Sotsial psixologiya


ETNOPSIXOLOGIK TADQIQOTLARDA ISHLATILADIGAN METODLAR



Download 0,55 Mb.
bet27/55
Sana05.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#320160
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55
Bog'liq
Sotsial psixologiya

ETNOPSIXOLOGIK TADQIQOTLARDA ISHLATILADIGAN METODLAR


Chet ellarda va mamlakatimizda qilingan ilmiy ishlarni analiz qilar ekanmiz, etnopsixologik tadqiqotlarda xilma-xil uslub va metodlar qo’llanilganning guvoxi bo’lamiz. Chunki bunday tadqiqotlarda shaxs xususiyatlarini o’rganuvchi turlicha testlardan tortib, proektiv metodlar, eksperimentallarning turlicha ko’rinishlari, So’roq metodlari - anketa, intervyu, sotsiometriya, shakl metodlari va boshqalar ishlatiladi. Bu metodlar hozirgi kunlarda ham "madaniy muxit va shaxs", guruhlararo munosabatlar hamda kiesiy tadqiqotlarda qo’llanmoqda. Bunday ishlarni faqatgina ijtimoiy psixologlar emas, balki umumiy psixologiya bilan shug’ullanuvchi olimlar ham o’tkazmoqdalar. Lekin shunday bo`lishiga qaramay, etnopsixologik metodlarning taksisligi kun sayin sezilmoqda. Chunki etnopsixologiya muammosi bilan shug’ullanishni maqsad qilib kuygan har bir tadqiqotchi ye mavjud metodikalardan birini qayta o’zgaritirishga, yoki bo’lmasa, o’zicha yangi metodni kashf qilishga majbur bo’lmoqda. Nixoyat, etnopsixologik metodlarni qo’llashning noqo’layligi shundaki, masalan, Amerikada juda Yaxshi natija berib, ishonchli ma’lumotlar to’plangan metodika Osie mamlakatlari yoki bizning jumxuriyatimiz sharoitida umuman xech narsani ulchamasligi mumkin. Masalan, Ravenning matrik testi va muxit ta’sirlari daxlsiz deb hisoblangan Kettellning intellekt testi ham baribir, qisman bo’lsada, muxit sharoitlarini hisobga olishni talab qiladi, qolaversa ularni sharxlash masalasida alohida extietkorlik zarur. Shuning uchun ham hozirda butun jaxon olimlari har qanday madaniy muxitdan ham yo’qori turadigan, universal test yoki metodika yaratish fikrining asossizligi haqida umumiy fikr bildirmoqdalar.

Etnopsixologik tadqiqotlar o’tkazishni maqsad qilib kuygan har qanday tadqiqotchi asosiy prinsiplar sifatida madaniy muxit sharoitlarining xilma xilligi va ularning o’zaro bir birlariga ta’sir ko’rsatishini inobatga olmogi zarur. O`zbekiston sharoitida tadqiqot o’tkazilmoqchi bo’linsa, quyidagi narsalarga e’tiborni qaratish lozim: 1) shu xudud sharoitida yashovchi barcha millatlarga xos bo`lgan umumiy psixologik omillar va ularni aniqlash usullarini ; 2) faqat O’zbek millatiga xos bo`lgan psixologik sifatlar va omillarni aniqlash; 3) aniqlangan omillarni yoki psixologik sifatlarni ulchaydigan yoki eksperimental usulda tekshirishga imkon beradigan metodlarni tanlash va ularni konkret sharoitlarda moslash; 4) tadqiqotchilar guruhini tekshirilayotgan milliy guruh tilini, urf-odatini biladigan xodimlar bilan ta’minlash. Chunki, tadqiqot ob’ekti hisoblangan guruhda usha guruh tilida tadqiqot o’tkazish kerak, to ki tekshiruvchilarga qo’yilgan har bir talab, savol va topshiriqlar ular uchun tushunarli bo’lsin.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, u yoki bu milliy guruh psixologiyasini, undagi etnik steriotiplarni tekshirishga qaratilgan maxsus metodlar yo’q, shuning uchun ham tadqiqotlar mavjud metodlar orasidan keragini tanlab, ularni joy sharoitlariga moslash kerak bo’lsa, u tildan bu tilga tarjima qilish kerak. Tarjima xususida shuni aytish kerakki, maxsus psixologik testlar yoki metodlarni (anketalar, So’roqlar, shkalalar savollarini) tarjima qilish tarjimondan yo’qsak bilimdonlik va professional sifatlarini talab qiladi. Aks holda, metodika o`z kiymatini yo’qotishi yoki kerakli sifatni aniqlamasligi yoki ulchamasligi mumkin. Hattoki, noverbal (ogzaki berilgan) testlarni turli sharoitlarda qo’llab, olingan ma’lumotlarni sharxlash bosqichida uning mazmuni yoki maqsadi o’zgarganligi ko’plab tadqiqotlarida isbotlangan. Shuning uchun ham har qanday metodik uslubni qo’llashdan oldin uni kichikrok guruh doirasida sinab kurish va natijalarni ekspertlarga berib yoki boshqa yerdamchi metodlar yerdamida qayta sinovdan o’tkazish Yo’li bilan tekshirib olish maqsadga muvofiqdir.

Konkret etnopsixologik tadqiqotlarga qo’yiladigan yana bir talab- tadqiqotni tabiiy sharoitlarida, tekshiruvchilar uchun tanish bo`lgan joylarda qisqa ko’rsatmalar berish Yo’li bilan o’tkazishdir. Chunki etnopsixologik tadqiqotlarda ko’pincha turli yesh, kasb va ma’lumotga ega bo`lgan shaxslar ishtirok etadilar. Shuning uchun ham ularning barchasi uchun tushunarli, aniq topshiriqlar tizimini tuza olish ham psixologdan qator professional malakalarni talab qiladi.

Bizning nazarimizda, hozirgi paytda etnopsixologik muammolar orasida eng muhim yoki bu millat vaqillaridagi etnik steriotiplarni tadkik qilishdir. Bunda qanday metodlardan foydalanish mumkin? Rus tadqiqotchisi G. U. Ksoevaning yozishicha, bu yerda turt guruhli metodlarni ko’rsatish mumkin:



1. SHkalali ulchov metodlari - ular asosan millat vaqillaridagi turlicha etnik ustanovkalarini tekshiradi. Masalan, Bogardusning mashxur shkalasi: kiesiy fikrlash Yo’li bilan berilgan juftliklar - ustanovkalarini har bir tekshiruvchi tomonidan aniq baholanishiga asoslangan. Sinov maqsadi

20-asr boshlarida amerikalik sotsiolog E. Bogardus tomonidan kiritilgan ijtimoiy masofa kontseptsiyasi ijtimoiy yoki etnik jamoalar, guruhlar va shaxslarning yaqinligini (begonalashishini) tavsiflaydi.
Ijtimoiy masofa shkalasi (yoki Bogard shkalasi) odamlar tomonidan bir-birlarini ijtimoiy va psixologik qabul qilish darajasini baholash uchun ishlatiladi, shuning uchun uni ko'pincha ijtimoiy maqbullik shkalasi deyiladi. Bu irq yoki millat, yosh, jins, kasb, din bilan bog'liq masofani o'lchash va bolalar va ota-onalar o'rtasidagi masofani o'lchash uchun ishlatiladi. Ijtimoiy masofa shkalasi odamlarning psixologik yaqinlik darajasini ko'rsatadi, ularning o'zaro ta'sirini osonlashtirishga yordam beradi.
Maksimal ijtimoiy masofa inson (yoki etnos) avtonom ravishda ajralib turishini anglatadi. Madaniy aloqa vositasi sifatida xushmuomalalik va odob-axloq sizning shaxsiyatingizni, o'zingizning o'ziga xosligingizni va madaniyatingizni yashirishga imkon beradi; bunday holatlarda kommunikatsiyalarning aksariyati ramziy va rasmiydir,
Minimal ijtimoiy masofa boshqa odamlar haqidagi g'oyalarni konkretlashtirishga yordam beradi, chunki odamlar yaxshi tanishganda, bir-biriga, milliy madaniyatga qiziqish bildirganda, ular o'zaro aloqada bo'ladi va har biri bir-birining o'ziga xosligi va individualligini hisobga oladi.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish