Soliqlar va soliqqa tortish



Download 473,41 Kb.
bet7/11
Sana09.08.2021
Hajmi473,41 Kb.
#142784
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
AbduraximovSh Kurs ishi(tayyor)

2-misol. Sanoat korxonasining 2019-yil uchun vodoprovod tarmog’idan foydalanilgan umumiy suv hajmi suv o’lchagich asboblari ko’rsatkichlari bo’yicha 9000 m.kub. ni tashkil etgan. Shunda,

    • yer usti manbaalaridan foydalanilgan suv hajmi – 7956,9 m.kub. (9000*88.41%)

    • yer osti manbaalaridan foydalanilgan suv hajmi – 1197 m.kub. (9000*11.6%)

    • to’lanishi lozim bo’lgan soliq summasi esa – S=(7956,9*360) + (1197*430)=3 379 194 so’m.

3-misol. Yagona soliq to’lovchi kichik korxona gazlangan suv chiqarish bilan shug’ullanadi. Uning bir yillik ishlab chiqarish hajmi 100 000 litrni tashkil etadi. Yer osti va yer usti manbaalaridan foydalanilgan suv hajmining suv o’lchagich asboblari orqali aniqlangan hajmi 550 m.kub. ni tashkil etadi. Alkogolsiz ichimlilar ishlab chiqaruvchilar uchun soliq stavkasi 2019-yilda quyidagicha bo’lgan:

    • alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi bo’yicha, suv resurslarining manbaalaridan (yer osti va yer usti) qat’iy nazar – 19 040 so’m/kub.m;

    • boshqa maqsadda ishlatilgan suv hajmi bo’yicha(mos ravishda yer usti va yer osti manbaalaridan) – 120 so’m/kub.m va 150 so’m/kub.m.

To’lanishi lozim bo’lgan soliq summasi quyidagicha aniqlanadi :

  • 1 kub.m=1000 litr bo’lsa, 100000 litr=100 kub.m bo’ladi. S1=100kub.m*19 040so’m/kub.m=1 904 000 so’m;

  • yer usti manbaalaridan foydalanilgan suv hajmi – 486,25m.kub. (550*88.41%)

  • yer osti manbaalaridan foydalanilgan suv hajmi – 63,75 m.kub. (550*11.6%)

  • S2=(486,25*120)+(63,75*150)=67 912,5 so’m

  • umumiy to’lanishi kerak bo’lgan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq - S= S1+S2= 1 904 000+67912,5=1 971 912,5 so’m

Suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyidagi soliq organlariga quyidagilar tomonidan yilda bir marta soliq hisoboti taqdim etiladi:

O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan, bundan qishloq xo‘jaligi korxonalari mustasno — yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda;

qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan — joriy soliq davrining 15-dekabrigacha;

O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — soliq davridan keyingi yilning 20-yanvarigacha.

Soliq organlari soliq to‘lash to‘g‘risidagi to‘lov xabarnomasini dehqon xo‘jaliklariga soliq davridan keyingi yilning 1-fevralidan kechiktirmay topshiradi.

Soliqni to’lash jarayoni ham o’ziga xos bo’lib, bu jarayon Soliq kodeksida quyidagicha bayon etilgan:

“Soliq davri mobaynida soliq to‘lovchilar soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarni to‘laydi, bundan qishloq xo‘jaligi korxonalari, O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek dehqon xo‘jaliklari mustasno.

Bo‘nak to‘lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq to‘lovchilar joriy soliq davrining 20-yanvarigacha, yangi tashkil etilganlari esa davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay, suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyidagi soliq organlariga mo‘ljallanayotgan soliq bazasidan (foydalaniladigan suv hajmidan) va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davri uchun soliq summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etadi. Soliq bo‘yicha majburiyatlari soliq davri ichida yuzaga kelgan soliq to‘lovchilar soliq summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani soliq majburiyati yuzaga kelgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay taqdim etadi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan bo‘nak to‘lovlar:

soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan ko‘proqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar mustasno) — har oyning 20-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida;

soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan kamroqni tashkil etadigan, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar bo‘lmagan yuridik shaxslar, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — har chorak uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining to‘rtdan bir qismi miqdorida to‘lanadi.

Soliq davri davomida mo‘ljallanayotgan soliq bazasi o‘zgarganda, soliq to‘lovchi soliq summasi to‘g‘risida aniqlashtirilgan ma’lumotnoma taqdim etishga haqli. Bunda soliq davrining qolgan qismi uchun bo‘nak to‘lovlarga soliqning o‘zgargan summasiga teng ulushlarda tuzatish kiritiladi.

Soliq davri uchun bo‘nak to‘lovlar hisobga olingan holda soliqni to‘lash soliq to‘lovchilar tomonidan, bundan dehqon xo‘jaliklari mustasno, suvdan foydalanish yoki suv iste’moli joyida, soliq hisoboti taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Soliq davri uchun bo‘nak to‘lovlar summasi soliq hisobotida ko‘rsatilgan budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq miqdorga kamaytirilgan taqdirda, soliq organi bo‘nak to‘lovlarni soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qaytadan hisob-kitob qiladi.

Dehqon xo‘jaliklari tomonidan soliqni to‘lash yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1-mayigacha amalga oshiriladi.” 8

Mana ko’rib turibmizki, soliqqa tortish va soliq to’lash jarayoni qolgan turdagi soliqlarnikidan farq qiladi va o’ziga xoslikka ega. Bunda, bo’nak to’lov to’lash yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ida ham mavjud. Yuqorida tahlil qilinganidek, ushbu soliq turi bo’yicha yilda bir marta hisobot topshiriladi. Lekin bo’nak to’lovlari hajmiga qarab o’n ikki marta yoki 4 marta to’lanadi. Buning sababi byudjet daromadlari va xarajatlarining mutanosibligini ta’minlashdir. Xuddi shuningdek yer va mol-mulk solig’i uchun ham yilda bir marta hisobot topshirilsada to’lov ikkiga bo’lingan holda to’lanadi. Yana bir alohida o’ziga xos jihatlaridan biri bu soliq to’lovini dehqon xo’jaliklarining bir yilda bir marta to’lashidir. Kurs ishining avvalida ta’kidlanganidek, O’zbekistonda dehqonchilik asosan sug’oriladigan yerlarda amalga oshirilgani uchun dehqon xo’jaliklari faoliyatini suvsiz tasavvur qila olmaymiz. Shuning uchun ular ekinlarni sug’orish jarayonida juda ko’p suv ishlatishadi va bu suvlar ko’pincha oqava suvlar(daryo, kanal) orqali ta’minlanadi. Bunday hollarda sarflangan suv hajmi alohida usul orqali aniqlanadi.





  1. Download 473,41 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish