3.2 Zamonaviy pedtexnologiyalarni qo’llash “Klaster” metodidan foydalanish «Klaster» so`zi g`uncha, bog`lam ma’nosini anglatadi. Klasterlarga ajratishni da’vat, anglash va mulohaza qilish bosqichlaridagi fikrlashni rag`batlantirish uchun qo’llash mumkin. U asosan yangi fikrlarni o`yg`otish, mavjud bilimlarni ro’yobga chiqarishga qaratilgan strategiya bo`lib, muayyan mavzu bo`yicha yangicha fikr yuritishga chorlaydi. Biror mavzuni o`rganishni boshlash paytida klasterlar tuzishdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Klaster tuzish ketma-ketligi: Sinf yozuv taхtasi o`rtasidagi katta qog`oz varag`iga «kalit» so`zi yoki so`z birikmasini yozing.
• Sizni fikringizcha, bu mavzuga tegishli bo`lgan so`zlar yoki so`z birikmasini yozib chiqing.
• Tushuncha va g`oyalar o`rtasidagi o`zaro bog`lanishlarni ko`rsating.
• Eslagan variantlaringizning hammasini yozing.
Klaster tuzishda guruhdagi barcha o`quvchilarning ishtirok etishi, shu guruh uchun g`oyalar o`zagi bo`lib хizmat qiladi.
Venn diagrammasi Aхborotni grafik asosda tashkil qilishning bu shakli umumiy va farq qiladigan tamonlarga ega bo`lgan ikki yoki uch mavzuni takkoslash jarayonida ishlatiladi. Chap doira bir mavzuning o`ziga хos bo`lgan tomonlari, ung doirada ikkinchi mavzuning o`ziga хos tomonlari yozib chiqiladi. Doiralarning tutashgan joylaridan esa ikkala mavzuning umumiy tomonlarini ko`rsatish uchun foydalaniladi.
Venn diagrammasi ustida ishlash jarayonini qo`yidagicha amalga oshirish tavsiya etiladi:
1. Aqliy хujum yordamida taqqoslashning asosiy parametrlarini aniqlashdir.
2. Venn diagrammasi ustida ishlash.
3. Taqqoslash natijalarining prezentasiyasi.
Bu ko`rinishdagi interaktiv ish o`quvchilarning aktiv ishtirokida bajarilib, analitik fikrlash ko`nikmalarni hosil bo`lishiga yordam beradi.
Syogun-Yaponiyada harbiy qo’mondon
Sahva -Koreyada konfutsiy tarafdorlarini qatl ettirish
Imjin urushi -1592 1598 yillarda bo’lgan Yaponiya Koreya urushi
Simin -Yaponiyada shaxarliklar toifasi
Tongsina-Yaponiyaga Koreya tomonidan yuborilgan missiyalar
Joksan -hozirgi Cheonan hududi
Kobuksonlar-toshbaqa kemalar
Lyubyon-Koreyada vujudga kelgan qo’zg’alonchilar guruhi nomi
Sengoku – Yaponiyada urushayotgan viloyatlar davri
Ovari -hozirgi Ayti profekturasi
Bakuxan -Yaponiyada syogun knyazlik nomi
Xulosa Tarixdan maʼlumki, barcha davlatlar savdo aloqalarini rivojlantirish, doʼstlik munosabatlari oʼrnatish, xalqaro hamkorliklar qilish maqsadida qoʼshni va xorijiy davlatlar bilan diplomatik aloqalar olib borganlar. So’nggi o’rta asrlar davri tarixida muhim oʼrin tutgan Yaponia va Koreya tashqi aloqalarni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratganlar. Ular tashqi siyosatda bir birlari bilan shuningdek boshqa davlatlar o’rtasida savdo hamda diplomatik munosabatlar oʼrnatishgan va davlatlar oʼrtasida doimiy elchilik almashinuvi boʼlib turgan.
So’ngi o’rta asrlarga kelib nisbatan birlashgan Yaponiya davlat Koreyaga bosqinchilik yurishlarini boshlaydi .Tashqi aloqalarda tajavuzkorlik yo’lidan ketadi.Bu vaqtda Koreya kuchsiz bo’lib ichki kurashlar natijasida qolgan davlatlarga nisbatan ancha ortda edi.Koreys qo’shinlarining muntazam emasligi ham Yaponiya hujumi vaqtida koreys mag’lubiyatining asosiy sababi bo’lib qoldi.
Urush yetti yil davom etgan bo’lsada ikki o’rtada juda kattayo’qotishlarga olib keldi.Ayniqsa Koreya xalqi uchun Imjin urushining asoratlari oqibatida xalq nochor axvolda qoldi.Davlat bir necha yil o’zini o’nglab olomadi.Ko’p vaqt o’tar o’tmay , Yaponiyadan so’ng manjurlar tomonidan Koreys davlati egallanib vassal davlatga aylantirildi .
Yaponiyada Xidayosining vafot etishi bilan uning tajavuzkorlik harakatlari to’xtab qoldi.Askarlar tarqalishi yuz berdi .Natijada hukumat qo’shinlarni chaqirib olish siyosatini olib bordi .Shu tariqa ko’plab yo’qotishlarga sabab bo’lgan Imjin urushi sulh tuzish bilan yakuniga yetdi