O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH” KAFEDRASI
USMANOVA MUXLISA SAGDULLAYEVNA
SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH (IIqism) “SOLIQ NAZARIYASI” FANIDAN
MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISH BO’YICHA
Ta’lim sohasi:
|
230000
| |
Ta’lim yo’nalishi:
|
5230800
|
Soliqlar va soliqqa tortish
|
USLUBIY KO’RSATMA
TOSHKENT-2021
“Soliqlar va soliqqa tortish (IIqism) “Soliq nazariyasi”” fanidan mustaqil ta’limni tashkil etish bo’yicha uslubiy ko’rsatma fan dasturi va ishchi o’quv dasturlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
|
Usmanova M.S.
|
– TMI, “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi.
|
|
|
|
Taqrizchilar:
|
Berdiyeva U..
|
–TMI, “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi dotsent v.b., PhD;
|
|
Tuxliyev B.
|
– TDIU, “Soliqlar va sug’urta ishi” kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari nomzod, dotsent.
|
Mustaqil ta’limni tashkil etish bo’yicha uslubiy ko’rsatma “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasining 2021-yil “___”- _________dagi “____”-sonli majlisida muhokama qilingan, muhokama qilish va tasdiqlash uchun institut o’quv-uslubiy Kengashiga tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri
|
i.f.n., dots. A.Amanov
|
Mustaqil ta’limni bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma institut o’quv-uslubiy Kengashining 2021-yil “___” _________dagi “____”-sonli) yig’ilishida muhokama qilingan va tasdiqlangan.
O’quv ishlari bo’yicha
prorektor
|
i.f.d., prof. A.Tuychiyev
|
KIRISH
Oliy ta‘limning davlat standartlari, malaka talablariga asosan “Soliqlar va soliqqa tortish” bakalavriat ta'lim yo‘nalishi o'quv rejasining ixtisoslik blokida “Soliqlar va soliqqa tortish (IIqism) “Soliq nazariyasi” fani o‘qitiladi. Ushbu fanni o‘qitish jarayonida soliqlarning mohiyati, belgilari, ob’ektiv zarurligi, soliq siyosati, soliq tizimi va soliqqa tortish nazariyalari haqidagi tushunchalarni chuqur bilishlari zarur. Buning uchun soliq nazariyasi fanini puxta o’zlashtirish kerak. Bu esa o’z navbatida soliq to’lovchilarning madaniyati va soliqqa oid bilimlarining yuksalishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi va chuqur o‘rganiladi.
“Soliq nazariyasi” fanini o’qitishdan maqsad - talabalarda soliqlar va soliqqa tortish munosabatlarining tarixi, elementlari, funktsiyalari va soliq tizimining nazariy asoslarini, O’zbekiston va iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda soliq tizimining shakllanish va rivojlanish evolyutsiyasini o’rganish bo’yicha bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdir.
Shu maqsadda “Soliq nazariyasi” fani bo‘yicha o‘qitishning ilg‘or pedogogik texnologiya qoidalari asosida uslubiy ko’rsatma ishlab chiqilgan.
Mazkur uslubiy ko’rsatmadan ko’zlangan maqsad, talabaning o‘qishi davomida olgan bilimini mustahkamlash, chuqurlashtirish va umumlashtirish hamda amaliy ko’nikmasini shakllantirishdan iboratdir.
Talaba bajaradigan amaliy ish orqali soliqqa tortish jarayonini o‘rganishda fanning biror bir mavzusini to‘laroq o‘zlashtiradi va mavzu belgilangan shaklda bajariladi. Ko‘nikma —insonning ilgarigi tajribalari asosida muayyan faoliyat yoki harakatni amalga oshirish qobiliyati. Ko‘nikmalar amaliy faoliyatga, bilimlarni amalda qo‘llay bilishga oid faoliyatning tarkibiy qismidir. Ko‘nikma faoliyatning maqsadi va sharoitlariga mutanosib ravishda harakatni muvaffaqiyatli bajarish usullaridir. U hamisha bilimlarga asoslanadi, mahorat (malaka)ning negizi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |