Soliqlar va soliqqa tortish


-jadval Soliq turlari bo’yicha soliq to’lovchilar sonining 2019-yilda o’zgarishi2



Download 473,41 Kb.
bet4/11
Sana09.08.2021
Hajmi473,41 Kb.
#142784
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
AbduraximovSh Kurs ishi(tayyor)

1-jadval

Soliq turlari bo’yicha soliq to’lovchilar sonining 2019-yilda o’zgarishi2



Soliqlar nomi

Soliq to'lovchilar soni

Farq

O'sish (karrasiga)

01.01.2019 Yil holatiga

01.12.2019 Yil holatiga

1

Qo'shilgan qiymat solig'i

6 769

82 162

75 393

12,1

2

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i

7 575

48 838

41 263

6,4

3

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq

9 261

64 966

55 705

7

4

Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'i

12 887

74 707

61 820

5,8

5

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

3 443

50 898

47 455

14,8

6

Yagona soliq to'lovi

163 824

178 165

14 341

1,09

7

Yakka tartibdagi tadbirkorlar(faoliyat yuritayotgan)

241 780

243 780

2 000

1,01

Yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turibdiki ayrim turdagi soliqlar to’lovchilari keskin ravishda o’sgan. Jadvalda bir qiziq jihat mavjud va bu qiziqarliligi shundaki, to’lovchilar sonida keskin o’zgarish bo’lgan soliqlarning barchasi asosan yuridik shaxslarga tog’ri keladi. Chunki 2019-yili 1-yanvardan kuchga kirgan yangi soliq konsepsiyasiga ko’ra aylanmasi 1 mlrd. dan ortiq bo’lgan barcha xo’jaliklar umumbelgilangan soliqqa tortish tizimiga o’tkazildi va oldin asosan yagona soliq to’lovchisi bo’lgan ko’plab korxonalar ushbu tizimga o’tkazildi. Shuning uchun qo’shilgan qiymat solig’i, yuridik shaxslar to’laydigan foyda solig’i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslar to’laydigan yer solig’i to’lovchilari mos ravishda 12.1, 6.4, 7 va 5.8 marta ortgan. Shu jumladan, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’lovchilari eng ko’p o’sishga erishgan 14.9 marta hamda buning natjasida ushbu soliq bo’yicha tushum ham salmoqli o’sishga erishgan va 2019-yilda 314.5 mlrd so’mga yetgan, mos ravishda umumiy byudjet daromadlaridagi ulushi 0.2 foizga teng bo’lgan.



2-jadval

O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti va resurs soliqlari tarkibida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning tutgan o‘rni3

Daromad manbalari nomi

2018 yil

2019 yil

2020 yil(prognoz)

Byudjetga tushumlar, jami. Shu jumladan:

62230

102627,70

128460

Bevosita soliqlar

15440

29125,60

40721,8

Davlat byudjetiga nisbatan salmog'i, %

24,8

28,4

31,7

Bilvosita soliqlar

31989

47141,1

58192,4

Davlat byudjetiga nisbatan salmog'i, %

51,4

45,9

45,3

Resurs to‘lovlari va mol-mulk solig‘i

9714,4

16796,3

20690,4

Davlat byudjetiga nisbatan salmog'i, %

15,6

16,4

16,1

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq(jami)

128,4

314,5

347,7

Davlat byudjetiga nisbatan salmog'i, %

0,1

0,2

0,2

Resurs soliqlariga nisbatan salmog‘i %

1,3

1,9

1,7

Boshqa daromadlar

5086,4

9 564,70

8806,5

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning iqtisodiy ahamiyatini yanada yaxshiroq tahlil qilish uchun ushbu soliq turining so’ngi yillardagi davlat byudjeti daromadlarida tutgan o’rni bo’yicha dinamikasini ko’rib chiqamiz(2-jadval). Bunda biz suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning davlat byudjeti va resurs soliqlari tarkibidagi o’rnini tahlilini ko’ramiz.

Biz yuqoridagi jadvaldan ko’rishimiz mumkinki, umumiy byudjetga nisbatan olinganda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hajmi juda kichik – 2019 va 2020 yillarda davlat byudjetidagi salmog’i 0,2 foiz, 2018-yilda esa 0,1 foizni tashkil etgan xolos. Resurs soliqlariga nisbatan ko’radigan bo’lsak, bu yerda ham suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq unchalik katta ulushga ega emasligiga guvoh bo’lishimiz mumkin. 2018-yilda 1,3 foiz ulushga ega bo’lgan bo’lsa, 2019 va 2020-yillarda mos ravishda 1,9 va 1,7 foiz resurs soliqlari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqqa to’g’ri kelgan. Lekin rejani boshida ta’kidlanganidek ushbu soliq asosan ijtimoiy maqsadalarni amalga oshiradi.

Yuqorida bayon etilganidek suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’lovchilari keskin o’sdi. Bu to’lovchilar sifatida biz quyidagilarni e’tirof etamiz:



  • o‘z faoliyatida suvdan foydalanuvchi yuridik shaxslar;

  • faoliyatini O’zbekiston Respublikasida doimiy muassasalari orqali amalga oshirayotgan O’zbekiston Respublikasi norezidentlari bo’lgan yuridik shaxslar;

  • dehqon xo‘jaliklari (yuridik shaxs tashkil etgan va yuridik shaxs tashkil etmaydigan)

  • tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun;4

O‘zbekistonda asosiy, davlat byudjeti daromadlarini ushbu manba bo‘yicha “ob-havo” qiladigan, ya’ni ta’minlab beradigan soliq to‘lovchilar bo‘lib Shirin GRESi, Taxiyatosh GRESi, Toshkent GRESi va boshqa shu kabi GRESlar hisoblanishadi.

Soliqqa tortishning alohida tartibi o‘rnatilgan to‘lovchilar hamda notijorat tashkilotlar asosiy faoliyat turi bilan bir qatorda boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullansalar, ular alohida hisob olib borishlari va shu faoliyatda foydalaniladigan suv hajmidan kelib chiqib suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lashlari kerak.

Yuridik shaxslar suvdan foydalanish joyida davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatga olinish joyidan qat’i nazar, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘laydilar. Aholi punktlarining suv ta’minoti uchun suv yetkazib beruvchi yuridik shaxslar o‘z faoliyatida ishlatiladigan suv uchungina soliq to‘lovchilar hisoblanadi.

Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan binolar bir qismi, ayrim xonalar boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga topshirilganida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni “Suvoqava” tizimi korxonalari yoki suv xo‘jaligi organlari yoxud boshqa korxonalar bilan suv yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma tuzgan ijaraga beruvchilar to‘laydilar.

Bino (xona)ni ijaraga olgan va o‘zlari suv yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma tuzgan yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni mustaqil ravishda to‘laydilar.

Amaldagi korxonalar va tashkilotlar hududida ta’mirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajaradigan yuridik shaxslar ushbu ishlarni bajarish jarayonida foydalaniladigan suv uchun soliq to‘lamaydilar. Ta’mirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajarish chog‘ida foydalaniladigan suv hajmi uchun soliqni ular uchun ushbu ishlar bajariladigan korxona va tashkilotlar to‘laydilar. Yangi qurilish maydonchasida qurilish ishlarini bajarish chog‘ida qurilish paytida foydalaniladigan suv hajmi uchun soliqni qurilish tashkiloti to‘laydi.

Mulkchilik va bo‘ysunish shaklidan qat’i nazar issiq suv va bug‘ uzatuvchi korxonalar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni ular tomonidan yuzadagi va yerosti manbalaridan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun ishlatilgan suv resurslari hajmi uchun to‘laydilar.

Soliqqa solish obyekti haqida gapiradigan bo’lsak, yerusti va yerosti manbalaridan foydalaniladigan suv resurslari soliq solish obyekti hisoblanadi.

Yerusti manbalariga daryolar, ko‘llar, suv omborlari, yer yuzasidagi boshqa havzalar va suv manbalari, turli xil kanal va hovuzlar kiradi.

Yerosti manbalariga artezian quduqlar va skvajinalar, vertikal va gorizontal zovur tarmog‘i kiradi.

Lekin ayrim hollarda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq obyekti sifatida tan olinmaydigan mustasno holatlar mavjud. Bular quyidagilar:

1) notijorat tashkilotlar tomonidan notijorat faoliyatni amalga oshirish doirasida foydalaniladigan suv resurslari;

2) sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan davolash maqsadida foydalaniladigan yer osti mineral suvlari, bundan savdo tarmog‘ida realizatsiya qilish uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;

3) atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatishining oldini olish maqsadida chiqarib olingan yer osti suvlari, bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;

4) shaxtadan suvlarni qochirish uchun, foydali qazilmalarni qazib olish paytida chiqarib olingan va qatlamdagi bosimni saqlab turish uchun yer qa’riga qayta quyiladigan yer osti suvlari, bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;

5) gidroelektrostansiyalar gidravlik turbinalarining harakati uchun foydalaniladigan suv resurslari;

6) issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik elektr markazlari tomonidan qayta quyiladigan suv resurslari;

7) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sho‘rlangan yerlarni yuvish uchun foydalaniladigan, suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan sho‘rlarni yuvish normalari doirasidagi suv resurslari.5




  1. SUV RESURSLARIDAN FOYDALANGANLIK UCHUN SOLIQNI HISOBLASH VA BYUDJETGA TO’LASHNING AMALDAGI HOLATI TAHLILI

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning joriy etilishi, uning iqtisodiy ahamiyati va ba’zi bir elementlari haqida yuqorida qisqacha tahlil olib borildi. İndi ushbu soliq turini hisoblash va byudjetga undirish mexanizmi haqida quyida to’xtalib o’tamiz.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq turini hisoblash uchun dastlab ushbu soliq turining bazasi va stavkalariga to’xtalib o’tamiz. 2019-yildan beri ayrim turdagi soliqlardan tashqari barcha soliqlarning stavkalari Soliq kodeksida qayd etilib kelinmoqda. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari aynan o’sha maxsus turdagi har yili alohida qonun orqali stavkalari belgilanadigan soliq turidan biri hisoblanadi. 2020-yil uchun stavkalar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil 9-dekabr kuni imzolangan O’RQ-589-sonli “O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to’g’risida” gi qonunda belgilab qo’yilgan.(3-jadval)

Quyidagi jadvaldan ko’rishimiz mumkinki, stavkalar 6 turga ajratilgan va shu 6 tur bo’yicha 6 xil tarzda belgilangan. Shuningdek, stavkalar kelib chiqish manbasiga ko’ra ham yer osti va yer usti manbaalar bo’yicha farqli qilib belgilangan. Albatta, yer osti manbaalaridan foydalanilganda stavka balandroq bo’ladi. Chunki yer osti suvlari aksariyat hollarda ichishga yaroqli chuchuk suv bo’ladi. Ushbu jadvalda alohida ko’zga tashlanadigan yana bir jihat bu faoliyati bevosita suvga bog’liq sohalar uchun stavkalar qolganlarnikiga nisbatan anchagina yuqori. Misol uchun alkogolli va alkogolsiz ichimlik ishlab chiqaruvchilarga yer osti va yer usti manbaalari uchun soliq stavkalari 1 kub metr uchun 21 900 so’mni tashkil etgan va ikkala manbaa uchun ham bir xil stavka belgilangan yagona soha ham aynan shu hisoblanadi. Aksincha, ijtimoiy sohalar uchun esa soliq stavkalari nibatan anchagina past hisoblanadi. Misol uchun elektr stansiyalari ishlatilgan yer osti va yer usti suvlarining har bir kub metri uchun mos ravishda 60 va 35 so’m soliq to’laydi.



3-jadval

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning 2020-yil uchun stavkalari6

T/r

To’lovchilar


Download 473,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish