Taklif etilayotgan miqyosda ma'lum bir millatga bo'lgan munosabat aniqlanadi.
Sinov ko'rsatmalari
Ko'rsatilgan millat vakillarini shaxsan o'zingiz uchun maqbulligini belgilab, ularni quyida keltirilgan ettita mezondan biriga muvofiq belgilang. Printsipga muvofiq javob bering: shaxsan men uchun ma'lum bir millat odamlariga nisbatan mumkin va ma'qul (javob soni nuqta qiymati).
Nikoh orqali yaqin qarindoshlar sifatida qabul qilish.
Shaxsiy do'stlar sifatida qabul qilish.
Mening ko'chamda yashaydigan qo'shnilar sifatida qabul qilish.
Men bilan bir xil kasbga ega bo'lgan hamkasblar sifatida qabul qilish.
Mening mamlakatim fuqarosi sifatida qabul qilish.
Mening mamlakatimda faqat sayyoh sifatida qabul qilaman.
Men ularni o'z yurtimda ko'rmaslikni afzal ko'rardim.
yoki Laykartning "Baholashlar yigindisi" metodi ham u yoki bu millat vaqiliga xos ustanovka - fikrlariga tekshiruvchining e’tirozi yoki e’tirofini aniqlaydi. Bu metodlar butun jaxon mikesida ko’pgina tadqiqotlarda ishlatilgan va joy sharoitlariga moslashtirish jixatidan rekord kuygan desak bo`ladi.
2. Kuzatish va So’roq metodlari- bunda usha madaniy muxitga xos bo`lgan, uning bevosita boyliklari hisoblangan moddiy va ma’naviy kadriyatlar, maishiy sharoitlar, odatlar, an’analar va xoka’zolar tashkaridan o’rganiladi. So’roq metodalari ichida ko’prok anketa usuli qo’llaniladi, bunda ham millat vaqilining turmush tarzi, avtobiografik ma’lumotlari aniqlanib, ilmiy xulosalar kontent - analiz qilinadi. Amerikalik olimlar D. Kats va Breylilar So’roq metodining o’ziga xos ko’rinishini etnik steriotiplarni aniqlashda ishlatishgan. Masalan, ular qiziqtirayotgan masala bo`yicha imkoni boricha ko’p javoblar ichidan "O’zinikini" tanlab belgilashni so’rashgan. Bundan tashkari, 84 xil sifatni o`z ichiga olgan ro’yxatdan o`z millatiga va boshqa millatga xos bo`lgan 5 yetakchi sifatni ajratib berish topshirigini berishgan. Shu Yo’l bilan etnik steriotiplar aniqlangan,
3. Proektiv metodlar - bu guruhga asosan Ror shaxning "Siex dog’lari" testi, tematik appersepsion test (TAT), boshlangan jumlalarni tugatish testi, fotoso’ratlarni baholash testi, Lovenfeldning mozaikalari testi va boshqalar kiradi. Mavxum berilgan topshiriqlarni bajarish sifati va javoblarining yo’nalishi bo`yicha turli millatlarga oid steriotiplar urnatilgan.
4. Shaxsning alohida sifatlarini aniqlashga qaratilgan testlar. Masalan, G. Deyker va N. Fridlarning milliy harakter xususiyatlarini o’rganishga qaratilgan testlari. Ular asosan shaxsning ta’sirchanligi va hissiy reaksiyalarini o’rganadi. Bundan tashkari, shu guruh testlarga alohida intellektni tekshiruvchi, ma’naviy dunyoqarashni o’rganish, adolat hissini aniqlash, badiiy testlar va boshqa testlari kiradi. Ayniqsa, milliy steriotiplarni aniqlashda millatning tilini barcha tilshunoslik uslublari bilan o’rganib chiqish ham juda kimmali ma’lumotlar tuplash imkonini beradi. Chunki, til u yoki bu millat vaqilining o’ziga mansub millatga xos milliy kadriyatlarni, steriotiplarni o’zlashtirishida asosiy vosita rolini uynaydi. Shuning uchun ham etnopsixolog o`z tadqiqotlarini tilshunos, etnograf, etnolog, sotsiolog, tarixchilar xamkorligida o’tkazadi.
Yo’qorida aytib utilgan metodologik va metodik uslublar milliy psixologiyani o’rganishda faqat asosiylari holos. Chunki, millatlarning ko’p kirrali psixologik holatini o’rganishda yana ko’plab usullardan foydalanish mumkin, bu narsa tadqiqotning maqsadlariga, tadqiqotchining esa uslubiy tayorgarlik darajasiga bog’liqdir.
11-MAVZU. ITIMOIY RSIXOLOGIYADA KICHIK GURUHLARNI O’RGANISHNING METOLOGIK MUAMMOLARI
REJA:
1.Kichik guruhlar psixologiyasi
2.Kichik guruhlarning klassifikatsiyasi
3.Kichik guruhlardagi dinamik jarayonlar
Do'stlaringiz bilan baham: |