"Soliqlar va soliqqa tortish (IIqism) "Soliq nazariyasi"" fanidan mustaqil ta’limni tashkil etish bo’yicha uslubiy ko’rsatma fan dasturi va ishchi o’quv dasturlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqildi


-ilova MUSTAQIL TA’LIM UCHUN KO'RGAZMALI VOSITALAR



Download 37,42 Mb.
bet115/115
Sana27.09.2021
Hajmi37,42 Mb.
#187178
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115
Bog'liq
Солиқ наз. мустақил таълим 2021

2-ilova

MUSTAQIL TA’LIM UCHUN KO'RGAZMALI VOSITALAR

SOLIQ NAZARIYASI FANINING BOSHQA FANLAR

BILAN ALOQADORLIGINI IZOHLANG.






FANNI O’RGANISH OB’EKTLARINI IZOHLANG.







SOLIQLARNING PAYDO BO’LISH VA RIVOJLANISH BOSQICHLARINI ASOSLANG.



XIROJ SHAKLLARIGA IZOH BERING.

IX-X ASRLARDA YERLARNING TOIFAGA AJRATILISHINI

IZOHLAB BERING.




SOLIQLARNING UMUMIY BELGILARINI IZOHLANG.






2-ilova

REFERAT

SOLIQQA TORTISH TAMOYILLARIGA IZOH BERING.



SOLIQ QONUNCHILIGI TAMOYILLARIGA IZOH BERING



SOLIQ ELEMENTLARINI IZOHLANG.




SOLIQ STAVKALARINI GURUHLANG.


SOLIQ STAVKALARINING TURLARINI IZOHLANG.



SOLIQ IMTIYOZLARINI BELGILASH MEZONLARINI IZOHLANG.



DAVLAT BYUDJETI DAROMADLARINING ASOSIY KO’RSATKICHLARINI O’ZGARISH DINAMIKASIGA IZOH BERING1



Кўрсаткичлар

2016 йил

2017 йил

2018 йил

2019 йил режа

млрд.

сўм


%да

млрд.

сўм


%да

млрд.

сўм


%да

млрд.

сўм


%да

Давлат мақсадли жамғармалардаромадларисиз - жами

40505,8

100

44469,6

100

62229,5

100

102627,6

100

Тўғри солиқлар

9338,5

23,0

10674,2

24,0

12805,4

20,6

29125,5

28,4

Юридик шахслардан олинадиган фойда солиғи

1266

3,1

1291,1

2,9

2510,9

4,0


15 980,0

15,6

Савдо ва умумий овқатланиш корхоналаридан олинадиган ягона солиқ тўловидан давлат бюджетига ажратмалар

1383,2

3,4

1613,2

3,6

1907,6

3,1


-

-

Ягона солиқ тўловидан давлат бюджетига ажратмалар

1237,9

3,1

1622,8

3,6

2110,5

3,4


1192,1

1,2

Жисмоний шахслардан олинадиган даромад солиғи

4040,4

10,0

4476,1

10,1

5198,8

8,4


11 367,4

11,1

Тадбиркорлик фаолийати билан шуғулланувчи юридик ва жисмоний шахслардан олинадиган қатъий солиқ

742,5

1,8

831,7

1,9

1077,6

1,7

586,0



0,6

Ободонлаштириш ва ижтимоий инфратузилмани ривожлантириш солиғи

668,5

1,7

839,3

1,9

-

-



-

-

Эгри солиқлар

22298,1

55,1

24285,4

54,6

33404,3

53,7


47 029,8

45,8

Қўшилган қиймат солиғи

12505

30,8

13422,1

30,2

22019,4

35,4

35 993,5

35,1

Акциз солиғи

6480

16,0

6870,8

15,5

8343,8

13,4

9 017,5

8,8

Божхона божи

1717,4

4,2

1632,2

3,7

1415,3

2,3


2 018,8

2,0

Транспорт воситаларига бензин, дизел ёқилғиси ва газ ишлатганлик учун олинадиган солиқ

1595,7

4,0

1940,3

4,3

1323,2

2,1


-

-

Абонент рақамидан фойдаланганлик учун тўлов

-

-

420,0

0,9

302,5

0,5


-

-

Мол-мулк солиғи ва ресурс тўловлари

5806,5

14,3

6049,5

13,7

9714,5

15,6



16 906,0

16,5

Мол-мулк солиғи

1874

4,6

1988,8

4,5

2158,9

3,5


1851,1

1,8

Ер солиғи

873,5

2,1

1102,5

2,5

1266,6

2,0


1834,3

1,8

Ер қаъридан фойдаланганлик учун солиқ

2874,6

7,1

2746,3

6,2

6203,1

10,0


12 952,1

12,6

Сув ресурсларидан фойдаланганлик учун солиқ

184,4

0,5

211,9

0,5

85,9

0,1


268,5

0,3

Устама фойда солиғи

390,2

1,0

723,2

1,6

1367,7

2,2


130,0

0,1

Бошқа даромадлар

2672,5

6,6

2737,3

6,1

4937,6

7,9


9 436,3

9,2



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO’MITA

TASHKILIY TUZILMASINI TUSHUNTIRING




SOLIQ SIYOSATINING YO’NALISHLARINI IZOHLANG.


SOLIQQA TORTISH USULLARIGA IZOH BERING



3-ilova

namuna
REFERAT



MAVZU: “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soliqlar va uning vazifalari”
REJA:
Kirish

  1. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati, obyektiv zarurligi va xususiyatlari.

  2. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soliqlarning davlat moliyaviy resurslarini shakllantirishdagi tutgan o’rni va amaldagi holati

  3. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soliq tizimini takomillashtirish yo’nalishlari

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH

Respublikamizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning muvaffaqiyati iqtisodiyot sub’ektlari faoliyatlarini yanada erkinlashtirishga yaratilgan shart-sharoitlarga chambarchas bog’liq. Respublika iqtisodiyotida ishlab chiqarishni kengaytirish (rivojlantirish) ko’p jihatdan soliq tizimiga bog’liq.

Bozor iqtisodiyotining asoslarini yaratish va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar tobora rivojlanish va byudjet munosabatlariga ta’sir etishning muhim omili bo’lgan soliq tizimi ham shu tarzda isloh etishni, uning barqarorligi va samaradorligini oshirishni talab qiladi. Soliqlar davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish bilan birga mamlakatimiz iqtisodiyotini barqarorlashtirishda va moliyaviy holatni mustahkamlashda ham muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soliq tizimi byudjet munosabatlarining muhim ziddiyatlaridan bo’lgan uning taqchilligi va tadbirkorlikni rivojlantirish zarurligi o’rtasidagi ziddiyatni hal etishi lozim. Mamlakatimizda bu borada qator yutuqlarga erishilmoqda. Xususan,O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek,“2019 yildan boshlab joriy etilayotgan yangi soliq konsepsiyasining eng asosiy gʻoyasi soliq yukini kamaytirish, sodda va barqaror soliq tizimini qoʻllashni koʻzda tutadi. Shu orqali iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish, tadbirkor va investorlar uchun har tomonlama qulay muhit yaratishga erishish mumkin”2.

Soliq tizimi mulkchilik shaklidan qat’iy nazar iqtisodiyot sub’ektlarining samarali faoliyati uchun shart-sharoit va asos yaratib berishi, soliq bazasini takomillashtirishi va unga tuzatishlar kiritishi lozim. Bu esa iqtisodiy fanlar oldida muhim ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish vazifasini qo’yadi. Soliqlarning nazariy asosini o’rganish va uni respublikamizning o’ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda amaliyotga tadbiq qilish hamda rivojlantirish zarurati yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Soliq borasidagi islohotlar iqtisodiy islohotlarning tarkibiy qismi sifatida bir qator umumiqtisodiy vazifalarni hal etishga yordam berishi lozim.

Bu vazifalarga mamlakatning moliya va pul-kredit munosabatlarini mustahkamlash, iqtisodiy sub’ektlarning mulkchilik shakllaridan va xo’jalik yuritish usullaridan qat’iy nazar bozor munosabatlariga moslashishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish kabi bir qator dolzarb muammolar kiradi. Shu bilan birga soliq tizimi xo’jalik faoliyatining barcha turlariga nisbatan bir tekis talablar qo’yishi lozim. Shu nuqtai-nazardan mazkur kurs ishi mavzusi dolzarbdir.
1.  Soliqlarning iqtisodiy mohiyati, obyektiv zarurligi va xususiyatlari

Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida sinfiy hukmron kuch sifatida yuzaga chiquvchi davlatning paydo bo’lishi va uni faoliyatining davomiyligi bilan bevosita bog‘liqdir. Shu o’rinda soliq kategoriyasi davlatni iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqiylik sifatida yuzaga chiqishini ta’kidlash lozim. Soliq tushunchasi bu tor ma’noda davlat ixtiyoriga boshqalardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi. Ma’lumki, soliqlar bevosita davlatning paydo bo’lishi bilan bog‘liqdir, ya’ni davlat o’zining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarish uchun moliyaviy manba sifatida soliqlardan foydalanadi. Soliqlarning amal qilishi bu ob’ektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi individlarning hammasi ham real sektorda (ishlab chiqarish sohasida) faoliyat ko’rsatmaydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki shug‘ullanish iqtisodiy samarasiz bo’lgan sohalar ham mavjudki, bular soliqlarni ob’ektiv amal qilishini talab etadi. Aniqroq qilib aytganda jamiyatni norentabel (mudofaa, meditsina, fan, maorif, madaniyat va boshq.) va rentabel sohaga ajralishi hamda norentabel sohani moliyalashtirishni tabiiy zarurligi soliqlarni ob’ektiv amal qilishini zarur qilib qo’yadi, vaholangki, norentabel sohaning ijtimoiy xizmatlari, asosan davlat tomonidan amalga oshiriladiki, ularni moliyalashtirish usuli sifatida yuzaga chiquvchi soliqlar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli bo’ladi.

Soliqlarning ob’ektiv zarurligini jaxon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida ikki holat bilan ifodalash mumkin: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag‘ bilan ta’minlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari.

Davlatning bajaradigan funktsiyalari va vazifalari ko’p va bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan ba’zi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydigan vazifalar yo’qola borsa, yangi vazifalar paydo bo’la boshlaydi. jaxon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida davlatning yangi vazifalari paydo bo’ladi. Bularga bizning respublikamizda kam ta’minlanganlarga ijtimoiy yordam ko’rsatish, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini (sanoatda, qishloq xo’jaligida, moliya tizimida) tashkil qilish kiradi. Shu yerda davlat kuchli sotsial siyosat tadbirlarini amalga oshirish uchun pensionerlar, nafaqaxo’rlar, talabalar, ko’p bolali onalar va boshqalarni ko’proq mablag‘ bilan ta’minlash zarurligini anglab cheklangan tovarlar bahosidagi farqni byudjet hisobidan qoplaydi va ularga boshqa xarajatlarni davlat hisobidan amalga oshiradi, mahallalarda kam ta’minlanganlarga moddiy yordamlar tashkil etadi. Shu bilan birga, O’zbekiston davlati jamiyat a’zolari osoyishtaligini saqlash maqsadida o’zining mudofaa qobiliyatini saqlab va mustahkamlab turishga, texnika va o’q-dorilarga ham mablag‘lar sarflaydi, qolaversa, davlat fuqarolar xavfsizligini saqlash, mamlakatda tartib intizom o’rnatish, uni boshqarish funktsiyalarini bajarish uchun ham ko’plab mablag‘ yo’naltirishga majbur. Bunday xarajatlarni amalga oshirishning majburiyligi ular uchun manba bo’lgan soliqlarni ham ob’ektiv zarur qilib qo’yadi.

Qayd etish lozimki, hozirga qadar davlatning funktsiyalarini bajarish uchun lozim bo’lgan moliyaviy mablag‘lar shakllantirishning soliqlardan boshqa usuli jahon amaliyotida qo’llanilgan emas. Demak, hukmron kuch sifatida davlat mavjud ekan, moliyalashtirish usuli sifatida soliqlar ham amal qiladi. Ma’lumki, jamiyat iqtisodiy hayoti juda murakkab iqtisodiy hodisalardan iborat. Ana shu murakkablik bevosita soliqlarga ham tegishliki, bu holat soliqlarni iqtisodiy mohiyatini teran anglashni taqazo etadi.

Soliqlar majburiy to’lovlarni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildiradi. Bu munosabatlar soliq to’lovchilar (huquqiy va jismoniy shaxslar) bilan ularni o’z mulkiga aylantiruvchi davlat o’rtasida bo’ladi. Korxona va tashkilotlar aholiga xizmat ko’rsatganda, ishlar bajargan yoki bozorlarda oldi-sotdi qilish jaraenida pul munosabatlarini hosil qiladi. Lekin ular soliq bo’la olmaydi, soliq munosabati bo’lishi uchun davlat mamlakatda yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash yo’li bilan davlat byudjetiga majburiy tartibda to’lanishi yoki undirilishi lozim.. Davlat uchun byudjetning asosiy manbai hisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega.

Soliqlar to’g‘risidagi qarashlar tarixan ob’ektiv va sub’ektiv omillarning ta’sirida shakllangan. Soliqlarga doir turli ta’riflarni tahlil qilish ularning konkret iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotlar jarayonidagi mohiyatini asoslash, soliqlarning iqtisodiy rolini va soliq qonunchiligiga asos bo’lgan soliq tamoyillarini belgilash hamda soliq tizimida, jamiyat taraqqiyotida mavjud bo’lgan soliqlarning tutgan o’rnini aniqlash zarurdir. Chunki, davlat paydo bo’lishi bilan soliqlar jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarning zaruriy talablaridan biri bo’lib hisoblanib kelingan. Davlat tuzilish shakllarini rivojlanishi bilan bir vaqtda soliq tizimi o’zgargan va takomillashtirilgan. Soliq tizimining o’zgarishi va takomillashtirilishi soliqlarning turlari, miqdorlari va yig‘ib olish usullari xilma-xil bo’lganligi bilan asoslanib kelingan. Masalan, Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti tarixida soliqlar aholidan shaxsiy mol-mulk, yerdan olingan hosil, uy hayvonlari va boshqalar uchun «zakot» sifatida olingan.

Soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa to’lovlar hisobiga davlat moliyaviy resurslari tashkil topadi. Davlat faoliyatining barcha yo’nalishlarini mablag‘ bilan ta’minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. Soliq tizimini tartibga solish va mukammallashtirish samarali davlat iqtisodiy siyosatini olib borishga, xususan, moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solish, davlat byudjetini shakllantirish, soliq solish vositasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi usuli hisoblanadi. Shunday qilib, davlatning mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog‘liq, chunki soliqdan tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining bosh manbaidir.

Aholini soliq munosabatlariga kiritish borasida, insoniyat tarixida yirik davlat arboblaridan biri, o’rta asrlarda buyuk saltanat barpo qilgan Amir Temur katta e’tibor qaratgan. U davlatni idora qilish tizimini yuzaga keltirishda asosan soliqlarga tayangan. O’sha davrning dav­lat moliyasi bu tizimning eng muhim unsurlaridan biri ekanligi, u davlatni boshqarishdagi barcha jihatlariga uzviy bog‘langanligi bilan tubdan farq qilib turgani va ayni shu xususiyatga ko’ra boshqaruvning barcha tarkibiy qismlari orasida markaziy o’rinni egallaganligi bugungi kunga kelib hammaga ayon bo’lmoqda. Ammo soliq munosabatlari haqida qancha rivoyatlar aytib o’tilmagan bo’lsin, uning mohiyati aholi soliq to’loviga nisbatan faqat o’z mohiyatini xazinada topgan. Xazina har qanday tizimda ham davlatni boshqarish vositasi bo’lib xizmat qilgan. Bunday vosita nafaqat davlatni boshqarishda, balki shuning bilan birgalikda aholi manfaatlarini qondirishda namoyon bo’lgan. Natijada, xazina taqsimoti taraqqiyot tayanchi bo’lib xizmat qilgan.

Soliqlar qadimgi davrlardan e’tiboran olingan, ammo u vaqtlarda soliqlar ozod va erkin bo’lmagan kishining belgisi bo’lib xizmat qilgan. Adam Smit (shotland faylasufi va iqtisodchisi, 1723-1790) o’zining «Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk bor soliq tamoyillarini asoslab berdi, soliqlarning ahamiyatini yoritib, ularni davlatga to’lash qullik emas, balki erkinlik alomati ekanligini asoslab berdi.

N.Turgenev o’zining «Soliq nazariyasi tajribasi» nomli kitobida (1818yil) shuni ta’kidlaydiki, «Bilimli bo’lishning muvaffaqiyatlari ularning xalqlar urf odatlariga foydali ta’siri darajasiga qarab soliqlar tizimining takomillashuviga ham ta’sir etgan», «…soliqlar bilimga ega bo’lish bilan birga paydo bo’lib, uning belgisi bo’lib qoldi. ….Soliqlarning tayinlanishi, taqsimlanishi va yig‘ilish usuliga qarab xalq orasida tarqalgan ma’lumotlar to’g‘risida; yig‘iladigan soliqlar miqdoriga qarab uning boyligi haqida fikr yuritish mumkin, bu bilimlilik va ma’rifatni anglatadigan ikkita eng asosiy xususiyatdir» bu so’zlardan yana bir bor amin bo’lish mumkinki, soliqlar qadimiy moliyaviy institutlar hisoblanib, davlatning paydo bo’lishi bilan yuzaga kelgan. Soliqlar davlat organlarini ta’minlash va ular oldida tutgan vazifalarni bajarilishini moddiy ta’minlashning manbasi sifatida xizmat qilgan. Davlatning rivojlanishi bilan uning vazifa va funktsiyalari yangicha xususiyatlarga ega bo’ldi. Lekin soliqlarning davlatni va uning organlarini moliyalashtirishda manba sifatidagi roli o’zgarmay qoldi.

Hozirgi paytda iqtisodiy adabiyotlarda soliqlarni iqtisodiy mohiyatini o’rganishga bag‘ishlangan qator ilmiy ishlar chop etilgan.

Soliqlar davlat byudjeti daromadlarini tashkil etuvchi asosiy manba va iqtisodiyotni boshqaruvchi muhim qurol hisoblanadi. Biroq bu ta’rif soliqlarning mohiyatini to’laligicha yorita olmaydi hamda soliqlarning tashkiliy-huquqiy tomonlarini o’zida aks ettira olmaydi. Bundan tashqari iqtisodiy munosabat sifatida, bu munosabatlar ob’ekti bo’lib nima hisoblanadi? degan savollarga javob bera olmaydi.

Shuni ta’kidlash kerakki, prof. O.Olimjonovning fikriga ko’ra soliqlar quyidagicha ta’riflansa, soliqlarning mohiyati kengroq yoritiladi va maqsadga muvofiq bo’ladi «Soliqlar - davlat va jamiyatning pul mablag‘lariga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida qonun tomonidan belgilab qo’yilgan hajmda va o’rnatilgan muddatda jismoniy va huquqiy shaxslardan davlat ixtiyoriga majburiy ravishda undirib olinadigan to’lovlardir».3

Bizningcha, soliqlarga berilgan mana shu ta’rif eng maqbul ta’rif bo’lib, soliqlarning mohiyati, ularning iqtisodiyotdagi o’rni va rolini, soliqlarning harakat jarayonini nazariy jihatdan chuqurroq yoritib, soliqlar haqida aniqroq tasavvur hosil qilishga yordam beradi.

Tarixan soliqlar, davlatni saqlab turish uchun zarur bo’lgan majburiy to’lovlar sifatida, davlat paydo bo’lishi bilan vujudga kelgan. Soliqlar, davlat faoliyat ko’rsatishining moddiy asosini tashkil etadi, ularning iqtisodiy tabiati xuddi shu yerdan kelib chiqadi.

Biz soliqlarni iqtisodiy mohiyatini to’liq tushunishimiz uchun, dastavval soliq so’zining tarixan mavjud bo’lgan iqtisodiy ma’nosini to’g‘ri tushunib tahlil qilib olishimiz lozim.

Soliq tushunchasi - iqtisodiy munosabatlarda asosiy o’rinni egallaydi. Uning xarakterli tomoni shundaki - u tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik va jismoniy shaxslardan ularga mulkchilik, xo’jalik yuritish yoki tezkor boshqaruv huquqida tegishli bo’lgan pul mablag‘larini davlat va munitsipal tuzilmalarni moliyaviy ta’minlash maqsadida begonalashtirish shaklida undiriladigan majburiy, yakka tartibdagi qaytarib berilmaydigan to’lovlarni aks ettiradi, ya’ni soliq - davlat tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va fuqarolardan majburiy qonuniy tartibda belgi­langan stavkalar bo’yicha, soliq to’lovchining bundan biron bir muayyan manfaat ko’rishi bilan bevosi­ta bog‘lanmagan tarzda undiriladigan pul yig‘imi.

Hozirgi vaqtda soliqlar vositasida davlat daromadlarining asosiy qismi shakllantiriladi. Bozor munosabatlarining shakllanishi davrida soliqlar korxonalarning iqtisodiy faoliyatini tar­tibga solishning bilvosita quroli hisoblanadi.

Yuqoridagi ta’riflarni tahlil qilgan holda quyidagilarni ifodalash mumkin:

a) soliqlarni belgilash huquqi faqat davlatning qonun chiqaruvchi oliy organi - parlamentga beriladi;

b) soliqni fuqaro emas, mulkdor to’laydi;

v) soliq davlat byudjetiga daromad olish uchun belgilanadi;

g) soliq to’lash majburiy xususiyatga ega.

Demak, soliqlar - bu byudjetga tushadigan pul va qonunda belgilangan majburiy munosabatlardir. Soliqlarning majburiyligi Oliy majlis bilan tasdiqlangan huquqiy va me’yoriy qonunlar bilan ta’minlanadi. Shunday ekan, soliqlarni to’lamaslikka, soliq ob’ektini yashirishga, soliq summasini kamaytirib ko’rsatishga na huquqiy va na jismoniy shaxslarning haqqi yo’q.

Soliq to’lash xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va fuqarolar bilan davlat o’rtasida yangidan yaratilgan qiymatni taqsimlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Biror bir jamiyatni soliq tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas. Chunki, soliqlar byudjet daromadlari (pul fondi)ni tashkil etishning asosiy vositasi bo’libgina qolmay:

Mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga;

Ishlab chiqarishni rag‘batlantirishda investitsiyalarni ko’paytirishga;

Raqobatbardosh mahsulot hissasini ko’paytirishga;

Kichik va o’rta biznesni rivojlantirishga;

Xususiy korxonalar ochish bilan bog‘liq bo’lgan bozor infrastrukturasini barpo qilishga;

Umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga va boshqalarga xizmat qiladi.

Jamiyat rivojlanishi tarixida hali birorta davlat soliqlarsiz mavjud bo’lgan emas. Bozor iqtisodiyotida ham davlat o’zining ichki va tashqi vazifalarini, har xil ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan mablag‘larning asosiy qismini soliqlar orqali to’playdi. Jumladan, soliqlar respublika va mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantiradi, davlat ijtimoiy dasturlari uchun moliyaviy negiz yaratadi, soliq to’lovchi shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini boshqaradi, ularning tabiiy resurslardan unumli foydalanishga bo’lgan intilishini rag‘batlantiradi, narx belgilashga ta’sir ko’rsatadi, aholining turmush darajasini tartibga solib turadi. Imtiyozlar yordamida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni tashkil etishga yordam beradi va hokazo. Shuning uchun soliqlar orqali shakllangan mablag‘larning eng kam miqdori davlat vazifasi bajarilishiga taaluqli eng kam xarajat hajmi bilan bog‘liq bo’ladi va shu hajm bilan chegaralanadi.

Soliqlar rivojlangan tovar ishlab chiqarishning muhim kategoriyasi bo’lib, albatta yanada kengroq kategoriya - davlat byudjeti bilan chambarchas bog‘langan. Chunki, soliqlar byudjetning shakllanishida ishtirok etadi.4

Soliqlar moliyaviy resurslarni davlat ixtiyorida to’planib borishini ta’minlaydi, bu resurslardan iqtisodiy rivojlanishning umumdavlat, mintaqaviy vazifalarni hal qilish, ishning samaradorligi va sifatini rag‘batlantirish, ijtimoiy adolat tamoyillaridan kelib daromadlarni tartibga solish uchun foydalaniladi.

Davlat soliqlarni davlat byudjetini shakllantirish uchun amalga kiritadi, soliqlar birorta aniq xarajatlarni qoplash maqsadiga ega emas, bu ayrim turdagi daromadlardan tushadigan tushumlardan amalga oshiriladigan xarajatlar ularga bog‘liq bo’lib qolishini oldini olish zarurati bilan asoslangan. Biroq bir qancha hollarda umumiy soliqlar bilan birga maqsadli soliqlar ham belgilanadi, ularni amalga kiritilishi iqtisodiy faoliyatda ijobiy rol o’ynashi mumkin.5



2. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soliqlarning davlat moliyaviy resurslarini shakllantirishdagi tutgan o’rni va amaldagi holati

Soliq tushumlari orqali davlat o’z vazifalarini bajarish jarayonida zarur bo’lgan moliyaviy mablag’larga ega bo’ladi. O’zining mohiyatiga ko’ra soliqlar davlat byudjetining yuqori daromadli manbalaridan biri hisoblanadi. Buning boisi shundaki, birinchidan, soliqlar davlat byudjeti tomonidan qaytarib bermaslik sharti bilan undiriladi; ikkinchidan, ular byudjetning davlat xarajat qilmaydigan qismi hisoblanadi.



Yuqorida bayon etilgan holatlarning natijasi o’laroq, O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining daromadlari tarkibida soliqlarning yuqori salmoqni egallashi yuzaga keladi (1-jadval).

1-jadval

2018-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlarining asosiy ko‘rsatkichlari6

Ko‘rsatkichlar

2018 yil

2019 yil

mld.so‘m

Jami nis-n,%da

mld.so‘m

Jami nis-n,%da

Davlat maqsadli jamg‘armalardaromadlarisiz - jami

62229,5

100

102627,6

100

To‘g‘ri soliqlar

12805,4

20,6

29125,5

28,4

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i

2510,9

4,0

15980

15,6

Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan olinadigan yagona soliq to‘lovidan davlat byudjetiga ajratmalar

1907,6

3,1

-

-

Yagona soliq to‘lovidan davlat byudjetiga ajratmalar

2110,5

3,4

1192,1

1,16

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i

5198,8

8,4

11367,4

11,1

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qat’iy soliq

1077,6

1,7

586

0,6

Egri soliqlar

33404,3

53,7

47029,8

45,8

Qo‘shilgan qiymat solig‘i

22019,4

35,4

35993,5

35,1

Aktsiz solig‘i

8343,8

13,4

9017,5

8,8

Bojxona boji

1415,3

2,3

2018,8

1,9

Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq

1323,2

2,1

-

-

Abonent raqamidan foydalanganlik uchun to’lov

302,5

0,5

-

-

Mol-mulk solig‘i va resurs to‘lovlari

9714,5

15,6

16906

16,5

Mol-mulk solig‘i

2158,9

3,5

1851,1

1,8

Yer solig‘i

1266,6

2,0

1834,3

1,8

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq

6203,1

10

12952,1

12,6

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

85,9

0,1

268,5

0,3

Ustamafoydasolig‘i

1367,7

2,2

130

0,1

Boshqa daromadlar

4937,6

7,9

9436,3

9,2

Jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining soliqli daromadlarining umumiy hajmida QQS, aktsiz solig’i va yuridik shaxslar­ning foyda­sidan olina­digan soliqlar bo’yicha tushum summalari yuqori salmoqni egallaydi. Buning asosiy sababi shundaki, birinchidan, bozor munosabatlariga o’tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda egri soliqlar nisbatan uzoq davr mobaynida o’zining fiskallik ahamiyatini saqlab qoladi. Bizning mamla­katimiz ham ana shunday davlatlar toifasiga kiradi va, binobarin, egri soliqlarning davlat byudjeti daromadlari tarkibidagi salmog’i nisbatan yuqoridir. Ikkinchidan, aholining turmush darajasini oshishi, ularga tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun zarur bo’lgan zarur shart-sharoitlarning yaratilishi aholi daromadlarining nominal va real hajmlarining oshishiga olib keladi.

Xo’jalik sub’ektlari soliq yukining asosiy qismi ularning foydasidan olinadigan soliq hisobidan shakllanadi. Shuning uchun korxonalarning foydasidan olinadigan soliq bo’yicha amaldagi stavkalarning pasaytirilishi, soliq imtiyozlarining berilishi korxonalarning pul oqimiga va moliyaviy barqarorligiga bevosita ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Buning natijasida qisqa muddatli davriy oraliqlarda korxonalarning foydasidan olinadigan soliq tushumining davlat byudjeti daromadlari hajmidagi salmog’i pasayadi, lekin o’rta va uzoq muddatli davriy oraliylarda korxonalarning daromadlari sezilarli darajada oshib, ularning foydasidan olinadigan soliq tushumlari ko’payadi. Shu jihatdan olganda, hukumatimiz tomonidan ho’jalik sub’ektlarining soliq yukini engillashtirish siyosatini olib borish maqsadga muvofiqdir. Davlat byudjeti daromadlari tarkibida soliqli daromadlar darajasining yuqori yoki past bo’lishi hukumatning soliq siyosatiga ko’p jihatdan bog’lik bo’lib, uni tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlardan biri soliq tushumlarining YaIMdagi salmog’ining o’zgarishi hisoblanadi.

Soliqlar mohiyati va shakliga qarab egri soliqlar va to’g’ri soliqlarga bo’linadi. Egri soliqlar tovarlar (xizmat ko’rsatishlar) narxini oshiradilar, chunki ular bevosita narxning tarkibiga kiritiladi. Odatda, ular byudjetga korxonalardan, tashkilotlardan va xo’jaliklarning boshqa tarkibiy qismlaridan tushadi. Shuni ham ta’kidlash joizki, haqiqiy to’lovchilar-narxni shakllantiruvchi va tegishli soliqlarni to’lovchilardir. D.Rikardoning ta’kidlashicha, soliq daromaddan olinadimi yoki kapitaldan olinadimi, baribir pirovard natijada ular davlat tomonidan soliqqa tortiladigan tovarlar miqdorini kamayishiga olib keladi. D.Rikardo turli tovar guruhlariga nisbatan soliqlarni belgilashda tabaqalashgan yondoshuvni yoqlab chiqdi. Uning fikriga ko’ra, shohona predmetlarga nisbatan belgilanadigan soliqlar birinchi ehtiyoj predmetlariga nisbatan belgilangan soliqlarga qaraganda bir qator afzalliklarga egadir. Ular daromaddan to’lanadi va shuning uchun mamlakatning ishlab chiqarish kapitalini kamaytirishga olib kelmaydi.

Demak, D.Rikardo soliqlarni iqtisodiy mohiyatiga ko’ra Dj.Keynsning soliqlar xususidagi ilmiy izlanishlarini tahlil qilish natijalari shuni ko’rsatadiki, u to’g’ri soliqlarni egri soliqlarga nisbatan iqtisodiy jihatdan afzal ekanligini e’tirof etadi. U ayniqsa, aholidan olinadigan daromad solig’iga katta e’tibor beradi. Dj.Keyns aholidan olinadigan daromad solig’ini progressiv stavkalarda olinishini taklif qildi. Uning fikriga ko’ra ortiqcha jamg’armalar soliqlar yordamida davlat foydasiga olib qo’yilishi kerak. Daromad solig’i, ayniqsa, mehnatsiz topilgan daromadga, kapitaldan olingan foydaga, merosga va boshqa soliq ob’ektlariga nisbatan o’rnatilganda uning jamiyatdagi roli foiz me’yorining rolidan kam bo’lmaydi.

Mamlakatimizning taniqli iqtisodchi olimlaridan T.Malikov, O.Olimjonov, N.Haydarov, X.Sobirov, Q.Yahyoevlar soliqlarni tadqiq qilish jarayonida ularni to’g’ri va egri soliqlarga ajratish zarurligini hamda ular o’rtasida oqilona nisbatni shakllantirish masalasining dolzarbligini e’tirof etganlar. To’g’ri soliqlar bevosita daromaddan yoki soliq to’lovchilarga tegishli bo’lgan mol-mulklardan olinadi. Egri soliqlar esa, tovarlarni sotish aylanmasidan, xizmatlar ko’rsatish hajmidan ularning bahosiga qo’shimcha shaklda undiriladigan soliqlardir.

To’g’ri soliqlarning asosiy turlariga yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i, aholidan olinadigan daromad solig’i va mol-mulk soliqlari kiradi.

To’g’ri soliqlar tovarlar bahosini o’sishiga bevosita ta’sir ko’rsatmaydi, lekin ular korxonalarning moliyaviy-xo’jalik faoliyatiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.



Biz quyida O’zbekiston Respublikasi byudjet amaliyotida to’g’ri soliqlarning tarkibini va undagi o’zgarishlarni tahlil qilamiz.

2-jadval

O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti soliqli daromadlarida to’g’ri soliqlar dinamikasi7

Ko‘rsatkichlar

2018 yil

2019 yil

mld.so‘m

jaminis-n,%da

mld.so‘m

jaminis-n,%da

Davlat maqsadli jamg‘armalardaromadlarisiz - jami

62229,5

100

102627,6

100

To‘g‘ri soliqlar

12805,4

20,6

29125,5

28,4

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i

2510,9

4,0

15980

15,6

Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan olinadigan yagona soliq to‘lovidan davlat byudjetiga ajratmalar

1907,6

3,1

-

-

Yagona soliq to‘lovidan davlat byudjetiga ajratmalar

2110,5

3,4

1192,1

1,16

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i

5198,8

8,4

11367,4

11,1

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qat’iy soliq

1077,6

1,7

586

0,6

Yuqoridagi jadval va ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, to’g’ri soliqlar ko’payish tendentsiyasiga ega. To’g’ri soliqlar tarkibida asosiy salmoqqa jismoniy shaxslar daromad solig’i ega.

Egri soliqlar mahsulot bahosiga yoki xizmat ta’rifiga ustama sifatida belgilanadigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlardir. Egri soliqlar ob’ektini belgilashda davlat tovar yoki xizmatlarning sotilishi paytida ushbu qiymatning bir qismiga o’z huquqlarini da’vo qilishi bilan haqiqatda yangi qiymatning taqsimlanishida ishtirok etadi. Egri soliqlar to’g’ri soliqlardan farqli o’laroq soliq to’lovchining daromadi yoki mol-mulkiga bevosita bog’liq emas. Shu sababli, egri soliqqa tortish jarayonida yuzaga keladigan soliq yuki soliq to’lovchilarning moliyaviy faoliyatiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qilmaydi.

Egri soliqlar asosan xazinaga molik ahamiyatga ega, chunki bu soliqlar tovarlarni sotish, ish va xizmat ko’rsatishdan tushgan umumiy mablag’lardan bir qismini muntazam ravishda byudjetga olish imkonini beradi. Bu soliqlar davlat byudjetining barqaror daromadlari bo’lib, ular sotilgan mahsulot va ko’rsatilgan xizmatdan uzluksiz tushib turadigan pulga yaqin bo’lgan tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatining miqdoriy ko’rsatkichlariga va ularning to’lov muddatlariga bog’liq emas.

Qo’shilgan qiymat o’zining iqtisodiy mohiyatiga ko’ra, sotilgan mahsulotlar, ko’rsatilgan xizmatlarning qiymati bilan ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan oraliq tovarlar, xom-ashyolar va xizmatlarning qiymati o’rtasidagi farqdan iboratdir. Bunda ishchi kuchi bilan bog’liq xarajatlar hisobga olinmaydi. Ushbu bildirilgan fikrdan kelib chiqadiki, qo’shilgan qiymatni ishchi kuchiga qilingan xarajatlar (ishlab-chiqarish jarayonida ishtirok etuvchi xodimlarga berilgan ish haqi, mukofotlar va ularga tenglashtirilgan to’lovlar) va tovarni ishlab chiqarish natijasida olingan foyda summasiga teng bo’lgan miqdor sifatida ham ko’rish mumkin.

Tabiiyki, ishlab-chiqarish jarayonida va keyinchalik mehnat taqsimoti natijasida ma’lum bir tovar bozorga olib chiqilgunga qadar ishlab chiqarish va muomala jarayonidagi bir nechta bosqichlardan o’tadi, bu bosqichlarning har birida qo’shilgan qiymat yaratiladi. Tovarlarni ishlab chiqarish va sotish jarayonida ishtirok etuvchi har bir ishtirokchi qo’shilgan qiymatning ustiga o’zining hissasini qo’yadi. Shuning uchun tovarlarni va xizmatlarni qiymati ularni ishlab chiqarish va sotish jarayonida qo’shilgan qiymatlarning umumiy summasiga teng.

Hozirgi vaqtda halqaro soliq amaliyotida egri soliqlarning asosiy turlari bo’lib, QQS, aktsiz solig’i va boj solig’i (bojxona boji) hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining daromad manbai sifatida QQS hozirga qadar o’zining muhim o’rnini va amaliy ahamiyatini saqlab kelayapdi.

Egri soliqlarning 2-turi aktsiz solig’i hisoblanadi. Aktsiz solig’i egri soliq sifatida tovarlar va xizmatlar bahosining tarkibida hisobga olinadi hamda mahsulotlarning (xizmatlarning) jami sotish oboroti summasidan hisoblanadi. Aktsiz solig’i to’liq respublika byudjetining daromadlar qismiga kelib tushadi va uning soliq yuki iste’molchilar zimmasida bo’ladi.

Endi egri soliqlarning O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining daromadlari tarkibidagi o’rnini tahlil qilamiz.



3-jadval

O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti soliqli daromadlarida egri soliqlar dinamikasi8

Ko‘rsatkichlar

2018 yil

2019 yil

mld.so‘m

jaminis-n,%da

mld.so‘m

jaminis-n,%da

Davlat maqsadli jamg‘armalardaromadlarisiz - jami

62229,5

100

102627,6

100

Egri soliqlar

33404,3

53,7

47029,8

45,8

Qo‘shilgan qiymat solig‘i

22019,4

35,4

35993,5

35,1

Aktsiz solig‘i

8343,8

13,4

9017,5

8,8

Bojxona boji

1415,3

2,3

2018,8

1,9

Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq

1323,2

2,1

-

-

Abonent raqamidan foydalanganlik uchun to’lov

302,5

0,5

-

-

Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, egri soliqlar tarkibida qo’shilgan qiymat solig’i byudjet daromadlari shakllanishida asosiy soliq turi sifatida namoyon bo’lmoqda va doimiy o’sish tendentsiyasiga ega.

Mamlakatimizda kichik biznes korxonalari faoliyatini rivojlanishi hukumatning kichik biznes korxonalariga yaratayotgan iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar bilan izohlanadi. Kichik biznes korxonalariga yaratilgan muhim sharoitlardan yana biri, ularga imtiyozli kreditlar berish tartibini yo’lga qo’yilganligi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan kichik biznes korxonalariga berilgan imtiyozli kreditlardan olingan foizli daromadlar soliqqa tortilmaydi.



3. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soliq tizimini takomillashtirish yo’nalishlari

Ma’lumki, har bir davlatning soliq siyosatini mamlakatda amalda bo’lgan soliq tizimisiz tasavvur qilish qiyin. Har bir mamlakat soliq siyosatini yuritishda soliq tizimiga tayanib ish olib boradi. Mamlakatimizda soliq tizimi mustaqillik yillarida yaratildi va soliq siyosati borasida dastlabki ishlar amalga oshirildi. O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan soliq tizimi ko’p tomonlama milliy iqtisodiyotning o’ziga xos xususiyatlarini aks ettirish bilan birga, ko’p jihatdan soliq solishning g’arb tizimi ko’rsatkichlariga to’g’ri keladi, bu esa, davlatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining strategik maqsadlari bilan uzviy bog’liqdir.

O’zbekiston soliq tizimining rivojlanishi negiziga bir qancha taraqqiy etgan xorijiy davlatlarda asosiy hisoblangan va o’z samaradorligini ko’rsatgan soliq tizimining tuzilish tamoyillari asos qilib olingan. Ular orasida davlat tomonidan qattiq markazlashtirilgan boshqaruv asosida soliq tizimini bir butunligini ta’minlaydigan tizimlilik; soliqni undirishning keng qonunchilik asosi; ayrim hollarda soliq to’lovchiga soliq solishning aniq tizimini tanlash huquqi berilgan soliqlar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik; soliqlarni umumdavlat (markaziy) soliqlari va mahalliy soliqlarga qat’iy bo’lish; har yili soliqlar stavkalarini aniqlash hamda davlat tomonidan har yili qabul qilingan davlat byudjeti to’g’risidagi qonun doirasida siyosiy o’zgarishlar va iqtisodiy kon’yukturani hisobga olgan holda, soliq siyosatini amalga oshirish imkoniyati bilan ta’minlangan soliq tizimining qayishqoqligi (moslashuvchanligi); mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini rag’batlantirish bilan bog’liq bo’lgan, rivojlanish sur’atlari, iqtisodiy sohalarning moliyaviy ahvoli, inflyatsiya darajasi, viloyatlar va tumanlar iqtisodiy rivojlanishini tenglashtirish kabi omillar hisobga olingan, yorqin ifodalangan soliq tizimining ijtimoiy yo’nalishi tamoyillari ajralib turadi.

O’zbekiston Respublikasida bugungi kunga kelib soliq tizimining mustahkam huquqiy asoslari yaratilgan. Ushbu fikrimizni quyidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar tasdiqlab turibdi:



  • O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;

  • O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, “Davlat soliq xizmati to’g’risida”gi qonuni;

  • O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining soliqlarga doir qarorlari;

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining soliqlarga doir farmonlari;

  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining soliqlarga doir qarorlari;

  • Vazirliklar, davlat qo’mitalarining soliqlarga doir me’yoriy hujjatlari;

  • Mahalliy hokimiyat organlarining soliqlarga doir qarorlari.

Soliq tizimini rivojlanib borishi natijasida so’nggi yillarda mamlakatimiz soliq sohasida sezilarli yutuqlarga erishdi. Soliqlarning tarkibi tubdan isloh qilinishi natijasida hozirgi kunga kelib mukammal soliqqqa tortish tizimiga ega bo’ldik. Soliqqa tortish jarayonlari ham optimal darajaga keltirilmoqdaki, bunda avvalo aholining, qolaversa, davlatimizning strategik rivojlanish maqsadlari inobatga olingan. Soliq yukini kamaytirish va shu orqali tadbirkorlar hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga o’z mablag’larini o’zlarini ixtiyorida qoldirgan holda ularni yanada rag’batlantirishga keng e’tibor qaratilmoqda. Xalqimiz ham mamlakatimiz rivojlanishi uchun va soliq tizimini yanada samarali faoliyat yuritishi uchun soliq to’lovlarini o’z vaqtida to’lab borishga harakat qilmoqdalar. Bu esa davlat byudjetiga resurslarni kelib tushish jarayonini yanada tezlashtirishga xizmat qilmoqda.

Mamlakatdagi soliq tizimini yanada rivojlantirish uchun uni yanada takomillashtirish yo’llarini aniqlash lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq tizimini yanada takomillashtirishning quyidagi yo’llarini alohida ta’kidlab o’tish maqsadga muvofiq:

1. Soliq tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan qarorlar qabul qilish va dasturlar ishlab chiqish.

2. To’g’ri va egri soliqlarni tarkibini optimallashtirish, ya’ni ularni byudjet daromadlaridagi ulushini muvozanatlashtirish.

3. Resurs soliqlarni davlat byudjetidagi ulushini yanada oshirish.

4. Soliqlarni to’plash borasida mukammal yo’llarni ishlab chiqish.

5.Soliq siyosati va soliq mexanizmini to’g’ri amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar o’tkazish va hokazo.

6. Soliq to’lovchilarning soliq va moliyaviy hisobotlarini elektron shaklda qabul qilish mexanizmini yanada rivojlantirish va tezkor to’lovni optimallashtirish.

Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida soliq tizimini rivojlantirish o’zining natijasini asta-sekin berib bormoqda. Mamlakatimizda soliq tizimi mustaqillik yillaridan to hozirgi kunga qadar jadal sur’atlar bilan rivojlanib kelmoqda. Mamlakatimizda yaratilgan soliq tizimi mukammal darajada ishlab chiqilgan bo’lsa ham mutaxassislar izlanishdan to’xtashayotgani yo’q. Mamlakatni yanada rivojlantirish, soliq tizimida yangidan-yangi o’zgarishlar qilishda davom etishmoqda. Soliqlar tarkibi ham optimal darajaga etkazilmoqda. Qilingan ishlar samarasi ko’rinib, hozirgi kunda byudjet daromadlarining deyarli 90-95%i aynan soliqlardan yig’ilmoqda. Bu ham mamlakatimizda soliq tizimi yaxshi faoliyat yuritayotganini va tanlangan soliq siyosatining to’g’ri yo’nalishdaligini ko’rsatib turibdi. Biz aynan shu yo’ldan og’ishmay harakat qilishimiz lozim. Zero, mamlakatimizni yanada tez sur’atlarda rivojlanishida soliq tizimining ahamiyati kattadir.

Xulosa

Ma’lumki, soliqlar iqtisodiy munosabatlar tarkibidagi eng asosiy moliyaviy munosabatlar tarmog’i bo’lib, iqtisodiy – ijtimoiy taraqqiyotning moddiy negizini tashkil etib, jamiyat rivojining moddiy manbai sifatida ijtimoiy ob’ektiv zaruriyatdir.

Darhaqiqat, soliqlar iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarishni muhim elementlaridan biri bo’lib, shu bilan bir qatorda davlatni moliyaviy iqtisodiy tizimini tarkibiy qismi sifatida namoyon bo’ladi va iqtisodiyotga o’z ta’sirini o’tkazadi. Aytish mumkinki, davlat o’z soliq tizimini tashkil qila turib, uni moliyaviy siyosatini amalga oshirish maqsadlarida ishlatishga harakat qiladi va shu bilan u tarkiban mustaqil yo’nalishga ega bo’lib, soliq siyosatini tashkil etadi.

Soliq siyosati – mamlakat bo’yicha ma’lum vaqtga belgilangan kontseptsiya, mezon va vazifalar, davlat iqtisodiy va moliyaviy siyosatning asosiy tarkibi, davlatning soliqqa tortish uslublari, soliq turlari, ularni to’lash tartiblarini takomillashtirishga bag’ishlangan maqsadli tadbirlaridir.

Har qanday mamlakatda qanday soliq siyosati yuritilayotgani va soliqqa tortish sohasidagi chora-tadbirlar qanchalik samarali ekanligi ko’p jihatdan iqtisodiy islohatlarning xarakteri va dinamikasini belgilaydi. Oqilona tashkil etilgan, yaxshi muvozanatlangan soliq tizimi, bozor iqtisodiyoti taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning hamda shu asosda barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishishning asosiy vositalaridan biridir. Chunki davlat moliyaviy siyosati, makroiqtisodiy siyosatning muhim tarkibiy qismi bo’lib, uning mohiyati davlat va jamiyat oldiga qo’yilgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hamda boshqa strategik maqsadlarni ro’yobga chiqarishga qo’llaniladigan iqtisodiy, huquqiy va boshka vositalar, usullar yo’nalishlarining belgilanishi, real shart-sharoitlar aniq hisobga olingan holda, ulardan foydalanishga qaratilgandir.

Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan davlat moliyaviy siyosati o’tish davri bilan bog’liq bo’lgan tangliklarni tezroq bartaraf etish, makroiqtisodiy barqarorlik va o’sishni ta’minlash, aholi turmush darajasini yaxshilashdan iborat bo’lgan vazifalarni bajarishga qaratilgandir.

Moliyaviy siyosatning eng muhim tarkibiy qismi sifatida soliq siyosati katta ahamiyatga ega. Bu sohada davlat siyosati davlat uchun ham, bozor ishtirokchilari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, tadbirkorlar va boshka fuqarolar uchun ham maqbul keladigan shart-sharoitlarning yaratilishiga iqtisodiyotning real sektori ahvolini yaxshilashga qaratilmog’i lozim.

Soliq siyosati quyidagi tamoyillar asosida shakllantirilishi lozim:



  • soliq tizimini barqarorligi;

  • xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni tarmoq bo’ysinishi va mulkchilik shaklidan qatiy nazar bir-xilda soliqqa tortilishi;

  • bir-xil darajada daromadga ega bo’lgan turli tabaqadagi soliq to’lovchilarga soliq yukini teng taqsimlanishi;

  • bir-xil faoliyat bilan shug’ullanuvchi soliq to’lovchilarni teng sharoitda soliqqa tortish.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, soliq siyosatini yanada takomillashtirish asosida chuqur o’ylab, oqilona qabul qilingan qarorlar turadi. Ular bir tomondan, soliq to’lovchilar zimmasidagi soliq yukini jiddiy kamaytirishga, ikkinchi tomondan, barcha darajadagi byudjet daromadlarini va byudjetdan tashqari fondlarning barqaror asosini saqlashni ta’minlashga qaratiladi.

Fikrimizcha, soliq islohoti shunday o’tkazilishi kerakki, bunda bir tomondan soliq yukini kamaytirish va tadbirkorlik sohasidagi eng muhim muammolarni yechish (tadbirkorlikni rivojlantirish uchun har xil to’siqlarni bartaraf etish), ikkinchi tomondan davlat uchun soliq to’lovchilarni keng oshkoraligini ta’minlash, soliq ma’murchiligini yaxshilash va soliqqa tortishdan qochish holatlarini bartaraf etish lozim.

Soliq islohotlarini o’tkazish tadbirlari nafaqat soliq qonunchiligini takomillashtirish bilan chegaralanib qolmasdan, balki ular ichiga quyidagi tadbirlar ham kiritilishi lozim:

Soliqqa tortilmay qolayotgan xufiyona iqtisod va noqonuniy faoliyatni bartaraf qilishga yo’naltirilgan amaldagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan qat’iy tezkor nazorat o’rnatish va tegishli jazo choralarini kuchaytirish.

Bir xil faoliyat bilan shug’ullanuvchi, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha soliq to’lovchilarni adolatlilik va tenglik tamoyili asosida soliqqa tortish.

Ish haqi fondidan olinadigan yagona ijtimoiy to’lovlar stavkasini tabaqalashtirish;

Soliq ma’murchiligi tizimini takomillashtirish va soliq solish mexanizmini tartibga solishda yuridik shaxslardan undiriladigan foyda, infrastruktura va mol-mulk soliqlaridan joriy (avans) to’lovlari korxonalarning moliyaviy xo’jalik faoliyatiga ta’sir ko’rsatayotganligi, ya’ni ularni aylanma mablag’larini oldindan olib qo’yilayotganligi uchun ularni bekor qilish lozim. Bu korxonalarga o’z aylanma mablag’laridan yanada oqilona foydalanish imkonini berib, qo’shimcha rag’batlantirish bo’ladi.

Soliq qonunchiligini barkarorligini ta’minlash borasida kamida 3 yilga mo’ljallangan byudjet daromadlari va xarajatlari parametrlarini maqsadli yo’nalishini belgilashni nazarda tutuvchi soliq-byudjet siyosatini o’rtacha muddatli strategiyasini ishlab chiqish orqali soliq qonunchiligiga kiritilayotgan o’zgartirishlarni tartibga solish lozim.

Hozirda byudjet daromadlarini shakllantirishda resurs va mulk soliqlarining rolini oshirish siyosati olib borilmoqda. Bu siyosat hozirgi kunda eng ma’qul yo’l bo’lib, uni izchillik bilan davom ettirish zarur.

Bizning fikrimizcha, yukorida berilgan takliflarni inobatga olinishi, moliya-soliq mexanizmlarini takomillashtirilishiga, moliyaviy mustahkam soliq to’lovchilar sonining ortishiga hamda davlat byudjetiga soliq tushumlarini barqaror tushishini ta’minlashga olib keladi.



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

  1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: “O’zbekiston”, 2019

  2. O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi: Rasmiy nashr.T.:“Adolat”, 2020 y.

  3. “2020 yil uchun O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to’g’risida”gi 2019 yil 9 dekabrdagi O’RQ-589-son Qonuni.

  4. “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni.

  5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 fevraldagi “Soliq qonunchiligini tubdan takomillashtirish bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-5214-sonli Farmoyishi

  6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi “O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to’g’risida”gi PF-5468-sonli Farmoni

  7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 avgustdagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-3168-sonli Qarori

  8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi 4086-сonli Qarori (2018 yil 26 dekabr).

  9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi 3454-сonli Qarori (2017 yil 29 dekabr).

  10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi 2699-sonli Qarori (2016 yil 27 dekabr).

  11. Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. –Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2019 yil, 61 b.

  12. Adizov A. Jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar tizimini takomillashtirishning nazariy va amaliy masalalari. O'quv qo'llanma. – T.:Akademiya, 2012. – 124 b.

  13. Usmanova M.S. Jismoniy shaxslarning daromadlarini deklaratsiya usulida soliqqa tortish muammolari. Monografiya.- T.: “Tamaddun”, 2013 y.144 b.

  14. Гончаренко Л.И. Налоги с физических лиц. Под ред. Учебник

M.:ИНФРА-M, 2007. – 304 стр.

  1. Vahobov A.V, Jo'rayev A.S. Soliqlar va soliqqa tortish. Darslik.–T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2019. -408 b.

  2. Jo’rayev A.S, Usmanova M.S., Amanov A.M., Qiyosov Sh.U. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish. Darslik, –T.: “Iqtisod-moliya”, 2019. - 432 b.

  3. .Jo’rayev, M.Usmanova, Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish. O’quv qo’llanma, –T.: “Sano-standart”, 2015. - 216 b.

Internet saytlari

  1. www.gov.uz – O'zbekiston Respublikasi xukumat portali.

  2. www.lex.uz – O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.

  3. www.mf.uz – O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti.

  4. www.soliq.uz – O'zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo'mitasi rasmiy sayti.



3-ilova

SOLIQLARNING VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISH TARIXI” MAVZUSIDA



TAQDIMOT




























































1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 22.12.2015 йилдагиПҚ-2455, 27.12.2016 йилдагиПҚ-2699, 29.12.2017 йилдагиПҚ-3454, 26.12.2018 йилдагиПҚ-4086-сонли Қарорлари асосида муаллиф томонидан тайёрланди.

2Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. –Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2019 yil, 61 b.

3 Olimjonov. O. «Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida soliq siyosati». «hayot va iqtisod». 1992.


4 Vаhobov A., Srojiddinova Z. «O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti». TMI 2002, 115 b. 36 – bet.

5 Xvan L.B.: Soliq huquqi. Toshkent Konsauditinforn, 2001. 26-bet

6 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlariga ilovalar.


7 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarigi ilovalar


8 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarigi ilovalar



Download 37,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish