Turizm industriyasi
– bu o’zaro bog’langan shunday tashkilotlar va
tadbirkorlarki, ular turistlar iste’mol qilishi va turizm jarayonini yurgazish uchun
kerakli xizmat, mehnat va mahsulotlar yig’indisidan iboratdir. Turizm industriyasi
mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalari, transport vositalari, ommaviy
ovqatlanish obyektlari, ko’ngilochar tashkilotlar, tanishuv soglomlashtirish, sport,
diniy, madaniy va boshqa turoperatorlarlik va turagentlik faoliyatini amalga
oshiruvchi tashkilotlar, shu bilan birga turist-ekskursion va tarjimonlik xizmatlarini
ko’rsatuvchi tashkilotlar yig’indisidir.
Mehmonona
– boshqa joydan mehmon bo’lib kelgan kishilar uchun
vaqtincha yashab turishga mo’ljallab qurilgan maxsus bino. Dastlabki
mehmonxona ko’rinishidagi binolar Ossuriya (mil. avv. X asr)da bo’lgan. Bu
turdagi binolar turli xalqlarning yashash sharoitlari bilan bog’liq ravishda turlicha
atalgan. M., O’rta Osiyoda karvonsaroy, rabot, arablarda «xon», Rossiyada
«Гостиний двор», «корчма», Fransiya va Ispaniyada «taverna», «xarchevna»,
inglizlarda «inna», yaponlarda «ryokan» va h.k.
Otel
– (
fransuzcha,
hotel) — mehmonxonaning xalqaro nomi.
Dastlab, XVI – XVII asrlarda Fransiyadagi katta hashamatli uylar otel deyilgan.
Keyinchalik, shularga taqlidan qurila boshlagan shahar mehmonxonalari otel
nomini olgan bo’lib, mehmonxonalarning bir turi hisoblanadi.
SOTSIAL VA MADANIY GEOGRAFIYA
Darslik
237
Motel
– (lot. motel, motor — motor harakatlanmoq va hotel —
mehmonxona, otelь so’zlaridan) — avtoturistlar uchun mehmonxona. Motellar
katta avtomagistral bo’ylarida, yirik shaharlar atrofida, kurortlarda va turistlar
e’tiborini jalb qiladigan xushmanzara joylarda quriladi. Ular ko’proq yil bo’yi
ishlaydigan va 100 — 200 kishiga mo’njallangan bir necha bo’linmalar
(mehmonxona, restoran, texnik xizmat ko’rsatish styasi, yonilg’i shoxobchasi,
garajlar va boshqa yordamchi xonalar)dan iborat bo’ladi.
Kemping
(inglizcha, camping – “ta’tilni oromgohda o’tkazmoq”) —
bu avtomashinalarda sayohat qiluvchilar uchun chodirli yoki yengil tipda qurilgan
uylari va avtomobillar turadigan joylari (bevosita chodirlar oldida yoki umumiy
maydonchada) bor yozgi oromgoh. Kempingda yotoqxona (2 - 4 kishiga), oshxona,
dushxona, yuvinish xonalari, ro’zg’or buyumlarini ijaraga beradigan joy,
avtomobillarni yuvish joyi va boshqalar bo’ladi. Ba’zan kemping sport va raqs
tushish maydonchalari, kino zali, aloqa bo’limi va do’konlarni o’z ichiga oladi.
Uniform
(ruscha, rasmiy kiyim) – turistik uniform – turistik xizmat
ko’rsatish muassasalarida xodimlar uchun bir xil joriy etilgan rasmiy kiyim.
Do'stlaringiz bilan baham: |