SOTSIAL VA MADANIY GEOGRAFIYA
Darslik
26
Birinchi faza
– tug’ilish bilan o’lim juda yuqori bo’lib, orasidagi tafovut,
ya’ni
aholi
tabiiy
ko’payishi
minimal darajada saqlanadi. Bunday
demografik
vaziyat
“an’anaviy
turg’unlik” deb ataladi.
Ikkinchi faza
– ijtimoiy-
iqtisodiy va fan-texnika taraqqiyoti
tufayli aholining turmush darajasi
yuksalishi,
yashash
sharoiti
yaxshilanishi va sog’liqni saqlash
tizimining rivojlanishi, odamlarning o’rtacha umr davomiyligi o’sishi, o’lim
darajasining pasayishi va tug’ilishning barqarorligi hisobiga aholining tezda
ko’payib, “demografik portlash” sodir bo’ladi.
Uchinchi faza
– o’limning pasayish jarayoni o’z poyoniga yetib, turmush
darajasining yuksalishi bilan tug’ilish darajasi kamaya boshlaydi.
To’rtinchi faza
– tug’ilish va o’lim ko’rsatkichlari ancha past bo’lib, tabiiy
ko’payish minimal darajada kuzatiladi va bu “zamonaviy turg’unlik” deyiladi.
5-rasm. Aholining ijtimoiy tarkibi
6-rasm.
2000 – 2018-yillar oralig’ida aholi sonining o’sish ko’rsatkichlari
SOTSIAL VA MADANIY GEOGRAFIYA
Darslik
27
Tarixiy taraqqiyot davomida yer yuzining turli qismlaridagi omil va shart-
sharoitlar natijasida aholi har xil daraja ko’paygan. M., 2000-2018-yillar oralig’ida
Afrika aholisi 56.6 foizga ko’payib, mutloq ustunlikka ega bo’lsa, bu borada
Yevropa 2.1 % bilan so’nggi o’rinni egallaydi (6-rasm).
Shuningdek, dunyo aholisi juda notekis joylashgan. Shunday qilib, hozirgi
davrda yer yuzi hududlari bo’ylab aholi notekisjoylashgan. Sayyoramizda aholi
juda zich (1 km
2
hududga 1000 kishi) yashaydigan hududlar bilan bir qatorda aholi
yashamaydigan hududlar ham uchraydi. Bu yerlarda havo harorati juda past, suv
yo’q va boshka sabablar mavjud. Bunday hududlar yer sharidagi kuruqlikning 10
foizini tashkil etadi. Ularga qutbiy o’lkalar, balandligi 5000 metrdan ziyod tog’lar
va sahrolar kiradi. Yer kurrasidagi quruqlikning 50 foizi esa aholi yashashi uchun
tabiiy sharoitlar nisbatan pastroq bo’lib, ularda aholi siyrak 1 km
2
hududga 1
kishidan joylashgandir. Ushbu hududlarga tundra, o’rmon-tundra, shimoliy tayga,
cho’l, chala cho’l va nam ekvatorial o’rmonlar kiradi. Quruqlikning 25 foizida
aholi zichligi 1-10 kishini tashkil etib, bu yerlar aholi nisbatan siyrakroq
joylashgan. Yer kurrasidagi quruqlikning qolgan 15 foizida esa aholi zichligi 10
kishidan oshadi.
Yer sharida aholi yashaydigan asosiy hududlar 78° shimoliy kenglik va 54°
janubiy
kenglik
orasida
joylashgandir.
Yer
yuzida
aholi
eng
zich
joylashganhududlar juda qadimdan madaniyat markazlari bo’lib kelgan Janubiy,
Janubiy-sharqiy va Sharqiy Osiyo, Shimoliy Afrikadagi daryo vodiylari hamda
Yevropadagi sanoat markazlari bo’lib, ular yer sharidagi quruqlikning bor-yo’g’i 7
foizini tashkil etadilar. Bu hududda dunyo aholisining, deyarli, 70 foizi
joylashgandir. Yer shari aholisining 4/5 qismi tekisliklar va 500 metrgacha
bo’lganbalandliklarda joylashganlar. Bunday hududlar yer yuzidagi quruqlikning
28 foizini tashkil etadi.
Yer yuzasida aholi juda notekis joylashgan. Aholining o’rtacha zichligi (1 kv
km
2
) ga to’g’ri kelgan aholi soni doimiy aholisi mavjud hududlar, ya’ni 130 mln
km
2
hisobalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |