1.Lingvodidaktikaninh rivojlanish tarixi.
Lingvodidaktika 20-asrning birinchi yarmida paydo bo’lgan. Lingvodidaktika integral fan bo’lib ta’limni o’rganish sharoitida tilni o’zlashtirish mexanizmlarini va ushbu mexanizmlarni boshqarish xususiyatlarini tavsiflash uchun mo’ljallangan. Lingvodidaktika til o’qitishning ummiy nazariyasi. Ushbu atama ilmiy foydalanishga N.M. Shanskiy tomonidan kiritilgan. Lingvodidaktika bu til o’qitish nazariyasi,ya’ni o’qitish metodikasining nazariy qismi bo’lib tilshunoslik va metadalogiyaning integratsiyasi natijasida yuzaga kelgan. Lingvodidaktika lotincha “lingua” til va yunoncha”didaktikos” o’rgatish so’zlaridan olingan bo’lib,til o’qitishning umumiy nazariyasini yaratish bilan shug’ullanuvchi fan hisoblanadi. Shanskiy bu fanning tilni ta’lim berish muammolarini tadqiq etishga mo’ljallanganligini ta’kidlaydi. Ba’zi tilshunos va metodistlar mazkur atamaning kelajakda qo’llanishiga gumon qilganlar. Boshqa olimlar esa lingvodidaktika atamasi bildirgan tushunchani inkor etmagan holda til ta’limining umumiy nazariyasini lingvodidaktika emas didoktotilshunoslik atamasini longvodidaktika deb atashni tavsiya qilishgan V.M.Beldiyan eng avvalo didoktotilshunoslik atamasini lingvodidaktika so’ziga o’xshash ma’noda qo’llagan bo’lsa, keyinchalik faqat didaktotilshunoslik atamasini ishlatgan. Ilmiy tadqiqotlarda lingvodidaktika va metodika tushunchalariga sinonim bo’lgan lingvo metodika atamasi ham ishlatiladi. Lingvomitodika deb izohlaydi bu atamani M.R.Lvov “Bu ona tili yoki chet tilini o’qitish metodikasidir,bu atama ko’pincha lingvodidaktik maqolalarda rus tilini milliy maktablarda o’qitish metodikasida qo’llaniladi” deydi.
2. Lingvodidaktikaning psixologik va psixolingvistik asoslari.
"Psixolingvistika" termini oʻtgan asrning 60-yillari oʻrtalarida amerikalik olimlar tomonidan amaliyotga kiritilgan. Oʻzbekistonda ushbu sohada bir qancha ishlar bajarilgan boʻlsa-da, haqiqiy maʼnodagi psixolingvistik tadqiqotlar endigina boshlanmoqda.
3.Til ta’limining zamonaviy yo‘nalishlari (kommunikativ, shaxsga yo‘naltirilgan, madaniy, faoliyatga yo‘naltirilgan.)
Bugungi kunda tilshunosligimizda sotsiolingvistika, psixolingvistika, lingvokognitalogiya, pragmalingvistika, kompyuter lingvistikasi, lingvokultrologiya, neyrolingvistika (korpus lingvistikasi)kabi zamonaviy yo‘nalishlar tilshunosligimizda paydo bo‘lmoqda. Bulardan psixolingvistika shaxsga yo‘naltirilgan. Kompyuter lingvistikasi esa faoliyatga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu yo‘nalishlar tilshunosligimiz rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
4.Til o‘qitish mazmuni va materiallari.
Ta’lim mazmuni davlat va jamiyat talablariga ko‘ra, pedagogik texnologiyalarning eng so‘nggi yutuqlari asosida belgilanadi, shakllanadi. Avvalo egallangan bilim mustahkamlanib, bilimga keyin ko‘nikmaga aylanishi lozim. Shundagina ko‘zlangan maqsadag erishiladi.
Bilim bu – ma’lum ma’lumotni qabul qilib, uni ongli o‘zlashtirish;
Ko‘nikma esa - egallangan tajribalar asosida muayyan faoliyatni amalga oshirish qobiliyati.
Malaka - muayyan harakatlarni bajarish va boshqarish jarayonlarining avtomatlashuvi.
Ona tili o‘qitish mazmuni — fonetika, leksikologiya, grammatika (morfologiya va sintaksis), uslubiyat, to‘g‘ri talaffuz, to‘g‘ri yozish, so‘z tanlash va gap tuzish; ijodiy fikrlash, fikmi to‘g‘ri, aniq ifodalash, ifodali o‘qish (qiroat), matn ustida ishlash va matn yaratish faoliyatlarini qamrab oladi.Uzluksiz ta’limning yangi sistemasi bo‘yicha talabalar alohidakollejlarda kasb-hunar egallash bilan birga umumiy o‘rta ma’lumotli bo‘ladilar, akademik liseylarda esa, chuqurlashtirilgan umumiy ta’lim tayyoigarligi oladilar. Bunda asosiy e’tibor yoshlarda mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini hosil qilish va uni amalda ifoda eta olishlariga qaratiladi.“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” respublikamizda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning yaxlit sistemasini yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.“Ta’lim to‘g‘risida” Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” Respublikamizda ta’limning tubdan isloh qilinishiga, ta’limning barcha bo‘g‘inlari uchun Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilishiga asos bo‘ldi.Endilikda ta’limning barcha bosqichlariga oid o ‘quv dasturlari va darsliklari DTS talablari asosida yaratilmoqda.
5.Oliy ta’limda til o‘qitish metodikasi.
Bu jarayonda asosan, talabani ijodiy va mustaqil fikrlashga yo‘naltirish, so‘z tanlash, gapda so‘zni to‘g‘ri va o‘rinli qo‘llash, o‘z fikrini aniq va ixcham, ravon ifodalashga o‘rgatishni tushunaman. Muloqot va bahs-munozaralarni o‘rnatishda talaba va o‘qituvchining o‘rtasida shaffof muhit yaratmoq joiz. “Talaba – ta’lim - o‘qituvchi” tizimi yangilangan ta’lim mazmunida yetakchi omil bo‘lib kelmoqda. Bu tizim orqali bo‘lajak o‘zbek tili o‘qituvchisi metodika fanini chuqur o‘rganishi lozim. Bundan tashqari oliy ta’limda til o‘qitish jarayonida talaba kommunikativ savodxonlik me’yorlari bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini singdirib borish lozim.
6.Psixologik-pedagogik tadqiqotlar metodikasi va usullari.
Psixologiyaning lingvodidaktik nazariya holatiga ta'siri juda kuchli.Nutq psixologiyasi og'zaki va yozma nutqni, tashqi va ichki nutqni,nutq faoliyatining turli tomonlari, nutq predmeti; pedagogik psixologiya bilim, ko`nikma, malakalar qanday shakllanganligini, qandayligini bildiradi,o'quv jarayonida yuqori aqliy funksiyalar; umumiy psixologiyani o'rganish sohasida Nutq sub'ekti faoliyatining motivatsion sohasi (I.A. Zimnyaya), "nutq va nutq" muammosi. fikrlash” (L.S.Vigotskiy, A.R.Luriya,A.N.Leontiev); ijtimoiy psixologiya turli ijtimoiy guruhlarning nutqiy xulq-atvorini, til me'yorini yoki me'yorini o'rganadi;kommunikativ kompetentsiyaning ijtimoiy-madaniy jihatlari, qanday tushunish ijtimoiy-madaniy jarayon; va, albatta, kognitiv psixologiya, psixologiya bilan shug'ullanadi.
7. Lingvodidaktika prinsiplari.
Umumiy prinsplar:Ilmiylik, tushunarlilik, onglilik, ko‘rsatmalilik
Xususiy prinsplar: nutqdan tilga borish prinspi, til hodisalarini ajratish prinspi, yozma nutqni og‘zaki nutqqa chog‘ishtirib o‘rgatish prinspi, nutq organlarini yetarli mashq qildirish prinspi.
8. Tilni o‘zlashtirishda lingvistika va didaktika integratsiyasi.
Ona tilini o‘zlashtirishda asosang lingvistik bilimni qabul qilish uchun ma’lum didaktik usul qo‘llaniladi. Bu jarayon didaktik integratsiya demakdir. Didaktik integratsiya shaxsni yaxlit rivojlantiradi.
9.Tilni o‘rganish va tilni o‘zlashtirish
Qonuniyat tilni o‘zlashtirish jarayonida eng ko'p takrorlanib turadigan universal bog‘lanishlardir. Tilda shakl va mazmunning, til va nutqning, nazariya va amaliyotning, og‘zaki va yozma nutqning o‘zaro bog'liqligi har bir mashg'ulotda uchrab turadigan hodisalardir. Shunga ko'ra, ularni ta’lim sharoitida tilni o'zlashtirish qonuniyatlari deb belgilash asoslidir. Bu qonuniyatlarining mohiyatini to'g'ri tushunish uchun tildan o'zlashtiriladigan o'quv materiallarining umumiy xususiyatlarini, bolalarning o'quv-biluv faoliyatini tahlil etish zarur.
Ta’limda ona tili ikki xil vazifa bajaradi:
barcha o‘quv predmetlariga oid bilimlarni bolalarga o'rgatish vositasi;
o'quv predmeti.
O 'quv predm eti sifatida tilning fonetika, leksika va grammatikasidan nazariy bilimlar, bu bilimlar asosida esa nutq ko'nikmalari shakllantiriladi. Ona tilidan o'zlashtiriladigan o'quv materiallari quyidagi umumiy xususiyatlarga ega. Tildan o'rganiladigan har bir hodisaning m a’nosi va shu m a’noga xos jarangdorlik — fizik tomoni.- Masalan, ravishdoshga oid so'zlarning holatini anglatish ularning m a’no tomoni sanalsa, «-b, -ib, -a, -y,-gali, -gani, -gach» kabi qo'shimchalarning o'ziga xos jarangdorligi ularning fizik tomoni hisoblanadi. Tildan o'rganiladigan har bir hodisa ma’lum tushunchani anglatadi. Bu tushuncha, o'z navbatida, hajm jihatidan kengroq ikkinchi bir tushuncha matnida qaraladi. Ravishdosh fe’l tushunchasi, fe’l so‘z turkumi tushunchasi, so‘z turkum i m orfologiya tushunchasi doirasida o‘rganiladi. O‘rganiladigan hodisa til tizimiga kirganligi, bu tizimning ma’lum tomonini ifodalagani uchun u til va nutqqa doir juda ko‘p omillar bilan daxldor, ular bilan aloqador bo‘ladi: ravishdoshga oid so‘zlar gapdagi vazifasi jihatidan sintaksis, «-gach, -kach, -qach, -guncha, -kuncha, -quncha» qo‘shimchalarning imlosi yuzasidan orfografiya, ularning ko ‘p variantligiga ko‘ra fonetika, nutqda qo‘llanish xususiyatlariga ko‘ra uslubiyat bilan bog‘liq bo‘ladi. Demak, bu hodisaning og‘zaki va yozma nutqda tutgan o‘rnini bolalarga yetkazish o‘qituvchining asosiy vazifasi hisoblanadi.
10.O‘zbekistonda ona tili o‘qitish tarixi va taraqqiyoti
Ona tilini o‘qitish tarixi ancha qadimgi davrlaiga borib taqaladi. Sharqda IX—XV asrlarda ijtimoiy - madaniy hayotda yuksalish, ilm - fanda taraqqiyot kuzatiladi. Bu davrda O‘rta Osiyoda yashab, ijod qilgan qomusiy olimlarimiz turli fanlar bo‘yicha erishgan yutuqlari bilan jahon madaniyati, ma’rifati, ilmu fan rivojiga ulkan hissa qo‘shdilar. Markaziy Osiyoni jahonga tanitgan Al-Xorazmiy, Abu Iso at-Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ismoil Juijoniy, Marg‘inoniy, Zamahshariy, Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy kabi ulkan mutafakkirlar bebaho kashfiyotlari bilan o‘z xalqlarining shuhratini olamga yoydilar. Ular ta’lim va taibiya bobida ham o‘chmas iz qoldirdilar.Chunonchi, buyuk mutafakkir A1 -Xorazmiy “Sezgi orqali bilish bu qisman bilish bo‘lsa, mantiqiy bilish haqiqatdir”, — deydi va bilim egallashda ijodiy faoliyatni asos qilib oladi.Sharqda “Ikkinchi muallim” deb tan olingan(Arastudan keyin) Abu Nasr Forobiyning “Ta’lim-tarbiya berish usullari” asaridagi “Bilim, ma’rifat, yaxshi axloq bilan bilimdon, ma’rifatli, yetuk, mukammal inson yetishadi. Buning uchun ta’lim jarayoni oiqituvchi tomonidan to‘g‘ri tashkil etilishi, boshqarilishi va ma’lum maqsadlarga yo‘naltirishi lozim”, — degan fikri “0 ‘zbek tili o‘qitish metodikasi”da ham asosiy, bosh mezon vazifasini o‘taydi.Abu Rayhon Beruniy har bir ishning kishi ruhiga, qobiliyatiga mos, uni toliqtirmaydigan bo‘lishiga alohida e’tibor beradi: “Bizning maqsadimiz talabani toliqtirib qo‘ymaslikdir. Agar talaba bir masaladan boshqa bir masalaga o ‘tib tursa, u xuddi turli- tuman bog‘larda sayr qilgandek bo‘ladi. Har bir yangi narsa o‘rganuvchiga rohat bag‘ishlaydi”, — deydi buyuk alloma. Bu xulosa til hodisalarini o‘iganishda, lisoniy materiallami joylashtirish va o‘qitishda dasturulamal bo‘lishi shubhasizdir.Abu Ali ibn Sino — buyuk hakim, tib ilmining sultoni, ulug‘ mutafakkir, fanning ko‘plab sohalari qatori tilshunoslik bilan hammaxsus shug‘ullandi, “Lison ul-arab” (Arab tili) nomli kitob ham yozdi.Abu Ali ibn Sino yozadi: “Sening fikrlaring bola yuragiga yetib borib, unga o‘ylab, fikr yuritib ko‘rishga imkon bersin...Agarda sening suhbatdoshing yoki do‘sting so‘zlaringga va nasihatingga e’tibor bermayotganini sezsang, suhbatni boshqa vaqtga ko‘chir”.Mahmud Koshg‘ariy XI asrdagi buyuk tilshunos olimdir. Garchi uning asari “Devonu lug‘ot it—turk” (“Turkiy so‘zlar devoni”) o‘z davridagi turkiy so‘zlami izohlashga bag‘ishlangan bo‘lsa-da, u so‘z va uning ma’nolarini aniqlash, so‘zdan nutqiy amaliyotda foydalanish, nutq madaniyati borasida ham ko‘plab ilmiy mulohazalar bildiradi, ilmiy xulosalar aytadi.Mahmud Koshg‘ariy turkiy tildagi fonetik, morfologik qonuniyatlami, leksik-sintaktik xususiyatlami, uslubiy o‘ziga xosliklami nozik did bilan qiyoslaydi va tahlil qilib beradi.Muhimi, buyuk alloma XI asrda xalq tilida iste’molda bo‘lganso‘zlaming asl manbai, ulaming “yashash joyi” bo‘lgan badiiy matnlar bilan birgalikda saqlanib qolishiga erishdi. Keyingi avlod valdllarining qadimgi adabiy til va og‘zaki nutq namunalari bilan tanishish imkoniyatidan bahramand qildi.Alloma ko‘plab xalq qo‘shiqlari, ertak va afsonalari, maqol va hikmatli so‘zlarini ham yozib olgan. Mahmud Koshg‘ariy maqollaming qo‘llanish o‘rinlarini ham ko‘rsatadi. “Suv ko‘rmaguncha etuk tartma” — “Suv ko‘rmasdan oldin etik yechma”. Bu maqol ishlarda mulohazali bo‘lishga undalgan kishilarga nisbatan qo‘llaniladi.“Keng to‘n o‘bramas, kengashlig bilig artamas” — “Keng to‘n to‘zimaydi, kengashli ish buzilmaydi”. Bu maqol bir ishboshlashdan oldin boshqalar bilan kengashish, o‘zboshimchalik qilmaslikka undab aytiladi.Yusuf Xos Hojib. Sharqdagi so‘z va undan foydalanishga qo‘yiladigan talablarga misol tariqasida Yusuf Xos Hojibning quyidagi fikrlarini keltirish maqsadga muvofiqdir: “Ko‘p so‘zlilik foydasiz mashg‘ulotdir. Tuman so‘z tugunini bir so‘zda yozish mumkin”. Zero, kishi so‘z tufayli qadr topishi yoki, aksincha, boshi egik bo‘lishi mumkin. Demak, so‘z ma’nolarim ilg'ash, so‘z ishlatish uchun ham bilimdonlik talab etiladi. Zamaxshariy, Mahmud Koshg‘ariy, Ahmad Yassaviy, Xoja Bahovuddin Naqshband, Mirzo Ulug‘bek, Jomiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi allomalaming ma’rifiy fikrlari, axloqiy- ta’limiy qarashlari ham yoshlar taibiyasida muhim ahamiyatga ega. XVI—XIX asrlar oralig‘ida ham metodika fanining o‘ziga xostarzdagi taraqqiyoti kuzatiladi. Munis, Ogahiy, Dilshodi Bamo, Anbar Otin, Uvaysiy singari mutafakkir adiblaming ta’lim-tarbiya masalalariga ham alohida e’tibor bilan qaraganlari yaxshi ma’lum.XX asr boshlaridagi tarixiy sharoit Turkistonda didaktik g‘oyalaming tarqalishi va rivojlanishi, ta’lim prinsiplari hamda ta’lim metodlari haqida ilmiy asarlar, metodik qo‘llanma va maqolalaming dunyoga kelishiga, pedagogika, qisman metodika fanining rivojlanishi va taraqqiy etishiga zamin yaratdi. Bunga misol sifatida Abdulla Avloniyning “Turkiy Guliston yohud Axloq” asarini keltirish mumkin. O‘zbekistonning mustaqilligi milliy g‘oyaning tug‘ilishi va shakllanishiga olib keldi. Ta’limni umumjahon andozalariga moslash, darsga ilg‘or pedagogik texnologiyalami joriy etish zaruriyati tug‘ildi.o‘quv dasturi va darsliklar ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga muvofiq takomillashtirilib yangilandi. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va DTS talablarini ta’lim mazmuniga joriy etish, uni tobora takomillashtirib borish shu kunning dolzaib masalasi bo‘lib qoldi.Yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilayotgan o‘zbek tilshunosligida tilni sistemali o ‘rganish masalalarini taniqli tilshunos va metodist olimlar H. N e’matov, A.Nurmonov, N .Mahmudov, A.G‘ulomov, R.Safarova boshlab berishdi.1989 yili tilimizga Davlat tili maqomi berilgach, 0 ‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbek tili doimiy anjumani ta’sis qilinishi til va adabiyot ta’limining mazmunigina emas, balki uni o‘qitish ham yangi yo‘nalishlarda davom etishiga imkon yaratdi. Anjuman uning har bir yig‘ilishida ta’lim oluvchining so‘z boyligini oshirish, ijodiy tafakkurini rivojlantirish, milliy ma’naviyat, nutq madaniyati me’yorlarini anglash, matn yaratish malakasini shakllantirish kabi nihoyatda dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.Endilikda “Ona tili o‘qitish konsepsiyasi”, “Davlat ta’lim standartlari”, til o‘qitishning namunaviy dasturlari yaratildi, umumta’lim maktablari, akademik lisey va kasb-hunar kollejlari, oliy ta’limning bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun darsliklaming yangi avlodi chop qilindi. Ular tajriba-sinovlardan o‘tkazilmoqda.Ta’lim mazmunining yangilangani ta’lim jarayoni, shakli va usullaridagi zamonaviy yangilanishlarni, yangi pedagogik texnologiyalaming joriy etilishini taqozo qiladi.
11. Ona tilini o‘qitishga oid olib borilgan tadqiqotlar sharhi
12. O‘zbekistonda psixolingvistikaga oid olib borilgan tadqiqotlar
13. Kompyuter lingvodidaktikasi
"Kompyuter lingvodidaktikasi" atamasi turli xil kelib chiqishi va yangi aloqa shakllari bilan ishlashning yangi usullarining paydo bo'lishi bilan belgilanadi. Kompyuter lingvodidaktikasining paydo bo'lishi, metodologiya fanining bo'limi sifatida inson faoliyatining barcha sohalaridagi umumiy integratsiya jarayonlari bilan bog'liq. Kompyuter lingvodidaktikasining mohiyati uning fanlararo aloqadorligidadir. Ko'pgina tadqiqotchilar uning amaliy tilshunoslik, psixologiya, matematik tilshunoslik va sun'iy intellekt tizimlari kabi boshqa bilim sohalari bilan bog'liqligini ta'kidlaydilar.Kompyuter lingvodidaktikasi lingvodidaktika sohasi sifatida axborot jamiyatining global oʻzgaruvchan texnologiyalari sharoitida til oʻqitishda kompyuter va tarmoq texnologiyalaridan foydalanish nazariyasi va amaliyotini oʻrganadi.Turli mamlakatlar olimlari tomonidan ishlab chiqilgan kompyuter lingvodidaktikasining nazariy va amaliy jihatlarida uchta tadqiqot yo‘nalishi ajratilgan.
14. Lingvodidaktikaning aktual muammolari.
“Lingvodidaktikaning dolzarb muammolari” fanining muhim tarkibiy qismi chet tillarini o‘qitish jarayonini tashkil etishga zamonaviy yondashuvlar bilan bog‘liq fanlarni keyingi o‘zlashtirishning asosiy tarkibiy qismlaridan biri, shu jumladan “Maktabda chet tillarini o‘qitish metodikasi” va “ Universitetda chet tillarini intensiv o‘qitish metodikasi”, “Chet tilini o‘qitishning muqobil usullari” “Lingvodidaktikaning dolzarb muammolari” fanini o‘zlashtirish doirasida shakllanadigan asosiy kompetensiyalar quyidagilardan iborat:
fan va ta’limning zamonaviy muammolari bo‘yicha bilimlarni kasbiy muammolarni hal qilishda foydalanishga tayyorlik;
usullar, texnologiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga tayyorlik va o‘qitish usullari, natijalarini tahlil qilish, ulardan ta'lim faoliyati bilan shug‘ullanadigan ta’lim tashkilotlarida foydalanish jarayoni;
ilmiy tadqiqot natijalarini tahlil qilish, ularni qo‘llash qobiliyati.
Bilish: lingvodidaktikaning zamonaviy muammolari; chet tilini o‘qitish usullari, texnologiyalari va texnikasi, shuningdek ta’lim faoliyatini amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlarida ulardan foydalanish metodikasi; xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari va vositalari.
15. Professional lingvodidaktika masalalari.
Professional lingvodidaktika deganda chet tilini kasbiy kommunikativ kompetentsiyani shakllantirishga qaratilgan, chet tilini kasbiy yo'naltirilgan o'qitish metodologiyasini (tadqiqot, boshqarish va modellashtirish) ishlab chiqadigan lingvodidaktikaning yangi tarmog'i tushuniladi, uning tarkibiy qismlari. mutaxassisning lingvistik shaxsi - professional lingvodidaktikaning konstitutsiyaviy tushunchasi.
Shu bilan birga, mutaxassisning lingvistik shaxsi kommunikatorlarning chet tilida og'zaki va yozma shakllarda kasbiy ma'lumot almashish, tabiiy jarayonda kasbiy ahamiyatga ega bo'lgan bilimlarni mustaqil ravishda izlash, to'plash va kengaytirish qobiliyatini ifodalaydi. to'g'ridan-to'g'ri va bilvosita) ona tilida so'zlashuvchilar bilan muloqot.
adqiqot ob'ekti chet tilini kasbiy yo'naltirilgan o'qitishning didaktik jarayonidir.
Tadqiqot predmeti kasbiy muloqot sohasida chet tilini o‘qitish metodikasi sifatida kasbiy lingvodidaktikani shakllantirish muammosi hisoblanadi.
16. Innovatsion til ta’limida elektron lingvodidaktika.
Izlanishlar davomida mavzu bo‘yicha rus tilida olib borilgan tadqiqotga ko‘zim tushdi. Muallif Gartsov Alexander Dmitrievich. Rus tilini o'qitishda elektron vositalardan foydalanishning amaliy tajribasiga asoslangan elektron lingvodidaktika nazariyasini ishlab chiqish zarurati va dolzarbligi bir qator mavjud va kuzatilgan qarama-qarshiliklar bilan bog'liq. Ma’lumki, dunyoda 59 million o‘qituvchi har kuni bir necha o‘nlab o‘quvchilar bilan ishlaydi, shuning uchun o‘z pedagogik salohiyatini to‘g‘ri amalga oshirmaydi.
Elektron lingvodidaktika o‘zining paydo bo‘‘lishi birinchi qarashda ko‘rsatilgan turli xil tarkibiy qismlarni (didaktik, uslubiy va axborot) yagona metodologik tahlil tizimiga birlashtirishga qodir bo‘lgan ilmiy nazariyaga ob’ektiv ehtiyoj bilan bog‘liq.
Lingvodidaktikani axborotlashtirishda ikkita asosiy bosqichni qayd etish mumkin. Birinchisi, kompyuterlar va kompyuter texnologiyalarining tarqalishi bilan bog‘liq. Bu bosqichda kompyuter lingvodidaktikasi didaktikaning til o‘qitishda kompyuterdan foydalanish nazariyasi va amaliyotini o‘rganuvchi sohasi sifatida rivojlanadi. Kompyuter o‘qitishning texnik vositalaridan biri hisoblanadi. O‘qituvchilar katta ishtiyoq bilan elektron ta'lim vositalarini yaratishga kirishdilar, ammo dasturchilar va veb-dizaynerlarsiz hal qilib bo‘lmaydigan katta qiyinchiliklarga duch kelishdi. 90-yillarda tilni bilishning boshlang‘ich va asosiy darajalari uchun qiziqarli o‘quv dasturlari paydo bo‘ldi:
“Mashqlarda rus alifbosi”, “Keys detektivi”. Global tarmoqlar va server texnologiyalarining rivojlanishi bilan, telekommunikatsiya texnologiyalarining misli ko‘rilmagan rivojlanishi bilan elektron lingvodidaktikaning ko‘lami tubdan kengaydi va ochiq ta’limni yaratish, elektron va masofaviy texnologiyalarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq yangi pedagogik vazifalar paydo bo‘ldi.
17. Til ko‘nikmalarini shakllantirish muammolari.
Til ko‘nikmasini shaklantirishdagi muammolar bu - o‘quvchida motivatsiya yetishmasligi; xato qilishdan qo‘rqish; o‘quvchida o‘qituvchisi va tengdoshlari tomonidan tanqid qilinishdan qo‘rquv; o‘z nutqidagi faol lug‘atini kengaytirishni istamaslik, nutqidagi yangi so‘zlardan foydalanishda minimal leksik vositalar bilan cheklanish istagi; tilning grammatik tuzilishini noto‘g‘ri tushunish kabilardadir. Bunga yechim topish uchun avvalo o‘quvchiga lingvistik motivatsiya berish, baholashda yangicha yondashuvlar hosil qilish, o‘quvchining fikrlarini e’tirof etish lozim.
18. Til o‘qitishning tipologik tamoyillari.
Avvalo, til o‘qitishning tipologiyasiga to‘xtalsak. Bu tilga doir bilimni bosqichma-bosqich bersih jarayoni hisoblanadi. Savol mohiyatini tushunishimcha, o‘qituvchi ana shu jarayonni qanday tiplarga ajratib, uni qaysi tamoyillar bilan tatbiq qilishi kerak? Tilga doir bilimni bosqichma-bosqich berish o‘qitishning tipologiyasi bo‘lsa, demak o‘qituvchi bilim berishning hamma bosqichlari ( yangi bilim berish, uni mustahkamlash, o‘rganilgan bilimni amaliyotga tatbiq qilish)ga alohida e’tibor bermog‘i lozim. Bugungi kun o‘qituvchisining katta xatosi – yangi bilim bersih tamoyiliga zo‘r berib yondashadi-da, asosiy maqsad ko‘zlangan “Mavzuni mustahkamlash”, “O‘rganilgan bilimni hayotga tatbiq etish” tiplari uning e’tiboridan chetda qoladi. Vaholangki, o‘quvchi tilga doir yangi bilimni nazariya oraqli o‘rganadi, misollar bilan tansihadi, ammo olgan bilimini mustahkamlamasa uni hayotda o‘z nutqida qo‘llay olmaydi.
19. Til ta’limini tashkil qilish, boshqarish va nazorat qilish (ta’lim etaloni)
Ta’lim etaloni haqida ilk tasavvurlar birinchi bor ona tili didaktikasida paydo bo‘lgan. Olimlar yaratgan didaktik qo‘lanmaning maxsus bo‘limida ta’lim etaloni xususida xabar berilib, uning pedagogik amaliyotdagi o‘rni o‘quv tarbiyaviy jarayonni tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishdagi ahamiyati oydinlashtirib berilgan. Ta’lim etaloni ta’lim jarayonining tarixi bo‘lib, unda u yoki bu mavzuning o‘qitish jarayoni, uning mazmuni, ta’lim subyektlari - o‘qitish faoliyati va o‘qish faoliyatining amal qilish aktlari, bosqichlari, davrlari, ta’limning maqsad va vosita natijalari aks etadi.
20.Til o‘qitishda an’anaviy va noan’anaviy yondashuvlar.
Til o‘qitishdagi har ikki yondashuv ham bir maqsadga qaratilgan. Bu ham bo‘lsa til kompetensiyalarini shakllantirishdir. An’anaviy usul materialni u yoki bu ko‘rinishda qabul qilish , va uni mustahkamlashga qaratilgan. Noan’anaviy usulda bu jihatlarning ichiga kengroq kirib boriliadi. Ya’ni til materiali bilan tanishishda tinglash-so‘zlash, ko‘rish-yozish kabi aloqa vositasidan foydalaniladi. Bundan tashqari til o‘qitishning noan’anaviy usullariga intensive o‘qish - to‘liq tushunish bilan, kerakli ma’lumotlarni olish bilan o‘qish ham kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |