Sotsial psixologiya


Kim? (ma’lumot uzatuvchi)-Kommunikator



Download 0,95 Mb.
bet25/33
Sana11.01.2022
Hajmi0,95 Mb.
#348173
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33
Bog'liq
Ma'ruza matni

Kim? (ma’lumot uzatuvchi)-Kommunikator.

Nima? (uzatiladi)-Ma’lumot.

Qanday? (uzatish amalga oshadi).

Kimga? (ma’lumot yo`naladi)-Auditoriya.

Qanchali samara bilan?-Samaradorli.

MULOQOT - MA’LUMOTLAR ALMASHINUVI JARAYONIDIR


Muloqotning kommunikativ tomoni deyilganda, uning shaxslararo axborotlar, bilimlar, goyalar, fikrlar almashinuvi jarayoni sifatidagi vazifalari nazarda tutiladi. Bu jarayonning asosiy vositasi bo`lib, til xizmat qiladi. Til shaxslar o’rtasida aloqa vositasi bo`lib, uning yerdamida kishilar bilgan ma’lumotlari va xoka’zolarni bir birlariga yetkazadilar. Ma’lumki, aloqa vositasi sifatida nutkning asosan ikki turi farklanadi: yozma nutk hamda ogzaki nutk. Ogzaki nutkning o’zi dialogik va monologik turlarga bo’linadi. Dialogik nutkning mazmuni, uning harakteri, davomiyligi muloqotda kirishgan shaxslarning shaxsiy qarashlariga, qiziqishlariga, bir birlariga bo`lgan munosabatlariga, maqsadlariga bevosita bog’liq bo`ladi. Shuning uchun ham ukituvchi bilan o`quvchining, siesiy rahbarlarning, diplomantlarning, kuchada uchrashib qolgan dugonalarning dialogik suhbatlari bir- biridan fark qiladi.

Monologik nutk esa, bir kishining boshqa kishiga yoki shular guruhiga nisbatan murojaati bo`lib, uning psixologik to’zilishi, fikrlarning mantikan tugal bo`lishi, gapirayotgan paytda grammatik qonun qoidalariga rioya qilish kerakligi kabi shartlari mavjud. Masalan, ma’ruzaga tayorlayotgan talaba tayorgarlik paytidan boshlab, ma’ruza qilib bo’lgunga kadar, qator ichki ruhiy kechinmalarni boshdan kechiradi, unga ko’p kuch va vaqt sarflaydi. Dialogik nutkga nisbattan bu nutk turi murakkabrok hisoblanadi.

Odamlar muloqot jarayonida so`zlardan tashkari turli xil harakatlardan, qiliklardan, holatlardan, qo’lgu, oxanglar va boshqalardan ham foydalanadilar. Qiliklar, mimika, oxanglar, tuxtashlar, (pauza), hissiy holatlar qo’lgu, yigi, kuz qarashlar, yuz ifodalari va boshqalar o’zaro muloqotning nutksiz vositalari bo`lib, ular muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, uni tuldiradi, bazan esa nutkli muloqotning o’rnini bosadi.

Buyo’q rus yozuvchisi L. Tolstoy odamlarda 97 xil qo’lgu turi hamda 85 xil kuz qarashlari turi borligini kuzatgan. G. M. Andreevaning yozishicha, odam yuz ifodalari, nigoxlarning 2000 ga yaqin ko’rinishlari bor. Ayniqsa, birinchi bor uchrashganda kuzlar tuknashuvi, nigoxlarning roli keyingi muloqotning takdiriga kuchli tasir ko’rsatishi, maxsus tadqiqotlar jarayonida o’rganilgan. Bo’larning barchasi muloqotning hissiy tomondan boy, mazmundor bo`lishini taminlab odamlarning bir-birlarini tushunishlariga yerdam beradi. Muloqotning noverbal vositalarining milliy hamda xududiy xususiyatlari borligini ham alohida ta’kidlab utmogi lozim. Masalan, O’zbek halqining muloqot jarayoni boy, o’zaro munosabatlarining bevosita harakteri unda shunday vositalarning ko’prok ishlatilishi bilan bog’liq. Bolalarning o`z yigisi bilan onasiga o`z his-kechinmalari o`z xohishlarini bildirishlarini ham bolalarning yesh xususiyatlariga bog’liq. Boshqa millatlar madaniyatiga nazar tashlanadigan bo’lsa, ularda ham ba’zi bir muloqot vositalarning turli millatlarda turli maqsadlarda ishlatilishining guvoxi bo`lishi mumkin. Bolgarlar agar biron narsa bo`yicha fikrni tasdiklamoqchi bo`lishsa, boshlarini u yek bu yekka chaykashar, inkor qilishmoqchi bo`lishsa-chi, aksincha, bosh siltashar ekan. Malumki, O’zbeklar, ruslar va bir qator boshqa millatlarda buning aksi.

Noverbal muloqotda suhbatdoshlarning fa’zoviy joylashuvlari ham katta ahamiyatga ega. Masalan, ayollar ko’prok hissietlarga boy bo`lganliklari sababli, suhbatlashayotganlarida bir-birlariga yaqin turib gaplashadilar, erkaklar o’rtasida esa doimo fa’zoviy masofa bo`ladi. Olimlarning aniqlashlaricha, bolalarni odatdagiday orqama-ketin o’tkazib ukitgandan ko’ra, ularni yuzma-yuz o’tkazib davra qilib ukitgan maqo’l emish, chunki bunday sharoitda o`quvchilarda ham javobgarlik hissi yo’qorirok bo’lar ekan hamda emotsiyalar almashinishgani uchun ham guruhdagi psixologik vaziyat ijobiy bo`lib, bolalarning predmetga va bir-birlariga munosabatlari ancha Yaxshi bo’lar ekan.

Demak, ta’lim-tarbiya jarayonini tashqil etishda muloqotning barcha vositalariga, ayniqsa, nutkka e’tibor berish kerak. Bolalarni ilk yeshlik choglaridanok nutk madaniyatiga urgatish, nutklarini ustirish choralarini kurish zarur. Pedagog esa shunday nutk madaniyatiga ega bo`lishi kerakki, u avvalo uning faoliyatini to’g’ri tashqil etishni ta’minlasin, qolaversa, bolalarda nutkning usishiga imkoniyat bersin. Buyo’q pedagogimizdan V. A. Suxomlinskiy ham ukituvchining madaniyati to’g’risida gapirib, bu madaniyatning tarkibiy va asosiy qismi nutk madaniyati ekanligini bejiz ta’kidlamagan.

12 Mavzu: Psixologiyada muomalani o’rganishning nazariy va metodologik asoslari

REJA


  1. Muomalaning nazariy va metodologik muammolari.

  2. Milliy g‘oya va muomala hamkorligi

  3. Ijtimoiy hodisalar va holatlarni baholash

Milliy g‘oya va milliy istiqlol mafkurasi to‘g‘risida birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov asarlari, davlatimiz hujjatlari, faylasuf va siyosatshunos olimlarning ishlari e’lon qilinganligi tufayli na-zariy masalalar yuzasidan mulohaza yuritishga zaruriyat yo‘qdir. SHuning uchun buning o‘rniga milliy g‘oya va istiqlol mafkurasini bolalar ongiga singdirishning amaliy jihatlari to‘g‘risida fikr almashishni ma’qul deb hisoblaymiz. O‘zbekiston Respublikasi-ning bir necha yillarga mo‘ljallangan har xil xususiyatli, lekin umumiylikni o‘zida aks ettiruvchi g‘oyalar mavjuddir. Ular vatani-miz taraqqiyotini ro‘yobga chiqaruvchi istiqbol dasturi vazifasini bajarib kelmoqda, bizningcha, ular: 1) O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat, 2) O‘zbekistonda demokratik, huquqiy, fuqaroviy jamiyat barpo etish, 3) fuqarolar ongini ma’naviyat mash’ali bilan yori-tish, 4)mustaqil fikrlovchi, faol, fidoyi kishilarni tarbiya-lash, 5) komil insonni kamol toptirish va hokazo.

Mamlakatimizning milliy g‘oyasi uning zaminida hayot kechi- rayotgan barcha millatlar va elatlar uchun umumiydir. Xuddi shu bois milliy g‘oya fuqarolarning diniy e’tiqodi, ijtimoiy ke-lib chiqishidan qati nazar, hammasiga baxtli turmush, farovon hayot, o‘zaro totuvlik, mustaqillik tuyg‘usiga sadoqatlilik ezgu niyatlari ushalishini kafolatlaydi. Oldimizdagi navbatdagi vazifa tarbiyaning avvalgi vositalari va shakllari mohiyatini tubdan o‘zgartirish, insonga ta’sir o‘tkazishning yangi usullari-ni yaratishdan iboratdir. Bu borada maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimiga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiq.

Maktabgacha yoshdagi bolalar ongiga milliy g‘oyani singdi- rishda, bizningcha, quyidagi vositalardan foydalanish yuqori samara berishi mumkin:

xulq-atvor ko‘nikmasini egallashning, tabiatga va jism-larga nisbatan munosabatning tabiiy ifodalanishini shakllan-tirish;

tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchilarning o‘zaro munosabat-larida tenglik (nisbiy ravishda), mustaqil xatti-harakat yorda-mi bilan maqsadga erishish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;yuksak insoniy tuyg‘ularni tarkib toptirishning atri-butlarini ishlab chiqish va hokazo.

Bolalarga u yoki bu narsalarga nisbatan to‘g‘ri munosabatni tarkib toptirish uchun har bir xatti-harakat, xulq-atvor, syujet-li o‘yindagi rol, ijtimoiy foydali mehnatda qatnashish murak-kab ijtimoiy hodisa sifatida tasavvur qilinishi zarur. CHunki ijtimoiy hayotda va faoliyatda mayda (rezgi), ikkinchi darajali ahamiyatsiz narsaning o‘zi bo‘lishi mumkin emas. Binobarin, har qanday aqliy, axloqiy xatti- harakat tarbiyaviy qamrovning sir-tidan tashqariga chiqib ketmasligi lozim. Aks holda tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishning zanjirida zaif unsur vujudga kelishi uchun imkon tug‘iladi. Ushbu ruhiy holatlarni yaqqol misollar orqali izohlashga harakat qilamiz.

Agar u yoki bu bolaning xulqida qo‘rslik, qo‘pollik namuna-si ko‘zga tashlansa, uning mana bunday mantiqiy izchillik yorda-mi bilan tushuntirish mumkin: “YAxshi bola hech qachon o‘rtog‘ini hafa qilmaydi. Qilig‘i qo‘pol bolani hamma yomon ko‘radi. YOmon-likka o‘rgansa, katta bo‘lsa ham uni takrorlaydi. YOmon bolalarni xalqqa, davlatga foydasi bormi?”

Aytaylik, dov-daraxtlarga, o‘yinchoqlarga qaltis munosa-batda bo‘lgan bolaga shunday ta’sir o‘tkazish mumkin: “Daraxtlar oldin soya, keyinchalik meva beradi. Uni sindirsa bo‘ladimi? Uning joni og‘riydi, senga o‘xshab yig‘laydi. Unga ozor berma, uni asra, bizga foyda keltiradi. O‘yinchoqni sindirma, sendan kichik ukalaring uni o‘ynaydi. Bularni ehtiyot qilsak, pulimiz ko‘p bo‘ladi, mamlakatimiz esa badavlat. Bir kun kelib chiroyli uylar qurib berishadi, avtomat o‘yinchoqlar sovg‘a qilishadi. Bu yaxshimi?”

Bola xulqi, munosabati va loqaydligini so‘z orqali izohlash, tanqid qilish tufayli xatti-harakatni to‘g‘ri baholashga o‘rgatiladi. Kelajak uchun ularni asrash-avaylash, o‘stirish yaxshi xulq ekanligi tushuntiriladi, tabiat va jami-yat inson uchun bir butunligi sodda iboralar bilan bolaning ongiga singdiriladi. Har qanday xatti-harakat baholanishi, befarqlik, loqaydlik ko‘rinishi yomon oqibatlarga olib keli­shi ta’kidlanishi joiz.

Maktabgacha ta’lim bolalariga axborot berish, tushun-magan holda yod olish u yoki bu ko‘nikmalarni shakllantirish-ga mo‘ljallangan bo‘lib, umumiy savodxonlik darajasini ko‘tarishga qaratilgan, xolos. Hozirgi zamon pedagogik texno-logiyaning psixologik mohiyati ta’lim jarayonida bolalarga boshqacha yondashishni taqozo qiladi. An’ana bo‘lib kelinayotgan talim tizimining mazmuni muayyan bilim ko‘lamini bolalar miyasiga uzatishning omilkor yo‘llaridan foydalanishni na-zarda tutadi. Lekin bolaning fanga munosabati, uning imko-niyati ikkinchi darajali ijtimoiy muammo sifatida qaralib kelinadi. Navbatdagi ta’limiy muammo kim bilim oladi? de-gan jumboqqa javob topishdan iboratdir. Buning uchun tarbiya-chi maktabgacha ta’limni yakka tartibda va tabaqalashtirishni, bosqichma-bosqich yuzaga kelgan vaziyat hamda ularning imkoni- yatlari bilan almashtirishni rejalashtirishi lozim. Tarbiya-chi bilan tarbiyalanuvchi o‘rtasida nisbiy tenglik (bola uchun qanaqa bilim kerak?) hamda inson omilini hisobga olish (is-te’dodi, zehni, ishchanligi, tezkorligi, uquvchanligi) ustidan mulohaza yuritish toki kattalarnipg ijtimoiy burchiga aylan-sin. Zero, kichkintoylarda mustaqil fikrlash, mustaqil izla-nish, mustaqil uddalash imkoniyatlari ishga tushsin, asta-sekin amaliy ko‘nikmalari vujudga kelsin. Ilk bolalikdan mustaqil fikrlashga farzandlarning ko‘nikishi kelajakda barkamol av- lod g‘oyasi amaliy ifodasining kafolatidir.

Mustaqillikdan oldingi mafkuraning ta’sirchan, tazyiqiy atributlari o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. SHu orada tarbiyaviy-ta’limiy jarayonda g‘oyaviy bo‘shliq vujudga keldi. SHuning uchun yangi atributlarni ishlab chiqish va ularning ta’sir doirasini aniqlash, ruhiy ko‘tarinkilikning davomiyligi muammosining echimiga javob topish ijobiy natijalar berishini ilmiy-amaliy jihatdan dalillash lozim. Bizningcha, milliy g‘oyaga mu-tanosib ba’zi bir atributlar quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin: 1) madxiya ijrosi paytida bolalarni his-hayajonga to‘la ruhiy kechinmalari bilan saflantirish va to‘lqinlanishning tabiiy ifodasini tarbiyachilar namunaviy darajada namoyish qilish holati; 2) bayrog‘imiz oldida ularni ta’zim qilishga, uni yuziga surtishga o‘rgatish; 3) Vatan taqdiri to‘g‘risida axbo-rot efirga uzatilayotganda bolalar bilan mashg‘ulotni to‘xtatish va butun diqqat- e’tiborni unga qaratish 4) milliy bayram-lar qadr-qiymatini ko‘taruvchi tarbiyaviy atributlarni amalda sinab ko‘rish: a) “Baxtli bolalik” ko‘krak nishoni, b) “Sog‘lom avlod” bayroqchasi, v) “YAshil himoyachi” bog‘ichi, g) “Istiqlol ramziy (bezakli) qalpog‘i”, d) milliy bayram kiyimlari va ularning xokisorlarcha namoyishi; 5) “Biz Vatan farzandi” tantanaviy mashg‘ulotlar: a) o‘yinlar, b) musiqalar, v) milliy urf- odatlar, marosimlar, rasm-rusumlar, an’analar ijrosi;

Ajdodlar xotirasini tik holda kutib olish va bolalarda ulardan fahrlanish hissini uyg‘otuvchi vaziyatni yuzaga kelti-rish; 7) “Jajji mehnatim - donishmand xalqimga” mavsumiy tadbirlar; 8) Namunaviy xulq va o‘zlashtirishning ma’naviy rag‘batlantirish atributlari (kartondan har xil shaklli va rangli ko‘rgazmali qurollar); 9) “Kelajak - bizniki” har xil mazmundagi musobaqalar; 10) kishilar bilan jonli, rasmiy uchrashuvlar; 11) Mustaqillik ne’matlari (muzey, me’morchilik va hokazo) bilan tanishtirish Vatan tuyg‘usini uyg‘otish mexa-nizmiga aylansin, o‘lmas izlar esa harakat, intilish regulyatori vazifasini bajarsin.



  1. Muomala va milliy o‘zligini anglash

O‘zbekistan Respublikasining mustaqilligini mustah-kamlash uchun iqtisodiy, siyosiy, harbiy, ma’naviy xususiyat-ga ega bo‘lgan muammolarni oqilona hal qilish, ularni ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish ko‘p jihatdan ommaning faolligiga, tashabbuskorliga, ijodkorligiga va va-tanparvarlik tuyg‘usiga bog‘liq. YUksak insoniy his-tuyg‘ular fuqarolar xatti-harakatlarining, fe’l- atvorlarining boshqaruvchisi vazifasini bajara boshlagan daqiqalardan e’-tiboran umumiy negizli ommaviy harakatlar, qarashlar, g‘oyalar, motivatsiyalar namoyoi bo‘ladi va har bir insonda shu umumiyat ishiga o‘zining shaxsiy ulushini qo‘shish istagi, mayli vujudga keladi. Fuqarolarning yurtimizda va uning tashqarisida sodir bo‘layotgan ijtimoiy hodisalarga, yakka voqelikka, shaxslararo va millatlararo muomala xususiyatiga, maromiga, umuminsoniy hamda milliy qadriyatlarga nisbatan munosabati ijtimoiy makro (katta) va mikro (kichik) muhitning harakatlantiruvchi kuchini o‘zida muj assamlashtiradi.

Ommaning jamiyatga, tabiatga, yakka shaxsga nisbatan mu- nosabati ehtiyojlarda, xohish-istaklarda, qiziqishlarda, xulq-atvor motivlarida, iymon-e’tiqodda, qarashlarda, g‘oyalarda o‘z ifodasini topadi. Munosabatlap negizida eca inson ongidagi timsollar, tasvirlar, tasavvurlar, taassurotlar, kechinmalar, iro-daviy xislatlar, xarakter sifatlari, yuksak hissiyot, aql-zakovat, shaxsning barqaror fazilatlari yotadi. Milliy mafkuraning mustaqilligi, mustahkamligi, barqarorligi, qudratliligi mam-lakatimiz fuqarosining istagi, intilishi, faoliyat rejasi, xulq-odobi, yaqqol vazifasi bilan bevosita uyg‘unlashuviga bog‘liq.

Insonning ijtimoiy hodisalarga, holatlarga, voqelikka nisbatan munosabatining psixologik mohiyati uning ongli, faol, yaxlit, maqsadga yo‘naltirilgan, ijtimoiy shartlangan shaxsiy tajribasining tizimiga asoslangan muvaqqat aloqalarining ham ob’ektiv (tabiiy), ham sub’ektiv (shaxslararo munosabatga oid) jabhalarining majmuasidan iboratligidadir. Fuqaroning mazkur munosabati bir necha xil ko‘rinishlarda, shakllarda na-moyon bo‘ladi: aqliy (ratsional: fikrlash, ijodiy izlanish, anglash, tushu-nish); emotsional (hissiyotga berilish, yuksak his-tuyg‘ular zami-rida); onglilik (ongostlilik, ongsizlik, o‘ta onglilik); ob’ektiv (tabiiy sharoitlar, irsiy belgilar, tug‘ma mayllar); sub’ektiv (hayot davomida shakllangan ichki shaxsiy fazi-latlar negizida); umumiy (xalq, omma, millat, elat, millatlararo birlik); xususiy (yakka shaxs tarzida) baholashga yo‘naltirilgan kabilar.

Hodisa va voqeliklarning fuqaro, omma, xalq tomonidan baholanishi va berilgan bahoning oqilligi, haqchilligi yoki uning his- tuyg‘ular, emotsional kechinmalar tazyiqi ostida amalga oshirilganligi kayfiyat, shijoat, asabiylashish (affekt), zo‘riqish, tanglik (stress) jarayonlarida yuzaga keladi. Ijti-moiy hodisalar bilan g‘oyalar o‘rtasidagi jarayonlarning o‘zaro muvofiqligi, mutanosibligi, mosligi yoki ularning bir-biriga nisbatan zidligi, qarama-qarshiligi, nizoli, mojaroli xusu-siyatga ega ekanligi ommaviy baholashning asosiy ko‘rsatkichi (mezoni) vazifasini o‘taydi. Mazkur baholashning zamirida har xil xususiyatli ovozalar, mish-mishlar, vas-vasalar, parokanda-liklar tug‘ilishi va keng ko‘lamda tarqalishi mumkin.




Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish