Soliq nazariyasi” fanidan ma’ruzalar matni


O’zbekiston Respublikasi soliq tizimining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari



Download 194,24 Kb.
bet69/103
Sana08.07.2021
Hajmi194,24 Kb.
#112360
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   103
Bog'liq
12. Ma'ruzalar matni Soliq nazariyasi

5. O’zbekiston Respublikasi soliq tizimining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari
Mustaqillik yillarida soliq tizimi islohoti rivojlanishini to’rt bosqichga bo’lib o’rganish mumkin.

Birinchi bosqich 1991-1994 yillar - O’zbekistonning o’z soliq tizimini tashkil etish va soliqlarning xazinaviy ahamiyatini oshirish bosqichidir.

Respublikamizning o’z soliq tizimini yaratishda 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan "Korxonalar, tashkilotlar va birlashmalardan olinadigan soliqlar to’g’risida"gi qonun birinchi qonun bo’ldi. U o’zida birinchi marta soliq tizimining tuzilishi va ishlashining umumiy asoslarini aniqlab berdi, soliqlarni hisoblash va undirish tartibini o’rnatdi.



  1. yil 9 dekabrda qabul qilingan "O’zbekiston Respublikasi fuqorolari, chet el fuqorolari va fuqoroligi bo'lmaganlardan olinadigan daromad solig’i to’g’risida"gi qonunga bir qancha o’zgarishlar bilan qabul qilindi. Bu qonunga binoan soliq ob’ekti kengaytirildi, ya’ni ilgari daromad solig’ini jamoa xo’jaligi orqali to’lab yurgan jamoa a’zolari to’g’ridan to’g’ri o’zlari to’laydigan bo’ldilar.

1992 yil 1 yanvardan boshlab korxonalardan undiriladigan o’rmondan olinadigan daromad solig’i va bir qator boshqa soliqlar bekor qilindi.

1992 yil 1 yanvardan boshlab korxonalardan 30% stavkada qo’shilgan qiymat solig’i, 15%dan 45%gacha daromad (foyda) solig’i; aksiz solig’i; mol-mulk solig’i; respublikadan tashqariga olib chiqiladigan mahsulotlar va xomashyo resurslariga soliqlar joriy etildi.

1993 yilda davlat byudjeti taqchilligini kamaytirish va daromad qismini mustaxkamlash maqsadida resurs to’lovlari va suv uchun to’lov joriy qilindi.

1993 yilda ishlab chiqilgan tartibga ko’ra xazinani to’ldirish, shuningdek, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida 6 foizli resurslar solig’i va 30 foizli amortizatsiya solig’i joriy etildi.



  1. yil 7 mayda O’zbekiston Respublikasining "Mahalliy soliqlar va yig’imlar to’g’risida" gi qonuni qabul qilindi. Bunday soliqlarga jismoniy shaxslarning mulk solig’i, yer solig’i, kurort zonalarida ishlab chiqarish ob’ektlari qurilish solig’i, reklama solig’i, avtomobil vositalarini qayta sotish solig’i, transport vositalarini egalaridan soliqlar va turli xil yig’imlar kiritildi.

Korxonalar soliqlari to’g’risidagi qonunga 1993 yil 7 mayda o’zgarishlar kiritilib, chet el valyutasida olinadigan tushumdan soliq joriy etildi. Bu soliqdan Respublika valyuta fondiga ajratma avval 25 foiz, keyinchalik 10 foiz qilib belgilandi. Demak, soliq islohotining birinchi bosqichida soliqlarning xazinaviy samaradorligiga erishish chora-tadbirlari keng amalga oshirildi, O’zbekistonning o’z soliq tizimi joriy etildi.

Amaldagi soliq tizimini takomillashtirish zarurligidan kelib chiqib 1994 yildan boshlab:



  • qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi 20 foizga pasaytirildi,

  • moddiy xarajatlarga nisbatan 6 foizli to’lov bekor qilindi,

  • mol-mulk solig’i byicha soliqqa tortish obekti qisqartirildi-soliq asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatidan olinadigan bo’ldi,

  • qishloq korxonalari uchun daromad solig’i joriy qilindi,

  • ish xaqi fondidan yagona ijtimoiy to’lov joriy qilindi.

1994 yilda amalga oshirilgan soliqqa tortish tizimidagi isloxotlar natijasida soliq tizimining fiskal yo’nalishi saqlanib qolindi va davlat byudjeti taqchilligi 4,1%ni tashkil etdi.

Respublikamizda hozirda amal qilayotgan soliq idoralari tizimi o’zining muayyan tarixiga ega. Soliq idoralari sobiq Ittifoqda 60-yillarda ham mavjud edi va ularning tuzilmasi, tabiiyki, O’zbekiston hududida ham amal qilardi. Keyinchalik ular faoliyati to’xtatib qo’yildi va faqat 1990 yil 12 mayda qabul qilingan «Davlat soliq inspeksiyalarining huquqlari, vazifalari va mas’uliyati to’g’risida»gi Qonunga muvofiq, 1990 yilning 1 iyulidan boshlab qayta tiklandi. Biroq bu tuzilmalar moliya organlari tizimida amal qilar edi.

Respublikamizda soliq idoralari faoliyati 1990 yilning oxirida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoshida Davlat moliya-soliq bosh boshqarmasini tashkil qilish to’g’risida»gi Qarori (1990 yil 17 dekabrdagi 383-sonli) qabul qilinganidan so’ng faollasha boshladi va O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining «O’zbekiston Respublikasining davlat soliq idoralari to’g’risida»gi 1991 yil 14 iyundagi Nizomi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasining davlat soliq idoralari to’g’risida»gi 1991 yil 12 avgustdagi 217-sonli Qarori qabul qilinganidan keyin davlat nazorati va boshqaruvining mustaqil tuzilmasi sifatidagi soliq idoralarining shakllanishi va faoliyat ko’rsatishiga asos solindi. Respublika davlat boshqaruvining mazkur tuzilmasi 1994 yilgacha, ya’ni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat bosh soliq boshqarmasi O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga aylantirilgunga qadar faoliyat ko’rsatdi.

O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari vakolat doirasi va faoliyatining tashkiliy asoslari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat bosh soliq boshqarmasini O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga aylantirish to’g’risida»gi 1994 yil 18 yanvardagi Farmoniga muvofiq va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasini tashkil etish va faoliyat ko’rsatishi masalalari to’g’risida»gi 1994 yil 18 martda qabul qilgan Kdrori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi to’g’risida»gi Nizomga binoan belgilandi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ushbu qaroriga binoan Davlat soliq qo’mitasi soliq va bojxona siyosatini amalga oshirish, shuningdek, davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy xuquqlari himoyasini ta’minlash sohasida davlat nazorati organi ekanligi belgilab qo’yildi




Download 194,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish