Jismoniy shaxslarning ish haqlari, mukofot pullari va boshqa daro-madlari summalaridan soliq quyidagi miqdorda undiriladi (2007-yil 1-yanvardan boshlab).
Bunda, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21dekabrdagi «FuqaroIarning jamg`arib boriladigan pensiya ta'minoti to'g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi qonuni amalga oshirish chora-tadbirlari haqidagi 595sonIi qarori 2-bandiga ko`ra budjetga to`lanadigan, amaldagi stavkalar bo`yicha hisoblab chiqarilgan soliq summasi fuqarolarning shaxsiy jamg`arib boriladigan pensiya hisob raqamlariga yo`naltiriladigan majburiy har oylik badallar (xodimning bisoblangan isb haqi (daromad)ning 1 % miqdorida) sumtnasiga kamaytiriladi.
Soliq solish maqsadlari uchun eng kam ish haqining miqdori yil boshidan e'tiboran ortib beruvchi yakun tarzida hisoblanadi (yil boshidan e'tiboran tegishli davr uchun eng kam ish haqining oylik miqdori summasi).
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zararli va og`ir sharoitli ishlarda band bo`lgan jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun, shuningdek, tabiiy iqlim sharoitlari yomon joylarda ishlash bilan bog`liq bo`lgan qo`shimcha to`lovlar bo`yicha imtiyozli daromad solig`i stavkalarini belgilashga haqli.
Jismoniy shaxslarga to`lanadigan dividendlar va foizlarga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan stavkalar bo`yicha to`lov manbasida soliq solinadi.
Norezident jismoniy shaxslarning doimiy muassasa bilan bog`liq bo'1magan holda O`zbekiston Respublikasidagi manbada olingan daromadlarga ularni to`lash manbasida chegirmalarsiz quyidagi tartibdagi soliq stavkalari asosida soliq solinadi:
dividend va foizlar - 15 %
O`zbekiston Respublikasi bilan boshqa davlatlar o`rtasida harakat qilishda xalqaro aloqa uchun telekommunikatsiyalar yoki transport xizmatlari (fraxtdan daromadlar) - 6 %
royalti, ijaradan olingan daromadlar, xizmatlar ko`rsatish shu jumladan, boshqaruv, maslahat xizmatlari ko`rsatishdan keladigan daromadlar va boshqa daromadlar, daromad solig`i solingan daromadlar (foyda) bunga kirmaydi - 20 %. 4-§. Jismoniy shaxslarni daromad solig`i bo`yicha imtiyozlari
O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga binoan quyidagi jismoniy shaxslar daromad solig`idan ozod etiladi. I. To`laligacha:
xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalarning boshliqlari va a'zolari hamda konsullik muasssalarning mansabdor shaxslari, ulaming o`zlari bilan birga yashaydigan oila a'zolari, agar ular O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lmasi, O`zbekiston Respublikasidagi mansablaridan olinadigan diplomatik va konsullik xizmati bilan bog`liq bo`lmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari bo`yicha;
xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalarning ma'muriy-texnik xodimlari va ularning o`zlari bilan birga yashaydigan oila a'zolari, agar ular O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lmasa yoki O`zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, - O`zbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatik va konsullik xizmati bilan bog`liq bo`lmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari bo`yicha;
xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalariga, konsullik muassasalariga xizmat ko`rsatadigan xodimlar tarkibiga kiigan shaxslar, agar ular O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lmasa yoki - O`zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, o`z xizmati yuzasidan olingan barcha daromadlari bo`yicha;
hukumatga qarashli bo`lmagan xalqaro tashkilotlarning mansabdor shaxslari, agar ular - O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`Imasa, ushbu tashkilotlarda olgan daromadlar bo`yicha;
xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalari va konsulning muassasalari xodimlarining uylarida ishlovchilar agar ular O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lmasa yoki O`zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, o`z xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlar bo`yicha;
mudofaa, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, milliy xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari, ichki ishlar organlari va bojxona organlarning oddiy xizmatchilari va boshliqlari tarkibiga mansub shaxslar, shuningdek o`quv yoki sinov yig`inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarxizmatni o`tash (xizmat vazifasini bajarish) munosabati bilan olgan pul ta'minoti, pul mukofotlari va boshqa to`lov summalari bo`yicha;
gastrol-konsert faoliyati bilan shug`ullanish huquqini beruvchi litsenziyasi bo`lgan shaxslar, gastrol-konsert faoliyatidan olingan daromadlar bo`yicha;
prokuratura organlarining daraja unvonlariga ega bo`lgan hodimlar. II. Har bir to`liq oy uchun eng kam ish haqining turt barobari miqdorida:
«O`zbekiston Qahramoni», «Sovet Ittifoqi qahramoni», «Mehnat Qahramoni» unvonlariga sazovor bo`lgan shaxs
III. Xulosa.
Do'stlaringiz bilan baham: |