REJA: - 1.1. Biznes baholash obyekti sifatida
- 1.3. Biznes qiymati, narxi va qimmatini baholashning zamonaviy konsepsiyalari
- 1.4. Kompaniya qiymati va narxi shakllanadigan umumiy (ekvivalent) bozorning (V-P)-muhiti
- 1.5. Adolatli qiymat bahosi boshqaruv va investitsion qarorlar qabul qilishning integrallashgan mezoni sifatida
Biznes baholash obyekti sifatida - «Biznes (angl. business) - xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyatining sohasini va uning iqtisodiy manfaatlarini tavsiflovchi umumiqtisodiy atama». Biznes — daromad keltiruvchi aniq tadbirkorlik faoliyati, ish, mashg‘ulot turi hisoblanadi. Наr qanday biznes o‘zining korxona ko'rinishidagi tashkiliy-iqtisodiy shakliga ega, Hozirgi sharoitda har qanday mulk obyekti daromad manbai va bozor muomalasining obyekti bo‘lishi mumkin, shu jumladan, mulk huquqi ham ana shunday obyekt hisoblanadi. Bunda daromad olish jarayoni va daromad keltiruvchi mulk sifatida biznes alohida qiziqish uyg‘otadi. Biznesning asosini, uning ajralmas mohiyatini sarmoya tashkil etadi.
- Bozor sharoitida har qanday tovar muomala ob’ekti hisoblanganidek, biznes ham tovarning barcha belgilariga ega va u fuqarolik – huquqiy muomala ob’ekti bo‘lishi mumkin. Bu alohida turdagi tovar hisoblanadi va alohidalikni baholovchi xususiyatlari uni baholashning tamoyillari, modellari, yondashuvlari va usullarini belgilab beradi.
- Birinchidan, biznes – bu investitsiya tovari, ya’ni unga kelajakda foyda olish maqsadida sarmoya kiritiladi. Xarajatlar va daromadlar vaqt bo‘yicha ajratilgan. Bunda kutilayotgan foydaning miqdori ma’lum emas, ya’ni ehtimoliy xususiyatga ega, Shuning uchun sarmoyador ehtimoliy muvaffaqiyatsizlik xatarini hisobga olishiga to‘g‘ri keladi. Agar bo‘lajak daromadlar ularni olish vaqtini hisobga olgan holda investitsiya tovarini xarid qilish xarajatlaridan kam bo‘lsa, u investitsiyaviy jozibadorligini yo‘qotadi.
- Ikkinchidan, biznes tizim hisoblanadi, lekin u butun tizim sifatida ham Yoki uning alohida kichik bo‘lagi va hatto qismi sifatida ham sotilishi mumkin. Ushbu holatda uning muayyan sarmoya bilan, muayyan tashkiliy – iqtisodiy shakl bilan aloqasi uziladi, biznsning qismlasri boshqa, sifat jihatdan yangi tizimni (korxonani) shakllantirish asosiga aylanadi. Bunda biznesning o‘zi emas, balki uning alohida tarkibiy qismlari amalda tavar bo‘ladi.
- Uchinchidan, tovar sifatida biznesga bo‘lgan ehtiyoj tovarning ichida ham, tashqi muhitida ham kechadigan jarayonlarga bog‘liq. Bunda, bir tomondan, jamiyatdagi beqarorlik kichik biznesni ham beqarorlikka olib keladi, Ikkinchi tomondan, biznesning beqarorligi jamiyatning o‘zidagi beqarorlikning yanada o‘sishiga olib keladi. Bunday biznesning tovar sifatidagi yana bir hususiyati – uning fuqarolik-huquqiy muomalasini tartibga solishga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqadi.
- To‘rtinchidan, biznes barqarorligining jamiyatdagi barqarorlik uchun alohida ahamiyatni hisobga olgan holda, nafaqat biznes aylanishi mehanizmini tartibga solishda, balki biznesning bozor narxini shakllantirishda hamda uni baholashni amalga oshirishda ham davlatning ishtiroki zarur.
- Demak, biznes - tovar sifatida tegishli bozorlar va ularning infratuzilmasini rivojlantirish zaruratini shart qilib qo‘yadi. Bunda ushbu tovar butunligicha ham, uning alohida qismlari bilan ham sotilishi mumkin, bu kichik biznesni ko‘char va ko‘chmas mulk bozorlariga ham, kapital bozorlariga ham jalb etish imkoniyatini nazarda tutadi. Biznesning mulkiy bozorlardagi ishtiroki ular orqali mulk huquqlari va ular bilan bog‘liq manfaatlar boshqa shaxsga o‘tkaziladigan, narxlar belgilanadigan va yerdan foydalanishning turli raqobat qiluvchi variantlari o‘rtasidagi kenglik taqsimlanadigan tartib va mexanizimlar to‘plamiga mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |