XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH
So’ngi yillarda O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish va mamlakat iqtsidiyotini yanada liberallashtirish uchun juda keng qamrovli islohotlar amalga oshirilda va bu islohotlar hozirgi kunda ham davom etmoqda. Xususan davlat fiskal siyosati ham butunlay qayta tanqidiy ko’rib chiqildi va bir qator yirik o’zgarishlar amalga oshirildi.
2017-yil 7-fevral kuni qabul qilingan “O’zbekistonni 2017-2021-yillarda yanada rivojlantirish Harakatlar strategiyasi” so’ngi yillarda fiskal sohada amalga oshirilgan islohotlarning qonuniy asosi vazifasini bajardi. Bevosita uchinchi yo’nalish iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish bo’lib, o’z navbatida bir necha qismga bo’linadi. Birinchi qismning uchinchi bandida ko’rsatilgan 2017-2021 yillarda davlat soliq va soliq ma’murchiligi tizimini yanada takomillashtirishga ko’ra so’ngi yillarda mamlakatimiz soliq qonunchiligi tizimida tub o’zgarishlar sodir bo’ldi. 2017-yil 18-iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni bilan soliq sohasidagi islohotlar boshlandi. So’ngi uch yil mobaynida soliqchilik tizimimiz deyarli butunlay o’zgartirildi va 40 dan ortiq bevosita soliq sohasiga aloqador normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, 2018-yil 29-iyunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining soliqsiyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to’g’risida” gi farmoni, 2019-yil 27-iyundagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoni yoki yana 2019-yil 10-iyuldagi “Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori yaqqol misol bo’la oladi. Bundan tashqari shu so’ngi uch yil mobaynida O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi ham ikki marotaba qayta butunlay tahrir qilindi va jadallik bilan o’zgarayotgan va rivojlanayotgan dunyo iqtisodiyotiga moslashtirildi.
Bu islohotlarning asosiy tashabbuskori prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning o’zi bir necha bor ushbu o’zgarishlarni O’zbekistonni yanada rivojlantirish yo’lida naqadar muhim ekanligini ta’kidladi. Xususan, prezident 2018-yil 28-dekabr kuni Oliy Majlisga murojaatnomasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan o’zgarishlar qatorida soliq islohotlarini ham alohida ta’kidlab o’tdi:” 2019 yildan boshlab joriy etilayotgan yangi soliq konsepsiyasining eng asosiy g‘oyasi soliq yukini kamaytirish, sodda va barqaror soliq tizimini qo‘llashni ko‘zda tutadi. Shu orqali iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish, tadbirkor va investorlar uchun har tomonlama qulay muhit yaratishga erishish mumkin.
Afsuski, yalpi ichki mahsulotda “yashirin” iqtisodiyotning ulushi katta bo‘lib, bu mamlakat rivojiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.
Soliq yukini kamaytirish, biznes yuritish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish “yashirin” iqtisodiyotga barham berishning yagona yo‘lidir. Shuning uchun bu borada ta'sirchan choralarni nazarda tutadigan alohida dastur ishlab chiqishimiz zarur.
Bundan tashqari, o‘zimizda ishlab chiqarilgan va import qilinayotgan yuqori likvidli mahsulotlar markirovkasini joriy etish bo‘yicha jadal ish olib borish talab etiladi.
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida mamlakat taraqqiyotining tayanchi bo‘lgan insofli, halol soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish, yashirin faoliyat yuritadiganlarni esa jazolash ko‘zda tutilishi shart.”1
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ushbu soliq islohotlari ayni damda ham davom etmoqda. Chunki erkin bozor iqtisodiyotiga o’tishda soliqlarning o’rni juda muhim hisoblanadi. Soliqlar mamlakat iqtisodiyotini, uning fiskal siyosatini yo’naltiruvchi asosiy richglardan biridir.
Ushbu kurs ishida so’ngi yillarda alohida e’tibor qaratilayotgan va iqtisodiy ahamiyatidan ijtimoiy ahamiyati ko’proq bo’lgan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, uning hisoblanishi va byudjetga undirish mexanizmi tahlili ko’riladi. Asosan sug’oriladiga yerlardan iborat mamlakat bo’lganligimiz uchun ushbu soliq turining ijtioiy ahamiyati ham anchagina katta. Shuning uchun bu soliqni hisoblash va byudjetga undirish tizimini iloji boricha kamchiliklardan xoli bo’lishi maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |