Soliq imtiyozlari - soliq to’lovchilarga soliqlar bo’yicha turli xil yengilliklar bo’lib, ular vaqtinchalik va doimiy, to’liq yoki qisman va boshqa ko’rinishlarda berilishi mumkin. Soliq imtiyozlarining turlari, amal qilish mexanizmlari, belgilash mezonlari mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Soliq bazasini hisoblash usullari. Soliq bazasini hisoblashning ikki xil usuli mavjud bo’lib, ular kassa usuli va hisobga olish usullaridir. Kassa usulida soliq to’lovchida soliqlarni to’lash majburiyatlari daromad olganidan keyin vujudga kelsa, hisobga olish usulida esa daromad olingan yoki sotishdan tushum qachon kelib tushishidan qat’iy nazar tovarlarni jo’natilishi o’z navbatida soliqlarni to’lash majburiyatlarini vujudga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |