247
iqtisodiy samara ifodalangan hamda tashkiliy, huquqiy-me’yoriy,
texnologik,
moliyaviy, informatsion va boshqa turdagi ta’minot bilan ta’minlangan manzilli va
mintaqaviy dasturlar ishlab chiqishlari talab qilinadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida olib borilayotgan tarkibiy va institutsional
islohotlarning talabiga javob beradigan yer bozorining qaror topishi va rivojlanishi,
davlat tomonidan bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan, ko‘chmas mulk va
uning ajralmas qismi bo‘lgan yer bozoridagi mavjud
muammolarni hal etishga
qaratilgan qator chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali ta’minlanadi. Yer bozorini
rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari:
yerlarning, shu jumladan ularga bog‘liq bo‘lgan ko‘chmas mulk bilan birga,
bozor oborotini rivojlantirish;
yer va boshqa ko‘chmas mulk bozorlari infratuzilmalarini tashkil etish va
rivojlantirish;
bozorni axborotlar bilan ta’minlashdan iborat bo‘lmog‘i lozim.
Yer oborotini rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
esa:
xususiylashtirilishi mumkin bo‘lgan yerlar
toifalarini belgilash va
kengaytirish bilan birga oboroti cheklangan va oborotdan chiqarilgan yerlarni
aniqlash;
yer uchastkalarini xususiylashtirishda to‘lovlarni bosqichma-bosqich amalga
oshirish tizimini joriy etish;
xususiylashtirilgan korxonalar tomonidan egallab
turilgan yer uchastkalarini
ularning qiymatini mazkur korxonalar ustav kapitaliga kiritish uchun sotib olishni
rag‘batlantirish (kengaytirish);
davlat mulkida bo‘lgan yer uchastkalarini boshqarish tizimining ularni davlat
o‘z vazifalarini ta’minlash uchun bevosita foydalanayotgan va tijorat maqsadlarida
foydalanayotgan toifalarga ajratish yo‘li bilan samaradorligini oshirish;
davlat mulkida bo‘lgan bo‘sh yer uchatkalarini asosan kimoshdi va tanlov
tamoyillari asosida berishga (sotishga) o‘tish;
248
fuqarolar va bozorning boshqa ishtirokchilari
uchun ipoteka kreditlarini
rivojlantirish;
davlat mulkida bo‘lgan yerlarni ijaraga (subijaraga) berish imkoniyatlarini
kengaytirish;
uy-joy va sanoat qurilishlari uchun yer ajratish tartib-taomillarini
takomillashtirish bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.
Yer bozori infratuzilmalarini tashkil qilish va rivojlantirish uchun:
yer uchastkalari va boshqa turdagi ko‘chmas mulk ob’ektlari, shuningdek yer
tuzish xizmatlari bozori shakllanishi mexanizmini yaratish;
davlat yer kadastrini yuritish tizimini takomillashtirish;
soliqqa tortish maqsadida yerlarni baholash ishlarini amalga oshirish;
yerga va boshqa ko‘chmas mulkka egalik qilish
huquqini va ularning oldi-
sotdisini davlat tomonidan ro‘yxatga olish tizimini soddalashtirish;
yer bozorida huquqbuzarlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni joriy
etish va bozor ishtirokchilari huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning
fuqarolik-huquqiy usullarini takomillashtirish masalalarini
hal etish orqali amalga
oshirish mamlakatimizda yer bozori shakllanishining birlamchi shartlari bo‘lib
hisoblanadi.
Bozorni axborot bilan ta’minlash doirasida:
yerga va boshqa ko‘chmas mulklarga egalik qilish huquqini, ularning oldi-
sotdisini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi, shuningdek yer va boshqa ko‘chmas
mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida jamlovchi davlat ko‘chmas mulk kadastri
ma’lumotlari bazasini yaratish;
yer va boshqa ko‘chmas mulk bozorining barcha
ishtirokchilari va davlat
organlari
tomonidan
yagona
respublika
standartlari
va
dasturiy-texnik
komplekslarning
parametrlarini,
ma’lumotlar
ayirboshlash
shakllarini,
klassifikatorlarni, texnologik tartib-taomillarni joriy qilish va majburiy qo‘llash;
249
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining ko‘chmas mulk
ob’ektlari va ularga egalik qilish huquqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish
imkoniyatlarini kengaytirish;
zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda yer uchastkalari va boshqa
ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi axborotlar bazasini yaratish, shuningdek axborotlar
va ma’lumotlar bazasini himoyalashni tashkil etish tadbirlarini
amalga oshirish
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: