Soliqlarni belgilari. Soliqlarni davlat budjeti daromadlardagi o’rni Reja: 1



Download 168,5 Kb.
bet5/7
Sana30.12.2021
Hajmi168,5 Kb.
#196160
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
referat soliq belgilari

4. Soliqlarning obyektiv zarurligi


Soliqlar davlatning paydo bo`lgan qadimgi davrlardan, ya'ni quldorlik tuzumidan boshlab mavjuddir. Lekin, xususiy mulkchilik tugatilib, davlat mulkchiligi hukmron sho`ro davrida soliqlar o`rniga markazlashgan rejalashtirish mohiyatiga mos keladigan majburiy to`lovlar va ajratmalar joriy etilgan edi. U davrda soliqlarni tamomila qoralangan, ularni qo`shimcha ekspluatatsiya quroli deb atalgan.

Shuning uchun ham soliqlarni zarurligining faqat davlatni paydo bo`lishi bilan bog`lash hamisha ham to`g`ri bo`lmaydi. Soliqlarning zarurligi bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat tomonidan iqtisodiyotda va ijtimoiy hayotda muayyan vazifalar bajarilishi zarur ekanligidan kelib chiqadi. Davlat o`z funksiyalarini toiiq bajarish uchun albatta moliyaviy manbalarga suyanishi lozim. Buning yagona yo`li soliqlardir.

Bozor iqtisodiyoti davrida davlatning an'anaviy funksiyalaridan tashqari, ya'ni ta'lim tarbiya, xalq xo`jaligini boshqarish, mamlakat xavfsizligini ta'minlashdan tashqari, aholini ijtimoiy himoya qilish ham zarurdir. Ana shu funksiyalarni moliyaviy mablag` bilan ta'minlash uchun soliqlar xizmat qiladi.

lkkinchi tomondan, soliqlarning zarurligini bozor iqtisodiyotining iqlisodiy

qonunlari talablardan kelib chiqadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik shakllari nihoyatda xilma-xil bo`ladi va har birmulk shakli teng huquqlidir. Mulk egalarining mulki daxlsizdir. Bunday sharoitda davlat o`z xohishicha va istagancha ular mulkini davlat mulkiga ajratma yoki boshqa to`lovlar bilan jalb qilib ololmaydi. Bozor iqtisodiyotining mohiyati yuqori erkinlik, demokratiyani ifoda etganligi uchun har xil mulk egalarining mulkidan umumdavlat ehtiyojlari uchun ham foydalanish faqat demokratik yo'1soliqlar orqali amalga oshiriladi.

Shunday ekan, bozor iqtisodiyoti qonunlarining mohiyatiga tushungan davlat uning rang-barang staikturasini yaratadi, turli mulk shaklidagi korxona, birlashma, firma, shirkat, ijara, xususiy korxonalarni ko`paytiradi. Bu esa o`z navbatida davlatga soliq to`lovchilarning sonini ko`paytiradi va soliq obyektlari doirasini kengaytiradi.

Bu davrda korxona, birlashma xilma-xil tashkilotlar va aholi keng damokratik huquqlarga ega bo`lganligi uchun ular bilan davlat o`rtasidagi munosabat faqat soliqli munosabat bo`ladi. Demak, bozor iqtisodiyoti soliqlarni obyektiv zarur qilib quyadi.


Soliqlar quyidagi funksiyalarni bajaradi:

- xazina (fiskal) funksiyasi; - rag`batlantirish funksiyasi; - nazorat funksiyasi.

Ayrim iqtisodchilar bu funksiyalar safiga taqsimlash va iqtisodiyotni tartibga solishni ham qo`shadilar. Lekin, fikrimizcha, soliqlar asosan 3 ta funksiyani bajaradi. Bular xazina, rag`batlantirish va taqsimlash fuksiyalaridir.

Xazina (Fiskal) funksiyasi (fiskal lotincha Fiscus so`zidan olingan bo`lib, g`azna degan ma'noni anglatadi). Fiskal funksiya davlatning iqtisodiyotga aralashuvi uchun obyektiv shart-sharoit vujudga keltiradi.

Budjet daromadlarini ta'minlash soliq tizimi vazifalaridan bittasi xolos. Soliq tizimi ana shu vazifani hal etar ekan, jamg`arma va ishlab chiqarishning o`sish jarayonlariga to`sqinlik qilmasligi, ijtimoiy adolatni buzmasligi, xalq xo`jaligi tarkibiy tuzilishiga salbiy ta'sir etmasligi, bozor jarayoniga putur yetkazmasligi zarur.

Bozor munosabatlarning shakilanishi va rivojlanishi sharoitida aynan soliqlar davlatning iqtisodiyotga ta'sir o`tkazishidagi asosiy vositalardan biri bo`lib qolmoqda. Davlatning iqtisodiy funksiyalari bajarilishi orqali xo`jaligining rivojlanishi rag`batlantiriladi, shuning barobarida soliqlarning xazina (fiskal) funksiyasi uchun bazani kengaytiriladi. Oqilona tashkil etilgan davlat soliq siyosati soliqlar mexanizmini ishlab chiqarishni rag`batlantirish, rivqjlantirish uchun foydalanishga imkon beradi.

Soliqlarning izga solib turuvchi sifatidagi funksiyasining ahamiyati bozor sharoitida o`sib boradi, bu davrda tadbirkorlarni ma'muriy qaram qilish usullari yo`q bo`lib ketadi yoki juda oz holda qoladi, korxonalar faoliyatini farmoishlar, ko`rsatmalar va buyruqlar yordamida idora qilish huquqiga ega boigan «yuqori tashkilot» tushunchasining o`zi asta-sekin yo`qola boradi. Biroq, iqtisodiy faollikni izga solib turish, uning rivojlanishini jamiyat uchun maqbul bo`lgan yo`nalishda rag`batlantirish zaruriyati saqianib qoladi.

Shunday qilib, soliqlarning rag`batlantirish funksiyasi orqali ishlab chiqarish korxonalari yangi tashkil etilgan paytlarida soliqlardan ozod etiladi va boshqa imtiyozlar beriladi. Ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish korxonalarga soliq



Download 168,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish