Mol-mulkni ishlatisb bilan bog‘liq tamoyillar - Yer uchastkasining qoldiq samaradorligi. Tadbirkorlik faoliyatining har qanday turi, odatda, ishlab chiqarishning to‘rtta omili mavjud bo‘lishini talab qiladi: mehnat, sarmoya, boshqaruv va yer. Ishlab chiqarishning har bir foydalaniladigan omiliga mazkur faoUyat bilan yuzaga keladigan yangi narx bo‘yicha haq to‘lanishi kerak. Yer ko‘chmaydi, mehnat, sarmoya va boshqaruv esa unga bog‘langan. Dastlab ishlab chiqarishning uchta «bog'langan» omiliga haq to‘lanadi, so‘ngra esa yer egasi foydaning qoldig'idan renta (yer solig‘i yoki ijara haqi) oladi. Shunday qilib, yer «qoldiq qiymatga» ega.
- Ulush — bu korxona qiymati ana shunchaga oshadigan yoki kamayadigan summa yoxud ishlab chiqarishning amaldagi om illariga qandaydir yaxshilanishlar yoki qo ‘ shimchalaming mavjudligi yoxud yo‘qligi oqibatida undan olinadigan sof foyda. Ayrim omillar korxona mulkiy majmuasining qiymatini ular bilan bog‘liq xarajatlarga qaraganda katta summaga oshiradi, ayrimlari esa kamaytiradi.
- O‘suvchi va kamayuvchi samara. Ushbu tamoyil shundan iboratki, ishlab chiqarishning asosiy omillariga resurslaming qo‘shimcha qilinishiga qarab sof foyda ma’lum bir vaqtgacha o‘suvchi sur’atlar bilan ko‘payish tendensiyasiga ega bo‘ladi, shundan so‘ng u sust sur’atlar bilan o‘sadi. Bu susayish qiymatini o'sishi qo‘sqilgan resurslar xarajatlarining o‘sishiga qaraganda kam bo‘lgunga qadar davom etadi.
Mol-mulkni ishlatish bilan bog‘liq tamoyillar - Mulkning qiymati, narxi va qimmati (qimmatliligi) kategoriyalari mazmun-mohiyatini ochib berishga qaratilgan mavjud tadqiqotlar ushbu kategoriyalarni baholash bilan bog‘liq nazariy konsepsiyalar va yondashuvlarni o‘rganish va tizimlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Zotan, iqtisodiyot ilm-fanida ushbu kategoriyalar bilan bog‘liq uzoq asrlar davomida jamlangan nazariy g‘oya va qarashlarni, ularni baholash va boshqarish konsepsiya va yondashuvlarini baholovchilar tomonidan bilish, fikrimizcha, ularning amaliy faoliyati metodologiyasi va sifatini oshiradi, undagi qabul qilinadigan qarorlarning ilmiy asoslanishi va ishonchligini ta’minlaydi.
- Adolatli qiymat-investitsion va boshqaruv qarorlarini qabul qilishning integrallashgan mezoni sifatida zamonaviy mulkni boshqarish, yaralish va rivojlantirishga investitsiyalarni jalb qilish jarayonlari qiymat kategoriyasi bilan uzviy bog‘liq. Bunda investitsion va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda qiymat muhim mezon bo‘lib xizmat qiladi. Hozirda asosan bozor qiymati, adolatli qiymat, fundamental qiymat kabi kategoriyalarni boshqaruv amaliyotida bosh mezon sifatida qo‘llash tavsiya etilgan.
- Adolatli qiymat iqtisodiy voqealik doirasida integrallashgan mezon sifatida qabul qilinishi mumkinligi uni boshqaruv va investitsiya amaliyotlarida qarorlar qabul qilishning samarasi va ishonchliligini oshiradi. Chunki, adolatli qiymat sifatidagi bunday mezon qiymat, narx va qimmat kategoriyalarini kompleks ravishda qo‘llaydi. Bunda baholashning uchta yondashuvi asosida baholangan qiymatlarni o‘zaro solishtirish mumkinligi boshqaruv sifatini oshiradi.
- Dunyoda bo‘lib o‘tgan 2007-2008-yillardagi ipoteka inqirozi va uning natijasida kelib chiqqan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sabab-oqibatlaribo‘yicha quyidagicha taxminiy fikr qilish mumkin: “Mulk (jumladan mulkiy huquqlar) bozor qiymati ularning bozor narxi emasligiga qaramay ular o‘zaro ekvivalent bo‘lib, ularga turli omillar birdek ta’sir qiladi, mos ravishda mulk qiymatini baholash xizmatlari bozorida baholangan qiymatlar mulk bozorida belgilangan narxlarga va aksincha narxlarni qiymatlarga transformatsiyalanib, mazkur bozorlarga o‘zaro trasfyerlanadi, natijada ular miqdori dinamik o‘zgarishi tendensiyalari o‘zaro sinxron kechadi, va ular uzviy o‘zaro ekvivalent bo‘ladi. Lekin mulkning bozor qiymati va bozor narxi o‘rtasidagi ekvivalentlilik buzilishi hollari ular mikdorlari bo‘yicha tafovut (ya’ni “ko‘pik”) vujudga kelishi va uni kattalashib borishiga, pirovardida bunday “ko‘pik”ning yorilishiga, ya’ni inqirozga (tizimli riskga) sabab bo‘ladi” 1.
- Ushbu fikrning nazariy izohini iqtisodiy sistemologiya qoidalariga asoslangan holda talqin qilish mumkin. Zero, iqtisodiy sistemologiya mulk bozori va mulk qiymatini baholash xizmatlari bozorini o‘zaro va real iqtisodiyot bilan regulyativ bog‘langan bir butun yaxlit iqtisodiy tizim sifatida ifodalaydi. Bu esa ilmiy nuqtai nazardan ushbu bozorlarda iqtisodiyot qonunlari va kategoriyalari asosida mos ravishda mulkning adolatli qiymatiga erishish va ob’ektiv narxini shakllantirish asosida ular ekvivalentligini ta’minlash mumkinligini bildiradi. Bunda, bozor iqtisodiyoti qonunlari va kategoriyalari mulk bozori va mulk qiymatini baholash xizmatlari bozorida ham hukm suradi. Vaholanki, bu bozorlarning har biri qiymat va narxning tabiatidagi farqdan kelib chiqib qulaylik darajasi turli xil ta’sir etuvchi omillar sharoitida ularni muvofiqlashtirish samaradorligi darajasiga bog‘liq bo‘lgan o‘z muhitiga – mos ravishda, V-muhiti (inglizcha value – qiymat), P-muhiti (inglizcha price – narx)ga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |