda rivojlanadi. Masalan, oilada, mahallada, jamoada, guruhda. Agar oilada kattalar bir-birlariga qo`pol munosabatda bo`lsalar, bola ham ularga taqlid qilib atrofdagilar bilan nizolarga borishi mumkin.
Mashhur Amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnegi kitobida ko`rsatilishicha, bir rahbar doimo qovog`ini solib yurgan, kishilar bilan samimiy munosabatda bo`lmagani uchun hamma undan qo`rqib, undan qochib yurar ekan, hatto turmush o`rtog`i bilan ham mensimasdan muomala qilar ekan. Karnegining ma’ro`zasidan so`ng bu rahbar turmush o`rtog`iga ham, qo`l ostidagi kishilarga ham samimiy jilmayib muomala qilishni boshlaganida hamma uni yaxshi ko`rib obro`si ortib ketibdi, o`zining ham kayfiyati ko`tarilib ketibdi. Muomala sirlaridan yana biri - bu kishilar bilan munosabatda jilmayishdir. D. Karnegi fikricha, jilmayganda biz bir-birimizga yaxshilik qilish istagida turamiz. Masalan, transport haydovchilari, aholiga xizmat ko`rsatish xodimlari, oshpazlar, sartaroshlar, sotuvchilar samimiy bo`lsalar, kamtar, xushmuomala bo`lsalar, “biz sizga xizmat ko`rsatishdan mamnunmiz” degan so`zlarni ishlatsalar, ularning obro`lari ortib, muxlislari ko`payadi, kishilar ularning xizmatlaridan ko`proq foydalanadilar.Ba’zan muloqotdagi muvaffaqiyatsizliklar yoshlarni benuqsonroq, himoyalanganroq bo`lish uchun o`zidagi eng yaxshi narsalarni yashirishga, bo`zishga majbur etadi. Erta o`smirlik paytida yigit va qizlar yakkalik holatini boshdan kechiradi. Ular his-tuyg`ularini hech kimga aytishmaydi. O`zi haqidagi va atrofdagi kishilar haqidagi axborot - muloqot usullarini va mazmunli muloqotni tashkil etishga intilishni belgilab beradi. Buning uchun ruhiy tusdagi muayyan ma’lumotlarga ega bo`lish kerak. Har bir kishiga xos bo`lgan ruhiy xususiyatlar asab tizimi turi bilan belgilanadi va avvalo temperamentda: ta’sir ko`rsatish sur’atida, ham tabiiy signallarda (ovoz, yorug`lik, rang, hid, haroratning o`zgarishi), ham ijtimoiy signallarda (so`z, voqea, o`ta sezgirlikda, emotsional ko`zg`aluvchanlikda, tashvishliliq darajasida, ekstraversiya, introversiya) namoyon bo`ladi.
Ekstroversiya bilan introversiya kishining ruhiy tavsifi sifatida muloqot sohasida yorqin namoyon bo`ladi. Ekstroversiya - individning tashqi dunyoga, introversiya - ichki dunyoga qarashidir. Asab faoliyatining kuchli tipi bilan bog`liq ekstroversiya xususiyatlari ustun bo`lgan kishilar ancha kirishimli, aloqalar, tanishishlar doirasiga moyil bo`ladilar. Ular ishtiyoq bilan yangi tanishlar orttiradilar, shovqin - suronli davralarni yoqtiradilar. Introvertlar - bu asab faoliyatining zaif tipiga mansub kishilardir. Ular o`z ichki dunyolariga berilishga, kechinmalarga moyillar. Atrofdagilardan ko`p tashvishlanadilar, ular yaqinlarning tor doirasini ma’qul ko`radilar. ”Ekstroversiya-introversiya” o`qining o`rtalarida joylashgan kishilar psixologiyada tsentrovertlar degan nomni olgan. Ular me’yorida kirishimli, me’yorida yolg`izlikka moyildirlar. Nutq bilan ishlash orqali ham muloqotga o`rgatish mumkin. Masalan, ovozni baland chiqarib she’r o`qish, hikoyani gapirish kabi treninglar ham muloqotni shakllanishiga yordam beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni esa o`yin faoliyati davomida muloqotga o`rgatish oson kechadi. Oila va nikohning paydo bo`lishiga sababchi omillardan biri, ayniqsa, bizning sharoitimizda, farzand tug`ilishidir. Farzandsiz er-xotin aloqalarini, umuman oilaviy munosabatlarini tasavvur qilish mushkul. Ilmiy manbaalar tarixan insoniyat ota-ona va farzandlar munosabatlari o`ziga xos bosqichlar va rivojlanish qonuniyatlarini boshidan kechirganligidan guvohlik beradi. Bashar tarixi shundan dalolat beradiki, zamonlar osha ota-onaning bolaga nisbatan xususiy mulkday qarab, uning ustidan hukmronlik qilishi borgan sari farzand ehtiyojlari bilan hisoblashish, uning barcha istaklarini bajo keltirib, unga cheksiz g`amxo`rlik ko`rsatishgacha bo`lgan munosabatlarga aylangan. Ota-ona – bola munosabatlarini agar tarixiy davrlarga bo`ladigan bo`lsak, ota-onaning bolaga yondoshuv usullari bo`yicha qator bosqichlarni boshdan kechirganligini ko`rish mumkin. Olimlarning tavsiflashicha, antik davrlarda erkak va ayol aloqalari oqibatida farzand tug`ilsa, unga deyarli befarq qarash, ya’ni, infantitsid munosabat kuzatilgan, bunday munosabat mohiyatan shafqatsizlikka asoslangan bo`lib, bolani dunyoga keltirganlar uchun uning nasl-nasabi, taqdiri unchalik ahamiyatli bo`lmagan. Yangi asrga kelib, bu munosabatlar tubdan o`zgargan, odam zotida egoizm, o`ziga tegishli narsaga nisbatan egalik hissining takomillashib borishi o`zidan bo`lgan zurriyodga nisbatan munosabatlarda ham o`z aksini topgan.
Muloqotning kommunikativ tomoni deyilganda, uning shaxslararo axborotlar, bilimlar, g`oyalar, fikrlar almashinuvi jarayoni sifatidagi vazifalari nazarda tutiladi. Bu jarayonning asosiy vositasi bo`lib til xizmat qiladi. Til shaxslar o`rtasida aloqa vositasi bo`lib, uning yordamida kishilar bilan ma’lumotlarini bir-birlariga yetkazadilar. Ma’lumki, aloqa vositasi sifatida nutqning asosan 2 turi mavjud: Yozma nutq ‘amda og`zaki nutq. Og`zaki nutqning o`zi dialogik va monologik turlarga bo`linadi. Diologik nutqning mazmuni, uning xarakteri, davomiyligi muloqotga kirishgan shaxslarning shaxsiy qarashlariga qiziqishlariga bir-birlariga bo`lgan munosabatlariga, maqsadlariga bevosita bog`liq.
Monologik nutq esa bir kishini boshqa kishiga yoki kishilar guruxiga nisbatan murojati bo`lib, uning psixologik tuzilishini, fikirlarning mantiqan tugal bo`lishi, gapirayotgan paytda grammatik qonun qoidalarga rioya qilish kerakligi kabi shartlari mavjud: Diologik nutqqa nisbatan bu nutq turi murakkabroq.
Odamlar muloqot jarayonida so`zlardan tashqari turli xil xarakatlardan, qiliqlardan, holatlardan, kulgu, o’anglar va boshqalardan ‘am foydalanadilar. Bo`lar muloqotning nutqsiz vositalari bo`lib, ular muloqot jarayonini yanada kuchaytiradi, uni to`ldiradi, baozan nutqli muloqotning o`rnini bosadi.
Buyuk rus yozuvchisi L.Tolstoy odamlarda 97 xil kulgi turi hamda 85 xil ko`z qarashlari turi borligini kuzatgan. G.M.Andreyevaning yozishicha, odam yuz ifodalari, nigohlarining 2000ga yaqin ko`rinishlari bor.
Muomila jarayonida maqsadga yo`nalgan bo`lishi uni kommunikator (lat. Communiko-aloqa yoki muomila qiluvchi) bilan retsipent (lat. Recipientis-axborot qabul qiluvchi) til yordamida kodifikatsiya va dekadifikatsiya jarayoni bir-birini tushunsalar ‘amda idrok qilish imkoniyatiga ega bo`lsalar yetarlidir.
Kommunikatsiya nazariyasida signallarning yo`nalganligi muhim ahamiyat kasb etadi va jarayon sifatida ikki turkumga ajratib o`rganishga imkon beradi:
akmiali kommunikativ jarayon (lat. Axis-o`q degan maononi bildiradi)da alohida to`plangan odamlarga signallar ko`pincha noma’lum axborot kutuvchilarga bo`linadi.
Muomila jarayoni uchun G.M.Andreyevaning kommunikatsiya negizidan kelib chiquvchi axborot ikki toifaga (bo`linadi) ajratilish tasnifi muhim ahamiyatga ega: fikr uyg`otuvchi va ma’lumot ta’kidlovchi.
Muallifning mulohazasiga, fikr uyg`otuvchi axborot buyruq, maslahat va iltimos shaklida vujudga kelib, muayyan harakatni rag`batlantirish (stammulyatsiya), aktivatsiya, interdiktsiya, dastabilizatsiya (xulq va faoliyatda nommutanosiblik tariqasida namoyon bo`ladi).
Bizning fikrimizcha, T.Lassuellning kommunikativ jarayonining besh unsurdan tuzilgan modeli muomila jarayoni uchun muhim ahamiyat kasb etadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |