Soliq nazariyasi” fanidan ma’ruzalar matni


Soliq yuki va uni aniqlash tartibi



Download 194,24 Kb.
bet54/103
Sana08.07.2021
Hajmi194,24 Kb.
#112360
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   103
Bog'liq
12. Ma'ruzalar matni Soliq nazariyasi

Soliq yuki va uni aniqlash tartibi

Soliq tushumlarining darajasi nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’sirida yuzaga keladi, balki soliq tizimidan samarali foydalanishga va uning o’z vazifalarini qay darajada bajarishiga ham bog’liq bo’ladi. Bu funksiyalarning ta’siri haqida xo’jalik sub’ektlaridagi soliq yuki orqali mulohaza qilish mumkin.

Хo’jalik sub’ektlariga soliq yuki davlat soliq siyosatining natijasi bo’lib, har qanday soliq tizimining sifat tavsifini ko’rsatadi. Shu bilan bir qatorda, olinayotgan soliqlar darajasi, bir tomondan, ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligi, boshqa tomondan esa davlatning moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyoji miqdori bilan belgilanadi. Shu sababli soliq yukining og’irligini kamaytirish, birinchi navbatda, davlat xarajatlarini qisqartirish va ijtimoiy xizmatlarning to’lovlilik darajasiga bog’liq bo’ladi.

Ayrim mutaxassislar soliq tizimining samaradorligini YaIMda soliqlarning hissasi bilan bog’laydilar. Boshqa bir guruhdagi mutaxassislar esa soliq yukini to’lovlarning barchasini birlashtirish yo’li bilan hisoblashni tavsiya etadilar. Bunda byudjetdan tashqari fondlarga va mahsulotni sotish hajmiga ajratmalar ham soliq yukining tarkibiga kiritiladi.

Jamiyat a’zolariga soliq og’irligining taqsimlanish darajasini tavsiflab aytish mumkinki, ishlab chiqarishdagi aksariyat soliqlar, xususan, bilvosita soliqlar tovar tannarxi tarkibiga kiritiladi va pirovard natijada iste’molchi zimmasiga tushadi. Aholining soliq yukini, jon boshiga soliq salohiyatini olinadigan o’rtacha boshiga daromadga nisbatan aniqlash mumkin.

Shu asosda butun mamlakatning soliq salohiyatini hisoblashda, barcha soliq summasi va sug’urta badallarining majmui sifatida hisoblash soliq yukini hisoblashda yollangan xodimlar mehnatiga haq to’lashda har bir so’miga barcha soliqlar summasining, shuningdek, soliq yuki salmog’ini, yalpi qo’shilgan qiymat salmog’i ulushi bilan aniqlanib, uni aholining soliq yuki koeffitsiyentiga tuzatish (ko’paytirish) kiritish taklif etiladi.

Yuqorida ko’rib chiqilgan soliq yukini YaIMdagi soliq ulushi sifatida hisoblash metodologiyasi juda oddiy va tushunarlidir. Shuning uchun u chet mamlakatlarda keng qo’llaniladi. Ayni paytda, bu metodologiya turli ishlab chiqarish tarmoqlariga va iqtisodiyotning turli sektorlariga mansub bo’lgan korxonalar uchun, uni taqqoslab mikrodarajadagi soliq yuki darajasini tadqiq etish imkonini bermaydi.

Hozirgi paytda O’zbekiston Respublika si Moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasi yuridik shaxslarga soliq yukini hisoblashning metodologiyasini tavsiya etgan. Unda soliq yuki barcha hisoblangan soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlar, byudjetdan tashqari fondlarga to’lovlarning hisobga olingan summasi, mahsulot sotish hajmiga va boshqa sotuvdan tushumni o’z ichiga olgan nisbat orqali aniqlanadi.

Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan byudjetdan tashqari fondlarga to’lanadigan sug’urta badallari majburiy to’lovlar bo’lib, soliq xarakteriga egadir. Shu-sababli soliq yukini hisoblashda ularni hisobga olish zarur.

Demak tadbirkorlikfaoliyatining rivojlanishida soliq yukining ta’sirchanligi shubhasizdir. Uning ta’siri, u mumiy ko’rinishda, salbiy yoki ijobiy bo’lishi mumkin. Soliq yuki og’irlashgan paytda tadbirkorlik faoliyati susayadi , hatto, umuman to’xtab qolishi ham mumkin. Aksincha, soliq yukining nisbatan yengillashuvi tadbirkorlik faoliyatining faollashuviga olib keladi. Lekin soliq yukini yengillashtirishni tadbirkorlikni rivojlantirishning yagona sababi sifatida talqin etish maqsadga muvofiq emas. Undan tashqari soliq yukini yengillashtirish ham o’zining mantiqiy chegarasiga ega bo’lib, bu chegara ko’p jihatdan davlat byudjetidan qilinishi lozim bo’lgan xarajatlarning hajmi bilan bog’liqdir. Shu munosabat bilan hozircha bizning nazarimizda O’zbekiston sharoitida tadbirkorlik faoliyatini yanada faollashtirish uchun soliq yukini yanada yengillashtirish emas, balki mavjud tarkib topgan soliq yukini iqtisodiyotning tarmoqlari o’rtasida qayta taqsimlashni dolzarb masala sifatida qaramoq lozim.





  1. Download 194,24 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish